O’zbekiston demokratik jamiyat qurishda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o’zini- o’zi boshqarish organlarining demokratiyalashuvi tushunchalari.

0
Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning O'zbek modeli.

O'zbekiston demokratik jamiyat qurishda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o'zini- o'zi boshqarish organlarining demokratiyalashuvi tushunchalari.

O’zbekiston demokratik jamiyat qurishda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o’zini- o’zi boshqarish organlarining demokratiyalashuvi tushunchalari.

O’zbekiston demokratik jamiyat qurishda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o’zini- o’zi boshqarish organlarining demokratiyalashuvi tushunchalari.Rivojlangan demokratik mamlakatlarda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab davlat boshqaruvining nomarkazlashuvi natijasida o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamiyatning asosiy
institutlaridan biriga aylandi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish (g‘arbda “munitsipal” deyiladi)
deganda, u yoki bu ma’muriy – hududiy birliklardagi aholi vakolatlarini ifodalovchi, shuningdek, saylangan organlar va ularning ma’muriyatlari tomonidan amalga oshiriladigan, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni boshqarish tushuniladi.
Mahalliy davlat hokimiyati demokratik tamoyillar asosidagi boshqaruvdir. Uning ihtiyoriga
quyidagilar kiradi:
qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning havfsizligini ta’minlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash,
byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal ho‘jalikka rahbarlik qilish;
atrof muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish nazariyasi dastlab XVIII asrning ikkinchi yarmida G‘arbiy
Evropada paydo bo‘ldi. Uning tabiati va jamiyatdagi o‘rni mahalliy hokimiyatlar va o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining fuqarolar tomonidan saylanish prinsipi g‘oyalari bilan bog‘liqdir. YAngi tarixning ilk davrida fuqarolar tomonidan saylanadigan o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqilligi konsepsiyasi, ularning qishloq jamoalari va shaharlardagi ishlarga rahbarlik qilishida markaziy hokimiyatga nisbatan alohidalik hamda boshqaruvning mustaqilligiga imkoniyat yaratadi.
Bu organlarga davlat boshqaruvi sohasidan tashqaridagi alohida bir bo‘g‘in sifatida qarash rusumga kirdi.
G‘arb jamiyatshunos oëimlari mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga doir tushunchalarning nazariy jixatlarini ham ishlab chiqqanlar. Unga binoan, «mahalliy boshqaruv» deganda, «davlat boshqaruvidan quyidagi barcha darajalarni, «mahalliy hokimiyat» deganda esa «saylangan kengash va uning ijroiya organlari vositasida o‘z saylovchilari manfaatlarini ifoda etuvchi va harakat qiëuvchi tashkilotlar» tushuniladi. SHuningdek, «mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish» esa – «milliy boshqaruvdan quyi darajadagi demokratik avtonom birliklarning mahalliy ahoëi manfaatlari asosida jamoatchilik muammolarini aksariyat qismini muvofiqlashtirishi va boshqarishi»dir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida o‘zini o‘zi boshqarish
organlariga quyidagi huquqiy ta’rif berildi: “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslaxatchilarini saylaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”.

Konstitutsiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi quyidagicha ta’riflandi: «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi- fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarihiy hususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir». Qo‘rinib turibdiki,
mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi tushunchasi va uning huquqiy maqomlari rivojlantirildi va ular ilg‘or demokratik mamlakatlardagi huquqiy mezonlar darajasida ifodalana boshlandi.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish, mashhur olim Aëeksis de Tokvilning talqinicha, “shunday bir
siyosiy institutki, u nafaqat siyosatchilar uchun, baëki, umuman barcha fuqarolar uchun bir
maktabdir. Bu institutga xos bo‘lgan imkoniyatlar shu qadar yuksak-ki, u fuqarolarning keng siyosiy ishtiroki uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. o‘zini o‘zi boshqarish organlari siyosiy madaniyat elementlarini shakllantirishning ham beqiyos omiëidir. Oxir oqibatda bu organlar faoliyati siyosiy tizimning bir butun barqarorligi va moslashuvchanligini ta’minlab beradi. Miëlat jamoaviy institutlarsiz ham erkin hukumat shakllantirishi mumkin. Lekin u erkinlikning haqiqiy ruhiyatiga ega bo‘la oëmaydi».
XX asrning ikkinchi yarmida «umumiy farovonlik davlati» nazariyasi bilan bog‘ëiq holda
munitsipaë (o‘zini o‘zi boshqarishga doir) konsepsiya ham paydo bo‘ldi. Munitsipaëitetlar
jamiyatning barcha tabaqalari manfaatlarini ta’minëovchi va himoyaëovchi ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish vositasi sifatida qaraëdi.

Evropa, SHimoliy Amerika va YAponiya kabi mamlakatlarda munitsipaë kengashlar maqomi huquqiy jixatdan munitsipaë ijroiya boshqaruvidan yuqori qo‘yilgan bo‘lib, ularning vakolatiga quyidagilar kiradi: mahalliy byudjetni qabul qilish, yuqori tashkilotlar tomonidan hal qiëinmagan ayrim masaëalar bo‘yicha me’yoriy qarorlar qabul qilish, mahalliy soliqlarni joriy etish, qarzlar olish va ularni ishlatish masaëalarini hal etish, munitsipaëitetga qarashi mulkni tasarruf etish, shuningdek, ko‘pchilik davlatlarda munitsipaëitetning ijroiya rahbarlik organlarini tashkil etish va ularni nazorat qilish, mahalliy referendumlarni uyushtirish AQSH ijtimoiy-siyosiy hayotida ham munitsipaëitetlar muhim o‘rin egallaydi. CHunki, bu mamlakatda munitsipaë boshqaruv funksiyalarini nomarkazlashtirish prinsipi keng qo‘ëlaniladi.
Munitsipaë maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar, sanitariya ishlari, suv bilan ta’minlash, parklar, yong‘inga qarshi xizmatlarni boshqarish asosan munitsipaë kengashlar tasarrufidadir. Ayrim mamlakatlarda (masalan, Germaniyada) kengashlar o‘z vakolatlarini ijroiya organlarga berish huquqiga ham egadirlar.
Mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asosiy instituti
sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. SHuningdek, mazkur organlarning boshqaruv
tizimidagi ko‘lamining kengayib borishi bilan huquqiy davlatning o‘z vakolatlarini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishi uchun qulay va keng imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ning o‘rni
beqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ―…o‘zini o‘zi boshqarish organlari – bizning
kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor mana shu organlar bo‘ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik 1.Ko‘pchilikmamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda.
Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko‘rib turibmiz.
O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o‘rnak bo‘ladi.
Mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish uchun yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatish makoniga aylangan. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an’analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelgan.
Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi.
Mahalla tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o‘zgarib turgan, ammo u o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mustaqillik yillarida mahallalar jamiyatning moddiy-ma’naviy asoslarini yaratish tayanchiga aylanib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy masalalarnihal etib, fuqarolar yig‘inida demokratiya tamoyillarini shakllantirish, inson omilini qadrlash makoni sifatida tiklanmoqda.
Mahalla, umuman, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organalarining fuqarolik jamiyatidagi roli
ularning muayyan hududdagi aholinini birlashtirishi, uni yagona jamoaga aylanishi va faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qilishidadir. Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munitsipal tuzilmaning aholisi – ―hududiy ommaviy jamoa‖, ―hududiy jamoa‖, ―mahalliy hamjamiyat tushunchalari bilan belgilanadi. V.E. CHirkinning ta’rificha, hududiy ommaviy jamoa – aholini hududiy mansublik belgisi bo‘yicha tashkil etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar maxsus uyushmasidir. Hududiy ommaviy jamoa sifatida u davlatni tashkil etgan jamiyatlar, ularning ichida tuzilishi mumkin bo‘lgan va tashkil etilayotgan boshqa hududiy ommaviy jamoalar: federatsiya sub’ektlari, siyosiy avtonomiyalar, munitsipal tuzilmalarning aholisi (xalqi)ni ajratadi.
2015 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublika hududida 9 787 ta fuqarolar yig‘ini faoliyat
ko‘rsatmoqda, jumladan, 189 ta shahar fuqarolar yig‘ini, 1295 ta qishloq, 157 ta ovul va 8 146 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridir. O‘rta hisobda har bir fuqarolar yig‘ini 3 mingga yaqin kishini qamrab oladi. Bugungi kunda fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida 1255 nafar ayol faoliyat yuritib, umumiy raislar sonining 12,8% ni tashkil etadi. Aksariyat fuqarolar yig‘ini raislari (54,6 %) oliy ma’lumotga egabo‘lib, hududlar miqyosida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida – 72,3%,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 77,1%, Toshkent shahrida –77% ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda har bir fuqarolar yig‘inidagi shtat lavozimida fuqarolar yig‘ini raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, ma’sul kotib va ―Mahalla posboni‖ jamoat tuzilmasi rahbari – jami 40 mingga yaqin kishi faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan tashqari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida jamoatchilik asosida fuqarolar yig‘inining obro‘li va hurmatga sazovor a’zolari o‘rtasidan saylangan maslahatchilar faoliyat yuritadi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha saylangan komissiyalarga rahbarlik qiladi. Ularning soni 100 ming kishiga yaqin.
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘lab quvvatlashda Respublika ―Mahalla‖
xayriya jamoat fondining roli katta.

Respublika ―Mahalla‖ xayriya jamoat fondi 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarini mustahkamlashda, ularning qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlarini samarali tatbiq etishda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi o‘rnini yuksaltirishga ko‘maklashadigan etakchi jamoat tashkiloti hisoblanadi.
Ushbu jamoat fondi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ishchi organi maqomiga ega. O‘z navbatida ―Mahalla‖ xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmalari maqomiga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar ishchi organlari hisoblanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari faoliyati mamlakat aholisi
tomonidan keng miqyosda qo‘llab- quvvatlanishga va Hukumatning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. 2010-2013 yillar davomida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 150 nafarga yaqin xodimi turli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 2014 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 27 nafar xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 2014 yil 21 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 692 nafar xodimlari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga, 29 nafari viloyat Kengashi deputatligiga va 3 nafari Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylanganlar.

Bu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida bugungi kunda hurmat va ehtiromga loyiq insonlar faoliyat yuritishayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab berilgan o‘zini o‘zi boshqarish
to‘g‘risidagi moddalar (32, 105-moddalar) konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biridir. 1999 yilda qabul etilgan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi, mustaqilligi, uning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanganligi (1-modda), o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi (7-modda) ta’kidlangan edi.
O‘zini o‘zi boshqarish jamiyat siyosiy tizimining tarkibiy qismi (elementi) sifatida belgilab
qo‘yilganligi O‘zbekistonda shaxs va davlat manfaatlari bilan birgalikda mahalliy manfaatlar ham tan olinadi va kafolatlanadi, bu esa mahalliy aholi (shahar, shaharcha, ovul va boshqa joylardagi aholi)ning hayoti va faoliyatini bevosita ta’minlash masalalarini hal etish bilan bog‘liqdir. Ayni vaqtda bu manfaatlarning hammasi (ya’ni jamiyat, davlat manfaatlari va mahalliy manfaatlar) teng huquqli deb qaraladi.
Huquqning yangi tarmog‘i bo‘lmish o‘zini o‘zi boshqarish huquqi vujudga kelish va
rivojlanish jarayonini boshidan kechirmoqda. Uning shakllanishi o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining vujudga kelish va rivojlanish jarayoni bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zini o‘zi
boshqarish organlari o‘zbek xalqi hayotida, davlat va jamiyat ishlarini boshqarish umumiy tizimida alohida o‘rin kasb etayotganligi sababli o‘zini o‘zi boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus huquq sohasini yaratish ehtiyoji yuzaga keldi.
O‘zbekistonda milliy huquq tizimining bir soxasi sifatida o‘zini o‘zi boshqarish huquqini
vujudga kelishiga quyidagi omillar asos deb hisoblaymiz:
1. Mustaqillik yillarida respublikamizda o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirish bilan
bog‘liq bo‘lgan munosabatlarning barqaror va ko‘p qirrali guruhi vujudga keldi.
Ayni mana shunday munosabatlar respublika huquq tizimidagi yangi tarmoq – o‘zini o‘zi
boshqarish huquqining predmetini tashkil etadi.
Keyingi bir necha yil mobaynida o‘zini o‘zi boshqarishning ahamiyati muttasil oshib bordi: u
alohida huquqiy institut maqomidan siyosiy-huquqiy fenomen darajasigacha ko‘tarildi, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslaridan biri bo‘lib qoldi.
SHu jihatdan olganda o‘zini o‘zi boshqarishning ahamiyati turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Uni xalq hokimiyatining bir shakli; fuqarolik huquqlarini amalga oshirish usuli; jamiyat va
davlatni idora qilish tizimidagi tashkiliy va funksional jihatdan alohida institut, deb ta’riflash
mumkin.
Mazkur institutning ahamiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz. O‘zini o‘zi boshqarish xalq
hokimiyatining bir shaklidir. Davlat hokimiyati bilan bir qatorda o‘zini o‘zi boshqarish
O‘zbekistonda yagona xalq hokimiyatini ifodalaydi. Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi moddasidan kelib chiqadi (105-modda).
O‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z huquqlarini amalga oshirishda xalq xohish-irodasini
bevosita izhor etuvchi institutlarga (o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkaziladigan saylov va boshqa tadbirlarda qatnashish), shuningdek o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularni boshqaruvchi shaxslarga tayanadi.
Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish usuli sifatida maxsus konstitutsion normalar tizimi
orqali amalga oshiriladi va bu normalarda o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylash va saylanish, jamiyat va davlat ishlarini idora qilishda qatnashish (32-modda), o‘zini o‘zi boshqarish organlariga shaxsan murojaat etish, yakka holda va jamoa bo‘lib murojatnomalar yuborish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. SHunday tarzda fuqarolarning shaxsiy huquqlaridan tashqari asosan jamoa bo‘lib amalga oshiriladigan ko‘pgina yuridik kafolatlar tizimi belgilab qo‘yilgan.

Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashubbusiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi («Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari» to‘g‘risidagi Qonunning 5-moddasi). Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish orqali amalga oshiriladigan huquq va erkinliklar g‘oyasi xilma-xil ekanligini hisobga olganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mazkur institut shaxs bilan o‘zaro munosabatlar asosida talqin etiladi.
Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi Asosiy Qonunining 32-moddasidan kelib chiqadi, unda
fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqlari belgilab qo‘yilgan.
O‘zini o‘zi boshqarish jamiyat va davlatni idora qilish tizimida tashkiliy va funksional jihatdan alohida tarzda ifodalab berilganligi O‘zbekiston taraqqiyotining avvalgi davriga nisbatan mutlaqo yangi qoidadir.
2. O‘zini o‘zi boshqarish huquqi tarmog‘i vujudga kelishining ikkinchi omili –
mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tartibga solish sohasidagi huquqiy normalarning miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan yangilanishidir. Mustaqillik yillarida o‘zini o‘zi boshqarish konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi (32, 105-moddalar). Ayni vaqtda O‘zbekiston Konstitutsiyasi asosida o‘zini o‘zi boshqarishning huquqiy asoslarini, o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish tartibi va ularning vakolatlarini belgilovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, qabul etildi.
1993 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi, 1999 yil aprel va 2004 yil oktyabrida va 2013 yil 15 martda bu Qonunga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritildi.
Qonunda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishi tizimi rivojlantirildi va unga aniqlik kiritildi. SHu
tariqa mazkur Qonun o‘zini o‘zi boshqarish huquqining eng muhim manbai va uni rivojlantirishning huquqiy negizi bo‘lib qoldi.
2004 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar yig‘ini raisini va uning
maslahatchilarini saylash to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. 2013 yil 15 martda bu Qonunga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritildi.
O‘zini o‘zi boshqarish huquqining normalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlarida va hukumat qarorlarida bayon etilgan. Masalan, «Respublika «Mahalla»
jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi 1992 yil 12 sentyabr farmoni; «Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi 1998 yil 23 fevral farmoni; «Aholiga
aniq mo‘ljalli ijtimoiy yordam ko‘rsatishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
rolini oshirish to‘g‘risida»gi 1999 yil 23 yanvar farmoni; Vazirlar Mahkamasining «Mahalla
posboni» jamoat tuzilmalari to‘g‘risidagi 1999 yil 19 aprel, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtiruv komissiyalari to‘g‘risida»gi 1999 yil 19 aprel qarorlari va boshqa hujjatlar.
Yuridik normalar, yo‘l-yo‘riqlarning hajmi g‘oyat oshganligi o‘zini o‘zi boshqarish huquqi
tarmog‘ini tartibga soluvchi munosabatlarning salmog‘i o‘sib borayotganligining natijasidir. Hozir Respublikada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 14 mingdan oshdi, bu sohadagi normalar tinimsiz takomillashib bormoqda. Bu holat ham o‘zini o‘zi boshqarish sohasidagi yuridik qoidalarni har taraflama ishlab chiqish zaruratini tug‘dirmoqda.
SHunday qilib, o‘zini o‘zi boshqarishni tartibga soluvchi normativ hujjatlar miqdori ancha
ko‘paydi. Buning ustiga o‘zini o‘zi boshqarish sohasidagi ishlarni huquqiy tartibga solish predmeti va usuli jihatidan bir-biridan farq qiladigan turli huquq tarmoqlarining normalari o‘rtasidagi aloqalar ancha jadallashdi va murakkablashdi. Ehtimol, kelgusida o‘zini o‘zi boshqarish sohasida amal qiluvchi yuridik qonun-qoidalarni kodifikatsiyalash115 va inkorporatsiyalash116 zarur bo‘lib qolishi mumkin. Mazkur jarayon ham O‘zbekiston Respublikasi o‘zini o‘zi boshqarish huquqining alohida huquqiy tarmog‘ini shakllantirish zaruratini keltirib chiqaradi.
3. O‘zini o‘zi boshqarish huquqi muammolarini ishlab chiqish O‘zbekistonda
huquqning, qonunchilikning, va yuridik fanning ma’lum darajada rivojlanishi bilan
bog‘liqdir. O‘zini o‘zi boshqarish huquqi muammolarini ishlab chiqish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo‘nalish yangi tarmoqni nazariy jihatdan asoslash, uning predmeti, uslubiyati (metodi), manbaini aniqlash bilan bog‘liqdir. Hozirgacha mazkur muammoga oid tadqiqot materiallari e’lon qilindi, monografiya va dissertatsiya ishlari paydo bo‘ldi. Ammo ilmiy izlanishlar hali ilk bosqichda turgan bo‘lsa ham, har bir yangi ish o‘zini o‘zi boshqarish huquqi tarmog‘ining maqomini aniqlash sari ilgarilab bormoqda.

O’zbekiston demokratik jamiyat qurishda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o’zini- o’zi boshqarish organlarining demokratiyalashuvi tushunchalari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba