O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va rivojlanishi.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va rivojlanishi.“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining ob’ekti va predmeti. O‘zbekistonning siyosiy hayoti va undagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda demokratik
jamiyat qurish shart-sharoitlari, omillari va amal qilish qonuniyatlarini o‘rganish.
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining maqsadi va
vazifalari. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining maqsadi –yoshlarda O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar va uni amalga oshirish shart-sharoitlari
to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish. O‘zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi va amal qilish qonuniyatlari. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning o‘ziga xos xususiyatlari. Yoshlarni demokratik davlat va fuqarolik jamiyatito‘g‘risidagi g‘oyalar, qarashlar, nazariya va ta’limotlar bilan tanishtirishning ahamiyati. Fanning asosiy tushunchalari va uning qonuniyatlari.
Demokratik jamiyatga doir bo‘lgan umumiy tushunchalar. “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanini bilan bevosita bog‘liq tushunchalar. “O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos mustaqil taraqqiyot yo‘li”, “demokratiya”, “huquqiy davlat”, “fuqarolik jamiyati”, “demokratik jamiyat”, “demokratik ong”, “demokratik tafakkur”, “demokratik jamiyatning milliy-ma’naviy negizlari”, “milliy davlatchilik”, “demokratik jamiyatga o‘tish davri” va“o‘zbek modeli”, “demokratik jamiyatning umumbashariy qadriyatlari va tamoyillari”, “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining ustuvor yo‘nalishlari”. Demokratik jamiyat qurishning umumjahon e’tirof etgan qonuniyatlari va uning O‘zbekistonda o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lining mavjudligi, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy-madaniy merosga tayanish. Milliy davlatchilik negizlarini hisobga olish. Uning amaliy jihatlari.
Mamlakatimizda demokratik jamiyatni barpo etishda siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar
xilma-xilligiga asoslanishi. “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanini o‘rganishning ahamiyati. DEMOKRATIK JAMIYAT TO‘G‘RISIDAGI DASTLABKI QARASHLAR VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
O‘zbekiston zaminida demokratiya va adolatli jamiyat to‘g‘risidagi dastlabki qarashlar.
Uning manbalari va rivojlanishi. «Avesto»da ezgulik, insoniy va adolatli jamiyat boshqaruviga doir qarashlar. O‘zbekiston hududida milliy davlatchilik negizlari. Hokimlik institutining vujudga kelishi.
IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish
va adolatli jamiyatga doir g‘oyalar. Amir Temurning davlat va jamiyat ishlarini tashkil etish
tuzuklari. Uning adolatli saltanat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligiga doir qarashlari.
Yusuf Xos Xojib, Nizomulmulk, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur va
boshqalarning adolatli davlat, odil jamiyat, inson erkinligi, ezgulik, ma’rifat to‘g‘risidagi
g‘oyalari. XV-XIX asrlarda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy-siyosiy holati. Milliy
davlatchilik negizlaridan mahrum bo‘lish sabablari va uning oqibatlari. Uni tiklashga bo‘lgan
urinishlar. Jadidlarning milliy davlatchilik va adolatli jamiya qurilishiga doir
ma’rifatparvarlik g‘oyalari. Sobiq sho‘rolar davrida O‘zbekistonda davlat va
jamiyat qurilishining o‘ziga xos xususiyatlari. Yagona partiya va davlat manfaatlarining
ustuvorligi. Markazlashgan ma’muriy boshqaruv. Demokratiyani sinfiy tushunish. Totalitarizm va uning oqibatlari. Uning demokratik jamiyatga zidligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Milliy mustaqillik va demokratik o‘zgarishlar sari yo‘l tutilishi. O‘zbekistonda prezidentlik institutining joriy etilishi. Mustaqillik deklaratsiyasi bilan bog‘liq g‘oyalar va qarashlar. Islom Karimov — yangi, mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqilishining ahamiyati. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va rivojlanishi.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












