Bosh sahifa mavzular  Menejmentning tiplari.

 Menejmentning tiplari.

Menejmentning tiplari haqida batafsil ma'lumotlar.

Menejmentning tiplari haqida batafsil ma'lumotlar.

Menejmentning tiplari.

Menejmentning tiplari.Menejmentning tiplarini tasniflash bir tomondan, oldingi tahlil va tasnif uchun muhim omillarni ajratishni, ikkinchi tomondan, menejmentning har-xil tiplari uchun bu omillarning turli darajalaridagi birikishiga asoslanadi. Bu esa aniq menejment tipini (uning asoslarini tashkil qilgan aniq omillarni rivojlantirish hisobiga) amaliy va nazariy jihatdan rivojlantirish imkoniyatlarini baholash imkonini beradi.
Bu tasnifdan foydalanish menejerga menejment tipining aniq vazifalari
sharoitlariga muvofiq, eng qulay amaliy vazifalarini yechishni tanlash imkoniyatlarini
hosil qiladi.
Menejment tiplarining tasnifi uslubiyatlar bo’yicha boshqaruv ob’ekti bilan
quyidagicha o’zaro bog’liqdir:
An’anaviy. An’anaviy yondoshuv boshqaruvning qoidalari va tamoyillaridan foydalanib, har
qanday tashkilotlar uchun yondoshuvni ishlab chiqadi. An’anaviy yondoshuvni menejment,
tashkilot va odamlarning yetarli darajadagi bir o’lchamli o’zaro harakatlari deb tushunadi.
Mohiyati bo’yicha bunday menejment boshqaruvning barcha ob’ektlari bir xildagi ta’sirlarga bir xilda javob berishi bilan ifodalanadi.
Tizimli. Tizimli yondoshuv tashkilotda bo’limlarning o’zaro harakatlarini to’playdi va bir butunlikni saqlash uchun har bir alohida qismlarni o’rganishning muhimligiga e’tibor beradi. Tizimli yondoshuvning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi:
• tizimga kirish (kelayotgan resurslar);
• qayta tashkillashtirish jarayoni (mahsulotga ketgan resurslar);
• tizimdan chiqish (mahsulot);
• qayta aloqa (qayta yo’nalishlar zanjiriga ta’sir qiluvchi natijalarni bilish).
Vaziyatli. Vaziyatli yondoshuvning mohiyati shundan iboratki, u tashkilotning boshqaruvi faqatgina bitta qoida yoki tamoyilga asoslanib va bu bitta qoida va tamoyilni barcha vaziyatlarda foydalanishini oldini oladi. Vaziyatlar quyidagi uch tizimga bo’linadi: “boshqaruv ob’ektining holati”, “boshqaruvchi ta’siriga egalik”, “boshqaruvchi ta’sirining oqibatlari”. Ijtimoiy-etik(odob) menejmentining faoliyati, qabul qilinadigan qarorlarning
ta’siri sohasiga tushib qoladigan ob’ektlarning tashqi va ichki tarkiblariga, kadrlar,
texnik, texnologik, moliyaviy tarkiblarga zararlar, shikastlar yetkazish
ehtimolini pasaytiruvchi qarorlar qabul qilishga yo’naltirilgan. Bunda ob’ekt
faoliyati ijtimoiy-etik marketing natijalari bo’yicha tanlanadi va o’zining
maqsadi foyda keltirish bo’lgan jarayonlarni ko’rib chiqadi.
Qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilish sohasiga tushadigan
ob’ektlar quyidagilar bo’lishi mumkin: shaxs (iste’molchilar, vositachilar
va personal), yuridik shaxs (keltiruvchilar, vositachilar, iste’molchilar), tabiat,
jamiyat.
Ijtimoiy–etik menejmentning boshqaruvdagi maqsadi
kutilmagan zararlarning bozor tizimidagi boshqa elementlariga
ta’sirlarini chegaralash chora-tadbirlarini hisobga olish zarurligidir. Bu
talablar boshqaruv maqsadlarini shakllantirishda, qabul qilinadigan qarorlarning samaradorligini oshirishda, baholash mezonlarining sintez jarayonlarida hisobga olinishi kerak. Ijtimoiy-etik menejmentdan ijtimoiy jarayonlarni, hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash, tartibli boshqarish va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlarning boshqa yo’nalishlarida foydalanish mumkin.
Stabillashtirish (barqaror, turg’un). Stabillashtirish tashkilotning texnik, texnologik,
moliyaviy,tashqi va ichki tarkiblarini stabillashuviga yo’naltirilgan. Menejmentning
tiplari bilan rejalashtirishning o’rtasidagi muvofiqlikning zaruriyligi shundaki,
menejment tuzuvchi sifatida o’ziga rejalashtirish, motivlashtirish, tashkillashtirish,
nazoratni oladi.
Muhit va boshqaruv ob’ekti uchun oqibatlarning hujumi vaqti bo’yicha menejmentning
tiplari quyidagilar:
Istiqbolli (biznes-reja, istiqbolli reja). Istiqbol- li menejment biznes yoki istiqbolli
rejani amalga oshirishga yo’naltirilgan. Biznes rejalashtirishning maqsadi
korxonaning imkoniyatlari va tashqi muhitni chuqur tadqiq qilishni hisobga olib aniq
yo’nalishlarning maqsadlari va vazifalarini aniqlash hisoblanadi. Korxonaning istiqbolli
rejasini ishlab chiqish aniq mahsulot, ishlab chiqarish hajmi va boshqalar bo’yicha qarorlar
qabul qilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda boshqaruv ob’ekti mahsulotni
ishlab chiqarish jarayonlari hisoblanadi.
Operativ. Menejmentning operativ tipi vazifalarni operativ yechishga yo’naltirilgan
kontseptsiyalar va harakatlar yig’indisidan iborat bo’lib, bu birlashish murakkab vazifalar-
ni alohida qismlarga bo’lish bo’yicha qarorlar qabul qiladi va tezkor natijalarga erishishini
o’zida mujassamlashtiradi.
Joriy. Joriy menejment tipi o’zida korxona rahbariyati- ning aynan hozirgi vaqtidagi
faoliyati, qarorlari va harakat- lari to’plamini o’zida mujassamlashtiradi.
Qarorlarni qabul qilish tezligi va davomiyligi bo’yicha menejmentning tiplari quyidagilar:
Bir marotabalik qarorlar. Menejmentning bir marota- balik qarorlar tipi yirik muammoni
yechish uchun qarorlar qabul qilishda (shu muammo bo’yicha ikkinchi qarorni qabul
qilishning vaqtini belgilashning imkoni yo’q) qo’llaniladi. Bunday qarorlarga davlatlar
darajalarida masalan, NATO ga yoki MDH ga qabul qilish qarorlari, yoki MSOP
(Butunjahon tabiatni muhofaza qilish ittifoqi)-milliy parklar va tabiat qo’riqxonalarini
yaratish yoki tugatish haqidagi qarorlar.
Siklli (davr) qarorlar. Siklli qarorlar menejmenti ma’lum bir sikldagi
muammoni yechishda qo’llaniladi. Siklli qarorlar menejmentiga misol: joriy yil
byudjetining bajarilishi bo’yicha yilda bir marotaba va kelgusi yil byudjeti
bo’yicha bir marotaba qaror qabul qilinadi.
Uzluksizlik zanjiri. Uzluksizlik zanjiri qarorlari -jarayonli yondoshuv qarorlari deb ham nomlanadi. Jarayonli menejment (menejment jarayon sifatida) qachonki, biri-biriga bog’lanmagan muammolar bo’yicha kutilmagan, qandaydir sabab yoki sabablarning yuzaga kelib chiqqan onlarida (daqiqalarida) butun jarayonning to’xtab qolmasligi uchun qarorlar qabul qiladi.
Menejmentning tiplarini o’rganishdan kelib chiqadigan xulosalar shundan iboratki, menejment o’zida va tarkiblarida jarayon, jarayonlar, voqe’liklar, hodisalar va o’zgarishlarni biriktirgan va ushbular bilan faoliyat ko’rsatgan holda menejment, menejmentning turlari va menejmentning tiplari hamisha biri-birini qo’llab-quvvatlagan tartibda ishlaydi. Menejmentni takomillashgan tartibini qo’llash albatta samaradorlikni isbotlaydi.
Xulosalar:
1. Menejmentning turlari – boshqaruv faoliyati bilangina
bog’liq vazifalarni hal qiluvchi maxsus yo’nalishlari hisoblanadi. Bu yo’nalishlarda ob’ektning belgilari va mazmuni bo’yicha menejmentning tasnifi keltirildi.
2. Menejment ob’ektning belgilari bo’yicha umumiy va funktsional menejmentga bo’linadi. Umumiy (yoki Bosh, asosiy) uning mustaqil xo’jalik bo’limlarini boshqarishni qamrab oladi. Funktsional menejment (yoki maxsus) tashkilot boshqaruv faoliyatidagi aniq bir tarmog’i, sohasi yoki yo’nalishi, bo’limi bilan shug’ullanadi. Funktsional menejmentning asosiy turlari keltirildi.
3. Menejment mazmuni va mohiyati bo’yicha quyidagi menejment turlariga bo’linishining ta’riflari yoritildi:
1. Me’yorli menejment.
2. Strategik menejment.
3. Operativ menejment.
4.Menejmentning tiplarini tasniflash bir tomondan, oldingi tahlil va tasnif uchun
muhim omillarni ajratishni, ikkinchi tomondan, menejmentning har-xil tiplari uchun bu
omillarning turli darajalaridagi birikishlariga asoslanadi. Bu esa aniq menejment tipini (uning asoslarini tashkil qilgan aniq omillarni rivojlantirish hisobiga) amaliy va nazariy jihatlardan rivojlantirish imkoniyatlarini baholash imkonini beradi.
Bu tasnifdan foydalanish menejerga menejment tipining aniq vazifalari
sharoitlariga muvofiq eng qulay amaliy vazifalarini yechishni tanlash imkoniyatlarini hosil
qiladi. Menejment tiplarining tasnifi uslubiyatlar bo’yicha boshqaruv ob’ekti bilan o’zaro harakatlari tahlil natijalari batafsil yozildi. Menejmentning tiplari.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba