O’zbekistonda davlat xokimiyatining bo’linish tamoyili.

0
 O’zbekistonda davlat xokimiyatining bo’linish tamoyili.

 O’zbekistonda davlat xokimiyatining bo’linish tamoyili.

O’zbekistonda davlat xokimiyatining bo’linish tamoyili.

O’zbekistonda davlat xokimiyatining bo’linish tamoyili. Islom  Karimovning  «Parlament  jamiyat  hayotining  ko‘zgusi»  nutqida ko‘tarilgan  asosiy  masalalar.  2005  yil – 27  yanvarda  O‘zR  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi birinchi  yig‘ilishida Birinchi Prezident Islom Karimov «Parlament – jamiyat hayotining ko‘zgusi» mavzusida  nutq so‘zladi. Haqiqatan  ham  Prezidentimiz  ta’kidlab  o‘tganlaridek,  parlamentga  saylovlar  jarayonida, xalqimiz o‘zining faolligi, siyosiy ongi va saviyasini yorqin namoyon etdi. Saylovlar  oshkoralik,  ochiqlik  va  qizg‘in  kurashlarda o‘tdi,  bu  jarayon  dunyo jamoatchigi  tomonidan  kuzatildi. Biz hech kimdan kam emasligimiz, demokratik davlat qurishda o‘z yo‘limiz borligi,  o‘ziga xosligi ayon bo‘ldi. Doimo bosiq bo‘lib jim o‘tirish deputatlik faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydi.  Har bir deputat o‘z vakolati va mas’uliyatini teran his qilishi kerak. Deputat – bu mustaqil fikrli  inson. U qaysi partiyaga mansub bo‘lmasin avvalo xalq oldida javob berishi kerak. Shu sabab xalq  manfaatlari  yo‘lida  parlamentdagi g‘oyalar,  yondashuvga  qarashlar  xilma-xil  bo‘lgani yaxshi.  Deputat zalda bo‘ladigan muhokama va munozaralar vaqtida 3 ta narsani esdan chiqarmasligini  bayon etdi: Birinchidan, har qaysi deputat o‘zining qadr-qimmatini bilishi lozim. Shundagina u  boshqalarni ham hurmat qiladi. Ikkinchidan, mehr-oqibatlilik bizning xalqimizga yarashadigan, xalqimizga  xos  bo‘lgan  fazilat  ekanini  hech  qachon esdan  chiqarmasligi kerak.  Uchinchidan,  bobomiz  Amir  Temur  aytganidek,  qanday xalqning  farzandimiz, degan  savolni  o‘zimizga  berishimiz kerak. Shu bilan birga kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, degan savolni ham hech  qachon unutmaslik zarur.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 2007 yil 11 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda mamlakatni  modernizatsiya  qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning  qabul qilinishi katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qonun 8 moddadan iborat (“Xalq so‘zi”,  2007 yil 12 aprel). 

O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasida   Davlat   hokimiyatining   tashkil etilish  prinsiplari.  Davlat  hokimiyatining  tashkil  etiilishida  O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti  ham  berilgan.  89-moddaga  ko‘ra  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  O‘zRda  davlat  boshlig‘idir.  Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika fuqarolari tomonidan umumiy, teng  va  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  saylov  xuquqi  asosida  yashirin ovoz  berish  yo‘li  bilan  5  yil  muddatga  saylanadi. Uni saylash tartibi qonun bilan belgilanishi aytilgan. Yangi qoidaga ko‘ra Prezidentning  ayrim vakolatlari Senatga, ya’ni yuqori palataga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi aytilgan. Bu degani  O‘zekistonning demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda fuqarolarning davlat hokimiyati  boshqaruvidagi ishtiroki kengaytirilgan.

Mustaqil davlatimizning bosh qomusi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8  dekabrda qabul qilingan bo‘lib, unga 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi  natijalariga ko‘ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi O‘zR qonuniga ko‘ra  Konstitutsiyaning 18,19,20,23-boblariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi. Konstitutsiyaning 1- bo‘lim 11-moddasida O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatiga bo‘linishi  prinsiplari:

1)  Davlat  suvereniteti;  2)  Xokimiyat  haqchiligi  tamoyiliga;  3) Inson  va  fuqaro  huquq hamda  erkinliklari  ustuvorligi  va  poydevorligi tamoyili; 4) Davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipi; 5) siyosiy va mafkuraviy xilma- xillik tamoyili; 6) Demokratizm tamoyili; 7) Davlat va shaxsning o‘zaro mas’uliyati tamoyili; 8)  Davlat huquq tuzilishi tamoyillariga amal qiladi.

 O‘zbekiston Konstitutsiyasining 5-bo‘lim «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» deb  nomlangan bo‘lib, bunga birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi haqidagi asosiy  masala joy olgan. Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni  amalga oshiradi. Oliy Majlis 2 palatadan: Qonunchilik palatasi va Senatdan (yuqori) iboratligi  bayon etilgan. Oliy Majlisning ana shu ikkala palatasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar o‘z ifodasini  topgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari 21 ta bo‘lib ular  alohida izohlangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari 4 ta. Senatning mutlaq  vakolatlari esa 14 tani tashkil qiladi. O’zbekistonda davlat xokimiyatining bo’linish tamoyili.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba