O’zbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.

0
O'zbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.

O'zbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.

O’zbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.

O’zbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi. O‘zbekiston  mustaqillikning  birinchi  yillaridan  boshlab  Yevropa  bilan  hamkorlikni  o‘z  tashqi  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri  sifatida  belgilab  oldi.  O‘zbekiston  bilan  Yevropa  mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va 1999-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan  O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a’zo davlatlar bilan Sherikchilik va  hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda.

O‘zbekiston-Buyuk   Britaniya munosabatlarining   asosi   1993-yil   noyabr   oyida   O‘zbekiston  Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ushbu mamlakatga amalga oshirilgan  tashrif chog‘ida yaratilgan. Ayni paytda ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda. Mamlakatlar o‘rtasida  muntazam ravishda turli darajadagi tashriflar amalga oshirilmoqda. Oxirgi bir necha yil davomida  O‘zbekistonga Britaniyaning 50 dan ziyod delegatsiyalari tashrif buyurgan. Tomonlar tashqi siyosiy  idoralar  o‘rtasidagi  maslahatlashuvlar  hamda  Afg‘oniston  bo‘yicha  muloqotni  amalga  oshirib  kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov rahbarligidagi delegasiyaning 2013-yil  20-22-noyabr   kunlari   Buyuk   Britaniyaga   amalga   oshirgan   tashrifi   davlatlararo   aloqalarni  faollashtirishdagi muhim voqea bo‘ldi.Parlamentlararo  hamkorlik  o‘zaro  aloqalarning  istiqbolli  yo‘nalishlaridan  sanaladi.  Ikki  davlat  parlamentlarida   o’zaro   hamkorlik   bo’yich   guruhlar   mavjud   bo’lib,   2010-yil   22-sentabrda  imzolangan  Oliy  Majlis  guruhi  bilan  “Britaniya-O‘zbekiston”  Umumpartiya  parlament  guruhi  o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumi ular faoliyatining huquqiy asosini yaratib bergan.

Ơzbekiston-Britaniya   Savdo   va   sanoat   kengashi   savdo-iqtisodiy   munosabatlarning   samarali  mexanizmi bo‘lib, uning 23-majlisi Toshkentda  2016-yil 16-18-noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi.2016-yilning oktabrida, 2017-yilning yanvar-dekabr oylarida Oliy Majlis Senati raisining Birinchi  o’rinbosari S.Safoyev London shahriga tashrif buyurdi. Tashriflar doirasida, jumladan rivojlanishga  va   respublikaning   ustuvor   yo’nalishlariga   bag’ishlangan   brifinglar,   Yevropa   Tiklanish   va  Taraqqiyot Banki, TIV, Buyuk-Britaniya Parlamenti va Britaniyanig bir qator yirik kompaniyalari  hamda ilmiy doiralari bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

2017-yil yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi  savdo aylanmasi 115,9 million AQSh dollarini tashkil etib, shundan eksport 33,5 million AQSh  dollari, import 82,4 million dollarga teng bo‘ldi. Madaniy-gumanitar hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda, jumladan ta’lim sohasida. Toshkentda  2002-yildan   buyon   Xalqaro   Vestminster   universiteti   faoliyat   yuritib   kelmoqda,   Kembridj  universiteti  bilan  hamkorlikda  esa  poytaxtimizda  Yuqori  texnologiyalar  o‘quv-eksperimental  markazi tashkil etilmoqda.

Germaniya bilan ikki tomonlama aloqalar an’anaviy keng ko‘lamli xarakterga ega bo‘lib, turli  jabhalarini qamrab olgan. Hamkorlikning salmoqli shartnoma-huquqiy bazasi yaratilgan.

Ikki  mamlakat  o‘rtasida  turli,  jumladan  oliy  darajadagi  siyosiy  muloqot  yo‘lga  qo‘yilgan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning  Germaniyaga  rasmiy  tashriflari  (1993-, 1995- va 2001-yillar), Germaniya Prezidenti R.Gerzogning O‘zbekistonga davlat tashrifi  (1995yil) va Kantsleri G.Shryoderning rasmiy tashrifi (2002-yil) amalga oshirilgan. Tashqi ishlar vazirliklari   o‘rtasida   siyosiy   maslahatlashuvlarning   13   ta   doirasi   o‘tkazilgan.   Shuningdek,  parlamentlararo aloqalar, huquq va xavfsizlik sohalarida hamda mudofaa vazirliklari yo‘nalishida  hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Germaniya O‘zbekistonning Yevropadagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.  2017-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zbek-german savdo aylanmasi hajmi 613,2 million AQSh dollarini  tashkil etdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 329,9  million yevrodan oshgan.

O‘zbekistonda nemis madaniyati va tilini o‘rganishga katta qiziqish mavjud. Nemis tili respublikada  eng ko‘p tarqalgan chet tillari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Hozirgi paytda oliy ta’lim sohasida  Germaniyaning 20 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bilan sheriklik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, talabalar,  mutaxassislar  va  pedagog  kadrlar  almashinuvi  yo‘lga  qo‘yilgan.  Ikki  tomonlama  madaniy- gumanitar munosabatlarni rivojlantirishda Toshkent va Berlin, Samarqand va Bremen, Buxoro va  Bonn shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekistonning   Yevropadagi   va   umuman   xalqaro   miqyosdagi   istiqbolli   hamda   umidli  sheriklaridan biri hisoblangan Ispaniya bilan munosabatlari jadal rivojlanmoqda. 2003-yil yanvar  va 2009-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Ispaniyaga  tashriflari bo‘lib o‘tdi.

Ispaniya Tashqi ishlar vaziri X.M.Garsiya Margalio taklifiga ko‘ra, 2013-yilning 4-7-noyabr kunlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vaziri  boshchiligidagi  delegatsiya  Ispaniyaga  tashrif  buyurdi.   Tashrif   davomida   Tashqi   ishlar   vazirliklari   siyosiy   maslahatlashuvlari   o‘tkazildi.  Ispaniyaning  Tashqi  ishlar  vaziri  X.M.Garsiya  Margalio  2014-yil  20-22-aprelda  O‘zbekistonga  tashrif buyurdi.

2017-yil 12-15 noyabrda Ispaniyaga O’R Tashqi ishlar vazirinig javob tashrifi o’tkazildi.
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti qoshida ispan tili fakulteti faoliyat yuritmoqda. Mazkur  universitetning  Madrid,  Granada,  Alkala  de  Enares  va  Malagi  universitetlari  bilan  hamkorlik  aloqalari jadal rivojlanmoqda.

O‘zbekiston Italiyani Yevropadagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkori sifatida ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996-yil iyun va 2000-yil noyabr  oylarida Italiyaga bo‘lgan rasmiy tashriflari o‘zbek-italiya aloqalariga zamin yaratdi. 1997-yil may  oyida Italiya Prezidenti O.Skalfaronining O‘zbekistonga javob tashrifi uyushtirildi.

Tashqi  ishlar  vazirliklari  o‘rtasida  doimiy  muloqot  olib  borilmoqda.  2015-yil  noyabr  oyida  Toshkentda Tashqi ishlar vazirlari darajasida siyosiy maslahatlashuvlarning to‘rtinchi doirasi bo‘lib  o‘tdi.

2011-yildan   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisida   “O‘zbekiston-Italiya”   parlamentlararo  hamkorlik guruhi, Italiya parlamentining Deputatlar palatasida esa “Italiya-O‘zbekiston” do‘stlik  guruhi faoliyat yuritmoqda.

2012-yil  iyun  oyida  O‘zbekisotn  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Italiya  parlamentining Deputatlar palatasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. 2009-yildan boshlab Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyat yuritib kelmoqda.
2013-yil  yanvar  oyida  Samarqand  shahri  hokimiyati  va  Florensiya  provinsiyasi  ma’muriyati  o‘trasida Do‘stlik va hamkorlik shartnomasi imzolangan.

Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning  Fransiyaga  davlat  va  rasmiy  tashriflari   (1993   va   1996-yillar)   hamda   Fransiya   Respublikasi   Prezidenti   F.Mitteranning  O‘zbekistonga davlat tashrifi (1994-yil) bo‘lib o‘tgan. 1996-yil iyun oyida Florensiya shahrida  o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari sammiti va 2002-yil noyabr oyida Praga shahrida  bo‘lib  o‘tgan  NATO/YeAHK  sammiti  doirasida  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning Fransiya Prezidenti J.Shirak bilan uchrashuvlari ham o‘tkazilgan.

Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda Fransiya Tashqi ishlar vazirlari L.Fabiusning 2013-yil  mart oyida va J.-M.Eroning 2017-yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashriflari hamda  2012-yil oktyabr, 2014-yil noyabr va 2017-yil mart oylarida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi  Tashqi ishlar vaziri A.Kamilovning Fransiyaga tashriflari muhim ahamiyat kasb etdi.

Ikki  davlat  Tashi  ishlar  vazirliklari  o‘rtasidagi  10  ta  siyosiy  maslahatlashuvlar  bo‘lib  o‘tgan.  Oxirgisi 2017-yilning aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazildi.

2008-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida parlamentlararo hamkorlik guruhi tuzildi,  2010-yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston – Fransiya» do‘stlik guruhi  faoliyat yuritmoqda.

Fransiya Senatida «Fransiya – Markaziy Osiyo» parlamentlararo guruhi, Milliy assambleyasida  «Fransiya – Markaziy Osiyo» do‘stlik guruhlari faoliyat yuritmoqda.

2008-yil iyun oyida O‘zbekiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili  (Ombudsman) hamda Fransiyaning inson huquqlari himoyachisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida  bitim imzolandi.

Fransiya  O‘zbekistonning  Yevropadagi  muhim  savdo-iqtisodiy  hamkorlaridan  biridir.  2017-yil  yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama savdo aylanmasining hajmi 251,6 mln. AQSh doll. tashkil etdi.  Fransiyada Temuriylar davri tarixi va madaniyatini o‘rganish Assosiasiyasi hamda «Avisenna –  Fransiya» Assosiasiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekistonning  bir  qancha  yetakchi  universitetlari  hamda  Fransiyaning  oliy  o‘quv  yurtlari  o‘rtasida hamkorlik bitimlari va protokollari imzolangan.

Turkiya O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqilligini  1991  yil  16  dekabrda  tan  olgan.  Diplomatik  aloqalar 1992 yil 4 martda o‘rnatilib, shu yil aprel oyida Turkiyaning Toshkentda elchixonasi  ochilgan. 1993 yil may oyidan Anqarada O‘zbekiston elchixonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.  O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 4 marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan  (1991, 1994, 1997 va 1998 yy.).

2017 yil 25-26 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Turkiya  Respublikasiga davlat tashrifi amalga oshirildi.

Turkiya  prezidentlari  T.Ozal  (1993y.),  S.Demirel  (1996y.,  1996y.,  1999y.),  N.Sezer  (2000y.)  R.Erdog‘an (2016y.), bosh vazirlari S.Demirel (1992y.), T.Chiller (1995y.), M.Yilmaz (1998y.) va  R.Erdog‘an (2003y.) O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan.

O‘zbekistonga   Turkiya   Tashqi   ishlar   vazirlari   X.Chetin   (1994y.),   I.Jem   (2000-2001yy.),  A.Davutoglu (2014y.), M.Chavushog‘lu (2017 va 2018yy.), Turkiyaga O‘zbekiston Respublikasi  Tashqi ishlar vaziri (2003y.) tashrif buyurgan. 2014 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi  Tashqi ishlar vaziri A.Komilov Anqara shahrida o‘tkazilgan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog‘anning  inauguratsiya marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 9 ta raundi  o‘tkazilgan (oxirgisi 2018 yil 20 martda Anqara shahrida). 2017 yil 14 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Turkiya Respublikasi Buyuk  Millat Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi tuzildi. Uning rahbari Oliy Majlis  Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev hisoblanadi.

Turkiya O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi (Rossiya, Xitoy va  Qozog‘istondan keyin 4-o‘rinda).2017-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zbek-turk savdo aylanmasi hajmi  1,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba