O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining asosiy tushunchalari va qonuniyatlari.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining asosiy tushunchalari va qonuniyatlari. «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» haqidagi fan bilan bog’liq tushunchalar mavjud. Uning shakllanishi ko’p asrlik tarixga ega.
Ijtimoiy hayotni tashkil etishning demokratik me’yorlari qadimgi dunyoga borib taqaladi. Bugungi kunda jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida demokratiyaning asosiy va etakchi tamoyilga aylanguncha uning umuminsoniy qadriyat sifatida o’z taraqqiyotining turli bosqichlarida murakkab, ziddiyatli, ba’zan esa fojiali o’zgarishlarga uchradi. Shu nuqtai nazardan, insoniyatning yillar mobaynida ishlab chiqqan demokratik qadriyatlarning asosiy tushunchalarini to’la-to’kis o’zlashtirib olish jamiyatda islohotlarni chuqurlashtirishning muhim shartidir. Bu borada O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishida qo’llaniladigan tushunchalarni bilish muhim o’rinni egallaydi. Ularni o’rganishda quyidagi uchta jihatni alohida hisobga olish lozim:
1. Ijtimoiy gumanitar fanlarga tegishli bo’lgan umumiy tushunchalar: Masalan: jamiyat, sivilizasiya, erkinlik, huquq, qonun, madaniyat, taraqqiyot, demokratiya.
2. Ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan yaqin bo’lgan tushunchalar: huquqiy davlat, xususiy mulk, fuqarolik jamiyati, siyosat, siyosiy hokimiyat, siyosiy tashkilotlar, siyosiy tizim, siyosiy rejim, siyosiy plyuralizm, siyosiy ong, siyosiy madaniyat v.b.
3. Ko’proq O’zbekiston bilan bog’liq holda ishlatiladigan, ya’ni, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti fani o’rganadigan tayanch tushunchalar: «O’zbekistonning o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’li», erkinlik, mustaqillik, demokratiya, qonun ustuvorligi, «demokratik davlatchilik», «demokratik jamiyat», «demokratiya», «demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar», «demokratik jamiyatning milliy-ma’naviy negizlari», «milliy-ma’naviy qadriyatlar». O’zbekiston iqtisodiy hayotining erkin demokratiyalashuvi, ijtimoiy hayot va demokratiya, siyosiy hayotning demokratik tamoyillari, «demokratik qadriyatlar», «O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishi», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot», «O’zbekiston va jahon hamjamiyati», «Milliy davlatchilik va demokratiya v.b.”.
«O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» haqidagi fan bilan bog‘liq tushunchalar ham mavjud. Uning shakllanishi qadimgi dunyoga borib taqaladi. Demokratiya g‘oyasi jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida asosiy va etakchi tamoyilga aylanguncha ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida murakkab, ziddiyatli, ba’zan esa fojiali o‘zgarishlarga uchradi. Bugungi kunda demokratik qadriyatlarning asosiy tushunchalarini to‘la-to‘kis o‘zlashtirib olish jamiyatda islohotlarni chuqurlashtirishning muhim sharti bo‘lib qolmoqda. Ularni o‘rganishda quyidagi uchta jixatni alohida hisobga olish lozim:
1. Ijtimoiy gumanitar fanlarda ishlatiladigan umumiy tushunchalar. Masalan: jamiyat, sivilizatsiya, erkinlik, huquq, qonun, madaniyat, taraqqiyot, demokratiya;
2. Ijtimoiy-siyosiy fanlarda ishlatiladigantushunchalar bilan yaqin bo‘lib tayanadigan tushunchalar: huquqiy davlat, hususiy mulk, fuqarolik jamiyati, siyosat, siyosiy hokimiyat, siyosiy tashkilotlar, siyosiy tizim, siyosiy rejim, siyosiy plyuralizm, siyosiy ong, siyosiy madaniyat v.b.;
3. Mahalliy shart-sharoitlar bilan bog‘liq ya’ni, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti fani o‘rganadigan tayanch tushunchalar: «O‘zbekistonning o‘ziga hos va mos taraqqiyot yo‘li», erkinlik, mustaqillik, demokratiya, qonun ustuvorligi, «demokratik davlatchilik», «demokratik jamiyat», «demokratiya», «demokratik jamiyat to‘g‘risidagi qarashlar», «demokratik jamiyatning milliy-ma’naviy negizlari», «milliy-ma’naviy qadriyatlar». O‘zbekiston iqtisodiy hayotining erkin demokratiyalashuvi, ijtimoiy hayot va demokratiya, siyosiy hayotning demokratik tamoyillari, «demokratik qadriyatlar», «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishi», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot», «O‘zbekiston va jahon hamjamiyati», «Milliy davlatchilik va demokratiya” “O‘zbek modeli” va boshqalar.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotini o‘rganish jarayonida yana quyidagi tushunchalar: “liberal demokratiya”, “demokratiya va bozor iqtisodiyoti”, “demokratiya sharoitida inson huquqlari va erkinligi”, “demokratiya va millatlararo munosabatlar”, “davlatni demokratik boshqarish”, “demokratiyaning asosiy unsurlari” ko‘proq ishlatilishi tabiiy. Bu tushunchalarning har birini o‘ziga hos ma’nosi va mazmuni bor. «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti» fanida amal qiladigan qonuniyatlarni bilishda quyidagi jixatlarni alohida hisobga olish kerak.
Birinchidan, «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani dunyoda e’tirof etilgan umumiy qonuniyatlarni hisobga oladi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonning o‘ziga hos hususiyatlari bilan bog‘liq hususiy, alohida qonuniyatlariga tayanadi. Masalan: “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining o‘ziga hos va mos rivojlanish qonuni”, yoki «Demokratik jamiyat qurilishida milliy mentalitet hususiyatlarini hisobga olish qonuni», «Demokratik jamiyat qurilishining milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liqligi qonuni», «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining o‘ziga hos hususiyatlarining O‘zbekiston davlatchiligi tarihi, milliy-madaniy merosi, iqtisodi, ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan aloqadorligi qonuni» va boshqalar. Ma’lumki, bu qonuniyatlar nihoyat darajada ko‘pqirraliligi, murakkabligi va nozikligi bilan alohida e’tiborni talab qiladi.
Shu o‘rinda, birgina demokratik qarashlar bilan milliy qadriyatlar o‘rtasidagi munosabat masalasiga to‘htalsak. Demokratiyaning yashovchanligi uning turli sharoitlarga moslashib ketishi va milliy hususiyatlarni inkor etmasligi, milliylik bilan uyg‘unlasha olishi bilan belgilanadi. Aslida bag‘rikenglikni qadrlaydigan demokratiya milliy hususiyatlarga nisbatan ham o‘z bag‘rikengligini namoyish etadi.
Shu bois, biz yangi demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlaganimizda ham O‘zbekonalikdan voz kechish evaziga demokratik qarashlarni o‘zlashtirishni aslo maqsad qilmaganmiz. Boshqacha qilib aytganda, ming yillik ildizlarga ega davlatchilik negizlarini qo‘porib tashlash evaziga mavhum qadriyatlarga e’tiqod qo‘yish bizning a’molimiz emas. Zero, bizning yo‘qotadigan narsamiz – mustahkam ma’naviy tomirlarimiz, ne-ne suronli asrlar to‘fonlaridan bizni millat sifatida eson-omon olib o‘tgan o‘lmas qadriyatlarimiz bor. Demokratiyani esa biz mana shu ko‘hna tarihga ega ma’naviyatimiz darahtiga payvand qilish imkoniyati borligi uchun ham tanlaganmiz. Shu bois, demokratiya darajasini milliy hususiyatlardan chekinish bilan o‘lchayotgan ayrim kishilarning fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi.
O‘zlarini diniy aqidaparastlik va terrorizmga qarshi kurashayotgan, dunyoviy demokratik tuzum tarafdorlari deb ko‘rsatayotgan ba’zi halqaro tashkilotlar va jamg‘armalar, horijiy tashkilotlarning ba’zi vakillariga halqning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, o‘y-fikrlari, odob-ahloqi, or-nomusini hisobga olmay, bu qadriyatlarni G‘arb demokratiyasiga qarshi qo‘yib, o‘zlarini go‘yoki inson huquqlari himoyachisi qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lmoqdalar. Bunday holatni ayrim millatlar va halqlarning demokratiyaga bo‘lgan ishonchini so‘ndirishga intilish, deyish mumkin. Ma’lumki, bizda mahalla instituti kecha paydo bo‘lgan emas. Afsuski, sho‘ro zamonida bu tuzulma jamiyat boshqaruvidan mutlaqo ajratib qo‘yilgan edi. Mahallani mayda-chuyda masalalar uchun masalan, har qanday sho‘ro idorasi talab qilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotnoma (spravka) yozib berish punktiga aylantirdilar. Buning natijasi esa – tarihimizda umuman uchramagan tirik etimlarning ko‘payishi, kishilar o‘rtasidagi mehr-oqibatning ko‘tarilishi, “sen menga tegma, men senga tegmayman”, degan qarashning keng tarqalishi bilan o‘zini namoyon etdi.
O‘zbekistonning yangi mustaqil davlatchiligi murakkab sharoitlarda qaror topmoqda. hozir biz bu yillar mobaynida milliy davlatchilikka poydevor qo‘yilganligini ishonch bilan ayta olamiz. Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va unga mos bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham topdi. Siyosiy va iqtisodiy boshqarish hamda tartibga solishning ko‘pgina tuzilmalari va organlari tugatildi. Mamlakatimizda o‘tish davri vazifalarini amalga oshirishda birinchidan, fuqarolar jamiyati va huquqiy davlatni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini amalga oshirish. Uning qonunchilik asoslari va yangi demokratik tashkilotlarini shakllantirish.
Ikkinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ta’sirchan vositalarini ta’minlashga doir aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘ldi.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining asosiy tushunchalari va qonuniyatlari.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.







