O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rahbariyati.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rahbariyati. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rahbariyati.saylab qo‘yiladigan organdir. Rahbariyat Senat Raisi va uning o‘rinbosarlaridan iborat bo‘lib, ular Senat tarkibi shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladigan palataning birinchi majlisidasaylanadi. Palata Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash yangi shakllantirilgan Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi kun tartibidagi birinchi masaladir.
Senat rahbariyatini saylash quyidagi bosqichlardan iborat: yuqori pa lat a Raisligiga va uning o‘rinbosarligiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan senatorlar orasidan taqdim etiladi. Senat Raisining o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakillari bo‘lmish senatorlar orasidan saylanadi. Binobarin, Senat Raisining o‘rinbosarlaridan biri parlamentning yuqori palatasida O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomidan vakillik qiladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, Senat Raisining o‘rinbosarlari soni birinchi yalpi majlisda belgilab olinadi. Hozirgi kunda Rais o‘rinbosarlari vazifasini uch nafar senator bajarmoqda, ularning orasidagi biri Raisning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaradi.
Rahbariyatni saylash taomili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taklif etgan nomzodlar bo‘yicha yashirin ovoz berishni o‘z ichiga oladi, natijada Senat Raisi va uning o‘rinbosarlari ovozlarning oddiy ko‘pchiligi (ya’ni senatorlar umumiy sonining yarmidan ko‘pi) asosida saylanadi. Palata rahbariyati saylanganligi to‘g‘risida Senatning tegishli qarorlari qabul qilinib, palataning birinchi majlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Odatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi ana shu majlisda raislik qiladi.
Senat Raisi va uning o‘rinbosarlari palataning vakolat muddatiga, ya’ni besh yilga saylanadi. Ana shu davrda ular siyosiy partiya va harakatlarga a’zolikni to‘xtatib turadilar, shuningdek ular Senat qo‘mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Senat Raisi zarur hollarda tegishli farmoyishlar chiqaradi. Senat Raisi yo‘qligida yoki u o‘z
vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning o‘rinbosarlari Senat Raisi vazifasini bajarib turadilar. Senat Raisini muddatidan ilgari ozod qilish senatorlarning malakali ko‘pchilik ovozi (ya’ni senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘proq ovozi) bilan qabul qilingan qarorga binoan amalga oshiriladi. Qaror yashirin ovoz berish natijalariga qarab qabul qilinadi. Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari chaqirib olish tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi ega.
Senat hujjatlari Senat o‘zining vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek palataning ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Senat umumsiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar yuzasidan bayonotlar va murojaatlar bilan chiqishi mumkin, ular palataning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Senat qarorlari, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Senatning mutlaq vakolatlari
1) Senat Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislarini va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudini saylash;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiy to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish;
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat a’zosini daxlsizlik
huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
13) Reglamentni hamda o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Senat qarorlarini qabul qilish kiradi.
Senat qo’mitalari
1) Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan xulosalar beradi;
2) o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan o‘z tashabbusi bilan, Senatning yoki Senat Raisining topshirig‘iga binoan Senat hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi;
3) qonunni majlis kun tartibiga kiritish yoki uning ustida ishlashni davom ettirish yoxud
asoslantirilgan holda uni rad etish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi;
4) O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi;
5) Senat majlisida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalalarini qo‘yadi;
6) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistika ma’lumotlari hamda boshqa ma’lumotlarni so‘rab oladi;
7) Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarni ko‘rib chiqish yoki nazorat tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzadi, mazkur tadbirlarda bevosita ishtirok etish uchun ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning vakillarini, shuningdek mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni jalb etadi;
8) kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Senat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o‘zgartish yoki qo‘shimcha kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
9) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi, Senat qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi xabarlarini eshitadi;
10) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, Senat qarorlarining ijro etilishi holatini va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi;
11) yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qonunosti hujjatlari o‘z vaqtida qabul qilinishi ustidan monitoring yuritadi. Qo’mitalar
Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari
qo‘mitasi
Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi
Fan, ta‘lim va sog’liqni saqlash masalalari qo‘mitasi
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi
Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitas
Komissiyalar
Reglament va odob komissiyasi
Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi
komissiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi
Senat komissiyalari
Senat Komissiyalari Senat muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiya Senat majlisida senatorlar orasidan komissiya raisi va a’zolaridan, zarurat bo‘lganda esa komissiya raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.
Ayni paytda komissiyani tuzishdan ko‘zlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi.
Komissiya tuzilgani to‘g‘risida Senat qaror qabul qiladi.
Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan so‘ng, qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, shu muddat o‘tganidan keyin yoki Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari o‘z faoliyatini tugatadi.
Komissiyalarni tashkil yetish va ularning faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.
Senat Kengashi
Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi.
Senat Kengashi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kollegial organdir.
Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning o‘rinbosarlari va qo‘mitalarning raislari kiradi. Senat Kengashiga Senat Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
Senat Kengashi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Senat Kengashi:
1) Senat majlisi kun tartibining loyihasini shakllantiradi;
2) Senat majlislarini chaqiradi;
3) qonunda nazarda tutilgan hollarda Senatning vakolatlariga taalluqli qarorlarni Senatning
majlislari oralig‘ida qabul qiladi, ushbu qarorlar keyinchalik Senatning majlisida tasdiqlanadi;
4) qo‘mitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
5) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boshlanishidan kamida ikki oy avval saylov o‘tkaziladigan muddatlarni belgilaydi;
6) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari hamda tartibini belgilaydi;
7) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi bo‘yicha byulletenlar
namunalari hamda shakllarini belgilaydi va tasdiqlaydi;
8) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining taqdimiga binoan qonunga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarmasi a’zolarini tasdiqlaydi;
9) Senat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq,
SUD HOKIMIYATI – uchunchi hokimiyat organi tarmog‘i bo‘lib, u qonun chiqaruvchi va
ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritiladi.
2007 yilga kelib uchinchi hokimiyat Sud tizimi sohasida quyidagi islohotlar o‘tkazilmoqda:
1) Jinoiy jazoga sanksiya berish prokuratura organlaridan sud tizimiga o‘tkazilmoqda; 2)
Advokat, oqlovchilarning mavqei, rolini oshirish; 3) O‘lim jazosini jinoiy kodeksidan (2008 yil 1 yanvaridan) olib tashlash va uning o‘rniga uzoq muddatli, umrbod qamoq jazosini belgilash isloh qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rahbariyati.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.







