O’zbekiston va jahon hamjamiyati munosabatlarining huquqiy – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy asoslari.

0
O'zbekiston jahon hamjamiyati munosabatlarining asoslari.

O'zbekiston jahon hamjamiyati munosabatlarining asoslari.

O’zbekiston va jahon hamjamiyati munosabatlarining huquqiy – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy asoslari.

O’zbekiston va jahon hamjamiyati munosabatlarining huquqiy – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy asoslari. O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatimiz Konstitutsiyasiga, «Tashqi siyosiy  faoliyat  Kontseptsiyasi  to’g’risida»gi  va  «O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  to’g’risida»gi   qonunlarga   va   boshqa   normativ-huquqiy   hujjatlariga,   hamda   O’zbekiston  Respublikasi   Prezidentining   dasturiy   nutqlari   va   ma’ruzalariga,   mamlakatimiz   tomonidan  imzolangan xalqaro konventsiya va shartnomalarga asoslanadi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli  va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda  va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli  o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.

O’zbekiston o’z mustaqilligining ilk kunlaridanoq milliy manfaatlarga asoslangan va har  tomonlama  puxta  o’ylangan  tashqi  siyosat  olib  bormoqda.  O’zbekiston  tashqi  siyosati  jahon  hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilib, malaatimizning xalqaro maydondagi obro’-e’tiborini,  uning mintaqaviy va xalqaro masalalarda roli va ahamiyatini mustahkamlab kelmoqda.

O’zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy  kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o’z vaqtida va adekvat javob choralari  orqali echishni talab etadigan XXI asrning o’ta shiddat bilan o’zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy  voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari – bu davlat mustaqilligi  va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to’laqonli  sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini yanada kuchaytirishdan, hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni  ta’minlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez sur’atlar bilan o’sishi, uning ochiq demokratik  davlat qurish yo’lidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan o’rin olishi uchun  eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

O’zbekiston o’z tashqi siyosatida quyidagi printsiplarga sodiq bo’lib qolmoqda:

– o’zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o’ylangan tashqi siyosat olib

borish;

–  teng  huquqlilik  va  o’zaro  manfaatdorlik,  suverenitetni,  hududiy  yaxlitlikni  hurmat  qilish,  chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni  tinch yo’l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik.

Tashqi  siyosiy  faoliyat  kontseptsiyasiga  muvofiq,  O’zbekiston  Respublikasi  davlatning,  xalqning  oliy  manfaatlariga,  uning  farovonligi  va  xavfsizligiga,  mamlakatni  modernizatsiya  qilishning  ustuvor  yo’nalishlariga,  amaldagi  milliy  qonunchilik  hamda  qabul  qilingan  xalqaro  majburiyatlarga  amal  qilgan  holda  ittifoqlar  tuzish,  hamdo’stliklarga  va  boshqa  davlatlararo  tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o’zida saqlab qoladi.

O’zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har  qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini  o’zida saqlab qoladi.

O’zbekiston Respublikasi qo’shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik uchoqlariga  tortilishining  oldini  olish  yuzasidan  siyosiy,  iqtisodiy  va  boshqa  chora-tadbirlarni  ko’radi,  shuningdek o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo’l  quymaydi.

Konstitutsiyaga,  «Mudofaa  to’g’risida»gi  Qonunga  va  Harbiy  doktrinaga  muvofiq  O’zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  faqat  davlat  suvereniteti  va  mamlakat  hududining  yaxlitligini,  aholining  tinch  xayoti  va  xavfsizligini  himoya  qilish  maqsadida  tuziladi  hamda  xorijdagi  tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi.

Bugungi kunda O’zbekistonning tashqi siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

–  siyosiy,  savdo-iqtisodiy,  madaniy-gumanitar,  ilmiy-texnikaviy  va  boshqa  sohalarda  xalqaro  hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;

–  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  demokratik  islohotlarni  hamda  jamiyatni  va  iqtisodiyotni  modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay  tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;

– Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik  va  barqaror  taraqqiyot  zonasiga  aylantirish,  Afg’onistonda  tinchlik  va  barqarorlikka  erishishga  ko’maklashish;

– jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib,  ko’p    qirrali    tizimini    shakllantirish,    mintaqada    geosiyosiy    muvozanatni    saqlab    turish,  O’zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya  qilish;

– mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o’z vaqtida hal etish uchun siyosiy diplomatik  hamda  xalqaro  huquqiy  mexanizmlardan,  jumladan  preventiv  diplomatiya  chora-tadbirlaridan  foydalanish;

–  O’zbekistonning  siyosiy  va  savdo-iqtisodiy  sohadagi  ishonchli,  mas’uliyatli  sherik  sifatidagi  xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyohlik,  madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;

–  milliy  iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlariga  to’g’ridan-to’g’ri  chet  el  investitsiyalari  va  ilg’or  texnologiyalarni jalb etish jarayonlarini kuchaytirish uchun ikki tomonlama va ko’p tomonlama  hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;

– O’zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta’minlaydigan ko’p muqobilli  transport-kommunikatsiya yo’laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

– xorijdagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har  tomonlama himoya qilinishini ta’minlash.

Prezident   Islom   Karimov   O‘zbekistonning   xalqaro   hamjamiyatga   qo‘shilishining  demokratik tamoyillari haqida. O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda O‘zbekistonni 170 dan  ortiq davlat tan olgan, dunyodagi 130 ga yaqin mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar  o‘rnatilgan. Respublikada 88 ta chet davlat vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo  tashkilot, 13 ta nohukumat tashkilotlari ishlab turibdi. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda O‘zbekiston  elchixonalari va moliya tashkilotlari teng huquqli asosda ishlab turibdi. Jahonning 140 mamlakati  bilan savdo-iktisodiy munosabatlar o‘rnatilgan. Toshkentda 35 mamlakat o‘z elchixonasini ochgan.

O‘zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi  bilan  va  BMT  rahnomaligida  1995  yili  Toshkentda  Markaziy  Osiyo  mintaqaviy  xavfsizlik  muammolariga   bag‘ishlangan   xalqaro   seminar   bo‘lib   o‘tdi.   «O‘zbekiston,-degan   edi   Islom  Karimov,-  milliy  manfaatlariga  mos  keladigan,  ko‘p  tomonlama  faol  tashqi  siyosatni  amalga  oshirish – davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq  turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim vositasidir». O‘zbekiston Prezidentining  asosli mulohazalari bilan 1993 yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. O’zbekiston va jahon hamjamiyati munosabatlarining huquqiy – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy asoslari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba