O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg’unlashuvi va uning tarixiy ahamiyati.
O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg’unlashuvi va uning tarixiy ahamiyati. Milliy qadriyatlar ham qandaydir o’zgarmas hodisalar emas. Millat taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borish, yashash va mehnat qilish sharoitlar o’zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Har bir qadriyat ma’lum konkret davr, sharoit va ehtiyojlarning mahsuligina emas, balki uning ko’zgusi hamdir. SHu nuqtai nazardan qadriyatlarning demokratik tamoyillar bilan qaror topishidagi o’rniga baho berishdan oldin ulardan foydalanishda ikki omilga alohida ehtibor berish kerak: birinchisi – qaysi bir qadriyatlarning yuzaga kelgan aniq tarixiy sharoitlar, ikkinchisi, o’sha davrlarga xos bo’lgan imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilish kerak. Shuningdek, umumbashariy demrokratik qadriyatlarmi, mintaqaviy qadriyatlarmi, milliy qadriyatlarmi uning qaysi zamin ehtiyoji asosida vujudga kelganligini, ular o’rtasida qanday uyg’unlik mavjud bo’lganligi, vorisiylik masalalarini ham o’rganish zarur. Ayni paytda, fikrimizcha, muayyan milliy, sinfiy, mintaqaviy, shaxsiy va boshqa xususiy qadriyatlar tizimi ham umuminsoniy qadriyatlar tizimining o’rnini bosa olmaydi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishda umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo’lish xususiyatlari nisbiy xarakterga ega bo’lib, uning bu xususiyati, ya’ni nisbiylik har doim ham ko’zga tashlanavermaydi. SHunga ko’ra demokratik tamoyillarni milliy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirishda uning quyidagi namoyon bo’lish shakllarini alohida ta’kidlash zarur.
- a) demokratik jarayonlarning uzviyligi asosida milliy qadriyat sifatida shakllantirish;
- b) odamlarning tafakkuri va ijtimoiy-siyosiy saviyasi bilan demokratik o’zgarishlar darajasini mutanosib bo’lishiga erishish orqali;
- v) jamiyatdagi turli xil guruhlar qarashlarini yagona maqsad – «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat»degan milliy g’oya asosida hamjihatlilik, millatlararo totuvlik ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash asosida;
- g) demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilishi, qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishini ta’minlash;
- d) siyosiy munosabatlarda ham axloqiy, ma’naviy, milliy qadriyatlar ustuvorligiga erishish orqali umumbashariy demokratik tamoyillarni mamlakat fuqarosining turmush ehtiyojiga aylantirish.
Demak, umuminsoniy qadriyat deganda jamiyat ahzolarining Hammasi uchun umumiy ahamiyatga ega bo’lgan va har bir shaxsning hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlarga ijobiy tahsir etadigan, kishilarning xatti-harakati, amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham umuminsoniy qadriyatlarning mezoni sifatida baholanadi. SHu bilan ham umuminsoniy qadriyatlar tizimida demokratik tamoyillarning o’zi uning shakllanishi uchun keng maydon ochib beradi. Biroq, bu degani milliy qadriyatlarning o’rni ana shu tizimda passiv holatda ekan-da degan xulosani chiqarmaslik kerak. Negaki, qadriyatlar tizimida millat, unga xos bo’lgan belgilar, jihatlar, xususiyatlar, ularning vujudga kelish jarayoniga bevosita tahsir ko’rsatadigan hudud, makon va u bilan bog’liq tuyg’ular demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o’rin egallaydi. Milliy qadriyatlar shaxs qadriyatlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lovchi zanjirning muhim va asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Shunga ko’ra, millat xar qanday milliy qadriyatning ob’ekti, uni yaratuvchisi va milliy qadriyatlar tizimida asosiy tayanadigan ijtimoiy tayanch hamdir.
Millat bir tomondan, o’zininng qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turganligi bilan ham u yashovchanlik xususiyatiga ega bo’ladi. Demak, milliy qadriyatlar o’tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida ularni doimiy takomillashtirib yangi-yangi qirralarini vujudga keltiradi. Aynan ana shu jarayon adolatli va demokratik jamiyatning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Demak, birinchidan, milliy qadriyatlarsiz demokratiya tamoyillarini hayotga joriy etish, uni har bir shaxsning turmush tarziga aylantirish mumkin emas. Demokratiya nafaqat shaxs faoliyati, balki u millatning ruhiyati hamdir.
Ikkinchidan, demokratik jarayonlar davomida mavjud qadriyatlar tizimining o’zi ham rivojlanib va o’zgarib boradi. Uchinchidan, millat milliy qadriyatning xaqiqiy egasi. Demak, millat uning makon va zamondagi harakati ham, o’tmishdan kelajakka tomon yashashi ham, avloddan avlodga yetkazib beruvchisi ham, uning asosiy ob’ekti ham aynan shu millatdir. To’rtinchidan, milliy qadriyatlarning takomillashmaganligi millatning yo’q bo’lib ketishiga va oxir oqibatda egasiz bo’lib qolishining boshlanishidir. Sobiq sho’rolar davrida millatga bo’lgan hujum eng avvalo, uning qadriyatlariga bo’lgan hujumdan boshlanganligini tasodifiy hol emas edi. Buning bir qator misollarini ko’hna tarixdan ham, hozirgi davrdan ham ko’plab keltirish mumkin.
Beshinchidan, milliy qadriyatlarning saqlanib qolishi, bu faqat ularning o’zini o’zi asrab qolishining asosiy masalasi deb qarash kerak emas. Balki har qanday millatning saqlanib qolishi uchun har bir millatning o’zi javobgar, mashul bo’lishi shart. Ana shu javobgarlik, mashullik darajasi milliy rivojlanish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Bu haqda qozog’istonlik professor, faylasuf F. Qodirjonov xalqaro konferentsiyalarning birida o’zi tan olib, shunday fikrni bildirdi: “Qozoq ziyolilarining o’z ona tillarini o’rganishlari, o’zlashtirishi va o’z tillarida ilmiy falsafiy, siyosiy kitoblarni yozishi o’ta mushkul bo’lib qolayotganligining sababi – ular milliy ruhining erkinligiga nisbatan uzoq yillar xukmron bo’lgan “qizil imperiyaning” mafkuraviy tazyiqining natijasidir. Bunday holatni Qirg’iziston va O’zbekiston ziyolilari o’rtasida ham kuzatish mumkin”.1 Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik – O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning asosiy tamoyili.
1. Umuminsoniy qadriyatlar inson ma’naviy, ijtimoiy kamolotining qandaydir alohida, boshqalardan ajralgan tomoni emas. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgin ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyatga xos qadriyatlar asosida tashkil topadi va rivojlanadi. Ular ayni vaqtda barcha milliy qadriyatlarning bir-biriga yaqinlashishi va rivojlanishiga ham xizmat qiladi.
Insonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat Hamma yerda barqaror bo’lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo’l qo’ymaslik, Hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, Hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat qilish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning xozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.
Bu qadriyatlar butun insoniyat tomonidan qo’lga kiritilgan fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yangi jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlashtirish borasidagi yutuqlardan ham iborat bo’lib, ulardan oqilona foydalanish respublikamizni jahondagi rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi. Bu borada biror chekinishlarga, milliy mahdudlikka va kalondimog’likka yo’l qo’yish nihoyatda katta yo’qotishlarga olib kelishi mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar mahalliy sharoit, imkoniyatlar, tarixiy anhanalar bilan bog’langandagina kerakli samara beradi.
- Mintaqaviy qadriyatlar ham umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas bog’langan. Qadriyatlarning bu turkumi bir-biriga yaqin bo’lgan sharoitlarda yashagan va mehnat qilgan, tarixi tutash bo’lgan mamlakatlar va xalqlar uchraydi. Bu qadriyatlar hozirgi kunda ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Markaziy Osiyo xalqlari ming yillar davomida bir-biri bilan yaqindan iqtisodiy va siyosiy aloqalar o’rnatganlar. Ularning turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo’lishi ko’plab umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Bu qadriyatlar turli joylarda bir-biridan biroz farq qilsa-da, mohiyat jihatidan yaqindir.
Mehmondo’stlik, bolajonlik, yaqin qo’ni-qo’shnichilik, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug’lar, do’stlar bilan yaqin aloqada bo’lish, sahiylik, halol bilan haromni farqlash O’rta Osiyo xalqlarining Hammasiga xos bo’lgan ma’naviy fazilatlardir. Garchand mehmondo’stlik bilan bog’liq udumlar mintaqamizning Hamma yerida keng tarqalgan yaxshi anhana bo’lsa ham, ular turli joylarda bir-biridan farq qiladi. Keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish ham Markaziy Osiyo xalqlarining o’ziga xos yuksak ma’naviy boyligidir.
Keksalar ko’pni ko’rgan, aql va idrok bilan har ishda maslahat bera oladigan, yoshlarga katta tarbiyaviy tahsir ko’rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat qilish, ulardan saboq olish, hayot tajribasini o’rganish ma’naviy kamolot uchun yangi imkoniyatlar izlashga harakat qilishdir. Ota-onani hurmat qilish, ularning gapiga, pand-nasihatiga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir. Ota-ona hech vaqt o’zining farzandiga yomonlikni ravo ko’rmaydi. Ular hayotda ko’p og’irlik, yengilliklarni ko’rgani sababli, farzandlarining istiqbolini ham ulardan ko’ra ko’proq o’ylaydilar. Bahzan ota-onaning nasihatlari noqobil farzandlarga og’irroq tuyuladi. Bu – hayotni chuqur bilmaslik, hayotning turli jarayonlariga yengil-elpi qarashning oqibatidir. Farzandlar ota-onaning qadrini o’zlari ota-ona bo’lganidan keyingina fahmlab oladilar. Bu davr ichida ular ma’naviy kamolotning ko’p imkoniyatlarini qo’ldan boy berib qo’yadilar. SHuning uchun ulkan ma’naviy qadriyat bo’lmish ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak.
Ota-onaga bo’lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin bizning mintaqamizda bu qadriyatni ehzozlash boshqa joylarga nisbatan ustunroq turadi. Hashar yo’li bilan uy-joy qurishda, uy- joylarni tahmirlashda bir-biriga yordam ko’rsatish, yetim-esirlarning, beva-bechoralarning peshonasini silash, mehr-muruvvatli bo’lish, ularni qarindosh-urug’lar o’z himoyasiga olib, xoru zor bo’lib qolishiga yo’l qo’ymasligi ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos qadriyatdir.
O’zbekiston suveren demokratik davlat bo’lib, xalq davlat hokimiyatining asosiy manbai hisoblanadi. Bu haqda Konstitutsiyaning 13-moddasida shunday deyilgan: «O’zbekiston Respublikasi demokratik umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, shahni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi»34. Demak, demokratik davlatda xalq davlat hokimiyatining asosiy manbai bo’lib, umuminsoniy tamoyillarni amalga oshirish orqali inson va jamiyatning farovonligini, barcha xalqning turmush darajasini oshirib borishga erishadi.
Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan mintaqaviy qadriyatlardan yana bari – jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar o’rtasidagi bir-biriga yaqinlik, o’zaro hurmatning ifodasi bo’lib, keng foydalanish mumkin bo’lgan qadriyatdir.
Xulosa qilib aytganda qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan, o’tmishda, hozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy tahsir etadigan, kishilar ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgan moddiy, ma’naviy boyliklardir. SHu nuqtai nazardan, tarixiy tajriba, anhanalarning meros bo’lib o’tishi – bularning barchasi yangidan yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolishi lozim.
Demak, milliy qadriyatlar umuminsoniy demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirilsa, shundagina jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o’rni alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo sho’rolar davrida qadriyatlar bir tomonlama yoritilar, bu borada ko’p tadqiqotlar olib borilgan edi. Lekin milliy qadriyatlarning mavjudligi ehtibordan chetda qolar edi. Bunday “tadqiqot”lardan maqsad har bir millatning o’z muayyan tarixiy tajribasi asosida o’z qadriyatlari tizimi shakllanganiga qadar kishilarning ehtiborini tortmaslik, demokratiyaning umumjahon va umumbashariy tamoyillari esa sinfiy asosda talqin etilar edi. Tanlab olingan va umumjahon tamoyillar va qadriyatlar ichida eng nufuzli joyni “ulug’ millat”ning qadriyatlari egallab turardi.
«Bugungi kunda, – mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, – anhanaviy qadriyatlarimizni demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg’unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilishining garovidir». SHu nuqtai nazardan umumbashariy demokratik tamoyillarni qaror toptirish, ko’p bor ta’kidlanganidek, jamiyatimiz
taraqqiyotidagi eng murakkab masalalardan biridir. Ayniqsa, bu uzoq vaqt totalitar tuzum asoratida yashagan sobiq ittifoq makonida, jumladan O’zbekistonda ham uning illatlaridan butkul qutula olmagan jamiyatda yanada murakkabroq kechadi. Ana shu murakkab jarayonni, ijtimoiy-siyosiy larzalarga olib kelmaslikning yo’llaridan biri, qonun ustuvorligi tamoyilidir.
Darhaqiqat, O’zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikkni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo’lmasligini hayotning o’zi ko’rsatadi. Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytlaridanoq bu borada zarur choralar ko’rildi. O’zbekiston rahbarligiga saylangan I.A.Karimov O’zKP XXII sezdida (1990 yil iyun) shunday degan edi:
“Yaqindagina o’zbek adabiyotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro’y berdi. Adib ijodining milliy va umuninsoniy ahamiyati kamsitildi. O’zbekiston Kompartiyasi markaziy qo’mitasining 1986-yilda bo’lgan uchinchi plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib u ma’rifatli zolim” deb tilga olindi.
Xalqimiz Markaziy Qo’mita Jumhuriyat Navoiy, Uliug’bek, Bobur, Mashrab, Furqat, Qodiriy va boshqa xalqimizning buyuk farzandlari yubileylarini o’tkazish to’g;risida qarorni juda ruhlanib kutib olingani bejiz emas. Ularning merosi O’zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarning ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qildi. Biz ularning bebaho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz”.
O’zbekiston yangi rahbariyatning bunday pozitsiya respublikada ma’naviy poklanish, yangilanish davrining boshlnganligini bildirar edi.
Shundan so’ng adib P.Qodirovning Bobur va boburiylar haqida hikoya qiluvchi “Yulduzli tunlar” romani e’lon qilindi, Boburning “Boburnoma ”si yangitdan nashr qilindi. “Sharq yulduzi ” jurnalida “Temur tuzuklari”ning to’la e’lon qilinishi keng jamoatchilikni behad quvontirdi. Bular albatta, yurtimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz shaxsiga yangicha munosabatlar qaror topayotganligini ko’rsatar edi.
Endilikda mamlakat istiqloliga erishganidan so’ng, asrlar davomida ota-bobolarimiz yaratgan bu boyliklarini e’zozlash, avaylab-asrash, o’rganish va ko’paytirish imkoniyatiga ega bo’lindi. 1991 yil A.Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hurfikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan 1994-yil Ulug’bek yili deb qilindi va uning 600 yilligi mamlakat va jahon miqyosida keng nishonlandi. Bu tadbirlar buyuk alloma qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir. Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqa ko’plab ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shgan allomalar sifatida xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldi. Samarqand, Buxoro va Xiva butun insoniyat uchun ziyoratgohga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga binoan 1998-yil 24-oktabr kuni Farg’onada Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi, 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga, 1999-yil 17-dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 1999-yil 18-dekabr kuni Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o’g’li tavalludining 175 yilligi keng nishonlandi. Bulardan tashqari, mustaqillik yillarida Fitrat, Cho’lpon, Bexbudiy, Berdaq, Fayzulla Xo’jayev singari madaniyat va jamoat arboblari yubileylarini o’tkazish yuzasidan ko’rilgan chora tadbirlar ham ma’naviy hayotdagi muhim qadamlardir.
Tabiiyki, ma’naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanishi bir kunda bo’ladigan jarayon emas, balki bu bizdan izchillik bilan ish olib borishimizni talab etadi. 2001-yilda hazrat A.navoiyning 560 yilligi yana ham kengroq nishonlandi. 2001-yilda Xorazmda “Avesto”ning 700 yilligi keng nishonlandi. Mo’tabar madaniy yodgorlik hisoblangan “Avesto” kitobi dunyoga kelganidan buyon birinchi marta o’zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi, Shaxrasabzning 2700 yilligi YUNESKO ishtirokida keng bayram qilindi. 2003-yilda Abduxoliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligi nishonlandi. Ma’naviy poklanish o’zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. “Ozbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni ancha ilgari- 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan edi. Bu qonun xalqimz milliy ongining rivojlanishiga, mamalakat mustaqilligining mustahkanlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma’naviy yangilanishida muhim rol o’ynaydi. Xalq turmush tarzi va ma’naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari odat-marosim bayramlari tashkil qilindi. Shu bois, mustaqilik yillarida amalga oshirilgan ma’naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarini ham alohida ta’kidlash lozim. Mamlakat prezidenti I.A.Karimovning Farmoni bilan 1991-yildan boshlab har yili 21-mart – “Navro’z” bayrami umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Bu kun dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimizning azaliy qadriyati sevimli bayrami hisoblanmish “Navro’z” bayramining xalqimizga qaytarib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo’ldi. O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg’unlashuvi va uning tarixiy ahamiyati.
Muallif: U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.












