Milliy qadriyatlarning tiklanishi – demokratik jamiyat qurishning muhim sharti.

0
Milliy qadriyatlarning tiklanishi - demokratik jamiyat qurishi muhim sharti.

Milliy qadriyatlarning tiklanishi - demokratik jamiyat qurishi muhim sharti.

Milliy qadriyatlarning tiklanishi – demokratik jamiyat qurishning muhim sharti.

Milliy qadriyatlarning tiklanishi – demokratik jamiyat qurishning muhim sharti. Demokratik  jamiyat kontseptsiyasida milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy qadriyatlarning o’rniga  alohida ehtibor qaratilmoqda. Negaki, ular o’rtasida qathiy chegara yo’q. Bunday fikr bildirishimizga  muayyan tarixiy sharoitlarda ob’ektiv zaruratlar tufayli jamiyat rivojlanishi uchun milliy qadriyatlar diniy  qarashlar bag’rida shakllanganligidir. SHunga ko’ra bizning milliy qadriyatlarimiz faqat islom zaminida  vujudga kelmagan, balki zardushtiylik, buddaviylik kabi dinlardan ham ko’p narsalarni olgan. Binobarin,  har  qanday  qadriyatlarning  bosh  manbai  ijtimoiy  hayotdir.

Buning  isboti  sifatida  hozirgi  davrda  mamlakatimizda ko’pgina tarixan din bilan bog’liq qadriyatlar o’zlarining diniy mazmunini o’zgartirib,  dunyoviy milliy qadriyatlarga aylanganligidir. Ayni paytda, demokratik jamiyatni barpo etishda din har  doim ham uning tarafdori bo’lavermaydi. Ayniqsa, hozirgi murakkab o’tish davrida islom g’oyalari va  qarashlaridan bir-biriga tubdan qarama-qarshi maqsadlar yo’lida foydalanishga urinishlar jonlangan bir  paytda, ana shu omilning o’rnini alohida tahlil etish zarur.

Uning zaruratini Prezident I.A.Karimov alohida va bir necha marta ta’kidlab kelmoqda. «Mustaqillik  yillarida  eng  katta  qo’lga  kiritgan  yutuqlarimizdan  biri  tarixiy,  milliy  va  axloqiy  qadriyat  hamda  anhanalarning,  muqaddas  dinimizning  jamiyatni  ma’naviy  yuksalishidagi  o’rni  va  ahamiyatini  qayta  tiklanganligidir. Ayni zamonda, tajovuzkor aqidaparast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas  qadriyat  ekanligidan  foydalanib,  O’zbekistonni  demokratik,  mahrifiy  taraqqiyot  yo’lidan  og’dirishga  intilmoqdalar». Keyingi yillarda dunyo miqyosida islomdan qarama-qarshi maqsad yo’lida foydalanishlar  yaqqol namoyon bo’lmoqda.

O’zbekistonda  demokratik  jamiyatni  barpo  etishda  milliy  tamoyillarning  asosini  tashkil  etuvchi,  yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  qadriyatlar  alohida  o’ringa  egadir.  Mustaqillik  tufayli  unga  bo’lgan  yangicha  yondashuvlar  Prezident  I.A.Karimovning  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlar  to’g’risidagi

metodologik ilmiy mulohazalari hamda amaliy faoliyatlaridagi ko’rsatmalari, tashabbuslari buning yorqin  misolidir.  O’zbekistonda  barpo  etilayotgan  huquqiy  demokratik  davlat  va  ochiq  fuqarolik  jamiyati  umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy qadriyatlarimizga asoslanadi.

SHu nuqtai nazardan, qadriyat tushunchasining ijtimoiy-falsafiy adabiyotlarda ko’pgina ilmiy tahriflari  mavjud. Berilgan tahriflarni tahlil etish bir tomondan turli xil yondashuvlarning mavjudligini, ikkinchi  tomondan esa, ularning butunlay bir-birini inkor etishi hollarining mavjud ekanligini ko’rsatadi. Masalan,  ”Falsafiy entsiklopediya”ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflangan: ”Qadriyat falsafiy  va  sotsiologik  tushuncha. U  birinchidan,  bir  ob’ektning  ijobiy  yoki  salbiy  qimmatini, ikkinchidan,  ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati (sub’ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni  ifoda  etadi”24.  Rus  tilidagi  “tsennostg’”  ya’ni  qadriyat  tushunchasiga,  kishilarning  ijtimoiy-siyosiy  faoliyatiga, ma’naviy dunyoqarashiga ijobiy yoki salbiy tahsir ko’rsatadigan barcha narsa va hodisalar  kiritilgan. Ana shunga yaqin nuqtai nazar boshqa ilmiy manbalarda ham bayon etilgan: “Qadriyat (falsafa,  sotsiologiyada)  –  voqelikdagi  muayyan  hodisalarning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  mahrifiy  ahamiyatini  ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarning mazmuni va xarakteriga ko’ra, progressiv  va reaktsion tiplarga ajratish mumkin” deyilgan.

Fikrimizcha, bunday tahriflar mazkur kategoriyani o’ta  sig’imdor qilish bilan birga, uning asli mohiyatini aniqlashda bir qator ilmiy chalkashliklarni keltirib  chiqarmoqda. SHunga ko’ra uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari namoyon bo’lish xususiyatlari va  umuminsoniy qadriyatlar tizimi, bu tizimdagi asosiy qadriyat shakllarining o’rni va ahamiyatini ilmiy  tahlil qilish bilan bog’liq bir qator masalalarga ehtibor kam ekanligini ko’rsatib o’tish lozim.

“Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning  manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan  tabiat va jamiyat nehmatlari hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim. Rus, ingliz, nemis, frantsuz va  chex  tillarida  Rossiya  Fanlar  Akademiyasining  akdemigi  G.V.Osipov  muharrirligida  chop  etilgan  “Sotsiologicheskiy entsiklopedicheskiy slovarg’”da qadriyatlarni baholash, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy  qadriyatlar, qadriyatlar yo’nalishi va umuman qadriyatlarga tahriflar berilgan. Qadriyatlar tushunchasiga  “Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’ati”da ham alohida o’rin ajratilgan.  Milliy qadriyatlarning tiklanishi – demokratik jamiyat qurishning muhim sharti.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba