Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari.

0
Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari.

Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari.

Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari.

Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari. O’lkada XIX asrning  ikkinchi yarmiga  kelib  chor  Rossiyasining  mustamlakachilik,  ulug’ davlatchilik,  shovinistik siyosati  mahalliy aholining milliy ozodlik harakatlari boshlanishiga asosiy sabab bo’ldi.

Tarixiy manbalarda, arxiv hujjatlarida chor Rossiyasi qo’shinlarining O’rta Osiyo hududiga kirib  kelishi bilan, unga qarshi xalq ozodlik harakatlari boshlanganligi va bu chor hukumatining ag’darilishiga,  qolaversa  mustaqillikka  erishganimizga  qadar  davom etganligi  haqidagi  ma’lumotlar  beriladi.  Bu  ma’lumotlar  asosida  O’rta  Osiyo xalqlarining  chorizmga  qarshi  olib  borgan  quyidagi  eng  yirik  va  ommaviy  tus  olgan kurashlarini  qayd  qilishimiz  mumkin:  1837-1846  yillarda  Sulton  Kenesarin  rahbarligidagi, keyinchalik Buxoro amirligining, Shahrisabz bekligidagi harakatlar, 1871 yilda Eshon  Eshmuhammad  boshchiligida  Sirdaryo  viloyatidagi  chiqishlar;  1871  yildagi Farg’onada  Yetimxon  qo’zg’oloni; 1872 yilda Chirchiqdagi isyonlar, 1873-76 yillar Qo’qondagi Po’latxon qo’zg’oloni; 1892  yildagi Toshkent qo’zg’oloni; 1898 yildagi Andijonda Dukchi Eshon qo’zg’oloni; 1899 yildagi Sirdaryo  viloyatidagi harakatlar, 1916 yildagi Jizzax qo’zg’oloni va boshqalar.

XIX asr 70-yillar boshlaridagi Farg’onadagi xalq harakatlarini alohida qayd etish lozim. 1868 yilda  Kaufman bilan sulh shartnomasi tuzib, Qo’qon xonligining katta hududlarini Rossiya ixtiyoriga bergan va  Rossiya hukmronligini tan olgan Xudoyorxon siyosatidan nafaqat oddiy xalq, balki yirik yer egalari ham  norozi edilar. Qo’qon xonligida elchi va josus vazifasini bajargan polkovnik Shaufus ma’lumotlariga  qaraganda norozi beklar tepasida Abdurahmon oftobachi turgan. 1872 yilda xon siyosatiga qarshi xalq  harakati ayniqsa kuchaydi. Bundan foydalangan Abdurahmon oftobachi o’z tanishi mulla Is’hoq O’asan  o’g’lini Qirg’izlar orasida Po’latxon nomi bilan qo’zg’olon ko’tarishga undaydi va o’zi ham bu harakatga  qo’shiladi. 1873 yilda boshlangan bu qo’zg’olonda oddiy xalq, dehqonlar, hunarmandlar faol ishtirok  etdilar  va  bu  harakat  butun  Farg’ona  vodiysi  bo’ylab  yoyildi.  Xudoyorxonning  o’g’li Nasriddinbek  boshchiligidagi  xon  qo’shinlari  ham  qo’zg’olonchilarni  qo’llab-quvvatladilar.  Bu  voqeadan  qo’rqib  ketgan Xudoyorxon rus hokimiyatidan boshpana so’rab, Toshkentga qochdi. Qo’qon taxtiga uning o’g’li  Nasriddinbek (1875-76) xon qilib ko’tarildi.

Qo’zg’olonchilar kelishuviga binoan esa Po’latxon xon etib saylanishi kerak edi. Nasriddinbekning  xonlikka ko’tarilishi va uning ham ruslar bilan kelishuv siyosatini olib borishi, qo’zg’olonchilar o’rtasida  norozilik keltirib chiqardi. Natijada Marg’ilon, Namangan, Andijon hududlarida Po’latxon tarafdorlari  yerlarni kambag’allarga bo’lib berib, xon siyosatiga qarshi chiqdilar. Qo’qon xonligining ruslarga qarashli  bo’lgan yerlarida ham norozilik chiqishlari avj ola boshladi. Bu rus hukumatini xavotirga solib qo’ydi va  Kaufman Qo’qon  xonligini  tugatish  to’g’risida  podshoning  roziligini  so’rab,  iltimosnoma  jo’natdi.  Qo’qon   xonligi   hududiga   esa   Skobelev   boshchiligida   harbiy   jazo   otryadi  kiritildi.  Bu   vaqtda  Nasriddinxon hokimiyatdan chetlashtirilib, vodiyda Po’latxonning mavqei oshib ketgan edi.

Harbiy jihatdan ustun bo’lgan rus qo’shinlari qo’zg’olonchi-larni tezda mag’lubiyatga uchratdi.  Po’latxon qo’shinlari harakatining ikkinchi bosqichi 1875 yili Ohangaron, Telov, Pskent va Toshkentda  bo’lib o’tgan harakatlarni o’z ichiga oladi. Bu harakatlarda qattiq zarbaga uchragan qo’zg’olonchilar 1876  yili Andijonda, Oloy vodiysida kurashni davom ettirdilar. Ammo harbiy jihatdan kuchlar teng emas edi.  1876 yil 1 martda Po’latxon tutib olinib Marg’ilonda osib o’ldirildi. Boshqa qo’zg’olonchilar ham qattiq  jazolandi. Podshoning buyrug’i bilan Qo’qon xonligi tugatilib, Farg’ona viloyati tashkil etildi.

Farg’ona vodiysida bo’lib o’tgan 70-80-yillardagi xalq harakatlarida Qurbonjon dodxoh, Yetimxon,  Darvishxon to’ra, Yoqubbek boshchiligidagi qo’zg’olonlarni alohida qayd qilishimiz zarur. Qurbonjon  dodxoh rus qo’shinlariga qarshi kurashda sharq ayollarining qahramonligini, jasoratini namoyon etdi.  Manbalarning  ma’lumot  berishicha,  general Skobelev  sulh  tuzish  uchun  mayor  Ionovni  Qurbonjon  dodxoh huzuriga jo’natadi. Ammo Qurbonjon dodxoh mayorni qabul qilmay faqat o’z mavqei bilan teng  bo’lgan sarkarda bilangina muzokaralar olib borishi mumkinligini bildiradi. Chorasiz qolgan rus generali  Skobelev  u  bilan  sulh  tuzishga  va  uni  «Oloy  malikasi»,  deb  tan  olishga majbur  bo’ldi.  Qurbonjon dodxohning nabiralari 1898 yilgi milliy ozodlik qo’zg’olonida ham faol qatnashganlar Rus amaldorlari  doimo Oloy malikasidan hayiqishgan. Shuning uchun gubernatorlar uning oldiga tez-tez kelib turishgan.  1901 yilda Rossiya imperiyasi Qurbonjonga imperatritsaning sovg’asini shaxsan topshirgan. Qurbonjon  dodxoh 1907 yilda O’shda 96 yoshida vafot etgan.

O’rta  Osiyo  xalqlarining  mustamlakachilarga  qarshi  kurashida  Yoqubbek  va  u boshqargan  Yettishahar  davlati  (1865-1877)  ham  muhim  o’rin  egallaydi.  Chunki  ular Qo’qon,  Buxoro,  Xiva  vatanparvarlarining  rus  bosqinchilariga  qarshi  kurashlarida yordam  berib  turishgan.  Shu  sababli  Turkistondagi so’nggi mustaqil davlatni tugatish Rossiya uchun kechiktirilmas vazifa bo’lib qoldi. 1877  yil 22 iyunda rus qo’shinining o’uljaga bostirib kirishi shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan edi.  Amir Yoqubbekning to’satdan  vafot  etishi Yettishahar  davlati  qo’shinining  mag’lubiyatga  uchrashiga  sabab bo’ldi.  Oqmachit,  Chimkent,  Toshkent  mudofaalarini  tashkil  qilishda  jonbozlik ko’rsatgan  Yoqubbek Turkiston ozodligi uchun kurash yo’lida jon baxshida etgan qahramonlarimizdan biridir.

1878  yili  Mingtepada  chorizmning  siyosiy-  iqtisodiy  zulmiga  qarshi Yetimxon boshchiligidagi  g’alayon ko’tarildi. Bunday G’alayon 1879 yilda Farg’ona viloyatida ham sodir bo’ldi. Bu qo’zg’olonlar  kuch bilan bostirilsa ham aholining qahr-g’azabidan xavfsiragan Farg’ona viloyati gubernatori Qayri- qonuniy soliq yiQuvchilarni ishdan olib tashlashga majbur bo’ldi.

1889-1890 yillarda  Farg’ona vodiysi va Toshkent hududlarida ko’plab  xalq harakatlari, qurolli  to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. Shulardan biri Darveshxon qo’zg’olonidir. Andijon uyezdining Qo’rg’ontepa  volostida  Yuqori  tabaqaga  mansub  bo’lgan  vatanparvar Darveshxon  qo’shin  to’plashga  kirishdi.  U  mustamlakachilik  tuzumiga  qarshi ochiqdan-ochiq  qurolli  qo’zg’olonga  tayyorgarlik  ko’rdi,  ammo  Farg’ona  viloyati  harbiy ma’murlari  katta  kuch  yuborib  Darveshxon  kuchlarini  tor-mor  etdi,  uning  yordamchisi Mo’minboy ushlab olinib, dorga osildi.

1892  yilgi  qo’zg’olon  ko’plab  tarixiy  adabiyotlarda  rus  hukumatini  o’lkaning  bir qancha  shaharlarida vabo kasali tarqalishining oldini olish uchun Toshkent shahrida ko’rilgan chora-tadbirlariga  qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon deb ta’riflangan bo’lsa-da, aslida bu qo’zg’olon chor Rossiyasining o’lkada  ko’p yillar davomida olib borgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi qaratilgan edi.

Rus hukumatining vaboni oldini olish uchun ko’rgan chora-tadbirlari davomida mahalliy aholining  diniy  e’tiqodlari,  urf-odatlari  hisobga  olinmaganligi  natijasida  sabr  kosasi to’lgan  xalq  ommasining  noroziligi kuchaydi. Natijada bu qo’zg’olonda Toshkent shahri aholisining barcha qatlamlari ishtirok etdi.  Mahalliy aholining milliy-madaniy an’analariga xos diniy bayram «Qurbon hayit» kuni boshlangan bu  qo’zg’olon, tezda chor askarlari tomonidan bostirilib, qo’zg’olonchilardan 8 kishi dorga osib o’ldirilishga,  15 kishini 2 yil muddat bilan mahbuslar rotasiga yuborilishiga, 2 kishini olti oydan qamoq jazosini  o’tashga hukm qilishdi. Lekin chor Rossiyasi dunyo matbuotchilari oldida bu jazolar shov-shuvga sabab  bo’lishidan cho’chib, o’lim jazoni umrbod surgun bilan almashtirdi. Bu qo’zg’olon Toshkent shahrining  o’zida yuz bergan bo’lsa-da, uning aks sadosi butun Turkiston o’lkasi bo’ylab tarqaldi.

XIX asr oxirlarida Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi o’lka xalqlarining milliy ozodlik  harakatining  yana  bir  yorqin  namunasi  1898  yil  may  oyida Andijonda  bo’lib o’tgan  Dukchi  Eshon  qo’zg’oloni orqali namoyon bo’ldi. Bu qo’zg’olon rahbari Muhammadali Eshon o’z davrining obro’li,  diniy va dunyoviy ilmlardan boxabar, davr siyosatini to’g’ri tushungan shaxs edi. U o’z muridlari va  hamfikrlari bilan bosqinchilarning xalqqa qarshi olib borayotgan zulmkor siyosatini qoralar va bunga  qarshi har qanday harakatni ma’qullar edi.

Dukchi   Eshon   Mingtepa   qishloqidan   turib   Farg’ona   shaharlari   va   Qirg’iz  yerlaridagi  mustamlakachilardan norozi aholini birlashtirish va bu zulmni aQdarib tashlash uchun harakat boshladi.  Qo’zg’olon  olib  borish  usullaridan  bexabarlik,  birlikning yo’g’ligi,  uyushmaganlik,  qurol-aslaha  va  moddiy bazaning yetishmasligi qo’zg’olonning tezda mag’lubiyatga uchrashiga sabab bo’ldi, ayniqsa  qo’zg’olonning kelishilgan muddatdan oldin boshlanishi, harakat mag’lubiyatining asosiy sabablaridan  biri  bo’ldi. Qo’zg’olon  bostirilib,  uning  rahbarlari  qattiq  jazolandi.  Qo’zg’olon  natijasida  Farg’ona  viloyatida va butun Turkiston general-gubernatorligida harbiy politsiya rejimi kuchaytirildi.  Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba