O’zbekiston ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar – 2015 yil yakunlariga ko’ra.
O’zbekiston ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar – 2015 yil yakunlariga ko’ra:
• 2015 yilda mamlakatimizda 980 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil qilingan bo‘lsa, shuning 60 foizdan ziyodi qishloq joylarda yaratildi.
• Kollejlarning 480 mingdan ortiq bitiruvchisi ish bilan ta’minlandi. Tijorat banklari tomonidan ularga o‘z biznesini tashkil qilish uchun 280 milliard so‘mga yaqin imtiyozli kreditlar ajratildi va bu 2014 yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘pdir.
• Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar 21,9 foizga, aholi jon boshiga jami real daromadlar esa 9,6 foizga oshdi.
• O‘zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuv darajasini kamaytirishga alohida e’tibor berilayotgani, sodda qilib aytganda, o‘ta boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmasin, degan tamoyilga amal qilib kelinayotgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta. YUrtimizdagi 10 foiz ta’minlangan va 10 foiz etarlicha ta’minlanmagan aholi daromadlari o‘rtasidagi farq, ya’ni «detsil koeffitsenti» deb nom olgan ko‘rsatkich barqaror pasayish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu raqam 2010 yildagi 8,5 foiz o‘rniga 2015 yilda 7,7 foizni tashkil etdi.
Daromadlar o‘rtasidagi farqni ifoda etadigan yana bir xalqaro ko‘rsatkich – Jini indeksi
mamlakatimizda 2010 yildagi 0,390 o‘rniga 2015 yilda 0,280 ni tashkil etdi va bu natija dunyoning ko‘plab iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlariga qaraganda ancha pastdir.
• har 100 oilaning 42 tasi engil avtomobillarga ega bo‘lib, bu besh yil avvalgi ko‘rsatkichdan 1,5 barobar ko‘p, 47 ta oila shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlangan va bu davrda o‘sish 3,9 barobarni tashkil etdi. SHuningdek, har 100 ta oiladan 31 tasi konditsionerga ega yoki bu boradagi o‘sish 1,7 barobarga teng, har 100 ta oilaga 234 ta mobil telefon to‘g‘ri kelmoqda yoki bu sohadagi o‘sish 1,6 barobarni tashkil etmoqda.
• Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida mustaqil tashkilotlar guruhi va xalqaro ekspertlar ishtirokida 2015 yilda 158 ta davlatda “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” degan mavzuda tadqiqot o‘tkazildi. Har qaysi mamlakatning o‘z fuqarolarini baxtli hayot bilan ta’minlash qobiliyatini ifoda etadigan ushbu indeks bo‘yicha O‘zbekiston 44-o‘rinni egalladi. Aytish joizki, yurtimiz 2013 yilda bu reytingda 60-o‘rinda edi.
• O‘tgan yili ta’lim-tarbiya sohasini yanada isloh etish va takomillashtirish masalasi ham diqqat markazimizda bo‘ldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YUNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo‘naltirilishi zarur bo‘lgan investitsiyalar miqdori bo‘yicha tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar ko‘pdir.
• 2015 yilda bu sohada 384 ta ob’ektning moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va
mustahkamlash bo‘yicha qiymati 423 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirildi, namunaviy loyihalarasosida 29 ta yangi umumta’lim maktabi barpo etildi, 219 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 136 tasi kapital ta’mirlandi.
• 15 ta tayanch oliy o‘quv yurtida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarda oliy o‘quv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin o‘qituvchisi malaka oshirdi.
• har 100 mingta chaqaloqqa nisbatan onalar o‘limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o‘limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishganini alohida ta’kidlashni istardim.
• 2015 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bolalar sporti
inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli dasturni amalga oshirish doirasida umumiy qiymati 225 milliard so‘mdan ortiq 35 ta namunaviy sport ob’ekti, 12 ta suzish havzasi, 174 ta maktab sport zallari foydalanishga topshirildi.
• 2015 yilda O‘zbekiston sportchilari jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro turnirlarda 860 dan ortiq medalni qo‘lga kiritishga erishdilar. SHuning 311 tasi oltin, 274 tasi kumush va 276 tasi bronza medallaridir. Sportchilarimiz, ayniqsa, engil atletika, badiiy gimnastika, boks, kurash, dzyudo, taekvondo, ot sporti bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.
• 100 yoshga to‘lgan nuroniylarning pensiyasiga eng kam oylik ish haqi miqdorida ustamalar qo‘shib berildi. o‘tgan yilning 1 sentyabridan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa va nogironlarni har oyda bepul ta’minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiena tovarlarining yangi ro‘yxati joriy qilindi.
O’zbekiston ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar – 2015 yil yakunlariga ko’ra.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












