Menejmetning turlari va tiplari.
Menejmetning turlari va tiplari. Menejmetning turlariMenejmentning turlari – boshqaruv faoliyati bilan bog’liq vazifalarni hal qiluvchi maxsus yo’nalishlari hisoblanadi. Bu
yo’nalishlar ob’ektning belgilari va mazmuni bo’yicha menejmentning tasnifida ajratilgan.
Menejment ob’ektning belgilari bo’yicha umumiy va funktsional menejmentga bo’linadi. Umumiy (yoki Bosh, asosiy) menejment tashkilot boshqaruvidagi barcha faoliyatni yoki uning mustaqil xo’jalik bo’limlarini boshqarishni qamrab oladi. Funktsional menejment (yoki maxsus) tashkilot boshqaruv faoliyatidagi aniq bir tarmog’i, sohasi yoki yo’nalishi, bo’limi bilan shug’ullanadi.
Funktsional menejmentning asosiy turlari quyidagilar:
1. Innovatsion menejment.
2. Personal menejmenti.
3. Ta’minot menejmenti.
4. Ishlab chiqarish menejmenti.
5. Sifat menejmenti.
6. Moliya menejmenti.
7. Xalqaro menejment.
8. Marketingli menejment.
9. Investitsiya menejmenti.
10. Strategik menejment.
11. Savdo menejmenti.
12. Ekologik menejment va boshq…
Har qanday tashkilotda umumiy va funktsional menejment tashkiliy birlikda mavjud
bo’ladi va menejmentning butun tizimini hosil qiladi. Ularning bir-biriga nisbatlari tashkilot tarkibini rasmiylashtirishga bog’liq hisoblanadi.
2. Strategik menejment.
3. Operativ menejment.
Me’yoriy menejment, tashkilot falsafasini ishlab chiqish va joriy qilishni, uning tadbirkorlik siyosatini, bozordagi raqobatbardoshligini tashkil qilishni aniqlash, tashkilotning umumiy strategik maqsad va vazifalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Strategik menejment, strategiyalar to’plamini ishlab chiqish, ularning vaqt bo’yicha taqsimlanishi, tashkilotning salohiyatli yutuqlarini shakllantirish va ularni joriy qilishning strategik ta’milashini hisobga oladi.
Operativ menejment, taktik va operativ tadbirlarni ishlab chiqishni, tashkilotni rivojlantirishda qabul qilgan strategiyalarini amalda bajarish yo’nalishlarini tashkil qilish bilan shug’ullanadi.
Yuqorida qayd qilinganidek, hozirgacha menejmentning ko’plab turlarini ta’riflashgan. Bu ro’yxat zamonaviy texnologiyalar, xalqaro ilg’or tajribalar, yangi turdagi ishlab chiqarish sohalari, tarmoqlari va yo’nalishlari kelib chiqishi sababli yanada to’ldirilmoqda. Quyida menejmentning hozirgi boshqaruvda ommaviy ravishda qo’llanilayotgan bir necha turlarining mazmuni va mohiyati bilan tanishamiz.
Moliyaviy menejment. Menejmentning ilmiy adabiyotlarida, moliyaviy menejmentning bir qancha ta’riflari mavjud. Quyida ulardan ba’zilari keltirildi:
• Moliyaviy menejment – boshqaruvni moliyaviy shakllantirish tizimini, xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy resurslaridan foydalanish, taqsimlash va tashkilotning
• Moliyaviy menejment – moliyaviy resurslarni jalb qilish va foydalanish bo’yicha har xil sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlar tizimi;
• Moliyaviy menejment – korxonalarning strategik va taktik maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan, moliyaviy resurslar boshqaruvining fani va amaliyoti;
• Moliyaviy menejment – korxonaning mol-mulki va moliyaviy resurslarini boshqarish;
• Moliyaviy menejment – korxonaning moliyaviy oqimlarini boshqarish;
• Moliyaviy menejment – korxonaning zaruriy likvidligini ta’minlash va to’lov balansini quvvatlash maqsadlarida aktivlar va passivlarni boshqarish;
• Moliyaviy menejment – daromad (foyda) ko’rinishlariga aylanayotgan pul munosabatlarini (moliyaviy), xarajatlarni (fondlar, resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash), fondlar va resurslarni samarali nazorat qilishni boshqarish tizimi.
Moliyaviy menejmentning ta’riflaridan ma’lum bo’ladiki, moliyaviy menejment korxonaning pul vositalarining aylanmasini tashkillashtirish, korxonaning moliyaviy resurslarini shakllantirish, foydalanish va taqsimlash, bilan bog’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, amalga oshirish tamoyillarini, usullarini ishlab chiqish tizimi haqidagi fan hisoblanadi.
Strategik menejment. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilishdan ma’lum bo’ladiki, bugungi kunda strategik menejmentning yetarli darajalardagi aniq «tushunchasini» beradigan, yengil tushuniladigan ta’riflari ishlab chiqilgan emas.
Chunki, strategik menejmentning hozirgi ta’riflari ham ancha tushunarsiz jarayonlarni, mexanizmlarni o’zining tarkibiga olgan. Strategik menejmentning eng ommaviylashgan ta’riflarini keltiramiz.
Strategik menejment – bu tashkilotni qamrab oluvchi muhit deb tushuniladigan,
tanlangan maqsadlardan foydalanish orqali va tashkilotning resurslarini taqsimlash
yo’li bilan uzoq muddatdagi samarali reja harakatlariga muvofiq kutiladigan
natijalarga erishishdir.
Strategik menejment – bu menejerning tashkilotni uzoq muddatlarda rivojlantirish
yo’nalishlarini belgilaydigan, o’ziga xos bo’lgan maqsadlarini, ichki va tashqi
tomonlardagi barcha imkoniyatlardan foydalangan hollarda maqsadlarga erishish
strategiyasini rivojlantiruvchi va tanlangan rejaning bajarilishini qabul
qiluvchi boshqaruv jarayonidir.
Strategik menejment – bu tashkilotning shunday boshqaruviki, bunda tashkilotning asosi, tayanchi inson salohiyati deb qaraluvchi, ishlab chiqarish faoliyatini iste’molchilarning ehtiyojlariga mo’ljallovchi, tashqi kommunikatsiyaning chaqiruviga javob beruvchi va raqobatda ustunlikka imkon beruvchi jarayonlarning umumlashganligi tashkilotga maqsadlariga erishishni va uzoq muddatli istiqbolda yashab qolish imkoniyatlarini beradi.
Ma’lumki, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish yoki tashkiliy strategiyani
ishlab chiqarish yoxud tadqiqotlarni amalga oshirish strategiyalarini ishlab chiqishda albatta
uzoq muddatli strategik reja tuziladi. Bu strategik rejani amalga oshirish esa, qisqa muddatli – taktik rejalar orqali bajariladi. Menejmentning strategiyasini tushunib olishning murakkabligi shundan iboratki, strategik menejmentda ichki va tashqi tomonlar mavjud. Bu tomonlarni tushunib olish uchun strategik menejmentning mazmunini bildiruvchi omillarni keltiramiz. Ular quyidagilar:
• firma biznesining bosh maqsadlari va vazifalarini aniqlash;
• firmaning tashqi muhiti tahlili;
• firmaning ichki sharoiti va vaziyati tahlili;
• firmaning strategiyasini tanlash va ishlab chiqish;
• diversifikatsiyalashgan firma portfelining tahlili, uning tashkiliy tarkiblarini loyihalashtirish;
• boshqaruv tizimida integratsiya darajasini tanlash;
• «strategiya-tarkib-nazorat» majmuasida boshqarish;
• firmaning alohida sohadagi siyosati va muomala me’yorlarini aniqlash;
• firma strategiyasi va natijalarida qarama-qarshi, teskari aloqalarni ta’minlash;
• strategiyani, tarkibni, boshqaruvni takomillashtirish.
Innovatsion menejment – tamoyillar, usullar va shakllarni umumiylashtirib innovatsion jarayonlarni, innovatsion faoliyatlarni, bu faoliyatlarda band bo’lgan tashkiliy tarkiblarni va personalni boshqarish.
Innovatsion menejment ishlab chiqarishni tashkil etish bilan iste’molchilar o’rtasida istiqbolli mahsulotlar va xizmatlarga bog’liq faoliyatlarni samarali boshqarish jarayonlariga yordam beradi.
Innovatsion menejmentning boshqaruv ob’ekti ilmiy ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlarga va boshqaruv organlariga innovatsiyani joriy qilish jarayonlari hisoblanadi.
Innovatsion menejment boshqaruvi o’ziga xos xususiyatlarga va murakkabliklarga
ega. Bu o’ziga xoslik va murakkabliklar quyidagilardan iborat. Bilamizki, qoida
va talab bo’yicha tashkilotga va uning boshqaruviga yangi yondoshuvlar va yangi
g’oyalarni izlash maxsus texnik va iqtisodiy bilimlarni talab qiladi; innovatsiyani amalga
oshirish uchun innovatsion loyiha ishlab chiqish kerak. Innovatsion menejer ilmiy-texnik va
iqtisodiy-ruhiy salohiyatga, iqtisodiy–muhandislik bilimlariga ega bo’lishi, malakali iqtisodchi bo’lishi, yangiliklar bozorida ishlashga, yangiliklarning samaradorligini baholash qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Innovatsion menejerning bosh maqsadi – firmaning faoliyat davridagi xavf-xatarni pasaytirish va xodimlar uchun komfort (qulay) ish sharoitlarini yaratishdan iborat:
• rejalashtirish: strategiyani amalga oshirish rejasini tuzish;
• tashkillashtirish va sharoitni aniqlash; innovatsiyaning har-xil fazalarini joriy qilish uchun resurslarga ehtiyojlarni aniqlash, xodimlar oldiga vazifalarni qo’yish, ishni tashkil qilish;
• bajarish: ishlanmalar va tadqiqotlarni amalga oshirish, rejani joriy qilish;
• rahbarlik: tahlil va nazorat, harakatlarni to’g’rilash; tajribalarni to’plash;
innovatsion loyihalarning samaradorligini baholash; innovatsion boshqaruv qarorlarini
qabul qilish; yangilikni joriy qilish. Xalqaro menejment. Menejment turi hisoblanib, uning bosh maqsadi turli mamlakatlardagi biznesning boshqarilishi va ulardagi iqtisodiy, demografik, madaniy va boshqa o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarni va davlatlararo o’zaro hamkorlikni o’rganish imkoniyatlari hisobiga raqobatbardoshlikda ustunliklarga erishishni
shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi.
Xalqaro menejmentning tarkibi milliy menejment tarkiblariga o’xshash bo’lishi kerak va o’z tarkibiga firma biznesidagi boshqarishni xalqaro miqyosda rivojlantirishga asos bo’luvchi quyidagilarni ham qo’shishi lozim:
• tadqiqotlar, tashkilotning ichki muhiti va biznesning tashqi muhitini tahlil qilish va
baholash;
• kommunikatsiya jarayonlari va qarorlar qabul qilish (modellar va usullarni qo’shish
hisobidan);
• boshqaruvning tayanch funktsiyalari (strategik rejalashtirish va strategiyani amalga oshirish; tashkillashtirish; motivatsiya; muvofiqlashtirish va nazorat);
• rahbarlik va guruh dinamikasi masalalari;
• firma faoliyatining samaradorligi masalalari
(personalni, ishlab chiqarishni, marketingni, unumdorlikni boshqarish).
Savdo menejmenti. Savdo inson hayotidagi eng qadimiy va eng muhim faoliyat
hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy sharoitda savdo har qanday davlatning iqtisodiyot
sohalarida, personalning bandligi miqdori jihatidan ham, faoliyatlar hajmining
kattaligi jihatidan ham eng yuqori o’rinlarda turadi. Savdo korxonalarining
faoliyati har bir insonning ehtiyojlarini har kuni qondirish talablari bilan bog’liq. Bu
talablarni bajarish uchun tashkiliy – texnologik, iqtisodiy va moliyaviy xususiyatlarga
ega bo’lgan juda ko’p omillar va savolarga javob berishga to’g’ri keladi.
Savdo korxonasining boshqaruv faoliyati murakkab jarayonlardan iborat.
Savdo menejmentining (SM) turli xil usullari yordamida boshqaruv qarorlarini amalga
oshirish savdo korxonalarining faoliyati bilan uzviy bog’langan.
Hozirgi vaqtda savdo – tadbirkorlik faoliyatlari yo’nali- shida va mehnat qilish sohasida
o’zining rivojlanishidagi yangi tezkorlikga ega bo’lib bormoqda. Bunga juda ko’p yangi
tad- birkorlar o’zlarining xususiy va boshqa turdagi korxonalarni tashkil qilish yo’li bilan
kirib kelmoqda. Bu korxonalarning menejerlari har kuni, har soatda ko’plab tashkiliy-
iqtisodiy- moliyaviy muammolarga duch kelmoqda.
Ko’p holatlarda u asta-sekinlik bilan tajriba oshirib, bu muammolarni “sinov va
xatolar”ga boy bo’lgan shaxsiy usullari bilan yechishga majbur bo’ladi. Bugungi kunda savdo korxonasini boshqarish komp`yuterlashgan eng yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanishga shuningdek, oldingi amaliyotimizdagi noan’anaviy moliyaviy vositalardan, erkin bozor sharoitlaridagi mexanizmlardan foydalanishga asoslangan.
Savdoning maqsadi – jamiyatni har xil darajadagi barcha noz-ne’matlar bilan har kuni ta’minlash hisoblanadi. Savdo menejmenti o’zining bosh maqsadlariga erishishi jarayonini quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga yo’naltiradi:
1. Xaridorlarning talablarini iste’mol bozori segmentida tanlangan mahsulotlar doirasida qondirish.
2. Xaridorlarga xizmatlar ko’rsatishning yuqori darajalarini ta’minlash.
3. Korxonaning savdo-xo’jalik va savdo-texnologik jarayonlarini yetarli darajalarda iqtisodiy jihatlardan tejamli amalga oshirishni ta’minlash.
4. Savdo korxonasining ixtiyorida qoladigan daromad summasini maksimallashtirish va undan samarali foydalanishni ta’minlash.
5. Savdo korxonasining faoliyati bilan bog’langan xo’jalik xavflarini minimallashtirish darajalariga tushirish.
6. Savdo korxonasining bozor bahosi ko’tarilishini doimiy ta’minlash.
Savdo menejmentining funktsiyalari. Savdo menejeri o’zi- ning bosh maqsadlari va
vazifalarini quyidagi aniq funk- siyalarni qo’llash orqali amalga oshiradi:
1. Savdo korxonasining faoliyatida tarkibiy birliklarni va tashkillashtirishning eng samarali
shakllarini tanlash.
2. Texnologik jarayonlarni boshqarish.
3. Xaridorlarga xizmat qilish jarayonlarini boshqarish.
4. Personal va ishchilarni boshqarish.
5. Tovarlar aylanmasini boshqarish.
6. Foydani boshqarish.
7. Tovarlar aylanmasining hajmiga nisbatan joriy xarajatlar darajasini doimiy pasaytirish sharoitlarini shakllantirish, muomala xarajatlarini boshqarish.
8. Daromadlarni boshqarish.
9. Aktivlarni boshqarish.
10. Kapitallarni boshqarish.
11. Investitsiyalarni boshqarish.
12. Xo’jalik xavflarini boshqarish.
13. Moliyaviy holatlarni boshqarish.
Ekologik menejment. «Ekologik menejment» fanidan T. Jumaev, Z. Hoshimov va O.
Ro’zievlarning o’quv qo’llanmasi nashr qilingan.
Ushbu o’quv qo’llanmaning annotatsiyasi qo’yidagicha: «Ekolo- gik menejment» fanidan tuzilgan o’quv dasturi asosida tayyor- langan bo’lib, unda bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning turli ierarxiya darajasidagi xususiyatlari, qonuniyatlari va tamoyillari, asosiy
instrumentlari, boshqaruv tizimlarining tashkil etilishi, korxonalar «Ekologik menejmenti», stra- tegik ekologik menjment kabi mavzular batafsil yoritilgan.
Biz ekologik menejmentning mazmuni va mohiyatini yanada to’liqroq tushunib olish uchun ushbu qo’llanmaga qo’shimcha sifa- tida quyida ekologik menejment bilan ekologik boshqaruv tushunchalarining o’rtasida farqlar majudligini ilmiy ada- biyotlardagi ma’lumotlar asosida keltirdik
Hozirgi davrimizga kelib ma’muriy ekologik boshqaruv albatta, o’zining tarkibiga ekologik menejment boshqaruvini kiritishi kerak. Chunki, ma’muriy ekologik boshqaruvda tabiatni o’rganuvchilar va tabiatga qiziquvchilar uchun ancha to’sqinliklar va ma’muriy huquqiy me’yorlar xalaqit beradi. Shuning uchun ham, BMT ning qarorlari bo’yicha butun sohani ekologiyalashtirish aholida ekologik bilimlar va ekologik madaniyatlarning shakllanishida ekologiyani zamonaviy ekologik menejment asosida boshqarish kutiladigan samaralarni beradi.
Marketing-menejment. Marketing-menejment – tashkilotni marketing tamoyillari asosida boshqarish falsafasi. Marketing-menejmentga faqat marketing jarayonlari qarash emas, balki korxonaning maqsadlariga erishishga mas’ul bo’lgan kishilar va jamoaga rahbarlikdagi vazifalarning ham o’zaro bog’langanligi sifatida qarash talab qilinadi. Marketingli menejment firmaning barcha tadbirlarini maqsadga yo’naltirilgan bozor darajalarida
va jamiyat darajalarida shakllantirish va muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.
Marketing-menejmentning maqsadi – boshqaruv ta’siri- ning uzoq va qisqa (operativ) muddatli majmuasini shakllantirish, marketing yo’nalishida o’zaro harakatlanuvchi shaxslar va barcha bo’limlardagi marketing masalalarini yechish.
Marketing-menejmentning vazifalari:
• korxonaning taktik va istiqbolli marketing siyosatini ishlab chiqish;
• marketingli dasturlar bilan boshqarishni tashkil qilish;
• mehnat vositalari bilan boshqaruvni tashkil qilish;
• marketing sohasi munosabatlari bilan boshqaruvni tashkil qilish.
Marketing-menejmentning kontseptsiyasi strategiya va nazo- ratni shakllantirish, atrof-muhit va tadbirkorlik faoliyati- ning tahlili va asosiy g’oyalar tizimi sifatida aniqlanadi.
Marketing-menejment kontseptsiyasining asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
• marketingni rejalashtirish;
• marketing jarayonlarini tashkillashtirish;
• marketing maqsadlari uchun turli bo’limlarni muvofiqlashtirish;
• faoliyat nazorati va audit;
• korxonaning barcha bo’limlarini rag’batlantirish.
Marketing-menejment jarayonlari quyidagi besh bosqichdan iborat:
1. bozordagi imkoniyatlarning tahlili;
2. maqsadli bozorni tanlash;
3. marketing majmuasini ishlab chiqish;
4. marketing tadbirlarini amalga oshirish;
5. raqobatni tadqiq qilish.
Personal menejment. Personal menejment kadrlar malakalarini oshirish,
o’qitish, tanlash, joy-joyiga qo’yish vazifalarini yechadi; rag’batlantirish va taqdirlash
tizimini ishlab chiqadi; mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilash va jamoada odob-
ruhiy muhitni yaratadi; kasaba uyushmalari tashkilotlarini qo’llab-quvvatlab,
jamoadagi nizolar va tortishuvlarni yechadi.
Korxonaning personal tarkibi ko’p jihatlarda quyidagilar bilan bog’liq hisoblanadi: mehnatni jamoaviy taqsim- lashni aniqlashda u yoki bu guruhning ishlab chiqarish jarayoni- dagi roli, korxona faoliyatining oxirgi natijalariga turli guruh personalining o’ziga xos bo’lgan ta’sirlari.
Ishlab chiqarish menejmenti. Ishlab chiqarish menej- menti, resurslar va ob’ektlarni muvofiqlashtirishni, korxonaning asosiy faoliyatlarini, harakatlarini kerakli tomonga yo’naltirib, uning samaradorligini ta’minlaydi.
Bunda «ishlab chiqaruvchi» atamasini har qanday sohaning korxonalariga (zavod,
bank, agrofirma) taalluqli, keng ma’nolarda tushunish mumkin. Ishlab chiqarish menejmenti turining ob’ekti korxona (tashkilot) ni o’rganish hisoblanadi. Bunda tashkilotning o’lchami, uning tashkiliy-huquqiy shakli va tarmoq yoki sohaniki ekanligi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham, menejmentning bu turini o’rganishda barcha korxonalar uchun xususiyatli bo’lgan belgilar ajratiladi va bu belgilar asosida korxonalarning o’ziga xosligi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish menejmentining o’rganish predmeti korxonaning ishlab chiqarish (jarayonli) faoliyatini boshqarish usullari va tamoyillari hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarishdagi soha tarmoqlari korxonalari uchun ularning asosiy faoliyatlarini ishlab chiqaruvchi deb, xizmat sohasi tarmoqlari korxonalari uchun ularning asosiy faoliyatlarini jarayonli deb nomlash qabul qilingan.
Tashkiliy menejment. Tashkiliy menejment tashkilotni yaratish, shakllantirish yoki uning
tarkiblarini qayta tuzish, boshqaruv mexanizmini, me’yorlarni, reglamentlar, qoidalar, ko’rsatmalar va boshq.. ishlab chiqish jarayonlarini boshqaradi. Tashkiliy menejment o’zida tashkiliy funktsiyalarni joriy etishga yo’naltirilgan, shuningdek, umumtashkiliy tamoyillarning ustuvorligini hisobga olib va menejmentning nazariyasi va amaliyotiga tayanib, tashkiliy muammolarni yechish va boshqaruv harakatlari, qo’llanmalar va holatlar tizimini taqdim qiladi. Bu tizim o’ziga quyidagilarni kiritadi: loyihalashtirish, tashkiliy tarkibni yaratish va takomillashtirish, funktsiyalarni aniq chegaralash, javobgarlik va tashkiliy vazifalarni taqsimlash, alohida ijrochilar va tarkibiy bo’limlarning majburiyatlari va huquqlarini, ular o’rtasida o’zaro aloqalarni belgilash, belgilangan tashkiliy-etik qoidalarga qattiq rioya qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Tashkiliy menejmentning korxonalarga yo’naltirilgan harakatlari, tanlangan strategik o’sish xususiyatlarini (rivojlanish) hisobga olish va ularning salohiyatini joriy qilishning zaruriyatini anglatadi. Menejmetning turlari va tiplari.
Muallif: Pardaev. O. M.