Bosh sahifa mavzular Menejmentning tamoyillari va funksiyalari.

Menejmentning tamoyillari va funksiyalari.

Menejerning etikasi haqida to'liq va batafsil ma'lumotlar.

Menejmentning tamoyillari va funksiyalari.

Menejmentning tamoyillari va funksiyalari.

Menejmentning tamoyillari va funksiyalari.

MENEJMENTNING TAMOYILLARI.

Ishlab chiqarishda g’oya va nazariyalarning shakllanishida ishlatiladigan printsip so’zi asos, talab, negiz ma’nolarini anglatgani uchun davlat tilida tamoyil deb tarjima qilingan. Menejmentning tamoyillari ham boshqaruv yo’nalishini rivojlantirishga asoslangan. Ya’ni menejment tamoyillari menejmentning mohiyatini, mazmunini, maqsadi va vazifala- rini o’zida aks ettirganligi uchun menejmentning nazariyalari yaratildi.
Menejment tizimining shakllanishi, ishlashi va rivoj- lanishi uchun quyidagi tamoyillarga
amal qilishi zarur:
• boshqaruvda universallashish va ixtisoslashuvni biriktirish(boshqaruv ishlarini
bajarishda ixtisoslashuv va universallashuv o’rtasida optimal nisbatlar ta’minlanishi
kerak);
• tashqi muhitga barqarorlik (korxonaning ayrim mikro va makro elementlari
o’zgarganida ham boshqaruv tizimi faoliyatini davom ettirishi va qo’yilgan maqsadni
bajarishi kerak);
• tejamli boshqaruv (boshqaruvni amalga oshirish uchun vositalar va usullarni tanlashda va maqsadga erishishda xarajatlarni: (mehnat; moddiy; vaqt; moliya; axloqiy) chegaralamoq
zarur);
• boshqaruv samaradorligi: boshqaruvdagi markazlashgan va markazlashmaganlikni biriktirish (boshqaruvning har qanday aniq tizimida markazlashgan va markazlashmaganlik darajalari o’ziga tegishli funktsiyalarni bajarishi uchun optimal bo’lishi kerak).
Boshqaruvning keltirilgan tamoyillari har qanday quyi tizimlar uchun xususiyatli bo’lib,
shu bilan birga, har bir quyi tizim va tizimlar boshqaruvning o’ziga xos bo’lgan tamoyillari
asosida shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi lozim. Personalni boshqarishda o’ziga xos bo’lgan
tamoyillar quyidagilar:
• Qo’llanuvchanlik tamoyili – menejer (boshqaruvchi)
korxonaning barcha xodimlariga moslashgan boshqaruv tizimini ishlab chiqadi;
• Tizimli tamoyili – menejer ichki va tashqi o’zaro
bog’liqliklarni hisobga olib korxonani tizimli rivojlantirish
maqsadida boshqaruvning barcha jabhalarini qamrab oladigan umumiy boshqaruv tizimini
ishlab chiqadi;
• Ko’p faoliyatlilik tamoyili – menejer sohalarni
(resurslar, xizmatlar, mehnatni tashkil qilish, maqsadga erishish) jihatlarini
qamrab oladigan faoliyatlarni birlashtiradigan boshqaruv tizimini ishlab chiqadi;
• Integratsiya tamoyili – menejer boshqaruv tizimida
xalqaro me’yor va huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Firma xodimlari
o’z sohalarida xalqaro usullarni qo’llash, ishlatish, o’zaro hamkorlik vositalariga ega
bo’ladilar;
• Baholashga mo’ljallash tamoyili menejer baholash,
qadriyat-ma’naviyat qoidalarini (mehmondorchilik, milliy xizmatlar, o’zaro foydali
shartnomalar) boshqaruv tizimiga kiritadi;
• Boshqaruvning egalik (xususiylik) tamoyillari ancha
murakkab boshqaruv tizimlariga duch kelishini keltirib chiqaradi. Bu tamoyilda
boshqaruvni markazlashtirish va markazlashishga yo’l qo’ymaslik tamoyillariga amal
qilishga to’g’ri keladi. Bu holatda menejer o’z vakolatlarini saqlab
qolgan holda navbatdagi boshqaruv tizimini ishlab chiqishga majburdir.
Boshqaruvning egalik tamoyilida yakka hokimlik va jamoaviy boshqaruv tizimini
ham qo’llash mumkin. Bu vaziyatda rahbarning yetuk bilimli va yuqori malakaga ega ekanligi juda qo’l keladi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan rahbarlar har qanday vaziyat o’zgarishlariga qaramasdan boshqaruv tizimini to’g’ri boshqarib borishadi.
Jamoaviy rahbarlik esa, rahbar fikrlarini hisobga olgan holda jamoa fikrini kiritadi va
uni himoya qiladi.

Bunday hollarda aksariyat vaziyatlarda rahbar bilan jamoa vakillari
o’rtasida ziddiyatlar, qarshi turishlar kelib chiqishi tayin. Shuning uchun ham bu
boshqaruvni egalik tamoyili yoqlab chiqadi. Chunki, firma yoki tashkilot rahbarning
xususiy mulki ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim bo’ladi.
Boshqaruvning egalik tamoyilida rahbar ilmiy asoslanganlik tamoyillar guruhini ishlatishi maqsadga muvofiqdir. Bu tamoyillar sharti bo’yicha rahbar o’z tashkilotini vaqt talabiga qarab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalarini ilmiy asoslangan usullar natijalariga qarab tuzishi lozim bo’ladi.
Bu tamoyilning eng muhim talablari shundan iboratki, boshqaruvning barcha
talablari ilmiy usullar va ilmiy yondashishga asoslanadi. Bu usulda boshqaruv
faoliyati faqat ilmiylik yoki ilmiy–tadqiqotlar bilan tadqiqot natijalarining
amaliyotini sohaga joriy qilish va iqtisodiyotni ko’ta- rish hisoblanadi. Bu tamoyilning asosiy
maqsadi fanni ishlab chiqarish kuchiga aylantirish hisoblanadi.
• Boshqaruvning egalik tamoyillaridagi yana bir yo’nalish rejalashtirish tamoyili
hisoblanadi. Bu tamoyilda boshqaruvning barcha faoliyati rejalarga
asoslanadi va rejalarning tugashi muddatigacha boshqa rejalarga o’tilmaydi.
Reja – bu yerda firmaning ijtimoiy – iqtisodiy rivoj- lanishi majmuasi deb qaraladi;
• Javobgarlik va mas’uliyatlilik tamoyili mavjud qoida va huquqlarga asoslanib boshqaruv
tizimini tashkil etishni talab qiladi. Bu tamoyilda barcha xodimlar o’zlariga topshirilgan vazifalarga javobgarlik va mas’uliyatlilik nuqtai-nazaridan qaraydilar va huquq va qoidalarga suyanib mehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladilar.
Oxirgi natijada olingan qo’shimcha daromaddan moddiy rag’batlantirish vositalari ham
ishlashini talab qiladilar;
• Ierarxiya va qayta aloqalar tamoyilida boshqaruvdagi quyi bo’limlar o’zlarining
boshqaruv organlari rahbarligida faoliyat ko’rsatadilar. Bu tamoyil ko’p hollarda
bosqichma- bosqich tarkibli boshqaruv tizimini qo’llashda ishlatiladi.
Bu boshqaruv tizimi pastdan yuqoriga va yuqoriga buysunish tamoyilida majmuali faoliyat
yuritadi. Ya’ni bo’limlar, boshqarmalar va bosh boshqarma rahbarligini anglatadi. Qayta
aloqalar deyilishiga sabab bosh boshqarmalar quyidagi bo’limlar va birlashmalar faoliyatlari natijalariga qarab qayta nazorat qiladilar;
• Menejmentning eng zamonaviy tamoyillaridan biri – demokratik tamoyil hisoblanadi.
Bu tamoyilda tashkilotning barcha xodimlari boshqaruv faoliyatida ishtirok etadilar.
Bunday ishtirok etishning sababi, asosiy mehnatga qo’shimcha haq to’lash, moliyaviy
operatsiyalar, aktsiyalarni qo’yish, yagona ma’muriy boshqarish, boshqaruvda qarorlarni jamoaviy asosda qabul qilish hisoblanadi.
Menejment tizimida davlat qonunchiligi tamoyili asosida boshqaruvni tashkil qilish faqat
davlat qonunlari asosida amalga oshiriladi. Menejment tizimida davlat qonunchiligi
tamoyili asosida boshqaruvni tashkil qilish va shakllantirishda juda ko’plab tamoyillar mavjud.
Menejmentda eng muhimi, sohalarning rivojlanish o’rni va maqsadi, imkoniyatlarning
borligi nuqtai-nazaridan zarur tamoyil asosida boshqaruv tizimini ishlab chiqish
maqsadga muvofiq bo’ladi.
Menejment maktablari faoliyatlari bilan tanishuvdan ma’lum bo’ldiki, menej- mentning shakllanishidagi maktablarning asoschilari va bu maktablarning taniqli vakillarining barchasi o’z tadqiqotlari natijalari asosida menejmentni tashkil qilish va rivojlantirishning tamoyillariniyaratganlar. Bu tamoyillar keyinchalik Teylor ilmiy boshqaruvda dastlab to’rtta tamoyilni ilgari surdi:
1. ishning iqtisodiy usullarini joriy qilish;
2. professional tanlov va kadrlarni o’qitish;
3. kadrlarni joy-joyiga ratsional qo’yish;
4. ma’muriyat bilan ishchilarning hamkorligi.
Adabiyotlarda menejment tadqiqotchilari Teylorning meh- natni ilmiy boshqruvi bo’yicha ko’plab tamoyillarini keltiradi. Ba’zi adabiyotlarda uning tamoyillari tadqiqotlarning
mavzulari bo’yicha qisqartirilgan holatlarda ham talqin qilinadi. Teylorning
ilmiy boshqaruv bo’yicha yaratgan to’rtta tamoyilidan boshqa, quyidagi tamoyillari ham
menejmentning birinchi maktabini shakllantirishga asos bo’lgan deb hisob- lashishadi
Teylorning g’oyalari uning izdoshlari- G.Gant, F.Gilbreyt, G.Emersonlar tomonidan
rivojlantirildi. Ilmiy boshqaruv kontseptsiyasi menejmentdagi keskin burilish davrini boshlab
berdi, ilmiy boshqaruv menejmentda mustaqil tadqiqot yo’nalishi davri deb
tan olindi.
Menejment rivojidagi eng mukammal tamoyillarni yaratgan olimlar ichida
menejmentning birinchi maktabi-ilmiy boshqaruv maktabining asoschisi F.Teylor
tamoyillarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Uning boshqaruvdagi ilmiy menejment tamoyillari boshqaruvda hozir ham muvaffaqiyat bilan qo’llanilmoqda Falsafada
“Me’yor-rivojlanishning asosidir” degan shior bor. F.Teylorning ilmiy
menejment tamoyillarining birinchisi – tashkillashtirish va boshqaruvda samaradorlikka
erishishning asoslari mehnat ekan, demak, har qanday mehnatni tarkiblarga ajratish va
me’yorlarini aniqlash mumkinligini tushuntirib beradi. Ikkinchi tamoyili birinchi tamoyilning
mantiqiy davomi bo’lib, mehnatning aniq tarkiblari va aniq o’lchamlari kutiladigan
natijani aniq belgilash va bu natijani aniq belgilangan vaqtda olishni
ta’minlaydi. Bu faoliyatda bo’sh va bekor vaqtning kelib chiqishi yoki paydo bo’lishiga
yo’l qo’yilmaydi. F.Teylorning ilmiy menejmentdagi uchinchi tamoyili mehnat
rag’batlantirilishi kerakligini ta’kidlaydi. Lekin, rag’batlantirilish xodimning
mehnatdagi faoliyati uchun emas, xodimning mehnati faoliyatida olingan natija bo’yicha amalga oshirilishini to’g’ri deb xulosa qilgan.
Menejment haqidagi ilmiy adabiyotlarni o’rganganimizda, uning usullari ko’p
qirrali va variantli tamoyillarining ko’pligini anglaymiz. Masalan,
F.Teylorning ilmiy menejmentdagi tamoyillari, F.Teylorning boshqaruvdagi
tamoyillari va boshq.
Nazariya, g’oya, kontseptsiyalar tamoyillar asosida yaratiladi. Shuning uchun ham bu
atama ilmiy ma’noga ega. Menejmentning asoschilari menejment va boshqaruv uchun
alohida-alohida tamoyillar ishlab chiqqan emas. Biz bu tamoyillarni
menejmentning tamoyillari va boshqaruvning tamoyillari deb atamoqdamiz.
Biz globallashuv va xalqaro integratsiyadagi hamkorli- gimiz natijasida menejmentni
o’rganishga majbur bo’ldik. Bu o’rganish jarayonlarida menejment atamasini ham, boshqaruv atamasini ham birday ishlatib kelmoqdamiz va dastlabki tarjimalarimizda
menejmentga bag’ishlangan ilmiy adabiyot- lardagi menejmentni ko’p holatlarda boshqaruv
deb tarjima qilganmiz. Shuning uchun ham, menejmentning tamoyillarini darajalarga
bo’lib o’rganish zaruriy talab emas deb o’ylaymiz.
Amerikalik iqtisodchi G.Emerson boshqarish va mehnatni tashkil qilishning
insonparvarlik g’oyalariga asoslangan, majmuali, tizimini ishlab chiqqan.
F.Teylorning safdoshi bo’lgan G.Emerson ilmiy boshqaruv tamoyillarini 6-rasmdagi kabi
ketma-ketlikda bayon qiladi.
G.Emerson va F.Teylorlarning menejmentdagi tamoyil- larini o’rganganimizda shunday
xulosa hosil bo’ladiki, bir yo’nalishdagi tadqiqotchilar qachonki, biri-birini
yaxshi tushunsagina o’zaro hamkorlik kelib chiqadi. Jahon tan olgan ilmiy maktablarning
aslida kelib chiqishi asoslarida aynan ana shu “o’zaro hamkorlik” qurilgan.
Masalan, F.Teylor tamoyillarida qat’iy standartlar va jiddiylik juda kuchli. Lekin,
bu qat’iyatlilik va jiddiyliklarda insonparvarlik tushunchalariga, inson omiliga
e’tibor berish detallari ham bor O’zaro tushunish va hamkorlik natijasida
G.Emerson F.Teylor tamoyillaridagi insonparvarlik tushunchalari va
inson omili detallarini zukkolik bilan angladi va menejmentda insonlarga (ishchilarga, xodimlarga) xush keladigan tamoyillarini yaratdi.
Nemis sotsiologi M.Veber, ham A.Fayolni quvvatlagan va unga qo’shilgan holda byurokratik tizimning faoliyatini tahlil qildi, qattiq reglament (chegaralovga), ierarxik tarkibga
asoslangan byurokratiya modelini qurdi va ratsionallashgan boshqaruv kontseptsiyasini shakllantirdi. Uning fikrlari bo’yicha ideal va boshqaruvning samarali tizimi – byurokratiya Menejmentning tamoyillari boshqaruvning nazariy g’oyalarini o’zida aks ettirib, amaliyotda maqsadga erishish uchun intilish kerakligini isbotlaydi va yana ular asoslanish va samaradorlikning mezonlari hisoblanadi.Menejmentning tamoyillarini o’rganar ekanmiz, bu tamoyillarni jamiyatning a’zolari jamiyat taraqqiyoti uchun yaratganliklarini anglaymiz25. Bu haqiqatni menejment fanining asoschisi F.Teylor yaxshi tushuntirgan. Menejmentning tamoyillari va funksiyalari.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba