O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.

0
 20-30-yillar O’zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi.

O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.

O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.

O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlaka aylantirilishi  hamda  podsho Rossiyasining  Turkistonda  olib  borgan  mustamlaka  siyosatiga  doir manbalar  boy  va  salohiyatlidir.  Bu  manbalarni  bir  necha  xilga  bo’lib  o’rganishimiz mumkin.  Manbalar orasida  eng  ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr  boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi jadidi Toshkand», Avaz  Muhammad Attor Xukandiyning «Tarixi Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli  Amirlashkar»,  Mullo  Holiboy Mametovning  «Urus  lashkarlarining  Turkistonda  tarixi 1269-1281  sanalarda  qilgan futuxotlari»,  Mullo  Olim  Maxmudxojaning  «Tarixi Turkiston»,  Niyoz  Muhammad  Xuqandiyning  «Tarixi  Shohruxiy»,  Ibratning  «Tarixi Farg’ona»,  Muhammad  Yunus Bayoniyning  «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini alohida ko’rsatib o’tishimiz mumkin.

Bu manbalar bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan  ko’plab hujjatlar, rus harbiyolari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham  mavzuni o’rganishda muhim manbalar bo’lib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar va hujjatlarni o’rganishda  ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir. Rossiya imperiyasi XIX asr boshlaridanoq Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy  o’rganishga jiddiy kirishdi.

1803 yilda Ivanov boshchiligidagi dastlabki missiya xonliklar orasida harbiy, siyosiy, iqtisodiy  jihatdan katta kuchga ega bo’lgan Buxoroga yetib keldi va amirlik haqida bir qancha ma’lumotlarni  qo’lga kiritdi.

1920   yilda   A.F.Negri   boshchiligida   o’z   tarkibida   olimlardan   G.Meyendorf,  E.Eversman,  Budrinlarga  ega  bo’lgan  ikkinchi  missiya  amirlik  haqida  ko’proq ma’lumot yig’ish  uchun  keldi.  G.Meyendorf   kelajakda   rus   qo’shinlarining   Buxoroga  harbiy  bosqinchilik   bilan   kelganlarida  foydalanishlari uchun butun tafsilotlarni o’zida mujasam etgan xaritalar tuzish bilan shug’ullandi.

1834  yilda  Buxoroga  yangi  missiya  yuborildi.  Bu  missiya  mutlaqo  josuslik maqsadidagi  topshiriqlarni  bajardi.  Bu  missiyaga  turkiy  tillarni  va  bu  xalqlarning tarixini  yaxshi  bilgan  Qozon  universitetining Sharqshunoslik fakulteti talabasi P.Ch.Demizon rahbarlik qildi. Unga tatar mullasi Mirza  Ja’far nomi bilan soxta pasport va diplomatligini tasdiqlovchi hujjat berildi. Unga yuklatilgan vazifa o’ta  muhim  bo’lib, Rossiya  bilan  Xiva  o’rtasida  urush  kelib  chiqsa  Buxoro  bunga  qanday  munosabatda  bo’lishini aniqlashdan iborat edi.

1835 yilda praporshik Vitkevich maxfiy ko’rsatmalar bilan Buxoroga jo’natildi. 1839 yil aprelda  Buxoroga  muhandis  –  geolog,  kapitan  Kovalevskiy  boshchiligidagi  ekspedisiya yuborildji  va  unga  Turkistondagi mavjdu oltin va boshqa ma’dan konlarini xaritalashtirish topshirildi. Shuningdek Buxoro  amirligining geologik tuzilishi, Buxoroda oltin buyumlar bilan savdo qilishning ahvoli va amirlikning  tashqi savdo munosabatlari haqida statistik ma’lumotlar to’plash vazifasi yuklatilgan edi.

1841  yil  Buxoroga  N.Xaniqov  boshchiligidagi  missiya  o’z  tarkibida  N.Zalesov,  Leman kabi  olimlar  bilan  birgalikda  keldi  va  O’rta  Osiyo  flora  va  faunasini  o’rganishga kirishdi.  1843  yilda  N.Xaniqov o’z safar natijalari haqida hisobot to’plab tashqi ishlar vazirligiga topshirdi va shu yiliyoq  hisobt tegishli idoralar uchun yo’llanma sifatida «Opisaniye Buxarskogo xanstva» nomi bilan kitob holida  nashr etildi. Bu kitob O’rta Osiyoga yurish qiladigan qo’shinning zobit va askarlariga tarqatish uchun  Orenburg general –gubernatorligiga jo’natildi. Kitobda Buxoro xaritasi, Samarqand shahri plani ilk marta  e’lon qilindi.

1842 yilda Buxoro amirligiga yuborilgan K.Butenevga yanada maxfiy topshiriq berildi. U bu  topshiriqlarni qoyil qilib bajardi. Rus hukumatiga «Buxoroga qo’shin tortib borish imkoniyatlari» deb  atalgan maxfiy ish topshirdi. Unda amirlikni bosib olish mumkinligi aniq tavsiflab berilgan. Hukmuatni  va rus generallarini amirlikni tezroq bosib olishga undadi.

Xuddi shunday missiyalar Xiva va Qo’qon xonliklariga nisbatan ham amalga oshirilgan.  1820 yilda kapitan Muravyov boshchiligidagi missiya Xiva xonligini bosib olish Rossiya uchun Buxoro va Hindistonga yo’l ochadi va butun O’rta Osiyoni Rossiya ta’sirida ushlab turish imkoniyatini  beradi degan xulosaga keladi va bu xulosalarga tayangan hamda Muravyovning maslahatlariga amal  qilgan  graf  Perovskiy  rus  hukumatining  roziligini olib,  1839  yil  Xivga  yurish  qiladi  va  to’la  mag’lubiyatga  uchraydi.  Yurish ishtirokchisi M.Ivanin  «Opisaniye  zimnego  poxoda  v  Xivu(1839- 1840gg)» nomli asarida Xiva xonligi ustidan tamomila o’lim hukmini chiqarish va unga xatto kerak  bo’lsa eklogik urush e’lon qilish, ya’ni, Amudaryoni Kaspiy dengiziga burib yuborish takliflarini kiritadi.  Bu g’oyalari bilan rus mustamlakachilari shafqatsizlik borasida Chingizxondan ham o’tib ketgan edilar.

1858 yil O’rta Osiyoga yuborilgan polkovnik Ignatyev boshchiligidagi missiya o’z ishini tugatar  ekan, «O’rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi savdo va boshqa aloqalar foyda bermaydi. Elchilarni  kutish va jo’natishga ketadigan barcha harajatlarni harbiy yurishglarga sarflab, bu hududlarni bosib olish  kerak» – mazmunidagi o’ta shovinistik va bosqinchilik ruhi yaqqol namoyon bo’lib turgan xulosalarni  chiqaradi.

Yuqoridagi kabi missiyalar va ekspedisiyalar, elchiliklar yordamida Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo  xonliklari to’g’risida ko’plab qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldi. Xonliklar orasida birlikning yo’qligi,  ular o’rtasida davom etib turgan qonli nizolardan foydalanib tezroq xonlikularni bosib olish rejasini ishlab  chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni eng tajribali rus generallariga topshirdi.

Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va uning bitmas tuganmas boyliklariga  egalik qilishni bir asrlar avval o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun  amaliy harakatlar Petr I davridayoq boshlangan edi. Bir necha bor amalga oshirilgan elchilik va josuslik  ma’lumotlariga  tayangan  holda  Petr  I  O’rta Osiyoni qo’lga  kiritish  uchun  dastlab  qozoq  juzlarini  bo’ysundirish va ulardan keyinchalik vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Degan fikrni  ilgari surgan edi. Turli yo’llar bilan qozoq yerlariga kirib kelgan ruslar birin ketin zab etilgan yerlarda  harbiy qal’alar  va istehkomlar  ko’ra  boshladi.  1717  yilda  ko’rilgan  Omsk,  1718  yilda ko’rilgan  Semipalatinsk, 1720 yilda ko’rilgan Ust-Kamenogorsk, 1735 (1742 -?) yil ko’rilgan Orenburg qal’alari  kabi mustahkam harbiy istehkomlar ruslarning bu yerdagi harbiy hukmronligi hali uzoq davom etishi va  ular  faqatgina  qo’lga  kiritgan  yerlar  bilan qanoatlanib  qolmasliklarni  bildirardi.  1731-1740  yillar  davomida Kichik va Katta qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o’tish Rossiya imperiyasining O’rta  Osiyoning ichki hududlariga bostirib kirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. Yuqoridagi  hududlarni qo’lga kiritganlaridan so’ng, Rossiya davlati chegaralari bevosita o’zbek xonliklari chegaralari  bilan  tutashib  qolgan  edi.  Biroq  Rossiyaning  Yevropada  yuzaga kelgan  siyosiy  vaziyat  va  tashqi  davlatlari bilan harbiy harakatlarning olib borilishi O’rta Osiyo xonliklariga qarshi qaratilgan harbiy  harakatlarini yana bir asr kechiktirishga majbur qildi. Bu davr mobaynida bosib olingan hududlarda  erkparvar qozoq sultonlaridan biri Kenasari Qosimov ruslarga qarshi ozodlik kurashlari olib boradi.

Bu  qo’zg’olonlarni  bostirish  uchun  minglab  qurolli  kuchlarga  ega  bo’lgan  general Obruchev,  polkovnik Lebedev, Dushikovskiy, podpolkovnik Gorskiylar hyech qanday natijaga erisha olmadilar.  Bunda xulosa chiqarganrus hukumati bepayon qozoq dashtlarida ko’plab harbiy qal’alar va istehkomlar  ko’rishga kirishdi. Natija XIX asr o’rtalariga kelib Qozog’iston hududlarida 60 ga yaqin harbiy va 100  dan ortiq kichikroq istehkomlar barpo etildi. Bu ishlarning hammasi kelgusida o’zbek xonliklariga qarshi  kurashga puxta tayyorgarlik ko’rilganligini bildirar edi. Chor Rossiyasining xonlikarga qarshi harbiy  yurishlardan dastlabkilaridan biri 1839 yilda Xiva xonligiga qarshi Orenburg general gubernatori graf  Pervskiy tomonidan amalga oshirildi. 1839 yil 16 fevralda tasdiqlangan rejaga ko’ra Xivagacha bo’lgan  1300 chaqirim masofa uch oy ichida bosib o’tilishi lozim edi. 5333 kishilik armiya mahalliy aholining  kuchli  qarshiligiga  duch  keldi  va  1045  kishi o’ldirildi,  609  kishi  yarador  bo’ldi.  Harbiy  yurish  esa  to’laligicha mag’lubiyatga uchradi. Keyingi yillarda ruslar xonliklar bilan chegaralarda kichik-kichik harbiy to’qnashuvlar bilan cheklangan bo’lsalarda, bu hududlarda o’z harbiy imkoniyatlarini kengaytirish  va endi Qo’qon xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashni maqsad qilib qo’ygan edilar.

XIX asrning 50 – yillariga kelib Rossiya mohiyatiga ko’ra adolatsiz va bosqinchilik xususiyatiga  ega bo’lgan mustamlakachilik yurishlarini Qo’qon xonligiga qarshi faollashtirib yubordi va xonlikka  qarshi rosmana urush harakatlarini boshlab yubordi. Deyarli o’rta asrlarga xos qurollanishga ega bo’lgan  Qo’qon xonligi zamonaviy quro-yarog’larga ega bo’lgan va Yevropadagi urushlarda katta tajriba orttirgan  dahshatli  dushmanga  qarshi urushga  kirdi.  Bu  vaqtga  kelib  Qozog’iston  hududlarini  egallab  olgan  Rossiya imperiyasi  harbiy  qo’shinlari  Qo’qon  xonligi  hududlariga  ikki yo’nalishda  Orenburg harbiy  okrugi va G’arbiy Sibir harbiy okrugi tomonidan harbiy harakatlarni boshlab yubordi.

1864 yilga kelib harbiy harakatlari yanada shiddatli tus oldi. Xonlikning ichkari hududlariga suqulib  kirayotgan rus mustamlakachilari oldida Avliyo ota, Turkiston, Chimkent, Toshkent kabi qudratli harbiy  kuchga va muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan shaharlar turardi. 1864 yil 1 may kuni Avliyootaga  yetib  kelgan  polkovnik  Chernyayev  otryadlari shaharlarga  qarshi  shiddatli  janglar  olib  bordi.  Vatan  himoyachilarining qattiq qarshiligiga qaramay shu yilning 4 iyunida ruslar tomonidan bosib olindi. 4  iyulda Chinoz, 11 iyulda esa Manket bosib olindi.

Orenburg yo’nalishi bo’yicha harakat qilayotgan polkovnik Verevkin otryablari 1864 yil Turkiston  shahrini qamal qildi. Qattiq janglardan so’ng 12 iyunda Turkiston shahri ham ruslar tomnidan bosib  olindi. Navbatdagi shahar Chimkent edi. Chimkent shahri ikki yo’nalishni birlashtiruvchi nuqta sifatida  ham muhim ahamiyatga ega bo’lsa, vatan himoyachilari uchun xonlikning ichkari hududlariga ruslarning  kirib kelishiga tusiq bo’luvchi so’nggi kuchli tayanch edi. Chimkent uchun jangga bosqinchilar ham,  himoyachilar ham qattiq tayyorgarlik ko’radilar. Avliyo ota va Turkistondan kelgan harbiy kuchlari iyul  oyida Chimkentga  hujum  boshlaydilar.  Vatan  himoyachilari  rus  bosqinchiligiga  qarshi kurashlarga  rahbarlik qilgan eng mahoratli sarkarda Mullo Aliquli Amirlashkar boshchiligida ruslarga qaqshatqich  zarba   beradi   va   22   iyul   kuni   mag’lubiyatga  uchragan   rus  qo’mondonlari   sulh   so’rab   Aliquli  Amirlashkargi murojaat qiladi. Amirlashkar ularga Oqmachit, Avliyoota, Turkiston shaharlarini qaytarish  va 200 ming tillo tovon to’lash sharti bilan omonlik beradi. Biroq ruslar ikki oy davomida qaytadan kuch  to’plab, Chimkentga qayta hujum qiladi. Shiddatli kechgan muxorabada ruslarning zamonaviy qurollari  ustunlik qilib, himoyachilarni mag’lubiyatga uchratadi. 22 sentyabr kuni Chimkent bosib olinadi.

1864 yilning kuzida Qo’qonga qaytgan Aliquli davlat ishlari mashg’ul bo’ladi. 1 oktyabrda general  Chernyayevning Toshkentga hujum qilganligi haqidagi habar Qo’qonga yetib borishi bilanoq 10 ming  kishilik qo’shin bilan Toshkent mudofaasiga otlanadi. Bu vaqtda esa toshkentliklar Kush parvonachi va  Mirzo Axmad boshchiligida ruslarga qattiq zarba berib, ularni Chimkentga qochishga majbur qiladi.  Toshkentga  yetib  kelgan  Aliquli Amirlashkar  bu  yerda  bir  muncha  vaqt  bo’lib,  Toshkent  qal’asini  mustahkamlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. 4-6 dekabr kunlari esa ruslarni g’aflatda qoldirib,  10 ming kishilik qo’shin bilan bu vaqt ruslar qo’lida bo’lgan Turkistonga qarashli Ikonga yurish qilib, yuz  boshi Serov boshchiligidagi otryadni mag’lubiyatga uchratadi. Aliqulining bu yurishi rus generallari  tomonidan  urushlar  davridagi  eng  ajoyib  harbiy  san’at  sifatida e’tirof  etilgan  edi.  Keyingi  oylarda  Amirlashkar  tashqi  siyosat  va  elchilik  ishlari  bilan mashg’ul  bo’lib  turgan  vaqtda  rus  harbiylari  Toshkentni bosib olishga tayyorgarlik qurayotgan edilar. Avvalgi mag’lubiyatdan alamzada bo’lgan rus  generali  M.G.Chernyayev 1865  yilning  aprelida  Toshkent  bekligiga  qarshili  va  shaharni  suv  bilan  ta’minlovchi Niyozbek  qal’asiga  hujum  qiladi.  Ruslar  bilan  hozirgi  Qibray  tumanidagi  Do’rmon,  Uymovut  atroflarida  bo’lib  o’tgan  qisqa  to’qnashuvlardan  so’ng  Niyozbek  qal’asi  bosib olinadi.  Bu  voqyea 29 aprelda sodir bo’lgan va bunda shaharlik ayrim xoin kimsalar ruslarga yordam ko’rsatgan  edilar. Bosqinchilar shaharga kiradigan suvni Chirchiq daryosiga burib yuboradilar. Bu habar Qo’qonga  yetishi  bilanoq  Aliquli Amirlashkar barcha harbiy  kuchlarni  olib  Toshkent  mudofaasiga  otlanadi.  U  Toshkentning Mingo’rlik mavzesiga 8 may kechasi yetib keladi va ortiqcha tayyorgarliklarsiz 9 may erta  tongdanoq ruslarga  qarshi  janglarni  boshlab  yuboradi.  Salor  arig’i  atroflarida  bo’lib o’tgan jangda  mudofaachilar dastlab ruslarga qattiq zarba berib ularni chekinishga majbur qiladilar, kunning o’rtalariga  yaqin ruslar zambaraklardan o’q otib jangni boshlaydilar. Aliquli ham keyingi yillarda takomillashtirilgan  xonlik zambaraklarining ruslarga qarshi o’q otishlarini shaxsan o’zi boshqarib boradi. Shu vaqtda uning  yaqinida ruslarning zambarak snaryadi portlaydi va Amirlashkar og’ir yarador bo’ladi. Kunning ikkinchi  yarmida u vafot etadi va bundan habardor bo’lgan fitnachi qirg’iz va qipchoq sarbozlari jang maydonini  tashlab ketadilar. Mudofaa ishlarining butun og’irligi shahar aholisi ustiga tushadi. Shahar ulamolarining  sa’y-harakatlari bilan Buxoro amridan so’ralishi ham natijasiz tugaydi. Shaharliklar bosqinchilarga qarshi  qattiq kurash olib boradilar. Biroq kuchlarning teng emasligi, oziq-ovqat va suvsizlik, qurol-yarog’larning  kamligi  mudofaachilarning mag’lubiyatiga  sabab  bo’ladi.  Ruslar  1865  yilning  16-17  iyun  kunlari  shiddatli  janglar qilib,  Toshkent  shahrini  bosib  oladilar.  Ruslar  tomonidan  bosib  olingan  joylarning  barchasi Rossiya mulki eyeb e’lon qilindi.

Bu  vaqtlarda  Qo’qon  xonligi  bilan  urush  holatida  bo’lgan  Buxoro  amirligi  xonlikning Jo’jand  qal’asini bosib oldi.Amir o’zining toshkentga da’vogar ekanligini bayon qilib, rus qo’mondonligi oldiga  Toshkentni  toshirish  talabini  qo’ydi.  Shu  bilan  birga  muzokaralar uchun  Buxoroga  yuborilgan  rus  elchilarini ham qamoqqa oldi. Yuzaga kelgan vaziyat rus qo’mondonligiga Buxoro amirligiga qarshi  urush ochish uchun bahona bo’ldi. Biroq rus hukumati Buxoroga nisbatan urush harakatlari ochishga  botina  olmay,  Toshkentdagi harbiylarga  amirlik  bilan  kelishuvchilik  siyosati  olib  borish  majburiy  holatdagina urush harakatlari olib borishni buyurgan edi. Toshkent mustaqil o’lka deb e’lon qilingach,  general Chernchev o’zboshimchalik bilan Buxoro amirligiga qarashli Jizzax qal’asiga yurish qildi. Jizzax  himoyachilari rus qo’shinlariga qarshi qattiq zarba berib ularni mag’lubiyatga uchratdi. 1866 yil yanvarda  ro’y bergan bu voqyeadan so’ng general Chernyayev harbiy harakatlar olib borish ta’qiqlab qo’yildi.  Shunga qaramay Jizzaxdagi mag’lubiyatdan so’ng Rossiya va Buxoro amirligi o’rtasidagi ziddiyatlar  keskinlashib ketdi.

General  Chernyayev  o’rniga  tayinlangan  yangi  qo’mondon  F.I.  Romanovskiy  amirlikka qarshi  harbiy  harakatlarni  davom  ettirdi  va  1866  yil  8  mayda  Erjar  yaqinida  Amir Muzaffar  qo’shinlarini  mag’lubiyatga  uchratdi.  U  keyingi  yurishlarini  Xo’jandga  qaratib, 17-24  may  kunlari  bo’lib  o’tgan  janglardan so’ng qal’ani bosib oldi. Shu yilning 2 oktyabrida O’ratepa bosib olindi. 11 oktyabrda esa  ruslar Jizzaxni qamal qildilar. Jizzahliklar bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashib, dastlabki janglarda  ruslarga zarba berdilar. Shiddatli janglar va 5 kunlik qamaldan so’ng Jizzax qal’asi 18 oktyabr kuni  bosqinchilar tomonidan egallandi.

1867 yilning 27 may kuni esa qattiq janglardan so’ng Yangiqo’rg’on qal’asini bosib olindi. Rus  hukumati bosib olingan joylarda mustamlakachilik boshqaruvini joriy qilish va bosib olingan yerlarda  Rossiya imperiyasi hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Qo’qon xonligi va Buxoro amirligidan tortib  olingan yerlarni Rossiya mulki deb e’lon qildi.

Imperator Aleksandr II farmoni bilan 1867 yil 14 iyulda bosib olingan yerlarda Turkiston harbiy  okrugi va Turkiston general-gubernatorligini tashkil qilish to’g’risidagi farmon berdi. Tashkil etilgan  harbiy okrug qo’mondoni va general-gubernator etib general-ad’yutant K.P. Fon Kaufman tayinlanadi.  Unga berilgan «Oltin yerlik» ka ko’ra Kaufman cheklanmagan hokimiyatga ega bo’ldi. Unga mustaqil  ichki va tashqi siyosat masalalarini hal qilish vakolati berildi.General-gubernatorlikning markazi etib  Toshkent shahri belgilandi.

Jizzaxning bosib olinishi va erjar yonidagi mag’lubiyat amir Muzaffarxonning K.P. Fon Kaufman  bilan sulh shartnomasi tuzish fikriga olib keldi va u Kaufmanga sulh shartnomasi imzolashni taklif qildi.  Biroq, Kaufman amir Muzaffar oldiga og’ir shartlarni qo’ygach, sulhdan umidini uzgan amir Muzaffar  Turkiya  sultoni  Abdulazizxonga,  Afg’oniston  amiri Sheralixonga  va  Turkmanlarga  o’z  elchilarini  yuborib, Rossiyaga qarshi kurashda harbiy madad so’radi. Biroq bu elchiliklar ijobiy natijaga erisha  olmadilar.

Fon  Kaufman  Buxoro  amiriga  qarshi  harbiy  harakatlarni  davom  ettirib  1868  yil  1 may  kuni  Samarqandga qarshi kurash boshladi. Amirlik Rossiya imperiyasi harbiy qo’shinlari o’rtasidagi jang  Samarqand  yonidagi  Cho’ponota  tepaligida  bo’lib  o’tdi. Qattiq  va  shiddatli  tarzda  kechgan  harbiy  to’qnashuvdan so’ng, 2 may kuni Samarqanda shahri ruslar tomonidan bosib olindi. O’rta Osiyodagi yuz  berayotgan  voqyealarni  kuzatib  turgan  chet  el  ommaviy  axborot  vositalari  bu  voqyealarni  o’z  matbuotlarida yoritib o’tdilar. Ulardan birida ruslar Samarqandni bosib olishi butun urushlar tarixida eng  katta shovqshuvli voqyea bo’ldi, Jahongir Temur poytaxtning bosib olinishi rus qurolining qudrati deya  baholangan bo’lsa, Samarqandning ruslar tomonidan bosib olinishi xalqlarimiz uchun juda katta yo’qotish  bo’ldi. Garchi amir qo’shinlari mag’lubiyatga uchragan bo’lsalarda, xalq urushni davom ettirish va bir tomchi qonlari qolguncha dushmanga qarshi kurashga harakat qiladilar. Samarqanda shahrini qaytarib  olish uchun jang Zirabuloqda bo’ladi.

Zamonaviy qurol-yarog’lar va 8000 dan ortiq qo’shinga ega bo’lgan Kaufman amir Muzaffar  qo’shinlari bilan shiddatli janglar olib borishga majbur bo’ladi. Buxoroliklar Zirabuloq jangida katta  qaxramonliklar ko’rsatishga qaramay mag’lubiyatga uchraydilar.  Zirabuloqda  janglar  davom  etayotgan  bir  paytda  Qarshi,  Kitob  va  Shahrisabz  beklari o’z  qo’shinlari bilan Samarqandliklarga yordamga yetib keladilar va Samarqandda qoldirilgan rus garnizonini  mag’lubiyatga uchratadilar. Bundan habar topgan Kaufman zudlik bilan Samarqandga yetib keladi va  vatan himoyachilariga qarshi kurash boshlaydi.

1868 yilning 2 iyunidan boshlangan Samarqand qo’zg’olonida Kitob Begi Bobobek va Shahrisabz  begi Jo’rabeklar katta jasorat ko’rsatadilar. Bu qo’zg’olon rus qo’shinlari tomonidan 8 iyunda bostiriladi  va juda ko’p begunoh shahar aholisi qirg’in qilinadi. Samarqanda va Kattaqo’rg’onning bosib olinishi,  Cho’ponotp  va  Zirbuloqdagi mag’lubiyatlardan  so’ng  amir  Muzaffar  1868  yil  23  iyunda  general- gubernator Fon Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bo’ladi. Bunga ko’ra amirlik o’z mustaqilligini  yo’qotib, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Zarafshon daryosining yuqori oqimidagi yerlardan mahrum etiladi  va 500 ming oltin to’lashga, mustaqil tashqi siyosat yuritmaslikka majbur etiladi.

Bu voqyealardan so’ng amirning katta o’g’li Abdumalik to’ra Jo’rabek, Bobobek, Sulton Sodiqlar  bilan  birgalikda  ruslarga  qarshi  qattiq  kurash  olib  boradilar.  Ruslarga  va amir  Muzaffarga  qarshi  qaratilgan bu kurash rus harbiylar tomonidan bostiriladi. Buxoro amirligi esa bundan buyon Rossiya  imperiyasining vassal davlatiga aylanadi.

Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o’rtasidagi harbiy to’qnashuvlar XIX asrning 30 yillari oxiridan  boshlandi. Petr I tomonidan uyushtirilgan harbiy ekspedisiyaning mag’lubiyatga uchraganligi bu davrga  kelganda  ham  rus  hukumatiga  tinchlik  bermasdi.  Ular  o’zbek xonliklariga  qilinadigan  hujumlarning  dastlabkilaridan birini Xiva xonligiga qarshi qaratishga intilib, 1839 yil boshlarida Orenburg general al- gubernatori graf Perovskiy boshchiligida Xiva xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordilar.  Biroq   bu  harbiy   harakat   Xivaliklar   tomonidan   mag’lubiyatga   uchratildi   va   graf   Perovskiy  sharmandalarcha ortga qaytishga majbur bo’ldi. Natijada rus hukumati harbiy-siyosiy doiralari tomonidan  Xiva  xonligi  “Bo’ysunmagan  O’rta  Osiyo  jazoiri”  deya  e’tirof  etildi. Bundan  xulosa  chiqargan  rus  hukumati Xiva xonligini bosib olishga shishilmadi.

1868 yil Rossiya imperiyasi tomonidan Buxoro amirligi bo’ysundirilgach, Xiva xonligi imperiyaga  qarashli  uchta  harbiy  okrug-Turkiston,  Orenburg  va  Kavkaz  harbiy okruglari  qurshovida  qoldi.  Shuningdek «Orol“ harbiy flotiliyasi ham kuchaytirilgan holda Xiva xonligiga qarshi bo’lish mumkin  bo’lgan janglar uchun tayyorlab qo’yildi.

Xonlikka qarshi harbiy harakatlarni boshlashdan avval rus harbiylari xonlikka eltuvchi barcha  yo’llar, joylar, xonlikning harbiy qudrati va imkoniyatlarini batafsil o’rganib chiqdilar. Xonlikka qarshi  harbiy harakatlar uchun 12 mingdan ortiq harbiy askarlar tayyorlandi.   Xiva  xonligiga  qarshi  harbiy  harakatlar  1873  yil  bahorida  boshlandi.  Bu  yurishda ishtirok  etayotgan barcha harbiy kuchlarning bosh qo’mondoni etib general-gubernator Fon Kaufman belgilandi.  Bu  harbiy  harakatlarda  ishtirok  etayotgan  Orenburg  harbiy okrugi qo’shinlariga  general  Verevkin,  Mingqishloq   otryadiga   polkovnik   Lomakinlar  boshchilik   qilishdi. “Orol”   flotiliyasiga   qarashli  “Samarqand”, “Perovskiy” kemalari va uchta barchja ham yurishlarda ishtirok etdi. General Kaufman  urush harakatlarini boshlar ekan bunga bahona qilib Xiva xoni Muhammad Rahimxon II tomonidan  xonlik hududlarda mavjud ruslardan iborat qullarni ozod qilmasligini ko’rsatadi.

Ruslarning hujumi haqida habar eshitish bilanoq xon amaldorlar bilan mashvarat o’tkazadi va  Kaufmanning yo’lini tusish uchun Matmurod devonbegini qo’shin bilan jo’natadi. Qo’ng’irot yo’nalishi  bo’yicha hujum qilayotgan general Verevkinga qarshi esa Eltuzar inoq jo’natiladi.

Xiva xonligi sarbozlari va ruslar o’rtasida dastlabki to’qnashuv 10-11 may kunlari Uchuchoq  yaqinida  bo’lib  o’tadi  va  devonbegi  qo’shinlari  mag’lubiyatga  uchraydi. 18 mayda  esa  kaufman  qo’shinlari Amudaryodan kechib o’tadi. Bosqinchilar hujumini kuchaytirib borib, 23 may kuni Xazorasp  qal’asini egallab oladilar. Qattiq janglardan so’ng birin-ketin Qo’ng’irot, Xo’jayli va boshqa qal’alar  bosib olinadi. 1873 yil 29 may kuni esa xonlik poytaxti Xiva shahri ham ruslarga taslim bo’ladi. Bu  vaqtda mag’lubiyatga uchrayotganligini payqagan Muhammad Rahimxon II Izmiqshur tarafga qochib  ketagan edi. Xonning nomidan muzokaralar olib bormoqchi bo’lgan Otajon to’ra va Amir to’ralarni  Kaufman qaytaradi va faqatgina xon bilan muzokaralar olib bormoqchi ekanligini bildiradi.  Bu  orada  xon  saroyi  talon-taroj  qilinib,  ko’plab  qimmatbaho  boyliklar,  nodir qo’lyozmalar  imperiya markaziga jo’natiladi.

General  Kaufman  va  Muhammad  RahimxonII  o’rtasida  muzokaralar  Gandimiyen qishlog’ida  o’tkaziladi.  Gandimiyen  shartnomasi  deb  nom  olgan  bu  hujjatga  asosan Xiva  xonligi  Rossiya  miperiyasining vassaliga aylantiriladi va xon huzurida saroy amaldorlari va rus qo’mondonlaridan iborat  kengash  (devon)  tuziladi.  Bu  devon  Xiva xonligining  barcha  sohalari  faoliyatini  kuzatib  borishi  va  nazorat qilishi lozim edi.  Shuningdek,  shartnomaga  ko’ra  Xiva  xoni  siyosiy  huquqlaridan  va  tashqi  mustaqil siyosat  yuritishdan mahrum etildi, quyi Amudaryoning o’ng sohilidagi yerlar Rossiya mulki deb e’lon qilindi va  bu  yerda  Rossiyaga  qarashli  Amudaryo  bo’limi  tashkil  etildi. Xonlikka  2  million  200  ming  so’m  miqdorda   tovon   puli   to’lash   yuklatildi.   Shu  tariqa   Xiva   xonligi   ham   Rossiya   imperiyasining  mustamlakachiligi siyosati yo’lida bo’ysundirildi.  O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba