Bosh sahifa mavzular Mustaqil O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasidagi islohotlar.

Mustaqil O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasidagi islohotlar.

0
Mustaqil O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasidagi islohotlar.

Mustaqil O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasidagi islohotlar.

O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasidagi islohotlar.

O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasidagi islohotlar.  Davlat  qurilishi  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  jarayonlarini  erkinlashtirish  bilan  bog’liq  ko’zda tutilgan vazifalar pirovardini davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari va tuzilmalarini (qonun  chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati), qolaversa, munitsipal hokimiyat tuzilmalarini demokratlashtirish,  ulaming bir-biridan mustaqil holda ish tutishi tamoyillarini yanada takomillashtirish, davlat hokimiyati  vakolatlarini  bosqichma-bosqich  munitsipal  organlarga  va  nodavlat  hamda  fuqarolarning  o’z-o’zini  boshqarish tuzilmalariga o’tkazib borish kabilar tashkil qiladi.

2002-yili bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasida Birinchi Prezidentimiz  I.Karimov ayni ana shu ko’p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o’rtaga tashladi.  «O’zbekistonda  demokratik  o’zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» deb atalgan ushbu ma’ruzasi, aytish mumkinki, katta konseptual  ahamiyatga ega bo’ldi. Unda islohotlarga doir yettita masala – ustuvor yo’nalish belgilab berildi.

-O’zbekistonda  islohotlarni  amalga  oshirishning  izchil  mexanizmi  yaratildi.  Buyuk  kelajakka  qaratilgan yalpi yangilanishlar konsepsiyasi vaqt o’tgani sayin shakllantirib, rivojlantirib borilmoqda.  Buni Birinchi Prezidentimiz I. Karimov 2005-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasi va  Senatining qo’shma majlisida «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,  mam-lakatni modernizatsiya va isloh etishdir»  mavzusida ma’ruza qildi. Unda ko’p qirrali islohlarni  amalga  oshirish  tamoyillarini  yana  ham  chuqurlashtirdi.  Biz  oldimizga  qo’ygan  maqsadni  soddagina  ifodalamoqchi bo’lsak – har qanday hokimiyat, u qonunchilik yoki ijro va sud hokimiyati bo’ladimi  bularning barchasi quyidagi talablarga javob berishi shart. Ya’ni, har qaysi o’z vazifasini anglashi, o’z  mas’uliyatini his qilishi, o’z yukini ko’tarishi va ta’bir joiz bo’lsa, o’z aravasini mustaqil ravishda tortishi  darkor.

1992-yil 8-dekabrda XP chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo’ldi.  Unda «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko’rildi. Bu xusus-da  Konstitutsiya   komissiyasi   Raisi,   Prezident   I.   Karimov  ma’ruza   qildi.   Ushbu   ma’ruzada   sessiya  muhokamasiga havola qilingan O’zbekistonning asosiy Qonuni respublikada awalgi yillarda qabul qilgan  qonunlardan farqli o’laroq, demokratik yo’l bilan tayyorlan-gan bo’lib, unda yillar davomida sinovdan  o’tgan  umuminsoniy  qad-riyatlar  o’z  aksini  topganligi,  u  ko’plab  taraqqiy  etgan  mamlakat-lurning  tajribalarini o’ziga singdirganligi alohida uqtirildi. Shuning uchun ham mazkur Konstitutsiya har qanday  yetakchi mamlakatning Konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi mumkin», – deb ta’kidlandi.

Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgarish, qo’shimcha va aniqliklar kiritdilar. Jumladan,  Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo’jalik sudlarining vakolat muddati o’n yildan besh yilgacha tushi-rildi.  Oliy Kengash 84-moddani quyidagi yangi qism bilan to’ldirdi: «Oliy Majlis Raisi va uning o’rinbosarlari  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili hisobot berib turadilar». 78-moddaning 8-bandiga esa  yangi  jumla  qo’shildi:  «Vazirlar  Mahkamasining  taqdimiga  binoan  O’zbekiston  Respublikasining  budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy lo’lovlarni joriy qilish»  va hokazo.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng boshqaruvning bu tizimida islohot o’tkazishni taqozo  qilgan omil nimadan iborat edi? Awalo shuni aytish kerakki, bu tizim o’z tarkibiga viloyat, tuman, shahar,  shaharlar  tarkibidagi  tuman,  shahar,  qishloq,  posyolka  Kengashlarini  oluvchi  davlat  muassasalari  majmuini tashkil etadi.

O’zbekiston  Respublikasining  1993-yil  2-sentabrda  qabul  qi-lingan  Qonuniga  muvofiq  viloyat,  tuman,  shahar  hokimi  mahalliy  hududning  oliy  mansabdor  shaxsi  sifatida  tegishli  hudud  ijroiya  Hokimiyatini  boshqaradigan  bo’ldi.  Joylarda  hokimliklar  joriy  etildi.  Respublikaning  12  viloyati  va  Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va tegishli Xalq de- putatlari  Kengashlari  sessiyasida  tasdiqlanadigan  hokimlar  boshchi-ligidagi  boshqaruv  tizimi  tashkil  qilindi.

Qoraqalpog’iston   Respublikasida   xalq   deputatlari   tuman,   shahar   Kengashlari   va   tegishli  hokimlarning  faoliyati  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  «Mahalliy  davlat  hokimiyati  to’g’risida»gi Qonun va Qoraqalpog’iston respublikasining Qonunlari bilan tartib-ga solinadigan bo’lindi.

Shuningdek, 163 qishloq tumanlari, 18 shahar tumanlarida, 120 shaharlarda hokimlik idoralari  tashkil qilindi.

Biroq tahlillar shuni ko’rsatdiki, hokimliklar hamma joyda ham butun imkoniyatlari va iqtidorlarini  ko’rsata olmadilar. Ular-ning ayrimlari yangicha tizimda eskicha usul bilan ishladilar. Mahalliy davlat  hokimiyati tizimidagi kamchiliklar islohotlami izchil amalga oshirishga to’sqinlik qila boshladi. Joylarda  odamlar  rasmiyatchilik,  poraxo’rlik,  «sendan  ugina,  mendan  bugina»  qabilida  llhlash,  tamagirlik,  qonunbuzarlik – holatlaridan aziyat cheka boshIadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mas’ul shaxslar kadirlarni o’zgartirish, ulaming ma’naviy- ruhiy qiyofasini takomillashtirish, loqaydlik, sansalorlik, o’zi bo’larchilik va boqimandalik knvliviitlarini  yo’qotish zamr edi. Har bir davlat hokimiyati organi joylarda o’zining nufuziga, obro’-e’tiboriga ega  bo’lmog’i,  xalq  usti-dan  hukmron  guruh  emas,  aksincha  xalq  uchun  yashayotganligi  sin-gari  ijobiy  fazilatlarini  chuqurlashtirish  kerak  edi.  Chunki  ayni  ana  shunday  fazilat  butunlay  yangi  tarixiy  sharoitlarda shakllanayotgan yangi davlatning, fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi.

Prezident siyosatining bosh yo’li huquqiy, demokratik davlatni vujudga keltirish, hamma narsadan  qonunni  ustun  qo’yish,  qonun  oldida  barchaning  tengligini  ta’minlash,  «fuqaro  –  jamiyat  –  davlat»  prinsipini joriy etish, ana shu yo’l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish. Bu prinsipga zid bo’lgan  barcha harakatlarga qarshi mamlakatda qat’iylik bilan kurash olib borildi.

Shunday  qilib,  1991-2006-yillar  mobaynida  respublikada  davlat  hokimiyati  barcha  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  qonunlar  vujudga  keldi.  Ular  markaziy,  viloyat,  shahar  va  tumanlar  dnrajasidagi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  vazifalarini  aniq  belgi-lab  bcrdi.  Bu  mustaqil  milliy  davlatchiligimizni ta’minlovchi muhim liarllardanbiriedi. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasidagi islohotlar.

 

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba