O’rgatish bosqichlari va uslublari.
Birinchi bosqich – o‘rganiladigan harakat texnikasi bilan tanishish. Bunda, aytib berish, ko‘rsatish va tushuntirish uslublari qo‘llaniladi. O‘qituvchi Shaxsan ko‘rsatish bilan birga ko‘rgazmali qurollardan foydalanadi: kinofilm, tasviriy film, sxema, maydon maketi va hokazo.
Namoyishni tushuntirishlar bilan qo‘Shib olib borish kerak. O‘qituvchilarning dastlabki urinishlari ularda birlamchi harakat sezgisini Shakllantiradi.
Ikkinchi bosqich – texnikani soddalaishtirilgan (oddiylaish-tirilgan) holatda o‘rganish. Mazkur o‘rganish bosqichida muvaffaqiyat ko‘p holatlarda yondoshtiruvchi mashqlarning to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liqdir. Ular o‘zining tuzilishi Shakliga ko‘ra o‘rganilayotgan harakat texnikasiga Yaqin va o‘quvchilar bajara oladigan bo‘lishi kerak. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan harakat (hujum zarbasi), uni tashkil qiluvchi asosiy zvenolarga (qismlarga) ajratib beriladi. Bu bosqichda boshqarish uslublaridan foydalaniladi (buYuqorish, ko‘rsatma berish, ko‘rish va Eshitish, ko‘rib ilg‘aish, texnik vositalar va hokazo) hamda ko‘rgazmali harakat (o‘qituvchining bevosita yordami, yordamchi jihozlarni qo‘llaish), axborot (to‘pga bo‘lgan zarba kuchi, tushish aniqligi, yorug‘lik yoki ovozni belgilaish) kabi uslublar alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Uchinchi bosqich – texnikani murakkablaishtirilgan Sharoitda O‘rgatish. Bunda quyidagilar qo‘llaniladi: takroriy usul, harakatni murakkab Sharoitlarda bajartirish, o‘yin va baholash uslubi, Qo’shma uslub, «davra aylana» mashqlari. Takrorlaish uslubi bu bosqichda eng asosiydir. Ko‘p marotaba takrorlaishgina malakani Shakllantiradi. Malaka hosil qilish uchun takrorlaish turli Sharoitlarda maishq bajarishni (harakat Sharoitini o‘zgartirishni, asta-sekin murakkablaishishni) taqazo etadi. Hattoki charchaganda ham mashqlar bajartiriladi, Qo’shma va o‘yin uslublari bir vaqtni o‘zida texnikani sayqallaishtirishga hamda maxsus jismoniy sifatlarni o‘stirish masalalarini hal qilishga hamda texniktaktik tayyorgarlik va o‘yin mahoratini takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich – harakatni o‘yin jarayonida mustahkam-laishni ko‘zda tutadi. Bunda bajarilgan harakatlarni talqin qilish uslubi qo‘llanadi (rasmlar, jadvallar, o‘quv filmlari, tasviriy filmlar), o‘yin jarayonida texnik-taktik, maxsus tayyorgarlik topshiriqlari, o‘yin va «bellaishish» usullari (8jadval).
Tayyorgarlik va o‘quv o‘yinlarida har bir usulni (malakani) o‘rganish, uni takomillashtirish va mukammallaishtirish ko‘zda tutiladi. Malakani mustahkamlaishning eng yuqori vositasi – bu musobaqalaishishdir.
8-jadval O‘rgatish bosqichlari, uslublari va vositalari
| O‘rgatish bosqichlari va ularnnng nomi | O‘rgatish uslublari | O‘rgatish vositalari |
| 1-bosqich:
O‘rgatilayotgan malaka (harakat) haqida tushuncha hosil qilish |
Tushuntirish-tahlil qilish, ko‘rsatishizoh berish | So‘z, suhbat, muloqot, munozara, rasmlar, andozalar, videofilmlar |
| 2-bosqich:
Malakalarga oddiy Sharoitda O‘rgatish (Yakka tartibda qo‘Shimcha vazifalarsiz) |
Qismlarga bo‘lib, element va fazalarga bo‘lib O‘rgatish, malakani to‘liq holda O‘rgatish, xatolarni tuzatish, rag‘batlantirish, qaytarish | Tayyorlov-
yondoshtiruvchi¸yo‘naltiruvchi turdosh taqlidiy va asosiy texnik mashqlar |
| 3-bosqich:
Malakalarga murakkablaishtirilgan Sharoitda O‘rgatish (vaziyatli vazifalar berish, juftlikda, uchlikda va h.k.) |
Malakalarni to‘liq holda O‘rgatish, tezlik va aniqlikni kuchaytirib
O‘rgatish, turli yo‘nalishdagi harakatlardan so‘ng ijro etish, reproduktiv qaytarish asosida O‘rgatish, o‘zaro tahlil va baholash asosida O‘rgatish. |
1-2-bosqichlardagi barcha vositalar, umumiy va maxsus
mashqlar katta tezlik va aniqlikda qo‘llaniladi, juftlik, uchlikda qo‘llaniladigan mashqlar, trenajyor va texnik vositalar |
| 4-bosqich:
O‘rgatishni davom ettirish, takomillashtirish va mukammallaishtirish |
Barcha uslublar | Barcha vositalar va jamoa o‘yinlari |
O‘qitish (O‘rgatish)da faol uslublar katta imkoniyatlarga egadir. Ularning orasida – muammoli o‘qitish (muammoli vazifalarni qo‘yish) va o‘zining o‘zlashtirishini baholash uslubi alohida ahamiyatga ega. Muammoli vazifalarni qo‘yish, uning yechimini qidiruvchi holatni, vaziyatni vujudga keltiradi, o‘zini baholash esa harakatlanish faoliyatini Yana ham faollaishtirishga olib keladi, bu o‘quvchi qiziqishini Yana ham orttiradi hamda ijodiy fikrlaishga o‘rgatadi.











