O’zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.

0
Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.

O'zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi.

O’zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.

O’zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, taraqqiyotning beqiyos katta imkoniyatlari  ochildi. Milliy mustaqillik tufayli xalqimiz siyosiy mutelik, qaramlik asoratidan qutildi. Davlat  suvereniteti  natijasida  jamiyatimizni  isloh  etish  va  zamonaviy  siyosiy  taraqqiyot  jarayonlarini  amalga oshirish uchun mustahkam zamin va siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda huquqiy asoslarni  bosqichma-bosqich barpo qilish uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston istiqlol tufayli  o‘z taraqqiyotining tamomila yangi bo‘lgan tarixiy davriga qadam qo‘ydi. Mana shu davrning eng  muhim  xususiyatlaridan  biri  shunda  ediki,  endilikda  xalqimiz  o‘zining  tub  manfaatlari  va  ehtiyojlaridan  kelib  chiqib,  rivojlanish  strategiyasini  belgilab  olish  va  uni  mustaqil  amalga  oshirishdek tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan shart-sharoitlarga erishdi.

I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ―Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o‘z umrini o‘tab  bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor  iqtisodiyotiga   asoslangan   ochiq   demokratik   davlat   barpo   etish   va   fuqarolik   jamiyatini  shakllantirishga azmu qaror qildik. 

Bu modelning mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan  ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta’riflab berildi. Mamlakatimiz aholisi o‘z davlat  mustaqilligining   yigirma   to‘rt   yilligini   butun   jahon   jamoatchiligi   bilan   tantanali   ravishda  nishonlayotgan bugungi kunda, to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo‘l tajriba sinovidan o‘tdi.  Tarixan  qisqa,  ammo  zafarli  natijalarga  boy  bo‘lgan  taraqqiyotimiz,  tanlangan  modelning  to‘g‘riligini isbotladi.

Ma’lumki,  taraqqiyotning  ―o‘zbek  modeli‖ning  mohiyati  asosiy  g‘oyalari  eng  dastlab  Davlatimiz  birinchi  rahbarining  ―  “O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li”  nomli  fundamental asarida ko‘rsatib o‘tilgan edi. Keyinchalik mazkur taraqqiyot modeli haqidagi g‘oyalar  Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada rivojlantirildi va takomillashtirib kelinmoqda. Xususan,  I.Karimovning ―O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, ―O‘zbekiston  iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida‖ nomli asarlarida taraqqiyotning ―o‘zbek modelining  asosiy mazmunini, o‘zagini belgilab beruvchi tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi.

Jumladan, I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida O‘zbekiston davlat qurilishi  va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha: bir tomondan  milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo‘nalishlari uyg‘unlashdi yoki ularning dialektik  mutanosibligi o‘z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, – deb yozgan edi I.A.Karimov, – avval- iqtisod,  keyin  siyosat  degan  shiorni  olg‘a  surdik”.  Boshqacha  qilib  aytganda,  iqtisodiyotning  siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur.

Ikkinchi  tamoyil  –  bu  davlatning  bosh  islohotchi  ekanligi.  Yangilanish  va  o‘zgarishlar  siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat o‘z zimmasiga oladi.

Uchinchi  tamoyil,  o‘z  navbatida  jamiyat  hayotida,  barcha  sohalarda  qonunning  ustuvorligi  ta’minlanadi.   Aynan   O‘zbekiston   Respublikasining   1992   yil   8   dekabrda   qabul   qilingan  Konstitutsiyasi  ham  umuminsoniy  va  milliy  tamoyillarning  mujassamlashgan  yorqin  namunasidir.

To‘rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 foizidan ko‘prog‘ini  yoshlar tashkil etganligi, kam ta’minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaho‘rlarni ijtimoiy himoyalash  maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi.

Beshinchi tamoyil – bu halqimiz an’analari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv  qonun-qoidalarini  hisobga  olgan  holda  unga  «shok  terapiyasi»  asosida  emas,  balki  evolyusion  tadrijiy asosda, puhta o‘ylab bosqichma-bosqich o‘tish nazarda tutiladi.

O’zbekiston mustaqillik  yillarida  demokratik  jamiyatga  o’tishning  uchta  bosqichini  bosib  o’tdi. Ularning birinchisi,  Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan O’zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi – birinchi chaqiriq VI sessiyasida (1996 yil 29 avgust) «Hozirgi bosqichda demokratik  islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari»; ikkinchisi, Birinchi chaqiriq o’n to’rtiinchi  sessiyasida  «O’zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  (1999  yil,  14  aprel)  va  nihoyat,  uchinchisi,  ikkinchi    chaqiriq    Oliy    Majlisning    to’qqizinchi    sessiyasida    «O’zbekistonda    demokratik  o’zgarishlarni yanada  chuqurlashtirish va  fuqarolik jamiyati asoslarini  shakllantirishning asosiy  yo’nalishlari» (2002 yil 29 avgust) qilgan ma’ruzalarida ko’rsatib berildi.

Albatta, ana shu bosqichlar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasada, ulardagi asosiy g’oya  demokratik jarayonlarning olg’a tomon rivojlanishini va ma’lum bir vaqtga kelganda bu jarayonga  yangi kuch, qudrat hamda faollik baxsh etishdir. Chunki jarayonlar izchillik bilan tahlil etilmasa,  undagi  asosiy  muammo  aniqlanmasa  va  istiqboldagi  vazifalar  belgilanmasa,  rivojlanish  ham  bo’lmaydi.   Shu   ma’noda   ham   Prezident   demokratik   jamiyat   qurish   borasidagi   vazifalarni  «chuqurlashtirish» (1996 yil) «erkinlashtirish» (1999 yil) va «demokratik ozgarishlar orqali  fuqarolik  jamiyat  asoslarini  shakllantirish»  (2002  yil)  kabi  konseptual  g’oyalarida  belgilab  bergan.

Ammo bu – o’tish davrining mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat ekan, – degan  xulosa kelib chiqishiga asos bo’lmasligi kerak. Chunki o’tish davrining o’zi mamlakatning turli  tuzumlardan  demokratiyaga  o’tishdagi  mustaqil  «oralig’i»,  «ko’prigi»  hisoblanadi.  YUqorida  ko’rsatilgan bosqichlar o’tish davrining uzluksizligini ifodalaydigan ko’rsatgichdir.

O’zbek  modeli  tushunchasi,  avvalo,  O’zbekistonning  mustaqil  milliy  taraqqiyoti  qanday  bo’lishi lozimligini asoshakligan, uni muayyan maqsadlarga yo’naltiradigan eng umumiy nazariy  xulosalar  va  mo’ljallar  bilan  davlatning  belgilangan  maqsadlarga  erishishga  qaratilgan  amaliy  siyosatining mushtarakligini anglatadi.

Biz qanday jamiyat barpo etmoqlamiz, degan masala Prezidentimizning «O’zbekiston XXI  asrga intilmoqda» (1997), «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo’nalishlari»  (2002),  «Bizning  bosh  maqsadimiz  –  jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizasiya  va  isloh  etishdir» (2005) kabi asarlarida ayniqsa o’zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak  yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi  strategik  vazifalari  asoslab  berilgan.  Ana  shu  masalalarni  bajarish  milliy  istiqlol  g’oyasining  pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga etishga xizmat qiladi.

Bizning bosh strategik maqsadimiz – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor  iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo,  ko’pmulkchilikka va ular o’rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari  teng huquqqa ega bo’lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.

«O’zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo etish muhim o’ziga xos modeli  ekanini  dunyoning  juda  ko’plab  siyosatshunos  etakchi  olimlari  o’rganmoqda  va  uni  tahlil  qilmoqdalar. Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasaev, germaniyalik L.Levitin,  Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni  yuksak baholashgan.

Mustaqil  taraqqiyot  yo’liga  chiqqan  O’zbekiston  uchun  eng  asosiy,  bosh  masala  milliy  davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini  yaratish edi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch  kelishgan  va  ular  bu  masalani  turlicha  hal  etishgan.  Shu  sababli  ilmiy  adabiyotlarda  ijtimoiy  taraqqiyotning   «Shved   modeli»,   «Amerika   modeli»,   «YApon   modeli»   kabi   tushunchalar  ishlatilmoqda.  Mazkur  tushunchalar  zamirida  muayyan  mintaqa  yoki  mamlakatlar  ijtimoiy  taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yo’l bilan, qay yo’sinda amalga oshirilishi bilan  bir-biridan farqlanadi. Taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ zaminida mamlakatimizda keng qamrovli  siyosiy islohotlar amalga oshirildi. Bunda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratildi:  Birinchidan,  siyosiy  islohotlarni  amalga  oshirishda  milliy  davlatchilik  asoslari  bosqichma-bosqich  ravishda  barpo qilina boshlandi.

Ikkinchidan, bu jarayonda jamiyatimiz demokratik taraqqiyoti manfaatlariga to‘liq mos keluvchi  siyosiy institutlarni shakllantirish, uning huquqiy asoslarini yaratish masalalariga asosiy e’tibor  qaratildi.

Uchinchidan,  avvalgi  totalitar  tuzumga  xizmat  qilgan  va  umrini  tugatib  bo‘lgan  davlat  tuzilmalaridan to‘liq voz kechildi.

1-Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ―Shu bois quyidagilar eng asosiy vazifamiz bo‘lib qoldi:   Birinchidan. Eski ma’muriy – buyruqbozlik tizimini, unga muvofiq bo‘lgan hokimiyat va  boshqaruv organlarini tugatish.

Ikkinchidan,yangi  davlatchilikning  siyosiy-huquqiy,  konstitutsiyaviy  asoslarini  yaratish.  Konstitutsiya  va  qonunlarda  ijtimoiy  munosabatlarning  yangi  tizimini,  ham  markazdagi,  ham  joylardagi davlat hokimiyati organlarining yangi tizimini mustahkamlab qo‘yish.

Yangi  o‘zbek  davlatchiligining  qaror  topish  jarayoni  ham  tashqi,  ham  ichki  murakkab  sharoitlarda ro‘y berdi. Ichki siyosatimizda biz bir-biriga bog‘liq ikki vazifani hal qilishimiz lozim  edi. Bu – yangi davlatchilikni barpo etish hamda keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiyislohotlarni  amalga oshirish vazifasi edi.

Mamlakatimiz  taraqqiyotining  o‘zbek  modeli‖ning  eng  bosh  g‘oyasi  xalqimiz  uchun  munosib   bo‘lgan   erkin,   farovon   hayotni   barpo   qilishdan   iboratdir.Bu   borada   zamonaviy  demokratiya prinsiplarini milliy manfaatlarimizdan kelib chiqib, jamiyatda qaror toptirish vazifasi  ustuvor qilib belgilandi.

Ta’kidlash joizki, jamiyatimizda demokratiya va fuqarolik jamiyati g‘oyasini ijtimoiylashuvi  va qaror topishida o‘zbek modelining barcha konseptual g‘oyalaridan izchillik bilan foydalanib  kelinmoqda va shu bois ham ulkan samaralarga erishilmoqda. Zero, jamiyatda demokratiyani joriy  qilishning yagona retsepti mavjud emas, har bir mustaqil davlat demokratik taraqqiyot yo‘liga  o‘tishda birinchi navbatda o‘zining sotsio-madaniy asoslariga, milliy taraqqiyot modeliga tayanishi  lozim bo‘ladi. Faqat shunday holatdagina mamlakatning demokratik taraqqiyoti kutilgan ijobiy  natijalarni beradi.

I.A.Karimov   rahnamoligida   jamiyatimizda   demokratik   islohotlarni   amalga   oshirishda  tadrijiy taraqqiyot uslublariga asoslanildi. Unga ko‘ra, demokratiya g‘oyasi va uning institutlari  jamiyatimiz bag‘rida bosqichma-bosqich evolyusion tarzda rivojlantira boshlandi.

Taraqqiyotning  o‘zbek  modeli  g‘oyasiga  ko‘ra,  yurtimizda  yangi  jamiyatni  barpo  etish  uchun amalga oshiriladigan barcha islohotlar zaminiga inson omili qo‘yildi. Ya’ni ―islohot islohot  uchun  emas,  balki,  inson  manfaatlari,  uning,  erki  va  farovonligi  uchun,  degan  g‘oya  barcha  yangilanishlarning asosiy o‘zagi etib belgilandi. Shu munosabat bilan qurilayotgan yangi mustaqil  davlat va jamiyatning asosiy bunyodkori ham, iste’molchisi ham mana shu yurtning erkin xalqi  degan prinsip mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining markazida turuvchi omildir.  Mazkur asos  zaminida bilan taraqqiyotning o‘zbek modelini amalga oshirishning etakchi shartlaridan biri sifatida  ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashni tiklash va rivojlantirish vazifalari belgilab olindi.  Ta’kidlash joizki, jamiyat taraqqiyotiga nisbatan bunday yondashuv nihoyatda noyob vayangicha  yondashuvdir. Zero, har qanday jamiyatning yangilik sari rivojlanishida avvalambor inson omili,  undagi ijobiy o‘zgarishlar turadi. O’zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba