Mustaqillik – o’zbek xalqining azaliy orzu-intilishi.

0
O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI

Mustaqillik - o'zbek xalqining azaliy orzu-intilishi. 

Mustaqillik – o’zbek xalqining azaliy orzu-intilishi.

Mustaqillik – o’zbek xalqining azaliy orzu-intilishi. Mustaqillik  tushunchasi  o’zida  azaldan  insoniyatning  orzu-umidlarini,  armon  va  iztiroblarini mujassam  etgan.  Darhaqiqat,  inson  tabiatning  gultoji  sifatida  hamisha  ozodlik  va  hurriyatga  intilib  yashaydi. U hamisha har jihatdan o’zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga  ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha min-taqalarida  ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o’xshash bo’lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko’p  ko’rgan.

XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi.  Sotsializm  deb  atalgan  totalitar  tuzum,  zo’ravonlik  va  tazyiqqa  asoslangan  kommunistik  mafkura  tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutlaqlikni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham,  davlat sifatida ham jarga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar torn ma’nodagi mustaqil  davlat maqomini oldilar.

1991-yil   31-avgust   kuni   qabul   qilingan   O’zbekiston   Respublikasining   Davlat   Mustaqilligi  to’g’risidagi  Bayonot  O’zbekiston  hukumatining  siyosiy  yo’lini  to’la  qonunlashtirib  berdi.  Bu  tarixiy  hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi:

  • «O’tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlarni e’tiborga olib;
  • xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga asoslanib;
  • O’zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab;
  • shaxs huquq  va  erkinlikining,  Mustaqil  davlatlar  o’rtasidagi  chegaralarning  buzilmasligi

to’g’risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib;

  • millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har

bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik  huquqiy davlat barpo etishga intilib;

  • Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning davlat Mustaqilligini va ozod suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi  tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.

Mustaqillikning mohiyati, uning tarixiy ahamiyati milliy uyg’onish va milliy tiklanish jarayoni bilan  bog’liq. Millatini va vatanini himoya qilish qudrati beqiyos bo’ladi. Milliy tiklanish, uyg’onish hodisasi  juda  keng,  murakkab  tarixiy  jarayondir.  U  xalqimiz  hayotining  hamma  sohalarini  qamrab  oladi.  Iqtisodiyot, siyosiy faoliyat, ma’naviyat, ilm-fan, til, tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me’morchilik  barcha-barchasini inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham o’z ichiga qamrab oladi.

XX  asrning  90-yillariga  kelib  sotsialistik  mamlakatlarda  inson  huquqlarini  himoya  qilish  va  ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm  surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya  Sotsialistik   Federativ   Respublikasi   parchalanib,   uning   o’rnida   bir   necha   mustaqil   respublika,  Chexoslovakiya  Sotsialistik  Respublikasi  ikkiga  bo’linib,  Chexiya  va  Slovakiya  suveren  davlatlari  vujudga  keldi.  Germaniya  Federativ  Respublikasi  va  Germaniya  Demokratik  Respublikasi  birlashib,  nemislar  yashaydigan  ulkan  hududda  sotsialistik  tuzum  barbod  etildi.  Ayni  chog’da  sobiq  SSSR  parchalanib, uning o’rnida mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi.

Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko’pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi  dunyoni keng qamrab olgan tarixiy jarayonga aylandi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu  olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi. «Xalqlarning ozodlik, Mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi,  o’z taqdirini o’zi belgilashga azm-u qarori hayotdagi chuqur o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir»,  – degan edi Islom Abdug’aniyevich Karimov.

SSSR Rahbariyatida shu yo’naUshdagi amaliy ishlar qizg’in tus oldi. 1990-yil 25-iyulda SSSR  Prezidentlik   Kengashida   Bosh   Ministrning   mamlakatni   bozor   iqtisodiyotiga   o’tkazish   yuzasidan  qo’shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990-yil 27-iyuli va 30-avgustida SSSR Prezidentining  olimlar,  mutaxassislar,  ommaviy  axborot  vositalan  vakillari  bilan  iqtisodiy  islohotlar  mavzuidagi  uchrashuvi bo’ldi.

1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S. Shatalinning «500 kun» Programmasini  qabul qildi.

SSSR Oliy Sovetining 21-sentabrda bo’lib o’tgan IV sessiyasida bu Dastur ham qabul qilinmadi.  1990-yil   24-sentabrda   sessiya   «Xalq   xo’jaligini   barqarorlashtirishning   kechiktirib   bo’lmaydigan  vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab  chiqishga qaror qildi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o’tish jahon amali-yotidan kelib  chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo’nalishiga ziyon yetkazmaydi», – deb xulosa berdi.

Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishni  hayotning o’zi kun tartibiga qo’ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi.  Shunday bo’lsa-da, 1990-1991-yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi,  sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.

Mutaxassislar   ana   shunday   tisarilish   hodisasini   mamlakat   ijtimoiy-siyosiy   hayotiga   uchta  yo’nalishdagi kuchlar manfaatlari to’qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan:

Birinchi kuchlar – N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq  xo’jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko’proq markazda to’plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni  rivojlantirishda sotsialistik yo’ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.

Ikkinchi kuchlar – S.Shatalin guruhi a’zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh  respublikalar o’rnida suveren, Mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish,  mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo’jaliklari  tuzishni ko’zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo’lidan voz kechishni bildirar  edi.

Uchinchi  kuchlar  –  bu  M.Gorbachyov  Dasturini  quvvatlovchilar.  Ular  murosa  yo’lini  qidirib,  yuqorida  tilga  olingan  har  ikki  dastur  yo’nalishlarini  uyg’unlashtirish  va  SSSRni  saqlab  qolish,  markazlashgan ma’muriy buyraqbozlik hokimiyatini yo’qotmaslik, «shokovaya Terapiya» («falaj qilib  davolash») usulidan foydalanish g’oyasini ilgari surar edi. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham  shu  maqsadlarga  yo’naltirilgan  edi.  Jumladan,  yangi  Ittifoq  Shartnomasida  mamlakat  nomini  ham  «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar  Ittifoqi» deb atash to’g’risidagi takliflar ham o’rtaga tashlana boshladi.

Ana shu obyektiv holatni hisobga olib, 1990-yil 24-martida XII chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy  Sovetining birinchi sessiyasi bo’ldi. Sessiya O’zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini  ta’sis etish to’g’risida qaror qabul qildi.

O’zbekiston  SSR  Oliy  Soveti  Rayosati  a’zolari,  komissiya  rais-lari  va  muovinlari  «Mustaqillik  Deklaratsiyasi» xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so’ng uni sessiyaga olib chiqish lozim, deb  topdilar.

19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan  Deklaratsiya matnini batafsil ko’rib chiqdi. Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibiga  kiritildi.

«Mustaqillik  Deklaratsiyasi»  deputatlar  tomonidan  moddama-modda,  bandma-band  muhokama  qilindi, har bir millat o’z taqdirini o’zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta  ta’kidlandi. Unda o’zbek xalqining asrlar davomida qo’lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot  borasidagi boy tarixiy tajriba-si va an’analari hisobga olinishi uqtirildi.

1991-yil 19-21-avgustida Moskvada davlat to’ntarishi qilish-ga urinib ko’rildi. Ulaming maqsadlari  Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo’lga kiritishlariga, o’z taqdirlarini o’zlari  hal qilishlariga yo’l qo’ymaslik edi.

Shuni ham aytish kerakki, to’ntarishni uyushtirgan kishilar mamlakatda yuz bergan boshboshdoqlik  va parokandalik cho’qqisiga chiqqan bir paytdan foydalanib qolmoqchi bo’lishdi. Ammo qayta qurish  yillarida ko’zi ochilgan xalqni endi eski tuzum doirasiga kiri-tishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga  urinish behuda edi.

O’zbekiston  Prezidenti  I.  Karimov  Hindiston  safaridan  qaytgani  hamonoq  –  19-avgust  kuni  kechqurun respublika rahbarlari va Tosh-kent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O’zbekiston  nuq-tayi nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, kim bo’lishidan qat’i nazar, qonunga  xilof  ko’rsatmalarni  baja-rish  mum  kin  emas»,  –  deb  hisobladi.  20-avgustda  O’zbekiston  SSR  Oliy  Kengashi Rayosati, O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Va-zirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston  Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahri   rahbarlari   ishtirokida   qo’shma   majlis   bo’ldi.   Unda  O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo’li o’zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.

I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul  qilish  masalasini  keskin  qo’ydi.  Chunki  har  bir  milliy  respublikaning  chinakam  teng  huquqliligi  va  mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun mustaqillik yo’lidagi  barcha to’siqlar olib tashlanishi, har bir respublika so’zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo’lishi  lozim edi.

Ayni shu maqsadlami ko’zlab, O’zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari  sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o’z ishini boshladi.

O’zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb  etishini alohida ta’kidlash lozim. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi  hamda  «O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  bayrog’i  to’g’risida»gi  masalalar  kun  tartibiga  qo’yilib,  qizg’in muhokama qilindi.

Qliy  Kengash  deputatlari  moddama-modda  muhokamadan  so’ng  «O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  Mustaqilligi  to’g’risida»gi  qonunni  qabul  qildilar.  So’ngra  Respublika  Davlat  Mustaqilligi  to’g’risidagi Bayonot qabul qilindi. O’zbekiston SSRning nomi O’zbekiston Respublikasi deb o’zgartirildi.  Mustaqillik e’lon qilin-gan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e’lon  qilindi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o’zbek xalqining asriy orzusi ro’yobga  chiqqanligining huquqiy ifo-dasi bo’ldi.

«O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  Mustaqilligi  asoslari  to’g’risida»gi  qonun  g’oyat  katta  ahamiyatga ega bo’lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to’xtash lozim. Mazkur qonun aso-sida  O’zbekistonning  huquqiy  holati  tubdan  o’zgardi.  O’z  mohiya-tiga  ko’ra  bu  hujjat  respublika  uchun  vaqtincha konstitutsiya roli-ni ham o’ynaydigan bo’ldi. 17 moddadan iborat bu qonun suveren O’zbekiston  Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.

Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo’lga kirit-gan mustaqillik erki qonun bilan  mustahkamlab qo’yildi. Mustaqillik – o’zbek xalqining azaliy orzu-intilishi.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba