O’zbekiston Milliy tiklanish Demokratik partiyasi haqida.

0
Milliy tiklanish partiyasi

Milliy tiklanish partiyasi

O’zbekiston Milliy tiklanish Demokratik partiyasi haqida.

O’zbekiston Milliy tiklanish Demokratik partiyasi haqida.

2008 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va O‘zbekiston  «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasining birlashish Qurultoyi bo‘lib o‘tib, ikki partiya negizida  yangi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashkil topdi.

Bugungi   kunda partiya a’zolar   soni 190   mingga   yaqinni   tashkil   etadi. O‘zMTDP5578 dan  ortiq boshlang‘ich partiyatashkilotlariga ega.  O‘zbekiston  “Milliy  tiklanish”  demokratik  partiyasining  asosiy  maqsad-vazifasi  milliy  an’analarni  va  qadriyatlarni  saqlashdan  iborat.  Partiya  huquqiy  demokratik  davlat  va  adolatli  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish,  fan-texnika  taraqqiyotini  va  O‘zbekistonning  globallashib  borayotgan jahonda munosib o‘rin egallashini ta’minlashni yoqlaydi. U biz faxrlanadigan milliy  an’analar  va  qadriyatlarimizni  saqlab  qolish  tarafdorlari  bo‘lgan  insonlar  manfaatlarini  himoya  qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Bunday shaxslar – partiyaning asosiy ijtimoiy qatlamidir.  Partiya  mustaqillik  yillarida  boshlangan  milliy  qadriyatlarni  tiklash,  o‘zlikni  anglash,  milliy  g‘oyalarni  shakllantirish  va  milliy  mustaqillik  mafkurasini  mustahkamlash,  xalqning  ma’naviy  hayotida diniy an’analarni tiklash kabi xayrli ishlarni izchil, bosqichma-bosqich va tizimli ravishda  davom   ettirish   tarafdoridir.   Ushbu   ishni   sifat   jihatdan   yangi   darajaga   ko‘tarish,   uning  samaradorligini oshirish zarur.

“Maqsadimiz   O‘zbekiston  fuqarosi  ongida  o‘z  mamlakatining  tarixiy  o‘tmishi,  bugungi  kuni  va  kelajagi  uchun  faxrlanish  tuyg‘usini  tarbiyalash  va  mustahkamlash!” –  yangilangan   O‘zbekiston   “Milliy   tiklanish”   demokratik   partiyasining   asosiy   siyosiy   shiori  hisoblanadi.

Davlatning  yangi  xalqaro  sharoitlarda  va  geosiyosiy  voqelikda  milliy  manfaatlarni  ro‘yobga  chiqarish  va  himoya  qilish  yuzasidan  amaliy  qadamlarining  taktik  va  strategik  maqsadlari  va  vazifalari zamirida milliy tiklanish va rivojlanishning umumiy mafkurasi va keng qamrovli dasturi  mavjudligi  –  bizning  muqaddas  orzumiz  va  strategiyamiz  bo‘lgan  – yurt  tinchligi, Vatan  taraqqiyoti, xalq   farovonligi –   umummilliy   g‘oyasi   atrofida   jamiyatimizni   birlashtirishga  asoslangan  yo‘lini  O‘zbekiston  “Milliy  tiklanish”  demokratik  partiyasi  (O‘zMTDP)  qo‘llab- quvvatlaydi.

Partiyaning oliy rahbar organi Partiya Qurultoyi bo‘lib, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi. Partiyaning matbuot nashri – «Milliy tiklanish» ijtimoiy-siyosiy gazetasi. O‘zDPMT rasmiy veb-sayti va elektron pochtasi: www.mt.uz, info@mt.uz. O’zbekiston Milliy tiklanish Demokratik partiyasi haqida.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba