Bosh sahifa mavzular  O’zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, demokratik asoslari va amaliyoti.

 O’zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, demokratik asoslari va amaliyoti.

Huquqiy davlat

Huquqiy davlat

 O’zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, demokratik asoslari va amaliyoti.

O’zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, demokratik asoslari va amaliyoti.

QONUN USTUVORLIGI –HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI QURISHNING ASOSI
O‘zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi
tamoyilining mustahkamlanishi. “Qonun ustuvorligi” tushunchasi. O‘zbekistonda davlat
xokimiyatining bo‘linish tamoyili. Prezidentlik instituti. Qonun chiqaruvchi. Qonunchilik
palatasi va Senat. Vazirlar Mahkamasi. Ijro etuvchi va sud hokimiyati. Sud mustaqilligi. Davlat organlarining vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi. Davlat
hokimiyati organlari mustaqilligining amal qilishi va mas’uliyati. Konstitutsiya va qonunlarda
adolat hamda inson manfaatlarining ustuvorligi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga amal qilishining umumiy tamoyil ekanligi.
Konstitutsiyaga va demokratiyaga zid bo‘lgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarning bekor qilinishi lozimligi tamoyili. Qonun ustuvorligi tamoyilining O‘zbekistonda
demokratik, fuqarolik jamiyati qurishdagi ahamiyati. O‘zaro tiyib turish va manfaatlar
muvozanati tizimini shakllantirish. Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi
bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash.
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada liberallashtirish va insonparvarlik
tamoyillariga muvofiqlashtirish zaruriyati. Qonun ustuvorligini ta’minlash mexanizmlarini
ishlab chiqilishi. Fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishi.
Demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik
bazasining yaratilishi.
Bozor iqtisodiyoti asoslarining qonunchilik bazasini shakllantirilishi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
Sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish;
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini
takomillashtirish;
Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash.

DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVINI DEMOKRATLASHTIRISH. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish tushunchasi, ma’no-mazmuni.
Hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipi. Hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va
manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish. Sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash. Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, ikki palatali milliy parlamentning vujudga kelishi. «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlarning mazmun-mohiyati. Ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi.

Davlat hokimiyatining uchta subekti, ya’ni davlat boshlig‘i – Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning mutanosib taqsimlanishining ta’minlashi. Saylovlarda yutib chiqqan siyosiy partiyaning Bosh vazir nomzodining ko‘rsatishi va uning parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi.
Siyosiy tizimni modernizatsiya qilishni takomillashtirish jarayoni. Davlat hokimiyati va
boshqaruvini demokratlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan konstitutsiyaviy o‘zgarishlar va uning ahamiyati.
Davlat boshqaruvini takomillashtirishda eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish,
iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o‘zaro foydali
hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada kuchaytirish: Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish jarayoni. O’zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, demokratik asoslari va amaliyoti.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba