O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi haqida.

0
O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi haqida batafsil ma'lumot.

O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi haqida batafsil ma'lumot.

O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi haqida.

O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi haqida. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga (qisqacha nomlanishi – O‘zbekiston XDP) 1991 yil 1  noyabrdagi   partiyaning   Ta’sis   qurultoyida   asos   solindi. Bugungi   kunda   O‘zbekiston   Xalq  demokratik   partiyasi   ushbu   saylovlarga   o‘z   safida   424.5   mingdan   ziyod   a’zolari   bilan  bormoqda. Partiya  a’zolarini  bevosita  birlashtiradigan  9955  ta  boshlang‘ich  tashkilot  faoliyat  ko‘rsatyapti.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

– O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga va himoyaga ehtiyojmand fuqarolari  manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Bular – iqtisodiyotda band bo‘lmagan mehnatga layoqatli  aholi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch  kelayotgan odamlar; doimiy ish joyi va muqim maoshga ega bo‘lmagan aholi qatlami, boshqa  ijtimoiy  sohalarning  xodimlari  va  mutaxassislari,  kam  ta’minlangan  va  ko‘p  bolali  oilalar,  pensionerlar hamda imkoniyatlari cheklangan kishilar.

O‘zbekiston XDP davlat tomonidan ushbu toifa kishilarining manfaatlarini ko‘zlab izchil siyosat olib  borilishiga  harakat  qiladi,  ularni  o‘zining  elektorati  deb  hisoblaydi  va  saylov  kampaniyalarida  ularning qo‘llab-quvvatlashiga umid bog‘laydi;

–  katta  hayotga  kirib  kelayotgan  yoshlarning  kasb-hunar  tanlashi,  ta’lim  olishi  va  o‘qishni  bitirganidan keyin ish o‘rniga ega bo‘lishi uchun adolatli, barcha uchun teng hamda ijtimoiy ochiq  shart-sharoitlar  yaratish;  pensionerlar,  mehnatga  layoqatsiz  nogironlar,  ota-ona  qaramog‘idan  mahrum bolalarning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga kafolat beradigan pensiya ta’minoti  va ijtimoiy nafaqalar tizimini shakllantirish;

– xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining hududiy ish o‘rinlari yaratish  hamda o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga moslashtirilgan  xizmat va tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini  ishlab  chiqish  hamda  tasdiqlash  borasidagi  tashabbuslarini  yanada  rivojlantirish;  shu  o‘rinda  mahalliy xomashyodan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud resurs hamda talab  asosida xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Partiya o‘zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari:

– o‘zbek tilida chop etiladigan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi;

– rus tilida chop etiladigan “Golos Uzbekistana” haftaligi.

Partiyaning rasmiy veb-sayti va elektron pochtasi: www.xdp.uzinfo@xdp.uz.

O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi haqida.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba