Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda tutgan o’rni.

0
Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda tutgan o'rni.

Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda tutgan o'rni.

Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda tutgan o’rni.

Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda tutgan o’rni. Har bir millat o’z qadriyatiga ega.  Binobarin,  uning  har  bir  mamlakat,  har  bir  xalq  rivoji  uchun  imkoniyatlaridan  qay  darajada  foydalanish – demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o’rin egallaydi. Hozirgi davrda qadriyatlarning  muhim xususiyatlaridan biri ham ana shundadir. Mustaqillikdan keyin milliy qadriyatlarning demokratik  jamiyat  qurishdagi  o’rnini  aniqlash  borasida  jiddiy  ilmiy  izlanishlar  ham,  amaliyot  bilan  bog’liq  muammolar ham davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Negaki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini,  odamlar  ongida  ma’naviy  va  axloqiy  qadriyatlarni  rivojlantirmay  hamda  mustahkamlamay  turib  o’z  istiqbollarini tasavvur eta olmaydi.

Ayniqsa, bizning SHarqda xalqning ming yillik milliy qadriyatlari  uning uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Xalqimizning yaqin o’tmishidagi uzoq  vaqt davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan-avlodga o’tib kelgan  o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos anhanalarini saqlab qolishga muvaffaq bo’lganligi  sababi ham ruhida, qalbida doimiy ravishda umumbashariy qadriyatlarga sodiq bo’lganligidir. «Biz, deb  ta’kidlaydi  I.A.Karimov,  –  ma’naviy  qadriyatlarni  tiklashni  milliy  o’zlikni  anglashning  o’sishidan,  xalqning  ma’naviy  sarchashmalariga,  uning  ildizlariga  qaytishdan  iborat  uzviy,  tabiiy  jarayon  deb  hisoblaymiz».   Demak, birinchidan,   O’zbekistonda   demokratik   jamiyat   barpo   etishning   milliy,  umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlarisiz, alohida ajratib bo’lmaydi.

Ammo biron-bir narsa va hodisa, xoh u moddiy bo’lsin, xoh ma’naviy bo’lsin, qadriyatga aylanishi  uchun ma’lum bir vaqt, davr o’tishi kerak. Demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida  shakllanishi ham shunday bosqichlarni bosib o’tgan. SHunga o’tmishdagi barcha narsalar ham milliy  qadriyat hisoblanavermaydi. Ikknchidan, uning milliy qadriyatga aylanishi uchun o’zini ko’rsata olishi  shart.  Demak,  biz  demokratik  jamiyat  qurishdagi  o’tmishimizdagi  barcha  narsalarimizni  to’laligicha  ololmaymiz. Negaki u Hamma uchun ibratli emas.

Shu o’rinda Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlari o’ta muhim ahamiyat kasb etadi «… o’tmish  qadriyatlarga, anhanalarga va turmush tarziga betartib ravishda, orqa-ketini o’ylamay qaytish boshqa bir  keskinlikka – hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi  mumkin» edi. Ayni shu inkor etish onlarida ekstremistik ruhdagi muxolifatning vujudga kelish xavfi  tug’ildi. U aslini olganda, ma’naviyatga qarshi muxolifat bo’lishi mumkin edi. Uchinchidan, “Milliy  qadriyatlar – millat uchun muhim va jiddiy ahmiyatga ega bo’lgan jihat va xususiyatlar. O’z milliy  qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q.

Millatning tanazzuli — milliy qadriyatlarning tanazzulidir.  Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar,  milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi”. Negaki,  milliy qadriyatlar nafaqat mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biri,  balki  demokratik,  adolatli,  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  qurishning  asosiy  manbai  hamdir.  Markaziy Osiyo xalqlarining asrlardan asrlarga meros bo’lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan va ko’plab og’ir sinovlarni boshdan kechirgan. Darhaqiqat, mintaqamiz xalqlari  3000 yildan ortiq davrni o’zida mujassamlashtirgan Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasini yaratdi.

O’zbekistonda      demokratik      jamiyat      qurishda milliy      qadriyatlardan        tashqari      diniy  qadriyatlarimizga ham  alohida  o’rin  berilayotganligi  tasodifiy  hol  emas.  CHunki  milliy  va  diniy  qadriyat o’rtasida qathiy chegara yo’q. Ular doimiy ravishda o’zaro bog’liq holda namoyon bo’ladi, bir- biri bilan muloqotda, birgalikda mavjud bo’ladi. Milliy va diniy qadriyatlar mutelikdan, fikr qaramligidan  qutulish,  milliy  o’zlikni  anglashga  xizmat  qilishi  bilan  ular  jamiyatda  demokratik  umumbashariy  tamoyillarining qaror topishiga zamin yaratadi.

Demokratik qadriyatlarning muayyan sharoitlarda shakllanishi. Ularning mahalliy, milliy, mintaqaviy  va umuminsoniy shakllarda namoyon bo’lishi. Demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umuminsoniy  qadriyatlarning mutanosibligi hamda rivoji. O’zbekistonda adolatli demokratik jamiyat barpo etishda  milliy qadriyatlarning ma’lum mahnoda umumbashariy ahamiyat kasb etishi.

Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tushunchalarining demokratik uyg’unligi dialektikasining qiyosiy  tahlili jarayonida Amir Temur siyosiy-huquqiy qarashlarini o’rganish zarur. Amir Temur siyosatining bu  g’oyasi  “Kuch-qudrat,  iqtidor-adl-insofda”,  deganidir.  Saltanatni  boshqarishida  uchragan  har  qanday  voqea va ishni to’ra va tuzuk asosida boshqardim31 degan fikrlari umuminsoniy demokratik va milliy  qadriyatlar  tushunchasining  ijtimoiy-falsafiy,  ilmiy  nazariy  va  metodologik  ildizlarini  tashkil  etadi.  Binobarin biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini  rivojlantirmay hamda mustaxkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.

Xalqlarning madaniy qadriyatlari, to’rtinchidan, ma’naviy merosining ming yillar mobaynida sharq  xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qildi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov bu  borada fikr yuritib, shunday deb ta’kidlaganlar: “Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa  qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda  o’ziga xos anhanalarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi”. Binobarin, har bir qadriyatning mohiyati va  ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy  taraqqiyotga tahsir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.

Demokratik jamiyatni umuminsoniy va milliy qadriyatlarsiz barpo etib bo’lmaydi. Qadriyatlar haqida  fikr  yuritganda  uning  ikkita  tarkibiy  qismini  nazarda  tutmoq  kerak.  Bunda,  eng  avvalo,  insonning  ob’ektiv olamga nisbatan bo’lgan aktiv faoliyatini alohida tahlil qilish zarur. Umuminsoniy qadriyatlar  tushunchasiga moddiy va ma’naviy muhit, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi va vorislik sodir  bo’lib, yangi-yangi qadriyatlarning shakllanishiga o’tishdan meros bo’lib qolganlari esa davr ruhi, yangi  ijtimoiy ehtiyoj va taraqqiyot uchun asos bo’lgan qadriyatlarga kiradi. Umuminsoniy qadriyatlarning  asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy o’zgartirishning muhim omilidir.

Umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlar  tamoyillar  uyg’unligi  qiyosiy  tahlili  uning  inson  ma’naviy  kamolatining muhim omili ekanligidan kelib chiqishi zarur. Bunga:

Yurtboshimizning “Mustaqillikka erishganimizdan keyingina biz buyuk ajdodlarimizning hurmatini  o’rniga qo’ya oldik. Bizning bu intilishlarimizni Markaziy Osiyodagi qo’shnilarimiz, madaniy xalqaro  hamjamiyat qo’llab-quvvatladi. Bu hol tasodifiy emas — sohibqiron Amir Temur shaxsi uning avlodlari  bo’lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun mahrifiy insoniyatning  boyligidir” degan fikrlari har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa qo’shgan  shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kirishini anglatadi. SHu nuqtai nazardan Amir Temur shaxsi  buning  yorqin  isbotidir.  Binobarin,  Amir  Temur  qanchalik  taqvodor,  asl  musulmon  bo’lmasin,  qonunchilikning turli tizimlari — diniy va dunyoviy tomonlari borligini, ularni hisobga olish kerakligini  juda to’g’ri anglagan. Amir Temur qonunchilik deganda faqat, SHariat qonunchiligini emas, balki boshqa  xalqlar qadriyatlari, urf-odatlarini ham tushungan.

Beshinchidan,  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  milliy  qadriyatlardagi  xos  jihatlariga  quyidagilarni  kiritish mumkin:

1) tug’ilgan makon va ona yurtga ehtirom;

2) ajdodlar xotirasiga sadoqat;

3) kattalarga hurmat, yoshlarga izzat;

4) insoniy muomalada mulozamat;

5) hayo, andisha, vazminlik, sabr-toqat kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi.

Ma’lumki, demokratik qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. SHu sababli ular:

– mahalliy;

– milliy;

– mintaqaviy;

– umuminsoniy mazmunda namoyon bo’ladi.

Milliy muhit demokratik qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbasidir. Aynan milliy muhit

mahalliy qadriyatlarning ustuvorlarini o’z darajasiga ko’taradi va ularni voyaga yetkazib, umuminsoniy  qadriyatlar  darajasiga  olib  chiqadi.  Umuminsoniy  qadriyatlarni  har  bir  kishi  o’zining  boyligiga  aylantirgandagina  milliy  tamoyillar  o’z  kuchini  ko’rsatadi.  “Shu  bilan  birga  o’tmish  qadriyatlariga,  anhanalarga va turmush tarziga betartib ravishda orqa-ketini o’ylamay qaytish boshqa bir keskinlikka —  hozirgi   davrni   qabul   qilmaslikka,   jamiyatni   yangilash   zaruriyatini   inkor   etishga   olib   kelishi  mumkin” deb ta’kidlaydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Biz bugungi kunda haqiqiy  qadriyatlarimizni:

– tadrijiylik, andishalilik asosida;

buhron paytida sabr-toqat, maromiylik va vazminlik asosida;

– mulozamatda sertakalluflik, keksalarga munosabatda hurmat-izzat asosida;

– ijtimoiy-siyosiy hayotda bosiqlik, sipolik va boshqa asoslarda asrab-avaylab rivojlantirmoqdamiz. Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda tutgan o’rni.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba