Milliy qadriyatlarning tiklanishi-demokratik jamiyat qurishning muhim sharti.

0
Milliy qadriyatlarning tiklanishi -demokratik jamiyat qurishning muhim sharti. 

Milliy qadriyatlarning tiklanishi -demokratik jamiyat qurishning muhim sharti. 

Milliy qadriyatlarning tiklanishi-demokratik jamiyat qurishning muhim sharti.

Milliy qadriyatlarning tiklanishi-demokratik jamiyat qurishning muhim sharti. Demokratik  jamiyat  konsepsiyasida  milliy,  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  bir  qatorda,  diniy  qadriyatlarning o‘rniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Negaki, ular o‘rtasida qat’iy chegara yo‘q.  Bunday  fikr  bildirishimizga  muayyan  tarixiy  sharoitlarda  ob’ektiv  zaruratlar  tufayli  jamiyat  rivojlanishi  uchun  milliy  qadriyatlar  diniy  qarashlar  bag‘rida  shakllanganligidir.  SHunga  ko‘ra  bizning  milliy  qadriyatlarimiz  faqat  islom  zaminida  vujudga  kelmagan,  balki  zardushtiylik,  buddaviylik kabi dinlardan ham ko‘p narsalarni olgan. Binobarin, har qanday qadriyatlarning bosh  manbai ijtimoiy hayotdir.

Buning isboti sifatida hozirgi davrda mamlakatimizda ko‘pgina tarixan  din bilan bog‘liq qadriyatlar o‘zlarining diniy mazmunini o‘zgartirib, dunyoviy milliy qadriyatlarga  aylanganligidir. Ayni paytda, demokratik jamiyatni barpo etishda din har doim ham uning tarafdori  bo‘lavermaydi. Ayniqsa, hozirgi murakkab o‘tish davrida islom g‘oyalari va qarashlaridan bir- biriga tubdan qarama-qarshi maqsadlar yo‘lida foydalanishga urinishlar jonlangan bir paytda, ana  shu omilning o‘rnini alohida tahlil etish zarur.

Uning zaruratini I.A.Karimov alohida va bir necha marta ta’kidlab kelmoqda. «Mustaqillik  yillarida eng katta qo‘lga kiritgan yutuqlarimizdan biri tarixiy, milliy va axloqiy qadriyat hamda  an’analarning, muqaddas dinimizning jamiyatni ma’naviy yuksalishidagi o‘rni va ahamiyatini qayta  tiklanganligidir.  Ayni  zamonda,  tajovuzkor  aqidaparast  kuchlar  islom  dini  xalqimiz  uchun  muqaddas qadriyat ekanligidan foydalanib, O‘zbekistonni demokratik, ma’rifiy taraqqiyot yo‘lidan  og‘dirishga  intilmoqdalar».  Keyingi  yillarda  dunyo  miqyosida  islomdan  qarama-qarshi  maqsad  yo‘lida foydalanishlar yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda  demokratik  jamiyatni  barpo  etishda  milliy  tamoyillarning  asosini  tashkil  etuvchi, yuqorida ta’kidlaganimizdek,  qadriyatlar alohida o‘ringa egadir. Mustaqillik tufayli unga  bo‘lgan yangicha yondashuvlar Prezident I.A.Karimovning milliy va umumbashariy qadriyatlar  to‘g‘risidagi   metodologik   ilmiy   mulohazalari   hamda   amaliy   faoliyatlaridagi   ko‘rsatmalari,  tashabbuslari buning yorqin misolidir. O‘zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat  va ochiq fuqarolik jamiyati umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy qadriyatlarimizga  asoslanadi.

Shu nuqtai nazardan, qadriyat tushunchasining ijtimoiy-falsafiy adabiyotlarda ko‘pgina  ilmiy  ta’riflari  mavjud.    Berilgan  ta’riflarni  tahlil  etish  bir  tomondan  turli  xil  yondashuvlarning  mavjudligini, ikkinchi tomondan esa,  ularning butunlay bir-birini inkor etishi hollarining mavjud  ekanligini   ko‘rsatadi.   Masalan,   ”Falsafiy   ensiklopediya”ning   beshinchi   jildida   qadriyatlar  quyidagicha  tavsiflangan:  ”Qadriyat  falsafiy  va  sotsiologik  tushuncha.  U  birinchidan,  bir  ob’ektning  ijobiy  yoki  salbiy  qimmatini,  ikkinchidan,  ijtimoiy  ongning  normativ  belgilovchi- baholovchi  jihati  (sub’ektiv  qadriyatlar  yoki  ong  qadriyatlari)ni  ifoda  etadi”81.  Rus  tilidagi  “sennost”   ya’ni   qadriyat   tushunchasiga,   kishilarning   ijtimoiy-siyosiy   faoliyatiga,   ma’naviy  dunyoqarashiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan barcha narsa va hodisalar kiritilgan.

Ana  shunga  yaqin  nuqtai  nazar  boshqa  ilmiy  manbalarda  ham  bayon  etilgan:  “Qadriyat  (falsafa,  sotsiologiyada)  –  voqelikdagi  muayyan  hodisalarning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma’rifiy  ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarning mazmuni va xarakteriga  ko‘ra, progressiv va reaksion tiplarga ajratish mumkin” deyilgan. Fikrimizcha, bunday ta’riflar  mazkur kategoriyani o‘ta sig‘imdor qilish bilan birga, uning asli mohiyatini aniqlashda bir qator  ilmiy chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. Shunga ko‘ra uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari  namoyon bo‘lish xususiyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tizimi, bu tizimdagi asosiy qadriyat  shakllarining o‘rni va ahamiyatini ilmiy tahlil qilish bilan bog‘liq bir qator masalalarga e’tibor kam  ekanligini ko‘rsatib o‘tish lozim.

“Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy
guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan  tabiat  va  jamiyat  ne’matlari  hodisalari  majmuini  tushunmog‘imiz  lozim.  Rus,  ingliz, nemis, fransuz va chex tillarida Rossiya Fanlar Akademiyasining akdemigi G.V.Osipov  muharrirligida chop etilgan “Sotsiologicheskiy ensiklopedicheskiy slovar”da qadriyatlarni baholash,  qadriyatlar tizimi, ijtimoiy qadriyatlar, qadriyatlar yo‘nalishi va umuman qadriyatlarga ta’riflar  berilgan. Qadriyatlar tushunchasiga “Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati”da ham alohida  o‘rin ajratilgan.

“Qadriyatlar   —   jamiyatda   kishilar   o‘rtasida   obro‘ga,   e’tiborga,   hurmatga,   nufuzga,  ahamiyatga ega kishilar munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi” degan ta’rif berilgan. Qadriyatlarni bunday ta’riflash uning mohiyatini ancha yorqin ifodalasada,  lekin  qadriyatlarga  berilgan  ta’riflar  ichida    o‘zining  ilmiyligi  bilan  boshqa  ta’riflardan  ajralib  turadi,  degan  fikrdamiz.

Bizningcha,  “umuminsoniy  qadriyatlar  tushunchasi  butun  jamiyat  ahamiyatiga   ega   bo‘lgan,   insoniyatning   mavjudligi,   o‘tmishi,   buguni   va   kelajagini,  yashashning asosiy yo‘nalishlari, qonun-qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng  azaliy orzu-umidlari va ideallarini o‘zida aks ettiradigan qadriyatlarining umumiy shakllarini  ifodalaydi.  Umuminsoniy  qadriyat  tushunchasining  ob’ektiv  asosi  ijtimoiy  munosabatlar  va  jarayonlar,  insoniyatning  uzluksiz  xayotini  va  turmush  tarzini  umumlashtiradigan  jamiyatdir”.  Darxaqiqat “umuminsoniylik” tushunchasida qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi bo‘lgan odam  zotining hayoti va kamoloti uning tarixiy taraqqiyoti, siyosiy va boshqa birliklar uchun ahamiyati  o‘z ifodasini topishi kerak.

Shu o‘rinda insoniyatning eng umumiy jamoasi bo‘lgan jamiyatgina,  umuminsoniy  qadriyatlarning  yaratguvchisi  va  saqlab  turuvchisidir.  Umuminsoniy  qadriyatlar  nihoyatda  keng  ko‘lamli  va  serqirra  tushuncha.  Uning  zaminida  eng  avvalo  ozodlik,  erkinlik,  tinchlik, demokratiya tufayli shakllangan inson baxt-saodati kabi umumijtimoiy ma’no va mazmun  kashf  etadigan  qadriyatlardan  iborat,  deyish  mumkin.  Qadriyatlarni  faqat  moddiy  va  ma’naviy  boyliklar sifatida tushunish va uni shunday izohlash ham ilmiy nuqtai nazardan to‘g‘ri emas.

Yuqoridagi adabiyotlarning tahlillari shuni ko‘rsatadiki, o‘tmishdagi barcha ijtimoiy-falsafiy  ta’limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni masalasiga  katta  e’tibor  berishgan.  Agarda  qadimgi  dunyo  ijtimoiy-falsafiy  ta’limotlarida  umuminsoniy  qadriyatlar inson aqliy taraqqiyotining mahsuli deb qaralgan bo‘lsa, Turondagi ijtimoiy-falsafiy  fikrlar tarixida “Avesto”dagi uchinchi davr deb atalgan insoniyat kelajak istiqboli, adolatli jamiyat  haqidagi fikrlar uning tarixiy ildizlarini tashkil etadi. Milliy qadriyatlarning tiklanishi-demokratik jamiyat qurishning muhim sharti.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba