Bosh sahifa mavzular Menejmentdagi davlat boshqaruvi bo’yicha xalqaro miqyosda tan olingan O’zbek modeli – taraqqiyot...

Menejmentdagi davlat boshqaruvi bo’yicha xalqaro miqyosda tan olingan O’zbek modeli – taraqqiyot va yuksalishning mustahkam poydevori.

Boshqaruv usullari haqida batafsil va to'liq ma'lumotlar.

O'zbek modeli taraqqiyot yuksalish poydevori

Menejmentdagi davlat boshqaruvi bo’yicha xalqaro miqyosda tan olingan O’zbek modeli – taraqqiyot va yuksalishning mustahkam poydevori.

Menejmentdagi davlat boshqaruvi bo’yicha xalqaro miqyosda tan olingan O’zbek modeli – taraqqiyot va yuksalishning mustahkam poydevori.

“O’zbek modeli”ning asosiy majmui:
1. Millati, irqi va dinidan qat’iy nazar, davlatimizda yashovchi barcha kishilar uchun munosib hayot sharoitini yaratib berish.
2. Har bir inson uchun ijtimoiy kafolatlangan turmush darajasini va erkinligini ta’minlash.
3. Xalqimizning qadriyatlari va mentalitetiga, milliy davlatchilik an’analariga tayanish.
4. Dunyo tajribasining ilg’or yutuqlariga asoslanish, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash.

“O’zbek modeli”ning asosiy maqsad va vazifalari:
1. Bozor munosabatlariga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish.
2. Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarda tub o’zgarishlar va islohotlarni amalga oshirish.
3. Halqning turmush farovonligini oshirish, yashash sifatini ko’tarish, komil insonni shakllantirish.

“O’zbek modeli”ning asosiy tamoyillari:
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, uning mafkuradan holi bo’lishi.
2. Davlatning bosh islohotchiligi: davlat iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi.
3. Qonun ustuvorligi: sud-huquq tizimini rivojlantirish bilan bog’liq islohotlar.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
5. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich tamoyili.

1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, uning mafkuradan xoli bo’lishi:
• mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
• bahoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;
• bozor infratuzilmasini shakllantirish;
• siyosiy va mafkuraviy qarashlaridan qat’iy nazar, boshqa davlatlar bilan manfaatli iqtisodiy munosabatlarni o’rnatish:
• aholini ijtimoiy himoya qilish.

2. Davlatning bosh islohotchiligi: davlat iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchi:
• davlat islohotchi rolini bajaradi;
• ijtimoiy sohaga alohida e’tibor qaratiladi;
• iqtisodiy asosning huquqiy asosini ta’minlaydi;
• iqtisodiyotni erkinlashtirishni ta’minlaydi;
• ishbilarmonlik, tadbirkorlik va raqobat muhitini yaratadi va ularni qo’llab-quvvatlaydi;
• ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy muammolarni bartaraf qiladi;

3. Qonun ustuvorligi: sud-huquq tizimini rivojlantirish bilan bog’liq islohotlar.
• qonun ustuvorligi ta’minlanadi;
• qonun oldida hammaning tengligi ta’minlanadi;
• yuridik va jismoniy shaxslar o’z ish faoliyatini qonun asosida bajaradi;
• davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy bo’linish tamoyili ta’minlanadi.

4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
• aholini ish bilan ta’minlash;
• daromad siyosatini yuritish;
• pul daromadini ko’paytirish;
• ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy kafolat, ijtimoiy adolatni ta’minlash;
• aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish;
• xalqning moddiy turmush sharoitini yaxshilash;
• har kimning mehnat qilishi uchun keng imkoniyat yaratish, qobiliyatiga yarasha ish bilan ta’minlanadi.

5. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich tamoyili
• islohotlarni bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan amalga oshirish;
• ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berib, asta- sekinlik bilan boshqaruvning demokratik erkin iqtisodiy boshqaruviga o’tish;
• yangi uy qurmay turib eskini buzmang tamoyiliga asoslanish;
• kishilar tafakkuri, ongini bosqichma-bosqich takomillashtirish;
• odamlarning qashshoqlanishiga yo’l qo’ymaslik.
O’zbekiston Respublikasidagi mukammallashgan yangi boshqaruv strategiyasi O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida ishlab chiqildi. Bu boshqaruv “2017-2021 yillarda Harakatlar strategiyasi” deb nomlangan va Mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo’nalishi belgilangan:
“2017-2021 yillarda harakatlar strategiyasi” -O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning rasmiy ramzi
I. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
II. Qonun ustivorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish;
III. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yurgizish.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Harakatlar strategiyasi belgilab bergan ustuvor vazifalar inson huquqi va mafaatlarini ta’minlash, farovon hayot kechirishlari uchun munosib sharoitlar yaratib berishga qaratilgan bo’lib, ularning izchil ijrosi hammamizning oldimizga qo’yilgan ulug’ maqsad, porloq kelajak sari yanada yaqinlashtiradi.

Xulosalar:
1.Jamiyat hayotining o’zgarishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va muhim
rol o’ynagan menejmentdagi (boshqaruvdagi) vaqtni menejment tadqiqotchilarining
birinchi guruhi 5 davrlarga, ikkinchi guruhi 5 bosqichlarga, uchinchi guruhi 6 ta boshqaruv revolyutsiyalariga (inqilob) ajratishadi.
2.Boshqaruvning tashkil bo’lishi yo’llari va boshqaruvning nazariyasi, amaliyotining
rivojlanishi bosqichlari bilan shug’ullanuvchi ko’plab tadqiqotchilar bu evolyutsion
jarayonda bir necha muhim tarixiy davrlarni ajratishgan.
I. Birinchi-qadimiy yoki tarixiy davr. Bu davr eramizdan oldingi 9-7 ming
yilliklardan boshlanib, taxminan, eramizning XVIII asrining to ikkinchi yarmigacha
davom etdi.
II. Ikkinchi-industrlashgan davr. Bu-sanoatlashgan kapita- lizm davridir (1776-
1890yy.).
III. Uchinchi-tizimlashgan davr. Boshqaruvning rivojlani- shidagi bu davrni
tadqiqotchilar menejmentning tizimlashgan davri deb atashadi (1856-1990 yy.).
IV. To’rtinchi-zamonaviy boshqaruv davri. Menejment rivoj- lanishining zamonaviy
davri XIX asrning oxiri XX asrning boshlanishiga to’g’ri keladi.
3. Boshqaruv ilmiy fan sifatida evolyutsiya yo’li bilan tashkil bo’ldi. Bu tarixiy yo’lda menejmentni rivojlanti- rishning biri-biridan farqlanuvchi maktablarini XX asrning birinchi yarmidan boshlab tavsiflay boshladilar. Xronologiya jihatidan bu maktablar quyidagi tartibda qo’yilgan:
1. Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920 yy.);
2. Boshqaruvning mumtoz yoki ma’muriy maktabi (1920-1950 yy.);
3. Inson munosabatlar maktabi (1930-1950 yy.);
4. Miqdoriy usullar maktabi (1950 yillardan).
4. Menejmentning boshqaruv modellarini ko’rib chiqishda asosan Amerika va Yaponiya modellariga e’tibor berishadi. Menejmentda eng ko’p tan olingan bu ikki modelning tavsiflarini keltirildi.
6. O’zbekiston iqtisodiyotini O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o’tkazish, bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi ko’plab mamlakatlarda “O’zbek modeli” deb e’tirof etildi. Ushbu model jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.Menejmentdagi davlat boshqaruvi bo’yicha xalqaro miqyosda tan olingan O’zbek modeli – taraqqiyot va yuksalishning mustahkam poydevori.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba