O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi.

0
O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi.

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani o‘quv rejasidagi Siyosatshunoslik”, “Sotsiologiya”, “O‘zbekiston tarixi”, “Huquqshunoslik”, “Falsafa”, “Milliy
oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Mazkur fanlar shaxsning siyosiy-intellektual kamolotida, ijtimoiy munosabatlarda demokratik, umuminsoniy qadriyatlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyot” fani sohasida egallangan bilimlar insonning maqsadini aniqlashda, demokratik jamiyatda yashash ko‘nikmasini shakllantirishda, huquqiy tenglikka amal qilishga, ijodiy faoliyati jarayonida burch va uliyatni his qilishga ijobiy ta’sir qiladi. Insonning dunyoda o‘z o‘rnini anglashda, maqsadli faoliyat yuritishda, demokratik jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda namoyon bo‘ladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyot” fanini o‘qitish
jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, ob’ektivlik tamoyillariga amal qilingani holda
anaviy usullar, davra suhbati, klaster, bahs-munozara, aqliy hujum, matbuot
konferensiyasi, taqdimot kabi zamonaviy pedogogik texnologiya vositalaridan foydalanish
maqsadga muvofiq. Fanni o‘zlashtirish mobaynida interfaol usullarning turli shakllaridan,
zamonaviy elektron texnika vositalaridan, ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – talaba yoshlar ongiga demokratiyaning
nazariy asoslari va qadriyatlarini singdirish, demokratik jamiyatda yashash
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari: O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyot fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalarini tushuntirish;
Demokratiyaning asosiy tushunchalari va qonuniyatlarini o‘rgatish, uning
hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatish «O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘li», «demokratiya», «dunyoviy davlat», «demokratik jamiyat», «demokratik ong», «demokratik tafakkur» kabi tushunchalar mazmun-mohiyatini talabalar ongiga singdirish;
Demokratik jamiyatning umumbashariy qadriyatlari va tamoyil-larini yoritish;
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining ustuvor yo‘na-lishlarini tushuntirish;
Demokratik jamiyat to‘g‘risidagi dastlabki qarashlar va uning rivojlanish bosqichlarini ko‘rsatish;
Bir tizimdan ikkinchi bir tizimga o‘tish davrida “o‘tish davri”ning tabiiyligi haqida talabalarga tushunchalar berish;
Qonun ustuvorligi demokratik, fuqarolik jamiyati qurishning asosi ekanligini ko‘rsatish;
Fuqaro erkinligi va faolligini ta’minlashning demokratik jamiyat qurishdagi rolini e’tirof etish;
Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashti-rishning o‘zaro aloqadorligini izohlash;
Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining rolini yoritish;
Demokratik jamiyatni barpo etishda nodavlat notijorat va jamoat birlashmalarining o‘rni va ahamiyatini ochib berish;
Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya tizimining zarurligini ilmiy asoslash;
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligida demokratik tamoyillarga asoslanishini ko‘rsatib berishdan iborat.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba