Mexanik nivelirlash.
Mexanik nivelirlash. Nivelirlashning bu usulida maxsus avtomat-nivelir ishlatiladi. Bu asbob velosiped, mototsikl yoki avtomashinaga o‘rnatilgan bo‘ladi. Avtomat nivelir o‘rnatilgan mashinada bosib o‘tilgan yo‘lning profili qog‘ozda, avtomatik ravishda chizilib boradi. Bu usulda joyning profili boshqa usuldagiga nisbatan osonroq va tezroq tuziladi, lyokin anikligi juda kam bo‘ladi. SHuning uchun mexanik nivelirlashdan katta aniqlik talab qilinmaydigan ishlarda, masalan, yo‘l qurilishida va joyning relefini dastlabki o‘rganishdagina foydalaniladi.
7.1.6.Gidrostatik nivelirlash.
Bu usulda joydagi nuqtalarning balandliklardagi farq o‘zaro bog‘liq ikkita idishdagi suyuqlik satxini kuzatish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usulda nuqtalarning nisbiy balandligi ±1-2 mm aniqlikda topiladi. Montaj ishlarida, yirik inshootlarning deformatsiyasini muntazam ravishda kuzatish kerak bo‘lganda va boshqa ishlarda gidrostatik nivelirlash qo‘llaniladi. Bu usul sodda bo‘lib, undan yopiq, tor va qorong‘i joylarda ham foydalanish mumkin.
7.1.7.Radionivelirlash.
Bu nivelirlash radioto‘lqinning samolyotdan erga, erdan samolyotga etib borish vaqtiga qarab samolyotning qanday balandlikda uchayotganini bilish imkoniyatini beradi. Samolyotning uchayotgan balandligi radiovыsotomyer degan asbob yordamida 5 m gacha aniqlikda topiladi. Keyingi vaqtlarda radionivelirlash turli qidiruv ishlarida xamda turli masshtabda topografik kartalar tuzishda qo‘llanilmoqda.
7.1.8. Stereofotogrammetrik nivelirlash.
Bu usulda joyning samolyotdan turib olingan aerosuratlariga qarab maxsus fotogrammetrik asboblar yordamida nuqtalarning balandligi aniqlanadi va relef gorizontallar bilan chiziladi. Bu xildagi nivelirlash ishlarining asosiy qismi korxonada bajarilganligidan vaqt va mablag‘ ancha tejaladi.
Stereofotogrammetrik nivelirlash turli masshtabdagi topografik kartalar tuzishda qo‘llaniladi. Mexanik nivelirlash.







