O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi maqomi: O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senat vakolat muddati — besh yil.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi: Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan saylanadi. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.
Oliy Majlis Senati: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir. Senat aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan saylanadi. Senatning o‘n olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senat ishi yalpi majlislarga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va uning qo‘mitalari majlislariga to‘planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senatda hududiy mansublikka ko‘ra hamda siyosiy yoki boshqa asosda guruhlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari: Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
2) O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarini hamda qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
3) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash;
6) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
8) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
9) O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;
10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;
11) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish;
12) davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish;
13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
14) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari nomzodlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi;
16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash;
17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati eʼlon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
20) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikasiya va denonsasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
21) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistonda parlamentarizmning rivojlantirish tarixi Huquqiy davlatchilikni shakllantirish ko‘plab muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab va davomli jarayondir. Parlamentarizm printsiplari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi davlat institutlari bilan bog‘liq masalalar O‘zbekistonda huquqiy davlatchilikning qaror topishiga taalluqli muammolar silsilasida muhim o‘rin tutadi. Chunki XXI asrning boshlariga kelib oddiy bir haqiqat – to‘la vakolatga ega bo‘lgan parlamentsiz mamlakatda to‘laqonli demokratiya bo‘lishi mumkin emasligi yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi. Binobarin, fuqarolar demokratiya to‘g‘risidagi tasavvurlarini avvalo davlatni idora etishda o‘zlari ishtirok etishlarining real imkoniyati bilan, qolaversa parlament orqali qonun ijodkorligi jarayoniga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatlari bilan bog‘laydilar.
Parlament tarixi asrlar bilan o‘lchanadi. Zamonlar o‘zgarishi bilan parlamentlarning roli ham izchil o‘zgarib, uning mohiyati yangi g‘oyalar, tamoyillar bilan, shakllanish va faoliyat ko‘rsatish tajribasi bilan boyib bormoqda. Parlamentarizm g‘oyasi birinchi ming yillik bo‘sag‘asida Rimda, Angliya va Ispaniyada xalq majlislari shaklida yuzaga kelgan bo‘lib, shundan so‘ng davlat anjumani darajasigako‘tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o‘tdi.
Shu zaylda parlament davlat instituti sifatida uzoq tarixni bosib o‘tdi. Parlamentarizm
taraqqiyotining bosh tendentsiyasi shundan iboratki, parlamentlar ijtimoiy turmushda
o‘rin tutadi. Tabiiyki, har bir davlat parlamentning tuzilishi va faoliyat ko‘rsatish masalalarini
o‘zicha hal etadi. Lekin bu keng amaliyotida hisobga olinadigan mushtarak belgilar
mumkin emas, degan ma’noni anglatmaydi, albatta. Shu munosabat bilan parlament institutlari qaror topishi va rivojlanish tajribasi o‘rganilishini ta’minlash, tarixdagi ularning ahamiyatini o‘rnini anglash, ular tabiatining hozirgi paytdagi tadrijiy garaqqiyoti va mohiyatini tushunib kelgusida uni rivojlantirish istiqbollarini belgilab olish juda muhimdir.
O‘zbekiston qonun chiqaruvchi oliy organining qaror topishi o‘ziga xos jihatlariga ega. Bu
tarixiy o‘tmishga bog‘liq.
Milliy o‘zlik davlat qurilishining turli shakl va usullarini nazarda
Shunday qurilishning tanlab olingan muayyan usuli esa milliy-tarixiy o‘ziga xoslik
umumjahon tamoyillarining sintezidir. Zero, har qanday ijtimoiy voqelikni anglash uchun
navbatda u muayyan tarixiy bosqichning konkret sharoitlarida qay tarzda yuzaga kelganligini taraqqiyotida qaysi asosiy bosqichlardan o‘tganligini, ana shu rivojlanish jarayonida qay o‘zgarganligini, istiqbolda uning qay tarzda harakat qilishini anglab olish muhim ekanligi emas.
Ana shu qoidalar har qanday ijtimoiy voqelikni, shu jumladan parlament singari institut masalasini ko‘rib chiqishda alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, amaliyotning berishicha, parlamentarizmning qaror topishi o‘ta murakkab, ba’zan esa mashaqqatli jarayondir Unda tarixiy davrning o‘ziga xos jihatlari, har bir alohida mamlakatning ijtimoiy va davlat milliy an’analari, xalqning huquqiy madaniyati va siyosiy xohish-irodasi namoyon Tabiiyki, ijtimoiy amaliyotning rivoji, tarixiy taraqqiyotning kechishi mamlakat qonun chiqaruvchi organi to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlarni ham o‘zgartirib boradi.
Qonunchilik hokimiyati davlat hokimiyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni takomillashtirish davlat hokimiyati butun tizimining tarixiy evolyutsiyasi bilan bog‘liq. Shu sababli chiqaruvchi oliy organlarning qaror topishi va rivojlanishi muammolarini har tomonlama tahlil davlat qurilishi nazariyasi va amaliyoti uchun, O‘zbekiston parlamentarizmining kelajagi teran ahamiyat kasb etadi. Ayni paytning o‘zida istiqbolni belgilab olish uchun o‘tmishni chuqur xolis o‘rganmoq zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek «Millatni asrash kerak, millatni asrash uchun esa uning haqiqiy tarixini o‘rganish himoyalash kerak». Demak, tarixiy yondashuv siyosiy-huquqiy tahlilning ajralmas qismi usiz siyosiy voqelikka haqqoniy baho berib bo‘lmaydi.O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy bo‘linadi.
Birinchi davr: 1991-1994 yillar ikkinchisi: 1995-2004 yillar uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Birinchi davr: 1991-1994 yillar O‘tish davri parlamenti deb atash mumkin bo‘lgan oxirgi chaqiriq Oliy Kengash boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi.
Oliy Kengashning o‘n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi
Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‘p partiyaviylik asosida o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.











