PERIFERIK NERV TIZIMI HAQIDA MA’LUMOTLAR.

0
PERIFERIK NERV TIZIMI HAQIDA MA'LUMOTLAR.

PERIFERIK NERV TIZIMI HAQIDA MA'LUMOTLAR.

PERIFERIK NERV TIZIMI HAQIDA MA’LUMOTLAR.

Periferik  nervlarga: bosh miyadan chiquvchi 12 juft, va orqa miyadan chiquvchi 31 juft nervlar kiradi.

BOSH MIYA NERVLARI.

Bosh miyadan 12 juft nervlar chiqadi.

1.Hidlov nervi.

2.Ko’ruv nervi

3.Ko’zni harakatlantiruvchi nervi

4 G`altak nervi

5.Uch shoxli nervi

6.Uzoqlashtiruvchi nervi

7.Dahliz–chig’anoq nervi

8.Yuz nervi

9.Til–yutqin nervi

10.Adashgan nervi

11.Qo’shimcha nervi

12.Til osti nervi

.Bu 12 juft nerv vazifasiga, rivojlanishga va ularga aloqador bo’lgan a’zolar funktsiyasiga qarab uch guruhga bo’linadi. Ulardan 1,2,8 – juft nervlar sezuvchi, 3,4,6,11,12–juft nervlar harakatlantiruvchi, 5,7,9,10–juft nervlar aralash nervlardir.

Bosh miya nervlari bajaradigan vazifasiga qarab tarkibida orqa miya nervlariga o’xshab sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ tolalar bo’ladi.

ORQA MIYA NERVLARI

Orqa      miya nervlari                kulrang       moddasining        oldingi      shoxidan harakatlantiruvchi tolalar orqa shoxidan sezuvchi tolalar chiqadi. Sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlar umurtqalararo teshik oldida qo’shilib aralash nervni hosil qiladi. Bunday nervlar odamda 31 juft bo’ladi.

Har qaysi nerv umurtqalararo teshikdan chiqqandan so’ng, ikki shoxga bo’linadi:

  • Orqa shox–tanani orqa tomonidagi mushaklar va teriga tolalar beradi;
  • Oldingi shox – tananing old tomonidagi mushaklar va qo’l, oyoqlarga tolalar beradi. Bu ikki shoxdan tashqari uchinchi shox ham chiqadi. Bu ichki a’zolarga boruvchi shox–simpatik nervlardan iborat bo’lib, qo’shuvchi shox deyiladi.

Har qaysi orqa miya nervi, miya pardalarini innervatsiya qilish uchun yana bittadan mayda tarmoq ajratadi. Bu tarmoqlar nervdan ajralib, yana umurtqalararo teshiklardan qaytadi va umurtqa pog’onasi ichiga kirib orqa miya pardalarini innervatsiya qiladi.

VEGETATIV NERV TIZIMI

Vegetativ nerv tizimi – o’sish, rivojlanish so’zidan olingan bo’lib, organizmdagi umumiy nerv sistemasining bir qismi hisoblanadi.  Vegetativ nerv tolalari barcha ichki a’zolarning silliq mushaklariga tarqalib, ular ishini ixtiyorsiz bajarib turadi. Ammo somatik nerv ham vegetativ nerv ham miya po’stlog’i boshqaruvi ostida ishlaydi. Shuning uchun ulardagi o’zgarish bir-biriga ta’sir qiladi.

Vegetativ nerv sistemasi joylashishi va vazifasiga ko’ra somatik nervdan farq qiladi.

Somatik nerv – ko’ndalang – targ’il mushaklarni va sezgi a’zolarini boshqaradi.

Somatik nerv miya poyasi va orqa miyadan bir tekisda chiqadi, vegetativ nerv esa o’rta, uzunchoq, orqa miyani ko’krak, bel, dumg’oza, sohasidan chiqadi. Vegetativ nervlar mielin parda bilan o’ralgan. Vegetativ nerv sistemasi vazifasi va vegetativ o’zaklarning joylashish o’rniga qarab simpatik va parasimpatik qismga bo’linadi.

Simpatik qism funktsiyasi jihatidan parasimpatik qismga qarama–qarishi turadi.  M: simpatik nerv biror a’zo ishini tezlashtirsa, parasimpatik nerv sekinlashtiradi yoki aksincha. Natijada shu organ ishi muvozanati boshqariladi.

Simpatik nervlar – ko’z qorachig’ini kengaytiradi, so’lak bezlari faoliyatini pasaytiradi, yurak qisqarishini kuchaytiradi, me’da va ichaklar harakatini kamaytiradi, me’daning shira chiqarish qobiliyatini pasaytirib o’pka bironxlarini kengaytiradi.

Parasimpatik nerv – ko’z qorachig’ini siqib toraytiradi, so’lak bezlari ishini kuchaytiradi, yurak qisqarishi kuchini pasaytiradi, ichak harakatini oshiradi, ya’ni ichakning bo’shashiga yordam beradi, o’pka bironxlarini toraytiradi.

Organizimning normal funktsiyasi mana shu ikkila, ya’ni simpatik va parasimpatik nerv sistemasi hamjihatligi natijasida amalga oshiriladi, ya’ni bosh miyaning po’stlog’i bilan idora qilinadi.

Simpatik qismining markazi – orqa miyaning birinchi ko’krak segmenti bilan uchinchi bel segmenti orasidagi kulrang moddaning yonbosh shoxlarida joylashgan.

Parasimpatik qismning – markazi bosh miyaning o’rta, uzunchoq miya bo’lagidan va orqa miyaning dumg’oza qismidan chiqadi. Shuning uchun parasimpatik nerv bosh va orqa miya qismlaridan iborat.

PERIFERIK NERV TIZIMI HAQIDA MA’LUMOTLAR.

Mavzular.

manba