Bosh sahifa mavzular O’zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

O’zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

0
O'zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

O'zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

O’zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

O’zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning  mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish  uchun  har  bir  hududning  tabiiy,  mineral-xomashyo,  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  turistik  va  mehnat  salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash; hududlar iqtisodiyotini modernizasiya va  diversifikasiya  qilish  ko’llamini  kengaytirish,  rivojlanish  darajasi  nisbatan  past  bo’lgan  tuman va  shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga  mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;

yangi sanoat korxonalari va  servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining  mablag’larini,  banklarning  kreditlarini  va  xususiy  xorijiy  investisiyalarni  jalb  qilish  hisobiga  kichik  shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish; sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish

hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad  bazasini kengaytirish; sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar  yaratish,  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  hamda  aholining  turmush  sharoitini  yaxshilash  maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini  yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish.

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari. Aholi bandligi va real daromadlarini  izchil oshirish: aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar  sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish; byudjet muassasalari  xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori  miqdorda izchil oshirish; yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va oliy  o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi  rivojlanishini  ta’minlash,  ishsizlik  darajasini  kamaytirish;  mehnatga  layoqatli  aholining  mehnat  va  tadbirkorlik faolligini to’liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga  muhtoj  shaxslarni  kasbga  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  tizimini  kengaytirish.

Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog’liqni  saqlash  tizimini  takomillashtirish,  xotin-qizlarning  ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish:   aholiga   majburiy   ijtimoiy   kafolatlarni   ta’minlash,   aholining  ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat  tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy  xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat  ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga,  tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirgan holda sog’liqni saqlash  sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g’inini,

tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh  qilish; oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli  tibbiy  xizmatdan  foydalanishni  kengaytirish,  ularga  ixtisoslashtirilgan  va  yuqori  texnologiyalarga  asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks  chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish; xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,  ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o’rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi  qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada  mustahkamlash;  pensionerlar,  nogiron,  yolg’iz  keksalar,  aholining  boshqa  ehtiyojmand  toifalarining  to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada  rivojlantirish va      takomillashtirish;     farmasevtika     sanoatini     yanada     rivojlantirish,     aholi     va  tibbiyot muassasalarining  arzon,  sifatli  dori  vositalari  va  tibbiyot  buyumlari  bilan  ta’minlanishini  yaxshilash,  dori-darmonlar  narxlarining  asossiz  o’sishiga  yo’l  qo’ymaslik  bo’yicha  chora-tadbirlarni  amalga oshirish; aholi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash.

Arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot  sharoitlari   yaxshilanishini   ta’minlovchi   yo’l-transport,   muhandislik-kommunikasiya   va   ijtimoiy  infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizasiya qilish: aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda  yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning  yashash  sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar  qurish orqali yanada yaxshilash; aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini  oshirish,  eng  avvalo,  yangi  ichimlik  suvi  tarmoqlarini  qurish,  tejamkor va  samarali  zamonaviy  texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan  ta’minlashni tubdan yaxshilash; odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy  chiqindilarni  qayta  ishlash  komplekslarini  qurish  va  modernizasiya  qilish,  ularning  moddiy-texnika  bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo’q qilish bo’yicha zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;  aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash, yo’lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof  muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish,  avtovokzal  va  avtostansiyalarni  qurish  hamda  rekonstruksiya  qilish;  yo’l  infratuzilmasi  qurilishi  va  rekonstruksiya  qilinishini  davom  ettirish,  eng  avvalo,  mintaqaviy  avtomobil  yo’llarini  rivojlantirish,

xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash; yangi  elektr   energiya   ishlab   chiqarish   quvvatlarini   qurish va   mavjudlarini   modernizasiya   qilish,   past  kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi  hamda boshqa yoqilg’i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan  energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; teatr va  tomosha   maskanlarini,   madaniy-ma’rifiy   tashkilotlar va   muzeylar   faoliyatini   rivojlantirish   hamda  takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli  ta’lim  xizmatlari  imkoniyatlarini  oshirish,  mehnat  bozorining  zamonaviy  ehtiyojlariga  mos  yuqori  malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish  va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, komp yuter texnikasi va o’quv- metodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan  maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har  tomonlama  intellektual,  estetik  va  jismoniy  rivojlanishi  uchun  shart-sharoitlarni  tubdan  yaxshilash,  bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini  ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy o’rta ta’lim sifatini  tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim  va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;

bolalarni sport bilan ommaviy tarzda  shug’ullanishga,  ularni  musiqa  hamda  san’at  dunyosiga  jalb  qilish  maqsadida  yangi  bolalar  sporti  ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish; kasb-hunar  kollejlari   o’quvchilarini   bozor   iqtisodiyoti   va   ish   beruvchilarning   ehtiyojlariga   javob   beradigan  mutaxassisliklar  bo’yicha  tayyorlash  hamda  ishga  joylashtirish  borasidagi  ishlarni  takomillashtirish;  ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari  faoliyatining  sifati  hamda  samaradorligini  oshirish,  oliy  ta’lim  muassasalariga  qabul  kvotalarini  bosqichma-bosqich  ko’paytirish;  ilmiy-tadqiqot  va  innovasiya  faoliyatini  rag’batlantirish,  ilmiy va  innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va  ilmiy-tadqiqot   institutlari   huzurida   ixtisoslashtirilgan   ilmiy-eksperimental   laboratoriyalar,   yuqori  texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.

Yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   takomillashtirish:   jismonan   sog’lom,   ruhan   va   aqlan  rivojlangan,   mustaqil   fikrlaydigan, Vatanga   sodiq,   qat’iy   hayotiy   nuqtai   nazarga   ega   yoshlarni  tarbiyalash,  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  jarayonida  ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda  xususiy  tadbirkorlik  sohasiga  jalb  etish;  yosh  avlodning  ijodiy  va  intellektual  salohiyatini  qo’llab- quvvatlash va ro’yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish,  ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun  munosib  uy-joy va  ijtimoiy-maishiy  sharoitlarni  yaratish;  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirishda   davlat   hokimiyati va   boshqaruvi   organlari,   ta’lim   muassasalari,   yoshlar   va   boshqa  tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va   amaliy   tashqi   siyosat   sohasidagi   ustuvor   yo’nalishlar   Xavfsizlik,   diniy  bag’rikenglik   va   millatlararo   totuvlikni   ta’minlash   sohasidagi   ustuvor   yo’nalishlar:   O’zbekiston  Respublikasining  konstitusiyaviy  tuzumi,  suvereniteti,  hududiy  yaxlitligini  muhofaza  qilish;  axborot  xavfsizligini  ta’minlash  va  axborotni  himoya  qilish  tizimini  takomillashtirish,  axborot  sohasidagi  tahdidlarga  o’z  vaqtida  va  munosib  qarshilik  ko’rsatish;  fuqarolik,  millatlararo  va  konfessiyalararo  tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash; davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O’zbekiston  Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish; atrof-tabiiy muhit, aholi  salomatligi   va   genofondiga   ziyon   etkazadigan   ekologik   muammolarni   oldini   olish;   favqulodda  vaziyatlarni  oldini  olish  va  bartaraf  etish  tizimini  takomillashtirish. Chuqur  o’ylangan,  o’zaro  manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar: davlat mustaqilligi va suverenitetini  mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini oshirish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  qatoriga  kirish,  O’zbekistonning  yon-atrofida  xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;

O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  nufuzini  mustahkamlash,  mamlakatda  olib  borilayotgan islohotlar to’g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish;

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini   hamda   xalqaro   hamkorlikning   shartnomaviy-huquqiy   asoslarini   takomillashtirish;   davlat  chegarasini   delimitasiya   va   demarkasiya   qilish   masalalarini hal   etish.   Ma’lumki,   mamlakatning  makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlarini sifatli ishlab chiqish va samarali ijrosini ta’minlash o‘ta muhim  vazifalardan sanaladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan vazirliklar, idoralar, hududiy boshqaruv organlari hamda korxonalar bilan  birgalikda  2018-yilgi  ijtimoiy-iqtisodiy  ko‘rsatkichlar  prognozini  ishlab  chiqish  jadal  sur’atlarda  olib  borilmoqda.

Xususan, 2018-yilgi   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   prognozini   o‘z   vaqtida   shakllantirish Idoralararo   ishchi   guruhi   tashkil   etilgan bo‘lib,   unga   tegishli   vazirliklar   va   idoralar   faoliyatini  muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, prognozning har bir qismini asosli hamda to‘liq ishlab chiqishni ta’minlash uchun har bir   yo‘nalish   bo‘yicha   alohida   kichik   ishchi   guruhlari   tashkil   etilgan.   Asosiy   makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar, investitsiya dasturi va qurilish ishlari, tashqi iqtisodiy faoliyat, monetar va pul agregatlari  ko‘rsatkichlari, byudjet siyosatini shakllantirish va ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha  ishchi guruhlari shular jumlasidandir.

Iqtisodiyot  vazirligining  mutasaddi  boshqarma  va  bo‘limlari  tomonidan  2018-yilgi  ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ishlab chiqish uchun iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha jadval-maketlari  ishlab chiqilgan. Ushbu jadvallar tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimiyatlariga yetkazilgan.

2018-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ishlab chiqish ishlari puxta va asoslangan tarzda joylardagi  haqiqiy holatni  chuqur  tahlil  qilish,  tuman,  shahar,  korxona  darajasidan  viloyat  va  tarmoq darajasiga, so‘ng respublika miqyosiga tamoyili asosida tashkil etilgan.

2018-yilgi   ijtimoiy-iqtisodiy   ko‘rsatkichlar   prognozini   sifatli   ishlab   chiqilishini   ta’minlash maqsadida, shu yilning 1-mayidan 12-mayigacha har bir hududda amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Amaliy seminar mashg‘ulotlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, tuman hamda  shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari, mutassaddi vazirlik va idoralarning  hududiy boshqarmalari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar ishtirokchilari prognozlarni shakllantirishning metodologik asoslari, prognozlarni puxta va sifatli  tayyorlashning  mexanizmlari,  xorijiy  tajriba  va  O‘zbekiston  amaliyotining  o‘ziga  xos  jihatlari  haqida atroflicha fikr almashishdi.

Yoshlarning biznes tashabuslari , g’oyalari va rejalarini ro’yobga chiqarish, ko’maklashish qo’llab quvvatlash, band bo’lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab katta bo’lgan sohalarga o’qitish maqsadida  prezident  tomonidan  “Yoshlar  –kelajagimiz”  davlat  dasturi  qabul  qilindi.  Unga  ko’ra  “Yoshlar  kelajagimiz” jamg’armasi tashkil etildi.

Bundan tashqari davlat dasturiga asosan yoshlar uchun yana quyidagilar taminlandi

– Yoshlarning biznes tashabuslari, go’ya va rejalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali 7 foiz stavka bilan imtiyozli kriditlar berish.

– Tegishli ko’nikmalarga ega band bo’lmagan yoshlar yashayotgan uy xo’jaliklari uchun 20 ta parranda va qo’y bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish va ularni boqish imkoniyatlarini yaratib berish.

– Umuman yoshlar uchun ushbu dastur orqali 2018 yilning 1 oktyabridan 1 dekabrigacha 500 mlrd beg’araz moliyaviy yordam ko’zda tutiladi. O’zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba