O’rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat.

0
O‘rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat.

O‘rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat.

O’rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat.

O’rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat. Ma’lumki,
islom dini ijtimoiy dunyoqarash sifatida keng  tarqala borishi bilan uning nazariy, falsafiy, huquqiy     tomonlarini  ishlab  chiqishga  e’tibor  ham  tobora  ortib  borgan.  Shu  tariqa  IX-XII  asrlarda  Movarounnahrda   ilm-fan,   madaniyat,   islom   falsafasining   nazariy   jihatdan   yuksak   darajada  rivojlangan davri bo‘ldi. Ulardan Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Al-Motrudiy, Muhammad  Imom-Fazzoliy,   Mahmud   az-Zamaxshariy,   Burhonuddin   al-Marg‘iloniy,   Ahmad   YAssaviy,  Najmiddin Kubro, Abdulholiq Fijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Jaloliddin Rumiy kabi buyuk  allomalar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari bilan jahon madaniyatiga ulkan xissa qo‘shdilar. Diniy- ilmiy   tadqiqotlarda  borliq,  ilohiy  qudrat,  inson  komilligi,  adolat,  insof,  diyonat,  vijdon    kabi  g‘oyalar inson ruhiyatini poklash orqali erkin jamiyatga chorlanadi.

Bu borada J.Rumiy shunday  deydi: “Inson buyuk bir mo‘‘jiza va uning ichida hamma narsa yozilgan. Biroq zulmat va pardalar  bor-ki, ular yozuvlarni o‘qishga imkon bermaydi. Zulmat va pardalar, turli-tuman  mashg‘ulotlar  insonning dunyo ishlari borasida olgan tadbirlari va ko‘ngilning so‘ngsiz orzularidir.” Darhaqiqat,  J.Rumiyning  qarashlarida  insonning  farqi  uning  komilligiga  asoslanadi.  U  dunyoga  irqi,  dini,  millati, tabaqasidan qat’iy nazar, barcha insonlarga barobar murojaat qiladi. “Menga vahdai mayini  tutgil, o‘zgalarni ham ondin bahramand etgil, toki jamoat jam bo‘lib, faqat suvratda bo‘lmish  tafovutlarni  bartaraf  etaylik.  Biz  hammamiz  yagona  og‘ochning  butoqlari,  yagona  qo‘shinning  navkarlarimiz”. Jaloliddinning bashariyat birligi haqida gapirishi o‘sha davr uchun mislsiz jasorat  edi.

Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot rivojining ma’naviy asoslarini o‘rganishda O‘rta Osiyoda vujudga
kelgan tasavvufchilik oqimining ahamiyati ham alohida muhim o‘rin tutadi. Tasavvuf garchi islom  bag‘rida  nish  urib,  Qur’on  va  hadislar  hikmatidan  oziqlangan,  ko‘p  hollarda shariat  ahkomiga  suyangan   bo‘lsada,   lekin   u   rasmiy   diniy   aqidaparastlik   va   mutaassiblikka   hamda   hokim  tabaqalarning ayshu-ishratlarga g‘arb turmush tarzi, talonchilik va manfaatparastlikka zid o‘laroq,  mehnatkash  xalq  noroziligini  ifodalab  keldi.  Ushbu  ta’limotning  el  orasida  yoyilib,  fikriy  yangilanishlarga qanoat bergani, haq va haqiqatga tashna ziyolilar yuragini band etganiga sabab  shu.

Tasavvuf ta’limoti asosida adolat, haqiqat, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, insof, iymon, e’tiqod,  ilm,  mehnatsevarlik,  vatanparvarlik  kabi  umuminsoniy  g‘oyalarni  targ‘ibot  qiluvchi  futuvvatga  asoslangan bir qancha diniy, siyosiy oqimlar paydo bo‘ladi. Ular jamiyatning axloqsiz unsurlariga  g‘oyaviy kuch sifatida qarshi qo‘yiladi. Bu borada, O‘zbek milliy davlatchiligimiz negizlarining  qadimiyligi   haqida   buyuk   bobokalonimiz   YAssaviyning   hikmatlarida   jamiyatda   etakchi  shaxslarning sifatlari to‘g‘risidagi talqinlar, ayni paytda, achchiq tanqidiy munosabatlari ijodining  asosini tashkil etadi. CHunki shu davrda shayxlar siyosatga bevosita aralashib kelganlar.

Bu borada Amir Kulolning o‘g‘li Amir Umarning qarashlari (1406 y.o‘lgan) siyosatning
nazariy  va  amaliy  mohiyatini  ochishda  e’tiborlidir.  Unda  siyosatga  shunday  nisbat  beriladi:  “Bilgilkim siyosat – tutib turish va tartibga solishdir…, yomon kishilarni qo‘rqinch va titroqda  tutmoq, yaxshilarni taqdirlamoq kerak. Agar siyosat bo‘lmasa, davlatning muhim ishlari amalga  oshmaydi;  agar  tartibot,  jazo  qonunlari  bo‘lmasa,  davlat  ishlari  ham  o‘nglanmaydi,  chunki  hukmdorning, jamoaning ko‘rki, davlat va dinning rivoji siyosatdir”. Ya’ni, din orqali siyosatda  umuminsoniy  qadriyatlar  ifoda  etilishi  va  bunday  siyosat  esa  bevosita  davlat  qonunlari  orqali  amalda o‘z tasdig‘ini topishiga erishmoq lozim, deb qaraladi. O’rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba