O‘zbek xalqi etnogenezi tarixshunosligi.
O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini o‘rganish tarix fanining murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masalada XX asrning 40 yillaridan boshlab muhim ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 1950 yillarda O‘zbekistonga qo‘shni mintalarda yashovchi o‘zbeklar etnografiyasi bo‘yicha qator maqolalar e’lon qilindi, (Masalan B.X.Karmisheva
«Laqaylarning kelib chiqishiga doir» (Sovet etnografiyasi. 1952 yil №4). «Janubiy Tojikistonning o‘zbek laqaylari». (TojSSR FA tarix, qadimshunoslik va etnografiya ishlari. Birinchi bo‘lim), «Inqilobgacha davrida chorvachilik tarixiy etnografik ocherki» (Staolinobod 1954 yil) B.X. Karmisheva «Semez va Kisamir o‘zbek urug‘lari haqida ma’lumotlar» (Toj SSR tarix qadimshunoslik va etnografiya instituti ilmiy ishlari), O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va filologiyasi bo‘yicha A.A.Semyonov tug‘ilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan maqolalar to‘plami (Stalinobod 1953 yil 99-110 bet) ushbu ishlar bevosita o‘zbek xalqi etnogenezi muammolariga bag‘ishlangan bo‘lmasada, ularda ushbu muammo bo‘yicha ayrim ma’lumotlar mavjud.
B.Karmisheva «O‘zbekiston va Tojikiston janubiy rayonlarining etnik tarix ocherklari» (etnografik ma’lumotlar bo‘yicha M.1976 y.) risolasi mazkur mintaqalar etnik tarkibining yuzaga kelish tarixi tadqiq etiladi. Muallif XIX va XX asr boshlarida Sharqiy Buxoro o‘zbek aholisi haqida gapirar ekan, quyidagi qatlamlarni ajratib ko‘rsatadi: urug‘-qabilachilik bo‘laklariga ega bo‘lmagan o‘troq aholi (Chig‘atoy, xo‘ja, qarshiliq); dastlabki qabilalar, ya’niy mo‘g‘ullar
xukmronligi davrida turk-mo‘g‘ul qabilalari va Movoraunnaxrning mo‘g‘ullargacha bo‘lgan turk qabilalarining o‘troq aholi bilan singishib ketmagan, balki yarim ko‘chmanchi turmush va urug‘ qabilachilik bo‘linishini saqlab qolgan qismi avlodlari (turklar-qarluqlar xalachlar va x.); keyingi qabilalar – XV asrda Shayboniyxon bilan birga Dashti qipchoqdan Movoraunnaxga kelib qolgan va bu erda XVI asr boshida mustaxkam o‘rnashib qolgan o‘zbek qabilalari avlodlari (Qung‘irot, yuz, laqay, semez, kesamir, qatog‘on, durmon va x.lar).
Katta miqdordagi etnografir axborotlarni jalb qilgan holda B.Karmisheva tadqiq etilayotgan mintaqalarda o‘zbek aholisining shakllanishidagi turli tarkiblar, mahalliy va boshqa guruhlar ishtiroki jarayonini kuzatib borgan. Jumladan, muallif aytadiki, tadqiq etilayotgan davrda Sharqiy Buxoroda chig‘atoylar deb ham tojik ham o‘zbek tilida so‘zlashadigan o‘troq aholini aytganlar. «Chig‘atoy» atamasi evolyusiya va kelib chiqishiga qaraganda B.Karmisheva ta’kidlaydiki, boshida u Chig‘atoyxon va uning avlodlari gvardiyasini turk mo‘g‘ullarning imtiyozli qatlamini (XIII-XIV asrlar) Movoraunnaxr va Sharqiy Xurosonning barcha turk aholisini (XV asr), undan ham keyinroq temuriylarning Shayboniylar bilan kurashgan davrida umuman Movoraunnaxrning ham turk va tojik aholisini anglatadi.
O‘zbekiston janubiy mintaqalar aholisining shakllanish muammosiga bag‘ishlangan maqolasida I.Xidoyatov ta’kidlaganidek, bu mintaqalardagi o‘zbek aholisi o‘zining kelib chiqishi bo‘yicha zinhor bir xil emas, u ikki guruhga bo‘lingan – qadimgi o‘troq dehqonlar avlodlari va urug‘-qabilachilik bo‘linishiga ega yarim ko‘chmanchi aholi avlodlaridir. Bunda ikkinchi guruh o‘zbeklari ko‘chmanchilarni tashkil etgan. Umuman tarixshunoslik davrlari tadqiqotchilarning maqolalarida u yoki bu nuqtai nazaridan turib aks ettirilgan mavzu muammo jihatidan turli yo‘nalishlar mustaqildek bo‘lib ko‘rinishiga qaramay ularni bir narsa birlashtirib turadi – o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi muammolarini umumiy va muayyan xususiy jihatlaridan turib yalpi o‘rganish.
Etnogenez va etnik tarixi bo‘yicha bu maqsadga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining davomi o‘zbek xalqi milliy uyg‘onishi jarayonining chuqurlashishi va rivojlanishiga, shuningdek Markaziy Osiyo mustahkam mintaqaviy rivojlanishi va barqarorligining XXI asr voqealariga mos, O‘zbekiston va butun mintaqa jamiyatining tub ehtiyojlarini aks ettiruvchi samarasi mo‘ljallangan ishlab chiqarish bilan bog‘liq qator masalalarning hal etilishiga yo‘naltirilmog‘i darkor.
O‘zbek xalqining etnik tarixiga oid masalalar akademik B.Ahmedovning bir qator asarlarida yoritilgan. Muallif asarlarida o‘zbek ajdodlari qadim zamonlardan O‘zbekiston hududida yashaganliklarini XVI asrning boshlarida bu hududiga kelib o‘z xukmronligini o‘rnatgan ko‘chmanchi o‘zbeklar o‘zbek xalqining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lganligini ta’kidlaydi. Ushbu masalada akademik A.Asqarovning bir necha maqolalari ham e’lon qilingan. U tarixiy arxeologik, antropologik manbalarga asoslanib, o‘zbek xalqi etnogenezini birinchi bosqichini bronza davridan boshlangan deydi. 2002 yil O‘zbekiston tarixi jurnalining to‘rtinchi sonida «O‘zbek xalqi etnik tarixi va etnogenezining ba’zi bir ilmiynazariy masalalari» maqolasida ushbu masalaga oid qimmatli fikrlarni ilgari suradi.






