O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida 1991 yil 31 avgust uchta tarixiy hujjatning qabul qilinishi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati.

0

 

VI sessiyasida 1991 yil 31 avgust

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida 1991 yil 31 avgust uchta tarixiy hujjatning qabul qilinishi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida 1991 yil 31 avgust uchta tarixiy hujjatning qabul qilinishi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati.

1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Mamlakat taqdirida  muhim ahamiyat kasb etadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6- sessiyasi chaqirildi. Sessiyada respublika mustaqilligi to‘g‘risida Prezident Islom Karimov ma’ruza  qildi. U O‘zbekistonning mustaqilligi to‘g‘risida qonun qabul qilishni taklif etdi. Demak, ana shu  sessiyada 3 ta tarixiy hujjat qabul qilindi:

  1. Oliy Kengash  «O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini  e’lon  qilish  to‘g‘risida» qaror qabul qildi. 
  2. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash bayonoti» qabul qilindi.  Unda  O‘zbekistonning  davlat  mustaqilligi  va  ozod  suveren  davlat-O‘zbekiston  Respublikasi tashkil etilganligi tantanali ravishda e’lon qilindi.
  3. «O‘zbekiston Respublikasi  davlat  mustaqilligining  asoslari  to‘g‘risida»gi  Qonun  qabul  qilindi.  Ushbu  tarixiy  hujjatlarda  1  sentyabr-respublika  mustaqilligi  kuni  umumxalq  bayrami deb e’lon qilindi. Xalqning asriy orzulari mujassamlandi: u o‘z taqdirini o‘zi hal qiladigan  bo‘ldi. O‘z eridagi barcha tabiiy boyliklarlarning, ota-onalari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab  chiqarish  va  ilmiy-texnik  kuch-qudratning  to‘la  huquqli  egasiga  aylandi.  O‘z  buyuk  tarixi  va  madaniyatining munosib vorisi,   ajdodlarining ajoyib urf-odatlariyu insonparvar an’analarining  davomchisi, o‘z porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo‘ldi. Demak, O‘zbekistonning butun tarixi  xalqning  mustaqillik  uchun  doimiy  va  tinimsiz  intilishidan  guvohlik  beradi.  Milliy  ozodlik  harakatlari, XIX asr oxirlari va XX asrning 30-yillarigacha bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar buning  yaqqol  ko‘rinishlari  deyish  mumkin.  Ular  qanday  tarixiy  saboqlar  va  bahonalar  asosida  kelib chiqqan  bo‘lmasin,  qanday  shiorlar  asosida  o‘tkazilmasin,  xalqning  barcha  harakatlari  asosida  mustaqillik va erkinlikka intilish mavjud edi.

                O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi butun xalqning va zamonlarning ob’ektiv tarixiy  qonuniyatlariga  mos  keladi.  Evropada  ham,  Osiyoda  ham  buyuk  imperiyalar  juda  katta  kuch- qudratga  ega  edilar.  Biroq  ularning  hammasi  xalqning  milliy  ozodlik  va    mustaqillik  uchun  kurashlari natijasida quladi. XX asrda tezkor va keng qamrovli xususiyat kasb etdi. Osiyo, Afrika  va Lotin Amerikasining ko‘pchilik xalqlari esa o‘z davlat mustaqilligiga, istiqlol va erkinlikka  erishdilar. Shu ma’noda imperialistik davlat bo‘lgan SSSRning parchalanishi tarixiy taraqqiyotning  muqarrar va qonuniy natijasi bo‘ldi.

    O‘zbekiston   mustaqilligining   27   yilligi   nishonlanar   ekan,   bu   mustaqillik   zaminida  xalqimizning asrlar davomida olib borgan qonli kurashlari ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Mustaqillik  bizga nima berdi deyish mumkin, mustaqillik bizga erkinlik berdi, kimligimizni anglatdi. Prezident  iborasi bilan aytganda «O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi».

    Mustaqil  davlatimiz  g‘oyalarining  nazariy  va  huquqiy  asoslarini  yaratish  hamda  uning  shakllanishida – sobiq ittifoqda birinchi bo‘lib, 1990 yil 24 martda (12-chaqiriq Oliy  Sovetining  birinchi sessiyasi) O‘zbekistonda Prezidentlik institutini ta’sis etish to‘g‘risidagi qarori bo‘lgan edi.  Ma’lumki,  o‘sha  sessiyada  I.A.Karimov  O‘zbekiston  SSRning  Prezidenti  etib  saylangan  edi.

    Mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta’sis etilishi nafaqat davlatchiligimiz milliy g‘oyasini,  balki xalqimizning bosqichma-bosqich siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurashning o‘ziga  xos yo‘nalishining boshlanishi ham edi.

    Prezidentlik institutining tashkil etilishi uzoq yillar mobaynida Respublikamizda ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda to‘planib qolgan muammolarni hal etishning  birdan-bir to‘g‘ri echimi edi.

    Ma’lumki,  dunyo  davlatchiligi  tarixiy  rivojlanishida  boshqaruvning  asosan  ikki  shakli  –  monarxiya va respublika usullari mavjud. Respublika boshqaruvi o‘z navbatida parlamentar va  prezidentlik respublikalari ko‘rinishlariga ega. Prezidentlik Respublikasi hozirgi kunda eng ko‘p  tarqalgan davlat boshqaruvi shaklidir. 2000 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, BMTga a’zo 192 davlatdan  146 tasida Prezident lavozimi mavjud.

    Ularning aksariyat ko‘pchiligi prezidentlik respublikalari hamdir. Bular AQSH, Argentina,  Braziliya, Meksika, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqalardir.

    Davlatchilik g‘oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishi jarayonlarini prezidentlik  institutining  ta’sis  etilishi  haqida  batafsil  fikr  yuritishimizning  asosiy  sababi  –  Prezidentlik  hokimiyatining  manbai  xalq  ekanligi  to‘g‘risidagi  tarixiy  tajribaning  O‘zbekistonga  mos  va  zarurligi hamda davlat boshqaruvidagi eng samarali shakli ekanligining o‘z isbotini tapayotganligi  bilan belgilanadi. Shu o‘rinda, «Prezidentlik Respublikasining parlamentar respublikadan asosiy  farqi  nimadan  iborat?»  degan  tabiiy  savol  tug‘iladi.

     Birinchidan,  Prezident  xalq  tomonidan  muqobillik asosida saylanib, davlat boshlig‘i hisoblanadi. Hukumat Prezident tomonidan tuziladi va  unga hisobot beradi. Parlamentar respublikada esa, parlament, ya’ni oliy vakillik qonun chiqaruvchi  idora, prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi va ularni o‘ziga itoat ettiradi.

    Ikkinchidan, Prezidentlik hokimiyati siyosati demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof  etilgan  tamoyili  bo‘lgan  xalqning  xohish-irodasini  amalga  oshirishning kafolatidir.  Prezidentlik  boshqaruvi hokimiyati insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab  olishni Konstitutsiyaviy qonunlar bilan kafolatlaydi.

    Uchinchidan,   Prezidentlik   boshqaruvi   barqarorlik,   fuqarolar   tinchligi   va   millatlararo  totuvlikni ta’minlash, qonunchilik hamda Konstitutsiyaviy tuzum barpo etishning asosi bo‘lgan  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  organlari  faoliyatini  mamlakat  oliy  maqsadlari  yo‘lida  muvofiqlashtiradi.

    Tortinchidan, Prezidentlik boshqaruvining asosiy tamoyili o‘zi boshqarayotgan davlatning  dunyo davlatlari orasida teng huquqliligini, milliy manfaatlar ustuvorligi, respublika suvereniteti,  xavfsizligi   va   hududiy   yaxlitligini   ta’minlash,   fuqarolarning   huquqlari   va   erkinliklariga  kafolatlangan Konstitutsiya normalari va qonunlarining to‘g‘ri va qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi  va boshqaradi.

    Umuman, mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta’sis etilishi milliy davlatchiligimizni  shakllantirishdagi  qarashlarimizning  ma’no  va  mazmunini  tubdan  o‘zgartirib  yuboradi.  Buning  isbotini  Prezidentimizning  mamlakatimizda  o‘tkazilayotgan  islohotlarning  bosh  tashabbuskori  hamda   ularni   muvofiqlashtiruvchi   asosiy   etakchi   bo‘lib   qolayotganligini   hayotning   o‘zi  tasdiqlamoqda.

    Davlatchilik   g‘oyalarining   nazariy   asoslari   va   ularning   shakllanishini   O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  ikkinchi  sessiyasi  (1990  yil  20  iyun)  kunida  qabul  qilingan  «Mustaqillik deklaratsiyasi»siz tasavvur etib bo‘lmaydi. Negaki, aynan ushbu Deklaratsiyasining  birinchi  moddasida:  «O‘zbekiston  SSRning  davlat  mustaqilligi  O‘zbekiston  SSR  demokratik  davlatining o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda  tanho hokimligidir» deb belgilab qo‘yilishi davlatchiligimiz g‘oyalarining huquqiy asoslarini tashkil  etgan edi.

    «Mustaqillik  deklaratsiyasi»ning  qabul  qilinishi  mamlakatimizning  mustaqillikka  erishish  yo‘lidagi yana bir muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qadami edi. Aynan ushbu Deklaratsiya  e’lon  qilinishidan  boshlab,  mamlakatimizning  iqtisodiy  va  siyosiy  hayotiga  doir  masalalarni  mustaqil tarzda hal qilishga kirishildi.

    Davlatchilik   g‘oyalarining   nazariy   va   huquqiy   asoslarini   shakllantirishda   O‘zbekiston  Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan  Respublika Ichki Ishlar Vazirligi va  Davlat Xavfsizligi Qo‘mitasining qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga o‘tishi alohida o‘ringa  ega   bo‘ldi.   Ushbu   Farmonga   binoan   Respublika   hududida   joylashgan   SSSR   Ichki   Ishlar  Vazirligining  ichki  qo‘shinlari  ham  bevosita  O‘zbekiston  Prezidentiga  bo‘ysundirildi.  Ayniqsa,  Respublika Ichki Ishlar Vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi, prokuraturasi, Adliya organlari,  ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari siyosiy partiyadan butunlay holi  qilinganligi milliy davlatchiligimiz shakllanishidagi yangi bosqichning boshlanishi edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida 1991 yil 31 avgust uchta tarixiy hujjatning qabul qilinishi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba