O’ZLASHTIRISH DARAJALARI VA KOEFFITSIENTI.
Yuqorida UE ni tushuntirish darajalari to‘g‘risida fikr yuritildi. O’z navbatida o‘quvchi (talaba) lar UE ni qaysi darajada o‘zlashtirishlari yoki qanday maxorat bilan bajarilishi kerak? Bu savolga psihologlar tomonidan yaratilgan faoliyat nazariyasi javob beradi. Faoliyat nazariyasi zamirida yotuvchi pasto‘lat shundan iboratki , har qanday faoliyat inson tomonidan oldin o‘zlashtirib olingan axborotlar yordamida amalga oshiriladi. Axborotlardan foydalanish harakteriga qarab faoliyatning ikki ko‘rinishini farqlash mumkin. Nomaxsuldor va maxsuldor. Ularning birbiridan farqi shundaki, nomaxsuldor faoliyatida inson uziga ma’lum bo‘lgan harakat (algoritm) qoidalaridan foydalanadi va bu jarayonda xech qanday yangi axborotlar yuzaga chiqmaydi. U faqat oldin o‘zlashtirgan usullarni qaytadan ishlab chiqadi. Maxsuldor faoliyatini bajarishda inson doimo yangilikka duch keladi yoki yangi axborotlar ( yyangi ob’ektlar, xodisalar, jarayonlar, faoliyatlar, metodlari) vujudga keladi. Har ikki faoliyat turi ham mustaqil ravishda yoki tashqaridan ko‘rsatilgan ta’sir yordamida bajariladi. Misol uchun, nomaxsuldor faoliyati ko‘rsatma (yuriqnoma, lug‘at, ustoz) orqali yoki harakatlarini bajarish qoidalari to‘g‘risida boshqa bir axborot manbalari asosida, ya’ni ko‘rsatmasi, mustakil ravishda bajariladi. Maxsuldor faoliyat ham ma’lum metodik ko‘rsatmalar ostida bajarilishi mumkin, biroq bu erda harakatlar ketma- ketligi, tartib qoidalari ayni vaziyatda yangilangan yoki xech kimga ma’lum bo‘lmagan usullar vositasida amalga oshadi. Demak, bu erdan ham ikki faoliyati darajasini kuzatish mumkin: evrestik va ijodiy.
Yuqorida bayon qilingan fikirlarni xisobga olgan holda o‘quvchi ( talaba) ning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish faoliyati har kanday masalalarni echa oladigan kuyidagi to‘rt darajadan iboart bulishi mumkin: ( )
daraja: tanki ta’sirlaridagi harakat. Bu faoliyatning shartli ravishda TANISHUV deb nomlaymiz . ( 1
daraja: xotira asosidagi harakat. Bu faoliyatning ALGORITIM darajasi deb nomlaymiz.(2
darja: nostandart vaziyatlardagi maxsuldor harakat. Bu faoliyatning EVRESTIK darjasi deb
nomlaymiz. ( 3
daraja: faoliyatning yangi kirralarini tadkik qiluvchi maxsuldor harakat. Bu faoliyatning
IJODIY darajasi deb nomlaymiz. ( 4
SHunday qilib, bilim va ko‘nikmalarni uzlash- tirish sifati buycha ta’lim maqsadlarining tashxislanuvchanligi o‘zlashtirishning zaruriy darajalarini aniqlashtirishni talab etar ekan. Endi kuydagi savollarni o‘rtaga tashlaymiz: muxandis yuqorida qayd qilingan UE ni qaysi darajada o‘zlashtirishi kerak? Bu savolga javob bir xil bo’lishi mushkil. Ba’zi bir UE chuko‘rrok, boshqalari esa past darajada egallanishi mumkin.Bu nima bilan asoslanadi? Albatta, birinchi navbatda talabaning bulajak faoliyatiga va mutaxasislik maxoratiga qo‘yilgan talablar e’tiborga olinadi. Agar talaba “qishloq xo‘jalik mashinalari” mutaxassisligida ta’lim olayotgan bo‘lsa, shu sohadagi texnikalardan eng ko‘p uchraydigan mexanizmlarni (1-6), agar kelajakda aviatsiya mutaxassisligi bo‘yicha bo‘lsa, samolyotsozlikda ko‘p ko‘llanadigan mexanizmlarni (7-9) chuqurrok o‘rganishi kerak bo‘ladi. yoki boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, talaba baqalavr UE ni, asosan, 3-darajada o‘zlashtirishi lozim. Demak, ta’lim maqsadalrini (2- element) aniqlash ham o‘quvchi (talabalar) ning UE ni o‘zlashtirish darajasi mos holda amalga oshirilar ekan.
Test (T) = Topshiriq ( Tsh) + Etalon (E) yoki T=Tsh +E
O’ZLASHTIRISH DARAJALARI VA KOEFFITSIENTI.
Etalon yordamida test echimiga olib keladigan jiddiy amallar soni ( R) aniqlash qiyin emas. O‘quvchi ( talaba) ning javobi etalon bilan solishtiril- gach, testning sifatli bajarilganligi to‘g‘risida tegishli xulosa kilinadi va to‘g‘ri echilgan amallar soni (a) yordamida o‘zlashtirish koeffitsenti aniqlanadi. K a/r
K ni aniqlash o‘zlashtirish sifatini o‘lchash operatsiyasi xisoblanadi.O‘zlashtirish koeffitsenti me’yorlanadi ( 0 ) va u baholash mezoni bilan takkoslanishi mumkin. Bu ko‘rsatkich yordamida o‘kish jarayo ning tugallanganligi to‘g‘risida xukm chiqariladi. Agar K bo‘lsa, keyingi faoliyatlarda xatolik- lariga yo‘l qo‘yadilar va ularni tuzatishga qarab va qobilyatlari etishmaydi.
SHunday qilib, pedagogik aylanmaga o‘quvchilarning tajribani o‘zlashtirish darajasi sifatini o‘zlashtirish koeffitsenti K yordamida aniq xisob- lash metodikasini kiritib PT ning muxim tamoyillaridan birini ifodalashga mumkin bo‘ladi – bu ta’limni tugallanganlik tamoyilidir.Shu tamoyil tufayligina maktabda o‘qitish jarayoning sifatsizligini keltirib chikaruvchi muammolar echim va yuna-lishlarini izlab topish sohasidagi didaktikaning davriy xatololaridan biri ochiladi.
O’ZLASHTIRISH DARAJALARI VA KOEFFITSIENTI.
Muallif:SH.R Xasonova.












