O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida (1989-1991 yy.)

0
O'zbekiston mustaqillikka erishish yo'lida (1989-1991 yy.) 

O'zbekiston mustaqillikka erishish yo'lida (1989-1991 yy.) 

O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida (1989-1991 yy.)

O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida (1989-1991 yy.) Ma’lumki   «qayta   qurish»   yillarida   respublika   aholisining   asosiy   qismini   tashkil   etgan dehqonlarning hayoti yanada yomonlashdi. Natijada qishloqlarda va bunga monand ravishda shaharlarda  hayot juda og‘irlashib ketdi. Bundan holi bo‘lishning yagona yo‘li yerga nisbatan bo‘lgan siyosatni  o‘zgartirishdan  iborat  edi.  Shu  bois  Islom  Karimov  partiyaning  agrar  siyosatiga  qarshi  o‘laroq  dehqonlarni yer bilan ta’minlashni boshlab yubordi. Vaholanki barcha yer va suvlar davlatniki hisoblanib  faqat markazning ruxsati ila unga munosabatni o‘zgartirish mumkin edi.

«Avvalo,  –  deb  yozadi  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  fuqarolarni  ijtimoiy  jihatdan  himoyalash  borasida  aniq  ishlar  qilish  lozim.  Biz  1989  yilni  iyulidan  beri  ta’minlab  kelayotgan  barqarorlik esa ushshg kafolatidir. O‘shanda, 1989 yilda dahshatli davr edi. O‘sha paytda biz qilgan  birinchi ish shu bo‘ldiki, odamlarga yer bera boshladik. Men janob Gorbachevning davlat kengashi  majlisidaga so‘zlarni eslayman… Unga tan berish kerak, gapirishni biladi, ammo boshlagan nutqini nima  bilan tugatishni hamisha ham tushunib bo‘lmaydi. Mana bunga qaranglar, degan edi u meni ko‘rsatib,  hozir uni boshi shuhratga cho‘lg‘anib turibdi, u yer bera boshladi, endi uni ilohiylashtirishadi… Biz qat’iy  turib tartib o‘rnatdik – yerga muhtoj bo‘lgan va, albatta, dehqonchilik qo‘lidan keladigan, yerdan mo‘l  hosil ola biladigan har bir kishiga chorak gektar yer berdik. Kolxozsovxoz sharoitida bu jarayon yengil  ko‘chmadi».

Ko‘rinib  turibdiki,  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  markazning  noroziligiga  qaramay  mustaqil iqtisodiy siyosatga qaratilgan dastlabki qadamni tashlagan. Hech kimga sir emaski, paxta o‘zbek  xalqining kundalik hayoti va taqdirini hal etuvchi muhim omillardan biridir. Tinimsiz va mashaqqatli  mehnat evaziga yetishtirilgan paxta juda arzon narxda majburan davlatga topshirilgan. Mehnatiga yarasha  haq ololmagan dehqonlar hamisha yetishmovchilik va muhtojlikda hayot kechirgan. Islom Karimov buni  yaxshi anglagan holda paxta narxini oshirish masalasini ochiqdanochiq talab qildi. Xususan, u respublika  kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining 1989 yil 19 avgustda bo‘lib o‘tgan XVI plenumida shunday degan:

«Biz 1990 yil plani loyihasi bilan Ittifoq organlariga ikki marta uchrashdik. KPSS Markaziy Komiteti,  mamlakat ministrlar Soveti va Gosplani rahbariyati bilan uchrashdik. Butun mas’uliyatni zimmamga olib,  shuni ayta olamanki, paxta narxi masalasi yaqin oylar ichida kurib chiqiladi. Bu muammoni hal qilishimiz  uchun hisobkitoblarga ko‘ra, kamida bir yarim milliard sum talab qilinadi…

Hozir, ochig‘ini aytish kerak… Moskvada o‘rtaga qo‘ygan masalalarni hal qilish qiyin bo‘lyapti. Biz  rahbarlar  bu  masalalarni  qatiyat  bilan,  bilimdonlik  bilan  o‘rtaga  quyishimiz,  ularning  hal  etilishiga  izchillik bilan erishishimiz har qanday holda ham aybni birovlarga tunkamay va birovlarning orqasiga  yashirinmay, mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz kerak». Sirtdan qaraganda paxtani narxini oshirish  shunchaki bir oldiy iqtisodiy masala bo‘lib ko‘rinishi mumkin.

Ammo, uning zaminida juda muhim  siyosiy  masala  yetibdi.  Chunonchi  paxtani  arzon  narhsa  davlatga  topshirilishi  nafaqat  kundalik  turmushga, balki respublikaning ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda  edi.  Narxni  oshirishga  erishish  sovet  davlatining  mustamlakachilik  siyosatiga  zarba  berilishiga  olib  kelardi. Shubhasiz, ochko‘zlik va to‘ymaslikda nom chiqargan sovet davlatining paxta narxini oshirishga  rozilik bildirishi juda qiyin edi. Shunga qaramay Islom Karimovning hukumatning siyosatiga qarshi bosh  ko‘tarishi vatanparvarlikning yorqin namunalaridan biridir.

1989 yil 29 oktabrda o‘zbek tilini Davlat tili sifatida qonunlashtirilishi ham alohida ahamiyatga ega  bo‘ldi.  Bu  tarixiy  hujjatning  ahamiyati  shu  darajada  kattaki,  ta’riflashga  qalam  ojizlik  qiladi. Shuni  unutmaslik kerakki, ona tilining Davlat tili bo‘lishi xalqning milliyligi va taqdirini kafolatlaydi hamda u  mustaqillikning eng muhim belgilaridandir.

1990 yil 20 iyunda O‘zbekistonda «Mustaqillik deklarasiyasi» e’lon qilinishi katta ahamiyat kasb  etdi. U qizil imperiyani qattiq larzaga va tashvishga soldi. Chunki demokratiyada O‘zbekiston Ittifoq  tarkibida suveren va teng huquqli mamlakat deb e’lon qilinib, o‘z davlat belgilari (gerb, bayroq va  madhiya)ni ta’sis etish va yangi konstitusiyani ishlab chiqish vazifasi quyildi.

Respublikada mustaqil iqtisodiy siyosatni ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘rish davom etdi.  Chunonchi, 1990 yil 30 oktabrda O‘zbekiston mulkchilikning hamma shakllari uchun teng sharoitni  ta’minlashga qaratilgan qonun qabul qilindi. Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 14 iyunda «Vijdon  erkinligi va diniy tashkilotlar» to‘g‘risidagi qonuni ma’naviy hayotda tub o‘zgarishlarni yasadi. Ma’lumki  yuz  yillar  davomida  kipshlarning  e’tiqodi,  hurmatini  qozonib  kelgan  islom  dini  taqiqlanib  «dinsiz  jamiyat» bunyod etildi. Bu ma’naviy qashshoqlikni yuzaga keltirib taraqqiyotga salbiy ta’sir etdi. Shu  bois o‘sha qonunning qabul qilinishi xalq tomonidan zo‘r xursandchilik va mamnuniyat bilan qabul  qilindi.  «Ushbu  qonun,  –  deyiladi  unda,  –  fuqarolarning  dinga  o‘z  munosabatini  ixtiyoriy  ravishda  belgilash va ifodalash, hech qanday to‘sqinliksiz, dinga e’tiqod qilish va diniy rasmrusumlarni bajarish  huquqlarini  ta’minlaydi».

Shu tariqa  sovet  davrida  oyoqosti  qilingan  va  quvg‘inga  solingan  dinning  barcha xillariga jon kirgizildi. 1991 yil 22 iyunda sanoat korxonalarini, tashkilotlarni va muassasalarni  O‘zbekiston  ixtiyoriga  o‘tkazish  xususida  qonun  chiqarildi.  Asrimizning  80-yillarida  qizil  imperiya  ichichidan chirib, inqirozni boshidan kechirmoqda edi. Uning belgilari 60yillardayoq boshlanib qanchalik  vaqtlarning  o‘tishi  bilan  shunchalik  ko‘p  chuqurlashib  bordi.  «80-yillarda,  –  deb  yozadi  Birinchi  Prezidentimiz Islom Karimov, – iqtisodiy inqirozning kuchayib borish sabablarini ochish, uni bartaraf  etish   yo‘llarini   topish   borasidagi   o‘rinishlar   ham   muvaffaqiyatsizlikkauchradi.   Ishlab   chiqarish  sur’atlarining  pasayishi  sabablari  rivojlanishning  ekstensiv  omillari   tugaganligidadir,  deb   yuzaki  tushunilganligi ustuvor tarmoqlarni alohida ajratmasdan, xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning  o‘zida rivojlantirish to‘grisida noto‘g‘ri qaror qabul qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu hol, pirovard natijada,  cheklangan mablag‘larning parokanda bo‘lib ketishiga, moliya va ta’minot tizimining batamom izdan  chiqishiga olib keldi, inqirozni chuqurlashtirdi, qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyetda juda kuchli  bo‘zilishlar  ruy  berdi».  Shu  tariqa  «sosializm»  tuzumi  o‘zining  g‘ayritabiiyligi  va  samarasizligini  namoyish etib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirdi.

Odatdagidek kompartiya qatag‘onlar o‘tkazish yo‘li  bilan  chetdan  «aybdorlar»ni  topib  va  xalqni  chalg‘itib  inqirozni  xaspo‘shlash  va  niqoblashga  o‘tdi.  Ma’lumki   30yillardagi   ocharchilik   va   umuman   inqirozning   sabablari   «xalq   dushman»lari   va  «imperialistlarning ayg‘oqchilari»ga to‘nkalib, ommaviy qatag‘onlar vahshiylarcha o‘tkazilgan. Qayta  qurish yillarida ham xuddi mana shunday siyosat qaytarildi, chunonchi O‘zbekistonda «paxta ishi» yoki  «o‘zbek ishi» nomida qatag‘on o‘tkazildi. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki, «o‘zbek ishi» aslida  niqoblangan siyosiy kurash bo‘lib, maqsad mustamlakachilik va ulug‘millatchilik siyosatini yanada avjiga  mindirish, xalqni og‘ir ahvoldan chalg‘itishdan iborat edi.

Bu siyosiy nayrangning iqtisodiy tomoni ham  bor edi. Markazga O‘zbekistondan daryo kabi oqib borayettan turlituman boyliklarni yanada ko‘paytirish  va ularni zarrachasini ham tub aholiga yuqtirmaslik ko‘zlangan. Bundan tashqari, «o‘zbek ishi» vositasida  mamlakatda O‘zbekistonni ishonchni yo‘qottan xavfli zona sifatida gavdalantirib Rossiyadan kadrlarni –  o‘z odamlarini keltirishni va respublika hokimiyat tarmoqlarini tamomila egallashni maqsad qilib quyildi.  Ayni paytda bir chemodan bilan keladigan o‘sha «ustoz»larning katta boylik to‘plashlari uchun sharoit  yaratish nazarda tutildi.

Bu respublika boyliklarini navbatdagi uzlashtirishning bir turi edi. Umr bo‘yi  dahshatli fojealarni uyushtirishga, qirg‘inbarotlarga va tusto‘polonlarga tuymagan markaz «o‘zbek ishi»  bo‘yicha 4,5 ming kishini qamoqqa tashladi, xurladi va mol-mulkini taladi. Bundan tashqari minglab  kishilar «guvoh» sifatida qattiq qiynoqlar ostiga olinib, qipqizil tuhmatdan iborat aybnomalarni to‘qidi.  Hatto  «o‘zbek  ishi»dan  keyin  ziyelilarning  va  rahbarlarning  ilg‘or  vakillari  ham  ommaviy  ravishda  qatag‘on qilinar emish degan ovozlar eshitilib turdi.

Butun millat boshiga dahshatli ofat kelib turgan paytda, unga qarshi qalqon bo‘ladigan birorta  rahbar chiqmadi. Aksincha, ular sotqinlik qilib olovga kerosin qo‘yib turdilar.

Islom Karimov davlat tepasiga kelishi arafasida ahvolni quyidagicha ta’riflagan edi: «Bor gapni  aytadigan bo‘lsam, kuz o‘ngimda dahshatli, qurqinchli manzaralar paydo bo‘ldi». Islom Karimov bu  g‘oyatda og‘ir ahvoldan cho‘chimay va tislanmay, mazlum xalq manfaati uchun kurashdi. U «o‘zbek  ishi»ning  soxtaligini  fosh  etib,  millatni  ofat  va  navbatdagi  ommaviy  qatag‘ondan  qutqardi.  U  bu  xususdagi markazning ko‘rsatmasini bajarishdan ochiqdanochiq bosh tortib, mustaqil siyosat yurgizdi.

Umumiy xulosa shuki, 1989 yilning ikkinchi yarmidan to 1991 yil 31 avgustgacha bo‘lgan davrda  shaxsan  Prezident  Islom  Karimovning  tashabbusi  va  ishtirokida  mustaqillikni  tamomila  tiklashning  zamini hozirlandi. Shu bois uning rahbarlik mahoratini yoritish ayni muddaodir. O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida (1989-1991 yy.)

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba