O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o’rganishni nazariy va amaliy ahamiyati.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o’rganishni nazariy va amaliy ahamiyati. «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanini o’rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosini mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik jamiyat qurishning maqsadlari, uning shakllanishi va rivojlanishining milliy-ma’naviy negizlari, demokratik jamiyat to’g’risidagi g’oyalar, qarashlar bilan tanishtiradi.
Fuqarolarning ong va tafakkuriga singishida, ishonch va e’tiqodlariga ko’chishida muhim o’rin tutadi. Demokratik jamiyat qurishning qonuniyatlarini bilishda, uning jahonda e’tirof etilgan tamoyillarini har bir mamlakat va xalqning milliy va ma’naviy xususiyatlari bilan bog’liq holda amalga oshirish zarurligini his etish va unga amal qilish ko’nikmalarini shakllantiradi. haqiqiy demokratiya bilan soxta demokratiyaning farqini ko’rishda, uni baholab, munosabat bildirishda, fuqarolik pozisiyasini shakllantirishda muhim o’rin tutadi.
«O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanini o’rganish orqali erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishi bilan bog’liq uning nazariy asoslarini, dunyoda demokratik jamiyat qurish bilan bog’liq umumiy qonuniyatlarni bilish bilan birga, demokratiyaning o’ziga xos milliy ko’rinishlari, «milliy modellari»ning ma’no-mazmunini to’g’ri tushunib olishga muvaffaq bo’lish mumkin.
Fanni o’rganish orqali fuqarolarda O’zbekiston Respublikasining demokratik jamiyat qurishdan iborat oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarni aniq bilib olish mumkin. O’zbekiston jamiyati hayotining barcha jabhalari to’g’risida: davlati, xalq hokimiyatchiligi, inson va fuqarolarning demokratik jamiyatda ishtiroki, asosiy huquq va erkinliklari, burchlari, demokratik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy negizlari, unga xos xususiyatlar, jamoat birlashmalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi va fuqarolik jamiyati qurilishining asoslari, uning milliy va umumbashariy negizlari to’g’risida bilimga ega bo’lish muhim siyosiy va ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyatga ega.
Fuqarolarda vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, muhim tarbiyaviy vazifalarni ham amalga oshiradi. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillariga tayanadi va demokratik jamiyat qurilishi bilan bog’liq qadriyatlarni keng jamoatchilikning ishonch va e’tiqodiga aylanishiga xizmat qiladi.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani siyosatining bosh maqsadi – jamiyatning faqat iqtisodiy yoki ma’naviy-ma’rifiy sohasini rivojlantirish va moddiy, ma’naviy boyliklarni tobora ko’proq ishlab chiqarish emas, balki uning beistisno barcha sohalarini taraqqiy ettirish va mustahkam bir butunligini, xavfsizligini, barqarorligini, tinch-totuvligini, osoyishtaligini ta’minlashdan iboratdir. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o’rganishni nazariy va amaliy ahamiyati.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.







