O’tish davri tushunchasi. O’tish davrining zarurligi, mohiyati va umumiy qonuniyatlari.

0
O'tish davri tushunchasi

O'tish davri tushunchasi

O’tish davri tushunchasi mohiyati. O‘tish davri ijtimoiy-siyosiy fanlar mavzulari tizimidagi dolzarb masalalar qatorida turadi.  Chunki, mamlakatlar o‘zlarining yuksak taraqqiyot darajalariga ma’lum oraliq bosqichlarini bosib  o‘tmasdan erisha olmaydilar. Ana shu «oraliq» bosqichni o‘rganish nafaqat nazariy, shuningdek  amaliy ahamiyatga ham egadir. Ammo, u mustaqil mavzu sifatida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy  adabiyotlarda ilmiy jihatdan juda kam o‘rganilgan. Buning asosiy sababi, uning aniq «mezoni»ni va  boshlanishi  nuqtasi  bilan  «poyoni»  (oxirgi  muhlati)  masalasini  aniq  belgilash  murakkabligicha  qolmoqda.  Bundan  tashqari  ba’zi  olimlar,  jamiyat  taraqqiyoti  to  fuqaroviy  jamiyat  darajasiga  ko‘tarilguncha, faqat «o‘tish davri»ni o‘z boshidan kechiradilar, u uzluksiz jarayon, – deb hisoblasa,  yana  birlari  «o‘tish  davri»ning  muhlati  va  mohiyatidan  ko‘ra,  undagi  jarayonlarni  o‘rganish  «muhimroq» – ekanligini ta’kidlaydilar.

O’tish davri tushunchasi mohiyati. Xullas, O‘zbekistonda demokratik jamiyatga o‘tish davri  ham mukammal o‘rganishga ehtiyoj etilib keldi. Chunki, uning boshlanishi va oxirgi «poyoni»ning  mezonlarini aniqlamasdan turib, jamiyat hayotida sodir bo‘ladigan yoxud sodir bo‘lishi mumkin  bo‘lgan  jarayonlar  haqida  aniq  konseptual  g‘oyalarni  ishlab  chiqish  ham  mumkin  emas.  Bu  jarayonlar nega turli mamlakatlarda turlicha sodir bo‘ladi? Ularning muhlati nega har bir davlatda  turli  xil  vaqtlarda  davom  etadi?  O‘tish  davrida  kuchlar  nisbati  qanday  holatda  bo‘ladi?  degan  savollarga  javobni  faqat  demokratik  jarayonlar  bilan  hamohanglikda  mustaqil  mavzu  sifatida  o‘rganish orqaligina javob berish mumkin bo‘ladi. Bu jarayon barcha mamlakatlar uchun xosdir.  Chunki jahonning eng taraqqiy etgan mamlakatlari ham uni o‘z boshidan kechirmoqdalar.

Shu ma’noda uni o‘rganish bugun «o‘tish davri»ni o‘z boshidan kechirayotgan O‘zbekiston  uchun ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Negaki, uni o‘rganish biz qurayotgan jamiyatda   sodir bo‘ladigan jarayonlar darajalari to‘g‘risida aniq tasavvurlarga va unga etib borish yo‘llarini  aniqlash imkonini beradi.

O‘tish davri barcha davlatlarning yuksak taraqqiyotiga erishish uchun xos bo‘lgan jarayonida  sodir bo‘ladigan o‘ziga xos «oraliq» muhlat hisoblanadi.

U  har  qanday  davlat  uchun  umumiy  qonuniyatdir.  Chunki  davlatlar  vujudga  kelishi  bilanoq, birdaniga yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi, balki har bir davlat eng avvalo,  shakllanadi va ma’lum tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan o‘tkazadi. Ma’lumki, har bir  davlatning  vujudga  kelish,  rivojlanish  va  yuksak  darajasiga  ko‘tarilish  jarayonlari  olimlar  tomonidan o‘rganilgan va bugungi kunda o‘rganish davom etmoqda.

Aslida o‘tish davri nazariyasi deganda nimani tushunmoq kerak? O‘tish davri u haqidagi turli  qarashlar tizimi hisoblanadi. Ular asosida umumlashgan nazariyalar shakllanadi. Qarashlar turli- tuman, hatto ular bir-biriga qarama-qarshi bo‘lishi ham mumkin. Eng muhimi ularni tahlil qilish  asosida  ilmiy  xulosalar  ishlab  chiqiladi.  Xulosalarning  ilmiyligi  esa  ularning  moddiy  kuchga  aylanishida o‘z ifodasini topadi. Ya’ni, o‘tish davri haqidagi nazariy qarashlar real hayotda o‘z  ifodasini topsa, amaliyotda o‘z samarasini bersagina, ilmiy xulosa darajasiga ko‘tariladi. Ana shu  ma’noda ham o‘tish davri nazariyasi deganda, mamlakatlarning ma’lum bir ijtimoiy taraqqiyotdan ikkinchisiga  o‘tish  uchun  zarur  bo‘lgan  oraliq  bosqichlar  natijasi  haqida  shakllangan  qarashlar  tizimi tushuniladi.

Berilayotgan bu ta’rif o‘tish davrining mohiyatini o‘rganish asosida shakllangan qarashlar  natijasi o‘laroq, yuzaga keldi. O‘tish davri haqida turli-tuman fikrlar bo‘lishiga qaramasdan uni bir  tizimga   keltirish,   umumlashtirish   asosida   shakllangan   ta’riflar   bugungi   kungacha   deyarli  uchramayotganligi sababli, «o‘tish davri nazariyasi»ga yuqorida berilayotgan ta’rifni boshqalari  bilan taqqoslash imkoniyati ham cheklanganligini nazarda tutish lozim.

S.Abduxoliqovning  fikricha,  «ijtimoiy-taraqqiyot  bir  tamaddundan  ikkinchi  tamaddunga  o‘tish, birinchi namunadagi madaniy borliqdan ikkinchi namunadagi madaniy borliqqa o‘sib o‘tish  tarzida yuz beradi».

Totalitar tizimdan demokratik jamiyatga o‘tish qaysi sohada bo‘lishiga qarab, uning ma’no- mazmunini   aniqlash    mumkin   bo‘ladi.   Demokratik   taraqqiyot   bosqichiga   o‘tish,   uning  muqarrarligini hisobga oladigan bo‘lsak, uning zarurligini inkor etib bo‘lmaydi. Chunki jamiyat  ham inson kabi yuzaga kelganidanoq yuksak kamolot darajasiga ko‘tarila olmaydi, balki ma’lum  bosqichlarni bosib o‘tishi zarur bo‘ladi. Hamma masala ana shu bosqichlarning o‘ziga xosligini,  ularda  mavjud  bo‘ladigan  muammolar  ko‘lamini  aniqlash  va  hal  qilish  mexanizmlarini  ishlab  chiqish  bilan  bog‘liq.

Ammo,  bu  jo‘n,  oson  ish  emas.  Chunki  jamiyatning  bir  bosqichdan  ikkinchisiga o‘tishi o‘z ichiga keng ko‘lamdagi vazifalarni hal etishni qamrab oladi. Ularni amalga  oshirishda nafaqat ob’ektiv, ayni paytda sub’ektiv omillarini ham hisobga olish zarur. Ularning  o‘tish davridagi vazni o‘zaro bog‘liq holda kechadi. SHuning uchun ham o‘tish davri haqida fikr  yuritganda, gap faqat jamiyatning demokratik tamoyillar tizimiga o‘tishi bilan cheklanmasdan, balki  ungacha jamiyatlar bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tishi uchun zarur bo‘lgan «oraliq» ham nazarda  tutilmoqda.

Albatta, masalaga bunday yondashuv vujudga kelishi, ular o‘rtasidagi kurashlar va u yoki bu  sinf hukmronligining o‘rnatilishidan iborat bo‘lgan formatsion yondashuvdan xoli bo‘lib, u jamiyat  taraqqiyotiga   sivilizatsion   yondashuvni   talab   etadi.   Ya’ni,   jamiyatning   bir   bosqichdan  ikkinchisiga  o‘tishi  inson  turmushida,  uning  tafakkurida, jamiyatning  moddiy,  siyosiy  va  ma’naviy-ma’rifiy hayotida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar darajalarining markazini aniqlash  va mezonlarini belgilash g‘oyasi turadi.

Bugun,  umuman,  davrga,  shu  jumladan  o‘tish  davriga  qarashlar  tubdan  o‘zgardi,  ular  mazmunan  zamonamizning  o‘ziga  xos  qadriyatlariga  asoslangan.  Professor  I.Ergashev  to‘g‘ri  ta’kidlaganidek, «Bugun davrga qarash o‘zining mazmuni va mohiyatiga ko‘ra, an’anaviy yakka  mafkuraviy   qarashdan   tubdan   farq   qiladi.   Mustabid   tuzumning   emirilishi   bilan   davrni  siyosiylashgan,  mafkuralashgan  mazmuniga  va  harakteriga  barham  berildi».  Demak,  «o‘tish  davri»ni  bir  tomonlama  emas,  balki  uni  siyosiy,  falsafiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy-ma’rifiy  sohalarni  o‘zida  mujassamlashtirgan  tushuncha  sifatida  qarash  va  shu  yo‘nalishda  tahlil  qilish to‘g‘ri bo‘ladi.

O‘tish  davri  tushunchasi,  uning  mohiyati,  umumiy  qonuniyatlari  va  turli  shakllari.  “O‘tish davri” mustaqil mavzu sifatida ilmiy adabiyotlarda  kam o‘rganilgan bo‘lib, uzoq  kechishi yoki qisqaligi bilan xarakterlanadi. Turli mamlakatlarda turlicha kechadi. Buning sababi  mazkur  mamlakatlarning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy  holatlari  bilan  bog‘liqligidir.  O‘tish davri barcha davlatlar taraqqiyoti uchun umumiy qonuniyatdir. Chunki davlatlar vujudga  kelishi bilanoq yuksak taraqqiyot darajasiga birdan ko‘tarila olmaydi, avval shakllanadi, ma’lum  bosqichlarni bosib o‘tadi. O‘tish davri-bir ijtimoiy tuzumdan  ikkinchi bir ijtimoiy tuzumga o‘tish  murakkab jarayon bo‘lib, u ma’lum bir qonuniyatlar asosida yuz beradi.O’tish davri tushunchasi.

O‘tish davriga munosabat  masalasini germaniyalik olim Leonid Levitin shunday yozadi: “Odatda o‘tish davri” islohining  so‘zlarini  aynan  tushunib,  uni  o‘tmish  va  kelajak  oralig‘idagi  bugun  deb  o‘ylaydilar.  “O‘tish  davrining paydo bo‘lishida bunday qarashlarga ko‘ra o‘tmish- sabab, kelajak esa maqsad tarzida  voqea bo‘ladi”. Demak, birinchidan, “o‘tish davri” “oraliq” ma’nosini anglatmaydi. Bu olimning  yana bir fikricha, “Tabiiyki, o‘tish davrlar turli xildagi tartibsiz jarayonlar, mavhumotli inkor sodir

bo‘lmoqda.  Bu  o‘z  navbatida  ular  hayotida  ayrim  holatlarda  katta  fojeali  holatlarni  keltirib  chiqarishi mumkin”. Ikkinchidan, feodalizm munosabatlari sharoitida yashayotgan mamlakatlarga  “chetdan” demokratik jarayonlarni “eksport” qilib bo‘lmaydi. Uchinchidan, “o‘tish davri” ijtimoiy- iqtisodiy,  siyosiy  tuzum  emas,  balki  mamlakatlarning  ularga  o‘tish  uchun  zarur  bo‘ladigan  zaminlarni shakllantirishga ketadigan oraliq bosqich hisoblanadi. Tortinchidan, “o‘tish davri”  qancha  turli xil bo‘lmasin bari-bir barcha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumlar uchun zarurdir.

Demokratik  jamiyatga  otish  deganda  mamlakatlarning  turli  tuzumlardan  demokratik  tamoyillar  asosida  rivojlanishi  uchun  vujudga  keltiriladigan  imkoniyatga  ketadigan  oraliq  vaqt  tushuniladi.  “Oraliq”  vaqtning  boshlanishi  poyoniga  etishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  O‘tish  davrida yangi davlatchilik paydo bo‘lib, uning taraqqiyoti quldorlik, feodal, kapitalizm, sotsializm  kabi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga o‘tishi uchun ham zarur bo‘ladi. O‘tish davrining, ya’ni bir  tuzumdan  ikkinchi  bir  ijtimoiy  tuzumga  o‘tishi  qonuniyat  bo‘lishi  bilan  birga,  u  turlicha  korinishlarga ega ham boladi. Umumiylik, oziga xoslik, oraliq holatlari bilan belgilanadi.  Demak,  o‘tish  davrida  mamlakatni  sun’iy  ravishda  jadallashtirmaslik  kerak,  kuch  ishlatish,  zo‘ravonlik  ketmaydi,  siyosiy  hokimiyatning  to‘la  ta’minlanganligi  bilan  emas,  balki  xalq  farovonligi bilan belgilanadi. Otish davrining 3 ta asosiy «modeli» rivojlangan mamlakatlarda  shakllangan:

1) Klassik otish davri (ananaviy) yol.

2) Inqilobiy yol (revolyusiya orqali).  Bunga  sobiq  SSSRni  misol  keltirish  mumkin.  3)  Evolyusion  yoki  bosqichma-bosqich  yo‘l  hisoblanadi.

Demak,    agar    biz    hozirgi    mustaqil    O‘zbekistonimizga    qiyos    qiladigan    bo‘lsak,  mamlakatimizda  o‘tish  davrining  murakkab  kechayotganligining  sabablarini,  uning  ma’lum  bir  qonuniyatlar asosida yuz berishi tabiiy holat deb bilamiz va biz ana shu uchinchi evolyusion, ya’ni  bosqima-bosqichlik yo‘lini tanladik. 

Amerikalik sotsiolog Deniel Bell o‘tish davridan keyingi ijtimoiy taraqqiyotni quyidagi uch  bosqichga bo‘ladi:

  1. Agrar jamiyat.
  2. Industrial jamiyat.
  3. Industrial yoki axborotlashgan jamiyat.

Uning  jamiyatni  klassifikatsiyalashtiruv  (tizimlashtirish)i    zaminida,  jamiyatning  ishlab

chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishga samarali ta’sir o‘tkazishni belgilovchi xizmat ko‘rsatish,  maishiy  hayot  va  turmush  turadi,  uning  fikricha,  bugun  dunyodagi  ko‘pgina  mamlakatlar  industrial jamiyatdan informatsion jamiyatga o‘tish holatida  Ba’zi bir Evropalik olimlar  industrial  va  postindustrial  jamiyat  bilan  bir  qatorda,  «Yangi»  jamiyat  P.  Draker,  «Post  zamonaviylashgan»  jamiyat,  jifslashtirib,  undan  keyin  yangi  industriallashgan  jamiyat  Dj.  Gelbreyt, undan keyin «rivojlangan» jamiyat va xokazo.

Umuman, ularning nazariyalarida insonning jamiyatdagi roli va o‘rni, yana birlarida esa o‘tish  davrida demokratiyaga oid bilim va texnika taraqqiyoti ta’sirida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘zida  mujassamlashtirgan.O’tish davri tushunchasi.

Yuqoridagi ko‘rsatilgan olimlarning fikrlarini umumlashtirgan holda aytish mumkinki:
birinchidan, jamiyat qanday nomlanishidan qat’i nazar, o‘z taraqqiyotida biridan ikkinchisiga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon asosida rivojlanadi;

ikkinchidan, bir taraqqiyot bosqichidan ikkinchisiga o‘tishdagi asosiy ko‘rsatgich moddiy

omil emas, balki odamlarning turmush sharoitlaridagi bo‘ladigan o‘zgarish hisoblanadi.

O‘tish  davrini  faqat  moddiy  omillar  darajalari  bilan  bog‘lash  –  uning  mohiyatini  to‘liq

ifodalamaydi. Shunga ko‘ra, sodir bo‘ladigan ijobiy yohud salbiy o‘zgarishlarga ta’sir o‘tkazuvchi  siyosiy omillarning rolini aniqlash masalasi ham muhimdir.

Jamiyatda  bo‘ladigan  har  qanday  o‘zgarishlar  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy  sohalarning  uzviyligi  xolatida  qaralgandagina,  o‘tish  davrining  mohiyatini  tushunish  mumkin  bo‘ladi: o‘tish davri mamlakatlar taraqqiyotining bir ijtimoiy-iqtisodiy bosqichdan biri ikkinchisiga o‘tishi umumiy qonuniyat bo‘lishi bilan birga, ularning har birida o‘tish jarayoni ham turlicha  namoyon bo‘ladi. Barchasiga xos bo‘lgan asosiy umumiylik eskisining taraqqiyot ehtiyojlariga  javob  bera  olmaganligi  oqibatida,  yangi  bosqichga  o‘tish  zaruriyatini  keltirib  chiqarishi  bilan  bog‘liq. Shu ma’noda, o‘tish davridagi bosh yo‘nalish «orqaga qaytish» emas, balki «oldinga»  yurish,  pastdan  yuqoriga  ko‘tarilish  yoki  oldingi  darajaga  qaraganda  yuksalish,  rivojlanish  demakdir.

Eski tuzumni saqlab qolish yo‘lidagi turli urinishlar, qon to‘kishlar, xalq boshiga tushadigan  turli fojealarga qaramasdan, ularning qaysi darajada sodir bo‘lishidan qat’i nazar, bari-bir o‘tish  davrining bosh yo‘nalishi o‘zgarmas bo‘lib qolaveradi. SHu ma’noda Leonid Levitinning quyidagi  fikriga qo‘shilish mumkin. «Postkommunistik o‘tish davri – o‘tish davrining ko‘rinishlaridan  biridir, xolos. Insoniyat tarixida bunday davrlar ozmuncha yuz bermagan. Ular o‘zaro bir-biridan  qanchalar salmoqli tafovutlar bilan farq qilmasin, biroq asosiy ma’nolari bitta – jamiyatni uning  iqtisodini, siyosatini, uning madaniyatini zamonaviylashtirish»  – deb yozadi.

Ammo, ana shu  «Zamonaviylashtirish»ni qaysi o‘lchov mezonidan kelib chiqmoq kerak, – degan savolga javob  topish zarur bo‘ladi. Zero, «zamon» o‘zgaruvchan, shiddat bilan oldinga intiluvchi jarayon xolos.  Masalaga ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, o‘tish davrining tamom bo‘lish mezonlari  mavjudmi  yoki  «zamon»  kabi  to‘xtovsiz  jarayon  hisoblanadimi?  –  degan  savollar  yuzaga  kelaveradi.

Aslida, yuqorida bizning unga bergan ta’rifimizda uni davlat taraqqiyotining bir ijtimoiy- iqtisodiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish uchun zarur bo‘ladigan alohida bosqich ekanligi haqidagi  konseptual  g‘oyamizga  muvofiq  o‘tish  davri  shu  ma’noda  ham  alohida  bosqichdir.  Albatta,  u  ma’lum  muhlatdan  keyin  o‘z  poyoniga  etadi  va  jamiyat  ilgarigiga  qaraganda  yangi  taraqqiyot  bosqichida yashay boshlaydi.

Biz ana shunday jarayonni aniq tasavvur qilishimiz va tushunishimiz zarur bo‘ladi. Aks holda,  insoniyat o‘z boshidan o‘tish davrini o‘tkazish bilan yashaydi va bu oxiri yo‘q bo‘lgan jarayon,  degan noto‘g‘ri xulosa kelib chiqadi.

Mustaqillik  tufayli  O‘zbekistonning  totalitarizmdan  asta-sekin  demokratik  jamiyat  tomon  o‘tishining o‘ziga xos xususiyatlari ham bundan istisno emas, albatta. Ammo, jamiyat erishgan  yutuqlar asosida taraqqiy qilish jarayonining imkoniyatlarining tugashi, uning o‘sib kelayotgan  ehtiyojlarni  qondirishga  qurbi  etmay  qolishi,  jamiyatni  yangi  pog‘onaga  ko‘tarish  zaruriyatini  keltirib chiqaradi.

Demak, birinchidan, o‘tish davrini jamiyat o‘zi erishgan imkoniyatlar asosida  rivojlanishning  tugashi,  o‘sib  kelayotgan  ehtiyojlarning  qondirolmay  qolishdan  boshlab,  undan  yuqori bo‘lgan imkoniyatlarni yuzaga kelishigacha bo‘lgan muhlat bilan belgilash mumkin.

Ikkinchidan,  bir  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  tuzumdan  ikkinchisiga  «o‘tish  davri»  yoki  aniqrog‘i, «oraliq» bosqichining muhlati ana shu yangi yuzaga kelgan  taraqqiy qilish jarayoni  namoyon bo‘lishi bilan tugaydi.

Uchinchidan,  insoniyat  faqat  «o‘tish  davri»  bilan  yashamaydi,  balki  uning  boshlanishi  bo‘lganidek  poyoni  ham  mavjuddir.  Xuddi  ana  shu  «poyoni»  taraqqiyot  darajalarini  yoki  tuzumlarning  birini ikkinchisi bilan farqlash imkonini beradi.

«O‘tish  davri»  haqida  fikr  yuritganimizda  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  fuqarolik  jamiyatigacha  bo‘lgan  barcha  tuzumlarning  insonlar  manfaatlari  va  ehtiyojlarini  to‘la  qondira  olmasligi bois, ularning birinchisidan ikkinchisiga ob’ektiv ravishda o‘tishi uchun ehtiyojni yuzaga  keltirib turadi. Bu o‘z navbatida yangi tuzumga o‘tish davrini boshlab beradi.

Ammo, demokratik tamoyillar asosiga qurilgan yangi jamiyatga o‘tish bir qator o‘ziga xos  hususiyatlar bilan  farqlanadi. Ular quyidagilardir:

Birinchidan, ayrim mamlakatlarda demokratik jarayonlar yangi tuzumning ichida shakllanadi  va bu uning xalq uchun farovon hayotni ta’minlash yo‘lidagi faoliyatida namoyon bo‘ldi. To‘g‘ri,  bu jarayon ham silliq amalga oshmaydi, balki o‘ta murakkab kechadi, juda katta talafotlarni ham  o‘z boshidan kechirishi mumkin. Xuddi ana shu murakkab muammolarni hal qilishda to‘g‘ri yo‘lni tanlashdagi, ya’ni jamiyat taraqqiyotini xalq manfaatlariga qaratilganligi insonning to‘la ma’nodagi  huquqlari va erkinliklarini ta’minlovchi jamiyatga aylanishiga olib keladi.

Ikkinchidan, o‘tish davri yuksak darajadagi moddiy imkoniyatlarning yuzaga kelishi bilan  tugamaydi, balki ularning xalq farovonligini ta’minlashga qaysi darajada qaratilganligi va insonlar  erkinliklarining   ta’minlanganligi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   jarayon   hisoblanadi.   Ular   nafaqat  mamlakatlarning jug‘rofiy omiliga bog‘liq, balki ana shu davlatda yashayotgan aholining siyosiy  madaniyati  va  mentalitetiga  hamohang  bo‘lishiga  ham  bog‘liqdir.  Bularning  xammasi  tarixiy  taraqqiyot bosqichlarida shakllanib va rivojlanib kelgan tajribalardir.

Ayni  paytda  bugungi  kungacha,  o‘tish  davrining  mustaqil  fundamental  nazariyasi  ishlab  chiqilmagan. Buning oqibatida mamlakatlarning ma’lum tarixiy bosqichni bosib o‘tmasdan, uni  «chetlab»  demokratik  jamiyatga  o‘tishga  bo‘lgan  xatti-harakatlari  sodir  bo‘lmoqda.  Bu  o‘z  navbatida ular hayotida ayrim holatlarda katta fojialarni keltirib chiqarmoqda. SHuningdek, ayrim  mamlakatlarga «chetdan» demokratik jarayonlarni «eksport» qilib bo‘lmaydi. Bunday urinishlar  mamlakatlarda beqarorlikka, uni  taraqqiyotdan orqaga ketishiga olib kelishi mumkin. Bunday  mamlakatlarga  demokratiyani  «eksport»  qilishdan  ko‘ra,  uning  shakllanishi  uchun  shart-sharoit  yuzaga kelishiga imkoniyat yaratilishi lozim bo‘ladi.

Xulosa   qilib   aytganda,   «o‘tish   davri»   ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy   tuzum   emas,   balki  mamlakatlarning ularga o‘tishi uchun zarur bo‘ladigan zaminlarni shakllantirishga ketadigan tarixiy  oraliq  bosqich  hisoblanadi.  Uning  boshlanishi  mamlakatlarda  bo‘ladigan,  eng  avvalo,  siyosiy  o‘zgarishlar va uning zaminida esa iqtisodiy, ijtimoiy hamda ma’naviy sohalardagi o‘zgarishlar  bilan  bog‘liq  bo‘lgandagina  yangi  vujudga  kelgan  jamiyatning  o‘z  imkoniyatlari  to‘la  yuzaga  chiqadi.   Uning   o‘ziga   xos   xususiyati   va   alohidaligi   haqida   Prezident   Islom   Karimov  ta’kidlaganidek, «O‘tish davri muammolarining yig‘indisi va hususiyatlari bir vaqtning o‘zida  qator g‘oyat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishni taqozo qiladi»1. «O‘tish davri»  qanchalik  turli-tuman  bo‘lmasin,  bari  bir  barcha  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  tuzumlar  uchun  zarurdir. Chunki u har bir  vujudga keladigan yangi jamiyat uchun zamin tayyorlash imkoniyati  hisoblanadi. Bu zamin na faqat iqtisodiy, shuning bilan birga jamiyat a’zolarining o‘zlarini ham  yangi jamiyatga «moslashtirish» zarur bo‘ladi. Buni o‘tish davrining bir nechta modellari tajribasini tahlil etish zaruratini vujudga keltiradi.
O‘tish  davri  «model»ining  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  O‘tish  davri  tushunchasi,  uning mohiyati  va  zarurligining  umumiy  nazariya  masalalari  turli  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  fanlarda  insoniyat taraqqiyoti bosqichlarida demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko‘rsatadigan jamiyatga  o‘tishning turli «model»larining o‘ziga xos hususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi.

Ma’lumki, totalitarizmga asoslangan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy bosqichlarning demokratik  jamiyatga o‘tishi o‘ta murakkab jarayon hisoblanadi. Uning murakkabligi shundaki, ungacha sodir  bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari ob’ektiv ehtiyoj sifatida birining ichida ikkinchisi shakllanib kelgan,  davlat va uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari shaklan o‘zgargan bo‘lsa ham, mazmunan u bari  bir ommani itoatda ushlab turishga, uning ustidan hukmronlik qilishga qaratilganligi qolavergan.  Ulardagi yana bir xususiyat – omma davlat uchun, degan tamoyilning amal qilganligi bilan ham  xarakterlanadi.

Demokratik jamiyatda esa, eng avvalo siyosiy tuzum tubdan o‘zgarib, xalqning hokimiyati  bevosita yoki bilvosita ishtirokida boshqaruvi amalga oshadi va omma davlat uchun emas, aksincha  davlat omma uchun, degan tamoyilning ustuvorligi asosida davlat boshqaruvi amalga oshadi.

Shu ma’noda ham demokratik jamiyatga o‘tish jarayoni davlatlarning barcha sohalarida tub  o‘zgarish ishlarining amalga oshirilishi natijasi sifatida sodir bo‘ladi.O’tish davri tushunchasi mohiyati.

Demokratik jamiyatga o‘tishda siyosiy sohada, davlatning amaldagi mexanizmlari tugatiladi.  Uning o‘rniga qurilayotgan jamiyat manfaatlariga javob beraoladigan mexanizmlari shakllantirilib  boriladi.  Iqtisodiy  sohada  esa,  bozor  munosabatlari  qaror  topadi.  Taraqqiyotda  ommaning  o‘z  moddiy manfaatdorligini erkin qondira olishi asosida umumiy iqtisodiy rivojlanish sodir bo‘ladi.  Ma’naviy-ma’rifiy sohada, inson omili, uning qadr-qimmati yuksak qadriyat darajasiga ko‘tariladi. Shunday  jarayonlar  tufayli  jamiyatning  yuksak  intelektual  kuch  asosida  rivojlanishi  reallikka  aylanadi.

Shuning uchun ham bugungi kunda dunyo mamlakatlarining  demokratik jamiyatga o‘z ideali  sifatida  qaramoqda.  Uni  vujudga  keltirish  uchun  faollik  ko‘rsatmoqda.  Ammo  demokratik  jamiyatga  o‘tishning  barcha  mamlakatlar  uchun  yagona  bo‘lgan  aniq  andozalari,  yana  ham  aniqrog‘i «model»lari yo‘q va u bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki har bir mamlakat na faqat  o‘zining tuzilishi, iqtisodiy taraqqiyot darajalari, imkoniyatlari, intelektual imkoniyatlaridan biri   ikkinchisidan farqlanadi, balki o‘z xalqining mentaliteti, turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlari  bilan ham bir-biridan ajralib turadi. Ularni hech qachon bir qolipga solib bo‘lmaydi.O’tish davri tushunchasi mohiyati

Unga harakat  qilish  nafaqat  hech  qanday  samara  beribgina  qolmasdan,  balki  og‘ir  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligini tarixiy tajriba tasdiqlagan. Shuning bilan birga demokratik jamiyatga o‘tishning  barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlari ham mavjud. Jumladan: 1) siyosiy  tizimni   isloh   qilish,   2)   bozor   munosabatlarini   shakllantirish,   3)   insonning   o‘z   ichki  imkoniyatlarini  yuzaga  chiqarish  uchun  shart-sharoitlarni  vujudga  keltirish,  4)  jamiyat  taraqqiyotida  yuksak  intellektual  salohiyat  ustuvorligini  ta’minlash  va  boshqa  bir  qator  qonuniyatlar  barcha  demokratik  jamiyat  qurishga  intilayotgan  mamlakatlar  uchun  umumiy  hisoblanadi. Ammo umumiy qonuniyatlar barcha mamlakatlarning o‘ziga xosligini hisob olgan  holda demokratik jamiyatga o‘tishni inkor etmaydi. Aksincha, o‘tish davrida mavjud bo‘ladigan  muammolarning  ma’no-mazmunini  teran  anglagan  holda,  ularni  sobitqadamlik  bilan  hal  qilish  imkonini beradi.O’tish davri tushunchasi mohiyati.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba