O’zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.

0
Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.

O'zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi.

O’zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.

O’zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.Mustaqillik  yillarida  mamlakatda  huquqiy  demokratik  davlat,  kuchli  fuqarolik  jamiyati  qurishga,  erkin  bozor  munosabatlariga  va  xususiy  mulk  ustuvorligiga  asoslangan  iqtisodiyotni  rivojlantirishga,  xalq  osoyishta  va  farovon  hayot  kechirishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratishga,  xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar  amalga oshirildi.

Bosib  o‘tilgan  yo‘l  va  orttirilgan  tajribani  xolisona  baholashdan,  mustaqillik  yillarida  erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  mamlakat  taraqqiyotini  jadallashtirishning  muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi.

Mazkur  vazifani  amalga  oshirish  yo‘lida  aholining  keng  qatlamlari,  jamoatchilik  va  ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat  hamda  muhokamalar  olib  borildi,  shuningdek  amaldagi  qonun  hujjatlari,  milliy  va  xalqaro  tashkilotlarning  axborot-tahliliy  materiallari,  ma’ruzalari,  tavsiyalari  va  sharhlari  o‘rganildi,  rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.

Kelib   tushgan   takliflarni   jamlash,   chuqur   o‘rganish   hamda   umumlashtirish   asosida  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish  bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:

2017  —  2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi;

Harakatlar  strategiyasini  «Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yili»da  amalga  oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) tasdiqlandi.

Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar  olib  borildi.  Loyihalar  muhokama  uchun  turli  axborot  maydonlariga  joylashtirildi,  ularning  natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak  faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.

Xususan,  loyihalarning  «Qonun  hujjatlari  ta’sirini  baholash  tizimi»  portalida  yo‘lga  qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1 310 ta taklif va mulohaza kelib tushib, ular  asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, 2017 yil 23 — 27 yanvar kunlari Toshkent shahrida media-haftalik va  xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda 1 300 dan ortiq mutaxassis va ekspert, jamoatchilikning,  ommaviy  axborot  vositalarining,  diplomatik  korpus  va  xalqaro  tashkilotlarning,  shuningdek  O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning vakillari ishtirok etishdi.

Harakatlar    strategiyasiga    O‘zbekiston    Respublikasi    Prezidenti    Shavkat    Mirziyoev  tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari  bilan  uchrashuvlar  chog‘ida  bildirilgan  mamlakatni  ijtimoiy-siyosiy,  sotsial-iqtisodiy,  madaniy- gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.

Harakatlar  strategiyasining  maqsadi  olib  borilayotgan  islohotlar  samaradorligini  tubdan  oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart- sharoitlar    yaratishdan,    mamlakatni    modernizatsiyalash    va    hayotning    barcha    sohalarini  erkinlashtirishdan iboratdir.

Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi belgilangan:

  1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
  2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
  3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
  4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
  5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan,

o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.  Mazkur  yo‘nalishlarning  har  biri  mamlakatdagi  islohotlarni  va  yangilanishlarni  yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat.

Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.

2017  yil  7  fevralda  Prezidentimiz  Sh.Mirziyoev  tomonidan  e’lon  qilingan  “Harakatlar  strategiyasi”,  o‘z  mohiyat  e’tiboriga  ko‘ra,  dunyoda  tub  o‘zgarishlar  yuz  berayotgan  hozirgi  zamonda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq,  iqtisodiy,  ijtimoiy  sohalar  va  xavfsizlikni  ta’minlash  bo‘yicha  beshta  ustuvor  yo‘nalishda  aniq  muddatga mo‘ljallangan tom ma’nodagi milliy strategiya hisoblanadi. U besh bosqichda, kelgusi  besh  yilda  yurtimizda  yillarga  beriladigan  nomlardan  kelib  chiqib,  har  bir  yil  bo‘yicha  davlat  dasturlari  qabul  qilinishini  nazarda  tutgan  holda  amalga  oshiriladi.  Va  bu  O‘zbek  modelinign  mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qilmoqda, deyish mumkin.

Ushbu hujjat 1992 yilda qabul qilingan  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari hamda 2010 yilda Birinchi Prezidentimiz  Islom Karimov taqdim etgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va  fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar doirasidagi  demokratik yangilanish hamda modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy, izchil va uzviy  davomidir.  Ayni  paytda  bu  muhim  strategiya  davlatimiz  va  jamiyatimizni  rivojlantirishning  mutlaqo   yangi   bosqichini   boshlab   bermoqda.   Bu   bejiz   emas.   Nega   deganda,   Prezident  Sh.M.Mirziyoev Asosiy Qonunimizning istiqlol arafasida ishlab chiqilishi va mustaqillikning ilk  yillarida qabul qilinishi davrida ham, Konsepsiyani tayyorlash va unda belgilangan eng muhim  vazifalarni hayotga chuqur tatbiq etish  jarayonlarida ham Yo‘lboshchimizning yonida turib, ta’bir  joiz bo‘lsa, elkama-elka birga ishlagan, davlat siyosatini yuritish bobida yuksak mahorat maktabini  o‘tagan.

Mamlakatimiz  rahbari  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  24  yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bu haqda shunday dedi: “Oliy Kengash  deputati  sifatida  men  ham  Konstitutsiyaviy  komissiya  tarkibida  Bosh qomusimizni  yaratish  va  qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etganimni doimo faxrlanib eslayman. Konstitutsiyamizning  qanday qilib hozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan qizg‘in tortishuv  va bahs-munozaralar bugungidek yodimda. Haqiqatan ham, 90-yillardagi o‘ta og‘ir davrda Asosiy  qonunimiz   loyihasini   ishlab   chiqishda   Islom   Abdug‘anievichdek   keng   miqyosda,   strategik  fikrlaydigan, uzoqni ko‘ra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi  ahamiyat kasb etdi.” O’zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba