O’tish davrining klassik, inqilobiy evolyusion yo’llari.

0
O'zbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.

O'tish davrining klassik inqilobiy evolyusion yo'llari

O’tish davrining klassik, inqilobiy evolyusion yo’llari.

O’tish davrining klassik, inqilobiy evolyusion yo’llari. O’tish davrining “klassik”, “inqilobiy”, “evolyusion” yo’llari Bugungacha demokratik tamoyillar asosida rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘tish davri tajribalariga asoslanib, o‘tishning uchta asosiy yo‘li yoki «model»i shakllanganligini ta’kidlash mumkin.
1. Uning birinchisi – klassik (an’anaviy) yo‘l hisoblanadi. «Klassik yo‘l» – deganda,
insoniyatning demokratik taraqqiyot yo‘liga o‘tishning dastlabki shakli va uning dunyodagi
ko‘pchilik mamlakatlar taraqqiyotida samara berganligi asosidagi andozasi tushuniladi. Bu
yo‘lning xarakterli xususiyati shundaki, unda tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mamlakatning o‘z ichki imkoniyatlariga tayangan xolda demokratik jamiyatga o‘tishi amalga oshadi. Bu yo‘lning yana bir asosiy hususiyati shundaki, u uzoq tarixiy bosqichda amalga oshadi. O‘tish davrida siyosiy sohada qancha burhonlar sodir bo‘lishiga qaramasdan asosiy o‘tishning islohotlari iqtisodiy sohada amalga oshirila boshlanadi. Bu sohadagi muhim tadbir xususiy mulkchilikni qaror toptirish hisoblanadi.

Xuddi ana shu tadbirning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, mamlakat hayotining boshqa sohalarini, xususan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy madaniy sohalarda hamislohotlarning amalga oshirilishi imkonini beradi.
O‘tish davrining klassik yo‘lidagi bunday jarayonning xarakterli tomoni shundaki, iqtisodiy
sohada xususiy mulkchilikning rivojlanishidan aholining aksariyat ko‘pchilik qismining ish bilan ta’minlashi imkoniyatini beradi. Ammo asosiy moddiy boylikning bir qism odamlarda to‘planib qolishi, boshqalarning esa unga qaram bo‘lib qolishlari mamlakat ichki hayotida katta bo‘hronlar, hatto fuqarolar urushlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu jarayon mulk egalarining aholi farovonligini ta’minlash tomon qiladigan harakatlari o‘zining samarasini bera boshlaganicha davom etadi. Xuddi ana shu jarayonlar zaminida aholining siyosiy ongi ham o‘sib boradi.

Ularning o‘z huquqlarining ta’minlanishiga erishishga intilishi kuchayadi. Bu o‘z navbatida mamlakat siyosiy hayotida demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi va uning o‘sib borishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
O‘tish davri klassik yo‘lning boshlanishi kapitalistik munosabatlarning yuqori bosqichi, uning
iqtisodiyotda islohotlar o‘tkazmasdan taraqqiy qilishiga imkoniyat etmay qolishi oqibatida yuzaga keladi.

Bu yo‘lning klassik (an’anaviy) yo‘l deyilishiga sabab shuki, mamlakatlarning demokratik
jamiyatga o‘tishi dastlab xuddi ana shu ko‘rinishda namoyon bo‘lgan edi. Bugun yuksak
taraqqiyotga erishgan AQSH, Angliya, Kanada, Braziliya va boshqa Evropadagi ko‘plab
mamlakatlarning aksariyati ana shu yo‘ldan borganlar. Klassik yo‘l muammolarning ko‘pligi, ularnihal qilishning murakkabligi, aholining bu jarayonga «ko‘nikib» borishi kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham, Evropa mamlakatlarida bu jarayon ikki, ikki yarim asrgacha davom etdi. Ana shu muhlat ichida mamlakatlarda iqtisodiy sohadagi yutuqlarning zaminida demokratik qadriyatlari ham shakllanadi va ularda bugun fuqarolik jamiyatini takomillashtirish jarayonlaridavom etmoqda.
2. Demokratik jamiyatga o‘tishning ikkinchisi – inqilobiy yo‘l hisoblanadi. Uning
xarakterli xususiyati shundaki, davlatlarda vujudga keltirilgan katta iqtisodiy salohiyat aksariyat ko‘pchilik aholining turmush tarzi nisbatan yuqori bo‘lganligiga asoslanib, dastlab mamlakat siyosiy hayotida keskin o‘zgarishlar amalga oshiriladi. YA’ni, amaldagi hokimiyat shakli barbod bo‘ladi va uning o‘rniga yangi, demokratik jarayonlarni rivojlantirishga moyil bo‘lgan hokimiyat shakli va uning infratuzilmasi vujudga keladi. Ular o‘z navbatida iqtisodiy hayotda keskin islohotlar o‘tkazadilar.

Xususan, amaldagi milliy valyuta bekor qilinadi (sindiriladi). Bu esa iqtisodiy
islohotlarni o‘tkazish shart-sharoitlarining imkoniyatlarini izlashni taqozo qiladi. Buning oqibatida aholining qo‘lidagi pul, mablag‘lar ham o‘z qiymatini yo‘qotadi va mamlakat siyosiy hayotida bo‘lgani kabi, iqtisodiy hayotda ham demokratik jarayonlarning rivojlanishi sodir bo‘ladi. Bu yo‘l o‘ta xavflidir.
Inqilobiy yo‘l uchun zarur bo‘lgan asosiy omillar qatorida:
a) sobiq tuzum sharoitida xususiy mulk kurtaklarining saqlanib qolganligi;
b) demokratik qadriyat kurtaklarining mavjudligi;
v) mamlakat hayotini demokratik tamoyillar asosida qayta qurishga qodir bo‘lgan intellektual
salohiyatning etarli bo‘lishi;
g) aholining ma’lum bir qismi ana shu demokratik jarayonga hech bo‘lmaganda «moyil»
bo‘lishi kabi jihatlar hal qiluvchi omildir. Ularning har biri inqilobiy yo‘l uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Masalan, intellektualning rolini olib ko‘raylik. Ular mamlakat hayotida bo‘ladigan har bir o‘zgarishni yuzaga keltiruvchi asosiy qudrat hisoblanadi. Xalq hokimiyatdan ko‘ra, ularga ko‘proq ishonadi va ergashadi. SHu ma’noda ham ular ommani uyushtiradi va demokratik jarayonlarga yo‘naltiradi. SHuning bilan birga intellektualning o‘zi ham demokratik jarayonlarning murakkab muammolarini hal qilishda bardosh bera oladigan, uyushgan kuch darajasiga ko‘tarilgan bo‘lishi lozim.
Intellektualning xarakterli xususiyati shundaki, u boshqa ijtimoiy tabaqalardan ko‘ra, jamiyat hayotida yuzaga keladigan jarayonlarni oldindan bilishga intiladi va bu o‘zgarishlarning boshida tura oladi. Yoki aholi ma’lum bir qismining mamlakatning o‘tish davridagi murakkab sharoitlarga (moyil) bo‘lishi zarurligi omili ham demokratik jamiyat uchun alohida ahamiyatga egadir.

Bu jarayonda aholi murakkab muammolarni hal qilishda faqat kuzatuvchi bo‘lib, ularni hal qilishda faol ishtirok qilmas ekan, inqilobiy yo‘l hech qanday samara bermaydi. Aksincha, inqilobiy yo‘l mamlakatni taraqqiyotdan orqada qolib ketishiga olib keladi. Intellektuallarning ana shu keskin o‘zgarishlardagi yakdilligi uyushgan tashkilotlari va harakatlantiruvchi kuchlariga aylanishini taqozo etadi.

Jamiyatni demokratlashtirishda ana shu omillarga etarli e’tibor qilinmasa, inqilobiy yo‘l ham
o‘zining samarasini bermaydi. Bu yo‘ldan Kuba, Vetnam, Kompuchiya, Laos, CHexoslavakiya,Xitoy, Polsha, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Bolgariya va Rossiya kabi mamlakatlari borganlar. Demokratiyaga o‘tishning bu yo‘li SHarqqa to‘g‘ri kelmaydi. Biroq, inqilobiy yo‘l bilan o‘tish uchun zarurati qaysidir darajada mavjud bo‘lib qolmoqda. Inqilobiy yo‘l demokratik jamiyat siyosiy hayotida keskin burilish sodir etadi. Mamlakatlar siyosiy tizimida boshqaruvning mohiyatan butunlay yangi shakli vujudga keladi. Iqtisodiyotda davlat mulkini xususiylashtirishda, ma’naviy-ma’rifiy sohada eski mafkuradan voz kechishning keskin amalga oshirilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi.

Ammo, ular o‘zaro ichki kurashlarning avj olishi, ba’zi mamlakatlarda qon to‘kilishining sodir bo‘lishigacha bo‘lgan og‘ir jarayonlar shaklida amalga oshdi. Bu yo‘l qanchalik murakkab, mamlakat hayotida juda katta bo‘hronlarga olib kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, uni har mamlakat o‘z xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holdagina amalga oshirishi mumkin. O’tish davrining klassik, inqilobiy  evolyusion yo’llari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba