Qadimgi Sug’diyona.

0
Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Qadimgi Sug'diyona.

Qadimgi Sug’diyona.

Qadimgi Sug’diyona.Ilk temir davri O‘rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘rin egallagan Sug‘diyona o‘lkasi  turli  qadimgi  manbalarda  So‘g‘da,  So‘g‘uda,  So‘g‘diyona  nomlari  ostida  eslatib  o‘tiladi.  Bu  nomlarning kelib chiqishi va ularning ma’nosi haqida hozirchi aniq fikr yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar  (V.Tomashek) bu nomni eroncha “SUS” – “yonmoq, yaltiramoq, nur taratmoq” so‘zidan olingan desa,  ayrimlari  (O.Smirnova)  bu  so‘z  “hosildor  vohalar  o‘lkasi”  degan  ma’noni  beradi  deb  hisoblaydilar.  Avestoning YAsht kitobida tilga olingan “So‘g‘d makoni Gava” – So‘g‘diyonaning eng qadimgi viloyati  bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra (A.Sagdullaev), Gava (Gau) – “buqa”, “poda”, Qashqadaryo vohasi bilan bog‘lanadi. Bu so‘z viloyatning juda ko‘p geografik nomlarida takrorlanib  saqlangan (Gavdara, Gauxona, Gaumurda, tog‘lar Gau, cho‘qqi Gau va boshqalar).

Hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini (Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqardaryo viloyatlari,  Tojikistonning Panjikent atroflari) o‘z ichiga oluvchi Qadimgi So‘g‘diyona va so‘g‘diylar haqida ilk  Yozma manbalarda ma’lumotlar deyarli kam. Avestoda viloyatlarning nomi ikki xilda ko‘rsatilgan –  Gava So‘g‘da va alohida So‘g‘da. Gerodot esa so‘g‘diylarni ikki marotaba – Ahamoniylar davlatining  XVI   satrap   o‘lkasidagi   xalqlarni   sanab   o‘tganda   va   forslarning   qo‘shinlari   safida   jangchi   –  so‘g‘diylarning o‘rnini ko‘rsatib berganda tilgan olgan.

Bu ma’lumotlar asosida turli fikrlarga ega bo‘lish  mumkin. Dastavval, mill. avv. IV asrga kelib, sug‘diylarning hududiy joylashuvi, ularning yashash uchun  foydalangan asosiy erlarining chegaralari, daryo vohalari va viloyatlari aniqroq ko‘rinadi. Ammo, bu  jarayonning  tarixiy  an’analari  –  sug‘diylarning  yoyilishi,  o‘troq  vohalarining  paydo  bo‘lishi  va  shu  joylarda yirik Shahar markazlariga asos solinishi yanada qadimgi davrlarga borib taqaladi.

Ilk temir davri Sug‘diyonada, alohida hududiy tartib guruhida bo‘lib markaz vazifasini bajargan bir  necha manzilgohlar turlari mavjud edi. Bular maydoni 5 gektardan 15 gektargacha bo‘lib, tuman – voha  markazi vazifasini bajaruvchi markazlar – Daratepa, Konimex, CHordara; maydoni 20 gektardan 80  gektargacha  bo‘lgan  viloyat  markazlari  vazifasini  bajarishi  mumkin  bo‘lgan  Shaharlar  –  Uzunqir,  Erqurg‘on,  Xo‘ja  Bo‘ston;  bir  necha  viloyatlar  markazi  vazifasini  bajaruvchi  Shaharlar  –  Afrosiyob  (Maroqanda) va Buxoro kabilardir.

Arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan  hunarmandchilik natijasida bronza davridayoq O‘rta Osiyo hududlarida ijtimoiy tabaqalanish va mulkiy  tengsizlik paydo bo‘ladi. Bu jarayon faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, Yaqin Sharqdagi Yuqori  darajada  rivojlangan  an’anaviy  tarixiy-madaniy  aloqalarga  ham  bog‘liq  edi.  Har  bir  jamoaning  rivojlanishi uning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqsa ham, dastlabki markazlardan bo‘ladigan tashqi  ta’sir chetdagi viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijalarini solishtirib va umumlashtirib shunday xulosaga kelish mumkinki,  Sug‘diyona  hududlariga  odamlar  eng  qadimgi  davrlardayoq  kirib  kelib,  tog‘oldi  hududlari,  daryo  vohalari, keyinchalik esa, dasht hududlariga tarqaladilar. Bu hududlarda mavjud bo‘lgan qulay tabiiy  sharoit – ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan.  Qadimgi Sug’diyona.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba