Bosh sahifa mavzular O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari...

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi.

0
2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan

2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan

Muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi.

Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik
biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.

O‘tgan 2015 yil bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor.

Ta’kidlash   joizki,   taraqqiyotimizning   hozirgi   bosqichida   faqat   uglevodorod   xomashyosi,  qimmatbaho   va   rangli   metallar,   uran   xomashyosini   qazib   oladigan   va   qayta   ishlaydigan  korxonalarni, shuningdek, tabiiy monopoliyalarning strategik infratuzilma tarmoqlarini – temir va  avtomobil yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiya ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqaruvida saqlab qolish maqsadga muvofiq, deb topildi.

•     Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va  buning  uchun  tegishli  sharoitlar  yaratildi.  Masalan,  506  ta  mulk  kompleksi  tanlov  asosida,  investitsiya kiritish sharti bilan «nol» qiymatida yangi mulkdorlarga sotildi.SHu bilan birga, 245 ta  kam rentabelli va faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilot to‘liq tugatildi.

•     Xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta  davlat mulki ob’ekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi er maydoni bo‘shadi. Bu yerlarning  qariyb  80  gektari  ishlab  chiqarish  korxonalari  tashkil  etish  va  xizmatlar  ko‘rsatish  ob’ektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi.

•    Tadbirkorlik   sub’ektlarini   tashkil   qilishni   soddalashtirish   va   ularning   faoliyat   yuritishini  engillashtirish bilan bog‘liq 40 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar  kiritildi.  Xususan,  yangi  tartib  bo‘yicha,  agar  shaxs  soliq  yoki  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  to‘lashdan bosh tortish bilan bog‘liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan bo‘lsa va huquqbuzarlik  aniqlanganidan so‘ng 30 kun ichida davlatga etkazilgan zararni to‘liq qoplasa, unga nisbatan jinoiy  ish qo‘zg‘atilmaydi va u javobgarlikka tortilmaydi.

•     Xususiy  mulkdorlar  va  tadbirkorlarning  qonuniy  huquqlarini  himoya  qilish,  ularning  faoliyati  kafolatlarini kuchaytirish masalasini hal etishda sud organlari rolini oshirishga alohida ahamiyat  berilmoqda. Sudlar tegishli da’vo arizasi ko‘rib chiqilayotgan paytda tadbirkorlik sub’ekti nazorat  organining qaroridan norozi bo‘lsa, uning ijrosini to‘xtatib turish huquqiga ega bo‘ldi.• Agar tadbirkorlik sub’ekti soliq va bojxona qonunchiligini buzgan bo‘lsa, uning mulki faqat sud  qaroriga binoan musodara qilinishi mumkinligini belgilaydigan qonun normasi joriy etildi, da’vo  arizasini ko‘rib chiqish muddatlari ham sezilarli ravishda qisqartirildi.

•    Endi mikrofirmalar, kichik korxona va fermer xo‘jaliklari faoliyati to‘rt yilda bir marta, boshqa  xo‘jalik  sub’ektlari  faoliyati  esa  uch  yilda  bir  marta  rejali  tartibda  tekshiriladi  va  bunday  tekshiruvlar  faqat  Nazorat  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  respublika  kengashi  qaroriga asosan amalga oshiriladi.

•     Bu  borada  moliyaviy-xo‘jalik  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  rejali  tekshiruvlarni  amalga  oshirish muddati 30 kalendar kunidan 10 kalendar kuniga qadar qisqartirildi. SHuni qayd etish kerakki, bu normalar xususiy bank va moliya institutlariga ham tegishlidir.

•    SHu yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili asosida Davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyat boshladi. O‘tgan  yilning  oktyabr  oyida  Jahon  banki  «Biznes  yuritish»  reytingini  e’lon  qildi.  Ana  shu reytingda O‘zbekiston faqat bir yilning o‘zida 16 pog‘onaga ko‘tarilib, 87-o‘rinni egalladi.

•    SHuni  alohida  qayd  etish  kerakki,  «yangi  biznesni  qo‘llab-quvvatlash»  deb  ataladigan  mezon bo‘yicha mamlakatimiz ayni paytda jahonda 42-o‘rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha 32-o‘rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qo‘llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo‘yicha 75-o‘rinni egallab turibdi. «Kichik biznes sub’ektlariga kredit berish» deb nomlanadigan  ko‘rsatkich  bo‘yicha  O‘zbekiston  so‘nggi  uch  yilda  154-o‘rindan  42-o‘ringa ko‘tarildi va o‘tgan yilning o‘zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.

•     Jahon   bankining   ma’ruzasida   O‘zbekiston   keyingi   yillarda   tadbirkorlik   faoliyati   uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.

•     Ana shu yo‘nalishdagi islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga etgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta’kidlashni istardim. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholimizning 77 foizdan ortig‘i – shunga e’tibor bering – mazkur tarmoqda mehnat qilayotgani

2015 yilda korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirishimiz uning haqiqiy bozor xususiyatlariga ega bo‘lishini ta’minlash va konservativ qarashlardan xalos bo‘lishida katta hissa bo‘ldi.

•     Barcha aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazildi, natijada 462 ta jamiyatni  yoki  ularning  43  foizini  tugatish  yoki  boshqa  tashkiliy-huquqiy  shaklga  o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

•    Lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 ta yangi toifa kiritildi.  SHu  borada  Germaniyada  joylashgan  Evropa  menejment  va  texnologiyalar  maktabining  faol ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash
va  malakasini  oshirishni  tashkil  qilish,  ularning  zamonaviy  korporativ  boshqaruv  usullarini egallashini  ta’minlash  maqsadida  mamlakatimizda  Korporativ  boshqaruv  ilmiy-ta’lim  markazi tashkil etildi.

•    160 nafardan ortiq rahbar xodimi korporativ boshqaruv sohasida malaka oshirdi, ularning yarmi Germaniya korxonalarida tajriba orttirdi. 2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‘zlashtirildi.

•    Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Bu esa 2015 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi. Ustyurt gaz-kimyo majmuasini alohida ta’kidlamoqchiman. Umumiy qiymati 4 milliard dollardan oshadigan ushbu majmua dunyodagi eng zamonaviy, yuqori texnologiyalar asosida ishlaydigan, yirik  korxonalardan  biri  bo‘ldi.  Majmuaning  ishga  tushirilishi  yiliga  83  ming  tonna  noyob polipropilen mahsulotini ishlab chiqarish imkonini beradi.

•    Xorazm viloyatida «Jeneral motors – O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida umumiy qiymati qariyb 6 million dollarlik loyiha asosida «SHevrole Labo» kichik yuk mashinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu erda yiliga fermerlarimiz va xususiy tadbirkorlarimiz uchun juda zarur bo‘lgan 5 mingta ana shunday mashina ishlab chiqariladi.

•    Namangan  viloyatining  Pop  tumanida  130  kilovatt  quvvatga  ega  bo‘lgan  quyosh  fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Hozircha bu loyiha sinovdan o‘tkazilmoqda.  •    Samarqand – Qarshi temir yo‘l uchastkasida yuqori tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» elektr poezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu Toshkent – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish sifati va sur’atini oshirish imkonini bermoqda.  •    7 million 500 ming tonnadan ziyod g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo
etildi.

•  O‘tgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva etishtirildi. O‘tgan yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800 tonna sig‘imga  ega  bo‘lgan  114  ta  yangi  sovutish  kamerasi  tashkil  etildi  va  modernizatsiya  qilindi. Mamlakatimizda meva-sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga etkazildi.

•    2015 yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishining yarmidan ko‘pi xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgani bu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi o‘rni va ta’siri naqadar katta ekanini ko‘rsatadi. Bugungi  kunda  xizmat  ko‘rsatish  sohasining  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  2010  yildagi  49 foizdan 54,5 foizga etdi. Jami band aholining yarmidan ko‘pi ushbu sohada mehnat qilmoqda.

•    Xizmat ko‘rsatish sohasida 80 ming 400 ta kichik biznes sub’ekti faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari umumiy sonining 80 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.   Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki  mahsulot  8  foiz,  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  8  foiz,  qishloq  xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi.

• Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015  yillardagi  rivojlanish  yakunlari  va  2016-2017  yillarda  iqtisodiy  o‘sish  prognozlari bo‘yicha  dunyodagi  eng  tez  rivojlanayotgan  beshta  mamlakat  qatoridan  joy  olgani  albatta barchamizga mamnuniyat etkazadi.

•     2015  yilda  mamlakatimiz  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Oziq-ovqat  va  qishloq  xo‘jaligi tashkiloti  (FAO)ga  a’zo  davlatlarning  oziq-ovqat  xavfsizligini  ta’minlash  sohasida  Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi.

•     O‘tgan yili bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish va investitsiyaviy faolligini kengaytirish ta’minlandi. Bank tizimining jami kapitali 2014 yilganisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7 trillion 800 milliard so‘mga etdi. So‘nggi 5 yilda mazkur ko‘rsatkich 2,4 barobar o‘sdi. Bank tizimi kapitalining etarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko‘rsatkichlardan 2 marta ko‘pdir.

•     Davlat qarzi darajasining pastligi, ya’ni yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,5 foizdan oshmagani ham   mamlakatimizda      erishilgan       ijobiy      natijalar      va      makroiqtisodiy      barqarorlik mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

•     2015 yilda mamlakatimizda 980 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil qilingan bo‘lsa, shuning 60 foizdan ziyodi qishloq joylarda yaratildi.

•    Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy  ravishda  ichki  imkoniyat  va  zaxiralarni  izlab  topish,  iqtisodiyotda  chuqur  tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo‘lishi zarur. Xomashyoni jahon bozorida talab katta bo‘lgan mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4
bosqichli  tizimiga  o‘tishimiz  zarur.  Bu  tizimning  ma’no-mohiyati  shundan  iboratki,  u  birinchi bosqichda  xomashyoni  dastlabki  qayta  ishlash,  ya’ni  yarim  fabrikatlar  tayyorlash,  keyingi bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor materiallarga aylantirish, uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste’mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi.

•    2030 yilga borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish vazifasini qo‘yishimiz uchun bugun, hech shubhasiz, barcha asoslarimiz bor.   Sanoatni jadal rivojlantirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushini 2015 yildagi 33,5 foizdan 40
foizga etkazish, qishloq xo‘jaligi ulushini esa 16,6 foizdan 8-10 foizga kamaytirish, energiyani tejaydigan  zamonaviy  texnologiyalarni  keng  joriy  etish  evaziga  yalpi  ichki  mahsulot  uchun sarflanadigan energiya hajmini taxminan 2 barobar qisqartirishga erishmog‘imiz kerak.

•     Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 2016-2030 yillarda 2 barobar ko‘payishiga erishish uchun o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 4,8 foiz darajasida bo‘lishini ta’minlash zarur. Agar keyingi 11 yilda bu ko‘rsatkich 8 foizdan yuqori bo‘lib kelganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu vazifani amalga oshirish uchun mustahkam asos va zamin borligi yaqqol ayon bo‘ladi.  Joriy yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 7,8 foizdan iborat bo‘lishini ta’minlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xo‘jaligida 6,1 foizga oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz,  xizmatlar  ko‘rsatish  hajmini  17,4  foizga  ko‘paytirish  vazifasi  qo‘yilmoqda.  Inflyasiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish, aholining real daromadlarini 9,5 foizga, o‘rtacha ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

•     Birinchi navbatda, Toshkent – Samarqand – Buxoro tezyurar temiryo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni yakuniga etkazish, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida har biri 450 megavatt quvvatga ega bo‘lgan ikkita bug‘-gaz turbinasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida 150 megavatt quvvatga ega bo‘lgan energiya bloki, Muborak gazni qayta ishlash zavodida 6 milliard kub metr gaz ishlab chiqaradigan uchta oltingugurt tozalash bloki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 70 ming tonna mis eritish quvvatiga ega bo‘lgan yangi pech qurilishini tugallash ko‘zda tutilmoqda.
SHuningdek, Jizzax viloyatidagi sement zavodining quvvatini 1 million tonnagacha portlandsement ishlab chiqarish darajasida kengaytirish, «Jeneral motors – O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida yangi «Aveo» (T-250) engil avtomobili ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

•     2016 yilda qishloq joylarda 1 million 800 ming kvadrat metrdan ziyod hajmdagi 13 mingta uy-joy barpo etish, uzunligi 900 kilometr ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, 325 kilometr yo‘l qurish mo‘ljallanmoqda.

•     2016 yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish  uchun  17  milliard  300  million  dollar  qiymatidagi  investitsiyalar  yo‘naltirish,  ularning o‘sish sur’atini 109,3 foizga etkazish belgilangan. Ana shu investitsiyalarning 4 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi, bu 2015 yilga nisbatan 20,8 foiz ko‘pdir.  Joriy yilda qariyb 513 kilometr avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish lozim.

•    Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan 19 kilometrlik tunnel qurilishini yakuniga etkazish va Angren – Pop yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish, hech shubhasiz, joriy yilning muhim voqeasi bo‘ladi.

•     Fermer xo‘jaligini yuritish uchun er maydonlari ajratish va taqsimlashning yangi mexanizmi joriy etildi. Unga muvofiq, qarorni tuman hokimi emas, balki Fermerlar kengashi va Er uchastkalari taqdim  etish  masalalarini  ko‘rib  chiqish  komissiyasi  xulosasi  bo‘yicha  xalq  deputatlari  tuman kengashlari qabul qilmoqda.  Bu o‘rinda 2020 yilgacha paxta xomashyosini etishtirish va uni davlat tomonidan xarid qilish hajmini 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga bosqichma-bosqich qisqartirish haqida so‘z bormoqda.

•    Paxta   etishtirish   hajmini   350   ming   tonnaga   qisqartirish   hisobidan   170   ming   500   gektar sug‘oriladigan er paxtadan bo‘shaydi. Bunday qarorga kelishimizning yana bir sababi borki, u ham bo‘lsa, so‘nggi yillarda jahon bozorida paxta tolasining narxi va unga bo‘lgan talabning keskin pasayib ketishi bilan bog‘liqdir.

•    2020 yilda boshoqli don etishtirishni 16,4 foizga oshirib, uning hajmini 8 million 500 ming tonnaga yetkazish, kartoshka etishtirishni 35 foizga, sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foiz, go‘sht yetishtirishni 26,2 foizga, sutni 47,3 foiz, tuxumni – 74,5 foizga ko‘paytirish, baliq etishtirishni 2,5 martaga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

•     2016  yilda  ijtimoiy  sohaga  Davlat  byudjeti  jami  xarajatlarining  59,1  foizi  yoki  o‘tgan  yilga nisbatan   ko‘proq   mablag‘   ajratiladi.   Jumladan,   ta’lim-tarbiya   sohasiga   davlat   byudjeti xarajatlarining 33,7 foizi, sog‘liqni saqlash tizimiga 14 foizi yo‘naltiriladi. Ta’lim-tarbiya sohasini ta’minlash va rivojlantirish sarf-xarajatlari o‘tgan yilga qaraganda 16,3 foizga, sog‘liqni saqlash tizimida 16 foizga ko‘payadi.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba