O’zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari.

0
Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari.

Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari.

O’zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari.

O’zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari.O‘zbekistonda shakllanayotgan xususiy mulk ikki turdan iborat bo‘ladi: birinchisi, yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning, dehqon va fermerlarning xususiy mulki, ikkinchisi,
ularning shirkat xo‘jaliklaridagi paylari, aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalari, uyushmalardagi ulushlaridan iborat korporativ xususiy mulk. YAkka va korporativ (ulushli) xususiy mulk egalari mulkdor hisoblanib, ularning mulkka bo‘lgan huquqlari, dahlsizligi davlat tomonidan himoyalandi. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolik kodeksida» «mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilishi, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilishi huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir». O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida esa mulkdor huquqining daxlsizligi bilan birga, uning mas’uliyati ham belgilab berilgan. Xususan, unda «mulkdor mulkiga o‘z xohishiga egalik qiladi,
undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart», deb ta’kidlangan. Xususiy mulk miqyoslarining kengayib borishiga olib keladi.
Tadbirkorlik erkinligi ayrim shaxslar va ularning uyushmalari, guruhlarining foyda, daromad
olish maqsadida ma’lum sohada xo‘jalik, iqtisodiy faoliyat yuritish erkinligini bildiradi. Bu
shuningdek, u yoki bu tarmoqqa tadbirkorlarning o‘z xohishlariga ko‘ra kirishini va undan
chiqishini ham anglatadi.
Tovarning nuqsonlari bo‘yicha iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini kafolat
muddati belgilangan tovarlar bo‘yicha esa tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ko‘riladi. Bunday tovarlar boshqa nuqsonsiz tovarlarga almashtirilib beriladi yoki zararning o‘rni pul bilan qoplanadi. Iste’molchi huquqlarining himoya qilinishi, uning tanlash erkinligini ta’minlanishi demokratik iqtisodiy tamoyilining ro‘yobga chiqarilishini anglatadi. SHuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda qabul qilingan muhim qarorlariga muvofiq respublikaga iste’mol tovarlarini noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlarining ko‘rilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kishilar naf, foyda va daromad olish uchun intilib, o‘zlarida bor bo‘lgan qobiliyatlari va
imkoniyatlarini ishga soladilar. Raqobat iqtisodiyot sub’ektlari shaxsiy manfaatlarini ryobga
chiqarishning chegarasini belgilaydi. Hech kimning iqtisodiy yakkahokimlik qilishiga yo‘l
qo‘ymaydi. SHuningdek, raqobat ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning iste’molchi, xaridorlar manfaati, didi, xohishini inobatga olishga bir-biridan arzonroq va sifatliroq tovarlar ishlab chiqarish maqsadida yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga undaydi.
Erkin tadbirkorlik, raqobat va narx tizimiga asoslangan bozor iqtisodiyotida hukumat va
davlatning roli cheklangan bo‘ladi. Davlat bozor mexanizmining amal qilishiga ko‘maklashadi.
Buning uchun davlat iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatining qonuniy bazasini yaratib, ularning
faoliyat, “o‘yin” qoidalarini belgilaydi. Aholining turmush darajasining barqaror o‘sib borishini, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, boy-kambag‘allar o‘rtasidagi farqlarning keskinlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida aholi daromadlarini soliqlar, transfert to‘lovlari vositasida qayta taqsimlaydi, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliq, byudjet va pul-kredit vositalari orqali iqtisodiyotni tartiblaydi. Davlat bozor mexanizmi to‘la-to‘kis bajara olmagan vazifalarni o‘z zimmasiga olib, raqobat muhitini saqlaydi, iqtisodiyot sub’ektlarining erkin faoliyatini ta’minlaydi. Hamda jamiyat uchun kerak bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi.
Demak, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar insonga munosib turmush
sharoitlarini yaratishga, kishining erkin tadbirkorlik va mehnat qilish, tanlash erkinligini hamda mulkdor bo‘lishdek muhim demokratik huquqlarini ta’minlashga, iqtisodiy hayotni
demokratlashtirishga qaratilgandir.
Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston kelajagi
buyuk davlat», «O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li», «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida», «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz» va boshqa asarlarida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tishining nazariy asoslari, konsepsiyasi
ishlab chiqilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi uch tarkibiy qismdan iborat:
1) ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining ta’rifi;
2) bozor munosabatlarini shakllantirishning muhim tamoyillari;
3) iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va
muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo‘nalishlari.
Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo‘lida” asaridagi asosiy ustuvor yo‘nalishlar. Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” asari 1995 yilda chop etilgan, 269 betdan iborat bo‘lib, asar 2 qismdan tashkil topgan:
1. Iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichning yakunlari va saboqlari.
2. Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichning vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari masalasiga
e’tibor bergan.
1. Iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichning yakunlari va saboqlari qismida birinchidan,
iqtisodiy islohatlar strategiyasi va yo‘lini shakllantirish mexanizm; 2) dan iqtisodiy islohatlar
huquqiy negizini barpo etish; 3) dan davlat mulkini xususiylashtrish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni
shakllantirish; 4) dan qishloq xo‘jaligida agroislohotlarni shakllantirish; 5) dan institutsional
o‘zgarishlarni, ma’muriy-buyruqbozlik tizimini tugatish; 6) dan narxlarni erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, 7)dan tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va jahon
iqtisodiyotiga qo‘shilish; 8) dan ijtimoiy kafolatni ta’minlash; 9) dan xalqning ma’naviy-ruhiy tiklanishi; 10) Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi bayon etilgan.
Mamlakatimizda mulkchilik munosabatlari 2 yo‘l bilan amalga oshirildi: 1) Mulkdorlar sinfini
shakllantirish, ya’ni bunda davlat mulki bosqichma-bosqich xususiylashtirilib berildi. 2) Qimmatli qog‘ozlar bozorini yaratish orqali amalga oshirildi.
Asarda birinchi bosqichda 2 ta hal qiluvchi vazifa bajarilganligi aytilgan: 1) Ma’muriy-
buyruqbozlik tizimi o‘rniga, u tugatilib, iqtisodiy boshqaruvga o‘tildi; 2) Mamlakatimizda o‘ziga xos sharoitlarda bozor munosabatlari negizlari shakllantirildi.
1993 yili Rossiya O‘zbekiston davlati va uning rahbariyatiga rubl zonasida (Rossiya rublida)
qolishi uchun katta shartlar qo‘ydi. Bu shartlar:
1) Qarz evaziga 1,5 trillion rublga shunga yarasha boylik yo mahsulot to‘lash.
2) Pulni (rublni) olishdan avval 50 foiz AQSH dollari (O‘zbekiston oltinini) garov tariqasida
Rossiya Markaziy bankiga qo‘yish.
3) 1961–92 yilgi pullarni yangi 1993 yil namunasidagi pulga 3 so‘mga 1 so‘m nisbati bilan
almashtirib berish sharti.
4) Shartnoma bajarilmay qolsa, tovon majburligini qo‘ydi.
5) O‘zbekiston Markaziy banki Rossiya Markaziy Bankiga hisob berib turishi shart (Karimov
I.A. Asarlar, T.2., 88–90-b.)
Birinchi bosqichda 1) Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining huquqiy asoslari yuzaga keldi,
300dan ko‘proq qonun va qarorlar qabul qilinganligi asarda aytib o‘tilgan. 2) Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda dastlab mayda mulklar davlat tasarrufidan chiqarildi.
3) CHet el sarmoyalari O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish yo‘lga qo‘yildi. SHu bilan birga bozor iqtisodiyotining 3 ta mezonlari, qadriyatlari yuzaga keldi: a) tadbirkorlik; b) ishbilarmonlik; v) tijorat. Ma’naviyatda esa a) ziyoli mavqei oshdi; b) ma’rifat nuri; v) ijodkor so‘zi qadrlana boshladi.
2. Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichning vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari qismida
Prezidentimiz 4 ta muhim ustuvor vazifani belgilab berdi:
1. Asosiy vazifa – davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga
etkazish: bunda a) mulkni haqiqiy egalariga berish, b) ko‘p ukladli iqtisodiyotni rahbatlantirish.
Agar birinchi bosqichda mayda mulklar xususiylashtirilgan bo‘lsa (1991-1994 yillarda), endigi vazifa o‘rta mulklarni xususiylashtirish aytildi. 2. Eng muhim vazifa – ishlab chiqarishning pasayib ketishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni va moliyaviy, iqtisodiy barqarorlikka erishishdan iborat. Bu rivojlanish ichki qonuniyatlarga ham bog‘liqligi aytildi.
3. Muhim vazifa – Milliy valyuta – so‘mni yanada mustaxkamlashdan iborat. Milliy valyuta
– mamlakat hududida barcha tovar va xizmatlar uchun narxlarni ifodalash vazifasini o‘tovchi va qonuniy himoyalangan yagona to‘lov vositasidir…
4. Strategik vazifa – Iqtisodiyot strukturasini tubdan o‘zgartirish: xom ashyo etkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish, uning sifatini va raqobatga bardoshligini jahon bozori talablari darajasiga etkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan
«pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir», -deb belgilab bergan.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni davlat tasarrufidan
chiqarish, unda demokratiya tamoyillari bo‘lgan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va tanlash
erkinligini, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy hayotni erkinlashtirishga
yo‘naltirilgandir.
Iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va uni demokratlashtirish, erkin ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda.O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 yy.) ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatish, tanglikka barham berish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish vazifalarini hal qilishga kirishildi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi:
1) islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish. Bu davrda
mulkchilik, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik to‘g‘risidagi va boshqa ko‘plab bozor munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan qonunlar qabul qilingan;
2) kichik xususiylashtirishni amalga oshirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini
yaratish;
3) ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash.
Bu davrda (1992-1994 yillarda) asosan savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, maxalliy
sanoat korxonalarini, uy-joylarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirildi. Buning natijasida 69 mingdan ortiq ob’ektlar davlat tasarrufidan chiqarildi, ulardan 18,4 mingtasi xususiy mulkka o‘tdi. 3569 ta aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining soni 80 mingga etdi.  O’zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba