O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining obyekti, predmeti, o’ziga xos xususiyatlari

0
O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining obyekti, predmeti, o'ziga xos xususiyatlari

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining obyekti, predmeti, o'ziga xos xususiyatlari

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining obyekti, predmeti, o’ziga xos xususiyatlari.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining obyekti, predmeti, o’ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti mamlakatda demokratik jamiyatning shakllanishi, fuqarolik jamiyati qurilishi, qaror topishi va amal qilishi qonuniyatlarining dunyoda e’tirof etilgan umumbashariy prinsiplari va milliy tamoyillariga asoslanadi. Ayni paytda uning o‘ziga hos va mos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda erkin, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo‘llari va qonuniyatlarini o‘rganish, bu fanning predmetini tashkil etadi. Shuningdek, O‘zbekiston ijtimoiy hayotining barcha sohalari fanning ob’ektidir.

O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti bir tomondan, demokratik jamiyat to‘g‘risidagi mavjud qarashlarga, nazariyalarga hamda mamlakatimizning davlatchiligi tarihiy merosi bilan bog‘liq mutafakkirlarning g‘oyalarini hisobga olsa, ikkinchidan, mustaqillik tufayli demokratik jamiyat qurilishi to‘g‘risidagi muhim konseptual g‘oyalar va qarashlarning ishlab chiqilishi, unda O‘zbekistonning o‘ziga hos mustaqil rivojlanish yo‘li hususiyatlariga tayanadi. Uchinchidan, bu sohada mustaqillik yillarida erishilayotgan yutuqlarni, demokratik jamiyat qurish tajribasi yutuqlariga tayanib, uni o‘rganadi. O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni, o‘zaro manfaatli hamkorlik asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish qonuniyatlarini bilish ham muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurilishi ijtimoiy hayotimizning biron-bir sohasi bilan chegaralanib qolmaydi, balki uning barcha jabhalaridagi o‘zgarishlarning negizlarini o‘z ichiga oladi va o‘rganadi. Bunda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti demokratiyalashuvining va siyosiy hayotining erkinlashtirilishi, davlat suvereniteti, halq hokimiyatchiligi, uning manbai, fuqaro-jamiyat va davlat munosabatlari asosiy negiz hisoblanadi.

Mamlakatda konstitutsiya va qonunning ustunligi, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari bilan bog‘liq umumiy qoidalar va demokratik tamoyillar, jamiyat va shahs munosabatlari, jamoat birlashmalari, oila, davlat hokimiyatining tashkil etilishi bilan bog‘liq sohalar demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining o‘rganadigan sohalari hisoblanadi. Bu tushunchalarning ayrim jixatlarini boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlar ham o‘rganadi. «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani ongning demokratik shaklini, ya’ni demokratik ongning o‘ziga hos jihatlarini, uning qadriyatlarini, shakllanish asoslari hamda jarayonini umuminsoniy demokratik qonuniyatlarining muhim omili sifatida o‘rganadi.
«Demokratiya» yunoncha so‘z bo‘lib, tarjimada halq hokimiyati – (demos-halq, krotoshokimiyat) ma’nosini bildiradi. Demokratik jamiyat deb oliy hokimiyat bevosita halqqa tegishli bo‘lgan va halqning hohish-irodasi bilan amalga oshadigan davlat va jamiyatga aytiladi. Albatta demokratiya atamasining qanday sharhlanishi emas, balki uning qanchalik realligi, haqiqiyligi, yashashga qobilligi muhimdir. «Binobarin, – deb ta’kidlaydi I.A.Karimov – biz o‘z istagimizdagi demokratiyaga qanday mazmun bahsh etmaylik, agar u hayotimizning har bir sohaga singib ketmasa, turmushimizning ajralmas qismiga aylanmasa, hamma shiorlar va ta’riflar yo mazmunsiz baqir-chaqir yoki hech narsani anglatmaydigan so‘z o‘yini bo‘lib qolaveradi»1. Demokratiyaning vazifasi – fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan, ularning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan jamiyatni qurishdan iborat. Lekin hozirgacha hech qaysi davlat bunga mukammal erishmagan, faqat unga harakat qilib kelmoqda. Demokratik boshqaruv jarayonida siyosiy hayotda ishtirok etish nafaqat fuqarolarning muhim siyosiy faollik belgisi bo‘libgina qolmasdan, bu ularning huquqlari, balki burchlari ekanligini ham anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jixatlarni ham hisobga olish muhimdir. Demak, birinchidan demokratik jamiyat – davlatchilik sohasida har bir mamlakat va xalqning demokratiyada umume’tirof etilgan qadriyatlari va tamoyillari hisobga olinadigan, milliy-madaniy merosi hususiyatlariga tayaniladigan, fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan boshqaruvda fuqarolar faol ishtirok etadigan jamiyatdir. Ikkinchidan, umumiy tarzda demokratiya deganda, hammaning manfaatlari yo‘lida ko‘pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat qilish tushuniladi. Uchinchidan, uni batafsil tahlil qilganda esa demokratiya halqning o‘z erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, har bir shahsning manfaatlari va huquqlarini o‘zboshimchalik bilan cheklashlar va shu yo‘sindagi harakatlardan himoya qilish ham, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish shakli ham ekanligi ayon bo‘ladi. Aytish mumkinki, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o’rganish, mamlakat hayotida keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish bilan bog’liq qonuniyatlarni bilish va o’rganishda, demokratik taraqqiyot yo’lida «O’zbek modeli»ni tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Bu demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini aniq tasavvur etish, ijtimoiy hayotni u bilan bog’lab olib borishga o’rgatadi. Mamlakatimizda demokratiyaning qaror topib borishi, O’zbekistonning dunyo hamjamiyatida o’zining nufuzli o’ringa ega bo’lishiga, yoshlarda demokratik ong va tafakkurni shakllantirish, milliy-ma’naviy merosni qadrlash, vatanparvarlik tuyg’ularini mustahkamlashga ko’maklashadi. Mamlakatda erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati asoslari va uning nazariyasi hamda amaliyoti bilan chuqurroq tanishtiradi. Shu maqsadni amalga oshirishda xizmat qiladi.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o’rganishning o’ziga xos zarurat va sabablari mavjud. Birinchidan, bugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat to’g’risida muayyan mo’tadillashgan ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda demokratik jamiyatning qiyofasi, asoslari, yashash va rivojlanishining umume’tirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir davlat, xalqning milliy-ma’naviy xususiyatlari bilan bog’liq jihatlari tobora keng miqyosda o’z ifodasini topmoqda. Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida barpo qilinganligi e’tirof etilmoqda. Aynan hozirgi davrga kelib, demokratiya insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo’li ekanini deyarli barcha e’tirof etayotganligi va uning jahoniy ko’lam kasb qilayotganligi demokratiyani fan sifatida o’rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir. Ikkinchidan, O’zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat, uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, o’rganish zarurati ham shu qonuniyat bilan bog’liqdir. Ijtimoiygumanitar va ijtimoiy-siyosiy fanlar qatorida uning maxsus fan sifatida o’qitilishi dunyodagi demokratik o’zgarishlar bilan bog’liq umumiy qonuniy asoslarga ham ega. Va uni hisobga olishga bo’lgan ehtiyojning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Har bir mustaqil mamlakat, o’zining taraqqiyot yo’lini va qurayotgan jamiyatini bilishga, uning qonuniyatlarini aniqlab olishga ehtiyoj sezadi. Shu nuqtai nazardan, hozirgi paytgacha ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga bevosita taalluqli bo’lgan masalalarni ilmiy jihatdan aniq bir voqelik sifatida, yaxlitligicha o’rganuvchi fan vujudga kelmagan. «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani doirasidagi o’ziga xos jihatlar aynan shu jarayonni to’liq qamrab olish imkoniyatiga ega. Negaki, bu fan eng avvalo – jahon sivilizasiyasining tarixiy tajribalariga asoslangan holda mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, adolatli demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning nafaqat nazariy masalalarini, balki uning amaliy jihatlarini yaxlit tarzda o’rganadi. Bu fanni yana shuning uchun ham o’rganish zarur-ki, Sharq va Farb sivilizasiyalari tutashgan makonda tarixda birinchi bor umume’tirof etilgan demokratiya tamoyillari milliy qadriyatlar bilan to’ldirilmoqda. Jamiyatimizdagi bu jarayonni atrofimizda ro’y berayotgan ijtimoiy hodisalar, voqealar va ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni aniq voqeligimiz bilan chambarchas o’rganish, tahlil etish zarurdir. Bu zarurat I.A.Karimovning: «Pirovard maqsadimiz – ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir»2 deb ta’kidlagan umumstrategik vazifani amalga oshirish bilan bog’liqdir. Bu fikrni 2005 yili 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma yig’ilishida yana bir bor ta’kidlagan edi. «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi – bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo’lidan og’ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir”3. Bu vazifa O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o’rganishni zarur qilib qo’ygan uchinchi asosiy sabablardan biridir, deyish mumkin. Shuningdek, zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan, odamlarga munosib turmush kechirishini ta’minlay oladigan, insonning huquq va erkinliklarini himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishdek murakkab vazifani hal etish bilan bog’liq umumiy zaruratning mavjudligidir. O’zbekiston ham ana shunday davlatlar jumlasiga kirganligi bois mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti masalalarini o’rganishga alohida e’tibor berila boshlandi.

Demokratik taraqqiyot yo’lidan sobit qadam bilan rivojlanishda nimalar hisobiga erishish mumkinligini bilish uchun ham uni fan sifatida o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish dunyoda e’tirof etilgan demokratik tamoyillar va qadriyatlarga tayanish bilan birga, uning o’ziga xos xususiyatlarini milliy-madaniy merosi, qadriyatlari va milliy davlatchilik an’analariga tayangan holda yangi jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirish bilan bog’liq. Mamlakatning oldida turgan maqsadni ta’kidlar ekan, I.A.Karimov shunday degan edi: «Biz quradigan jamiyat O’zbekiston xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini; insonning ma’naviy axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak»4. Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning mohiyatini bilish, unga ijodiy yondashish uchun yosh avlod demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida shakllanish bosqichlarini chuqur o’rganishi zarur. Bu strategik vazifani faqatgina ushbu fan bajaradi. O‘zbekistonda demokratik dunyoviy davlat qurish yo‘lini tanlanishining ham o‘ziga hos sabablari mavjud. Buning uchun dunyoviy davlatga hos jixatlarni, uning afzalliklarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoviy davlatning muhim jixatlari quyidagi yo‘nalishlarda o‘zining ifodasini topgan:
− Qonun ustuvorligi; − Inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik; − Demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat; − Halqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olish; − Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash; − Insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etish; − O‘zbek davlatchiligining tarihiy tajribasiga tayanish; − Diniy tashkilotlar va birlashmalarni davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi. Davlatning diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi; − Fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash; − hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglash; − O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining huquqiy asoslari uning Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilganligini va unga tayanib ish olib borishini anglatadi. − O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish yo‘lining asoslari sobiq totalitar tuzumdan quyidagi jixatlari bilan farq qiladi: − Yagona kommunistik mafkuraga tayanilmaganligi bilan; − Sinfiylik, partiyaviylik tamoyillaridan mutlaqo begonaligi bilan; − Inson – eng ulug‘ ne’mat, degan fikrga asoslanilganligi bilan; − Siyosiy institutlar xilma-xilligi; − Fikrlar va mafkuralar xilma-xilligi; − Mulkning xilma-xilligi. − «Davlat – jamiyat – fuqaro» munosabatidan tubdan farq qiladigan «fuqaro – jamiyat – davlat» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy asosga qo‘yilganligi bilan ajralib turadi. Ayni paytda demokratiyaning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan erkin va adolatli saylovlar, ochiq va hisobot beruvchi ijro hokimiyati, siyosiy va fuqarolik huquqlarining mavjudligi, adolatli, fuqarolik jamiyati qurilishi qonunlariga amal qiladi. O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayoti tarihida adolatli jamiyat qurish asosiy konsepsiyalardan biridir. qariyb 3000 yillik tarihga ega bo‘lgan bugungi O‘zbekistonning ko‘rinishlari demokratik, adolatli jamiyat tamoyillarining negizlari, o‘ziga hos jixatlarda, qarashlarda namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «dunyoviy davlat» degan atamaning ma’nosi, mohiyati va tamoyillari asosan uning quyidagi moddalarida o‘z ifodasini topgan: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi» (61 –modda). «Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yahlitligi va havfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, halqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashlarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi». Mahfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi. (57-modda). «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning hilma-hilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas» (12-modda). Hozirgi zamonda milliy «demokratik davlat», “milliy davlatchilik va demokratik jamiyat” tushunchalari ko‘proq ishlatilmoqda. Unga hos bo‘lgan jixatlar quyidagilarda o‘zining aniq ifodasini topadi: − Demokratik normalarga tayanadigan huquqiy davlat; − Demokratiyaga zid bo‘lmagan holda tarihiy an’analar va jamiyat hayotining muhim sohalaridagi milliy hususiyatlarning saqlanishi; − Barcha fuqarolarning tengligiga asoslangan milliy siyosat olib boradi;
− Uning geosiyosiy mavqei iqtisodiy, ma’naviy va harbiy tehnik imkoniyatiga, salohiyatiga mos bo‘ladi; − Fuqarolar ijtimoiy ongida demokratik tafakkurga amal qiladi; − Mustaqil ichki va tashqi siyosat olib boradi; − O‘z taraqqiyot yo‘lini mustaqil tanlaydi va amalga oshiradi; − O‘z qobig‘ida yashash mumkin emasligi qoidasiga tayanadi. Ochiq demokratik davlat hisoblanadi. Bu milliy davlatchilikni demokratik jamiyatga zid emasligini ko‘rsatadi. XX asrning so‘nggi choragi butun dunyo bo‘yicha demokratiyaning g‘olibona tarqalish davri bo‘ldi. 1998 yilda mavjud bo‘lgan 191 mamlakatdan 117 tasi, yoki 61,3% da erkin, yashirin, umumiy teng va nisbatan adolatli saylovlar o‘tkazildi. 1974 yildan keyin 89 ta avtokratiya mamlakatlarida demokratik tartibotga o‘tildi5. Bu milliy davlatchilik negizlarini demokratiya bilan bog‘lagan holda amalga oshirilgan paytdagina kutilgan samarani beradi, deyish mumkin. Bu demokratiya sohasida ular bir hil bosqichda turibdi, degan ma’noni bermaydi. Ayni paytda muammolar mavjudligini ham inkor etmaydi. V.Markel asarlarida noliberal demokratiya sifatida (nuqsonli, kamchiliklarga ega demokratiya) ko‘rsatiladi.6 Saylov rejimi vositasi bilan hokimiyatga ega bo‘lishni qonuniylashtirish tizimi ham tushuniladi. Huquqiy, demokratik davlatda: 1) Fuqarolar huquqlari qonun bilan kafolatlanadi; 2) Davlat organlari va mansabdor shahslar qonunga itoat etadi; 3) SHahs erkinligini qonun asosida kafolatlanishi va himoyalanishi amalga oshirib boriladi. Har bir davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab olishda umume’tirof etilgan demokratik prinsiplariga tayanadi. Ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: – Xalq hokimiyati; – Hukumatga tobelar roziligiga tayangan hokimiyat; – Ko‘pchilik ovoz qoidasi; – Kamchilik huquqlari; – Asosiy inson huquqlarining kafolati; – Erkin va adolatli saylovlar; – Qonun oldida hamma tengligi; – Odil sud yurtish; – Hukumat faoliyatining konstitutsiya tomonidan cheklashnishi; – Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy plyuralizm; – Chidamlilik, omilkorlik, hamkorlik va o‘zaro kelishuv qadriyatlari va boshqalar. Demokratiya uchun inson huquqlari va erkinliklarining muhim ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlash lozim. Ana shunday kafolatgangan huquq va erkinliklarsiz demokratik siyosiy jarayon amalga oshirilishi mumkin emas. «Mustaqil taraqqiyotimizning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo‘lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirshimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishimiz darkor»7. Har bir halqning milliy ongida shu halqqa hos va mos bo‘lgan, tarihan shakllangan asosiy jixatlar borki, u shu halqning ruhiyatini, mentalitetini, harakterini ifodalaydi va ular mamlakatning siyosiy tizimida o‘zining izlarini qoldirmasligi mumkin emas. Albatta dunyo taraqqiyotida demokratiya umuminsoniy qadriyat sifatida turli halqlar, millatlar tafakkuri va turmush tarziga singgan, e’tirof etilgan va shunga mos e’tibor berilayotgan, amal qilib kelinayotgan boshqarish uslubidir. Bu umumiy qonuniyat. Ayni paytda, ana shu umumiy qonuniyatning ikkinchi muhim bir
jixatini hisobga olmaslik ham mumkin emas. Bu har bir halqning hayot tarzi, mentaliteti, demokratiyani his etish, anglash va unga amal qilish hususiyatining mavjudligi bilan bog‘liq. hamma halqlar uchun yagona siyosiy idora etish uslubi ham, yagona jamiyat andozasi ham yo‘q. Birini ikkinchisidan afzal ko‘rish ham mumkin emas. Umuminsoniy qadriyatga aylangan demokratiyaning hamma uchun muhim va ahamiyatli bo‘lgan jixatlarini tan olib, uni har bir halqning milliy-ma’naviy ruhiyati asosida qaror topishi va umuminsoniy hodisaga aylanishini e’tirof etmaslik jamiyat rivojiga, demokratik taraqqiyot mantig‘iga to‘g‘ri kelmaydi. Demokratiya qanchalik umuminsoniy ma’no va qadriyat kasb etmasin, uning negizini, unga ruhiy kuch-quvvat beradigan, uni boyitib turadigan, rang-barangligini ta’minlaydigan “milliylik”, “milliy ruhiyat” milliy-ma’naviy qadriyatlardir. Demokratiya milliylikni, milliy ruhiyatni hisobga olmasa, unga tayanmasa, o‘z mohiyatiga zid bo‘lib qoladi.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining obyekti, predmeti, o’ziga xos xususiyatlari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba