Qadriyat nima?

0
Qadriyat

Qadriyat

Qadriyat nima?

Qadriyat nima? Qadriyatlar  ҳamisha  muayan  faoliyatlar  tarzida  namoyon  bo’lib  kishilarning  voqelikka  bo’lgan munosabatlari  mazmunini  ifoda  etadi  ҳamda  ularning  fe’l  atvorlari,  say  ҳarakatlari  yo’nalishlarini  ifodasidir.

Qadriyatlar  mahlum  bir  xalqning  ko’p  ming  yillik  tarixiy-  madaniy  tajribasi  sifatida  shakllangan  turmush tarzi, tafakkur maҳsuli bo’lib, dunyoga kelgan. Xalqning azaliy udumlari, urf- odatlari anhanalari  insony va milliy мансублик ифодасидир.

Qadriyatlar muayan millat va xalqlarning shonli va musibatli o’tishi, tarixiy, madaniy tajribalari,  saboqlari,   surur    va   baxtiyor   damlarining                                   ifodasidir.  “Qadriyatlar  —  jamiyatda  kishilar  o’rtasida  obro’ga,  ehtiborga,  hurmatga,  nufuzga,  ahamiyatga ega  kishilar munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi”27 degan tahrif berilgan.  Qadriyatlarni bunday tahriflash uning mohiyatini ancha yorqin ifodalasada, lekin qadriyatlarga berilgan  tahriflar   ichida   o’zining   ilmiyligi   bilan   boshqa   tahriflardan   ajralib   turadi,   degan   fikrdamiz.  Bizningcha, “umuminsoniy  qadriyatlar  tushunchasi  butun  jamiyat  ahamiyatiga  ega  bo’lgan,  insoniyatning mavjudligi, o’tmishi, buguni va kelajagini, yashashning asosiy yo’nalishlari, qonun- qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzu-umidlari va ideallarini o’zida aks  ettiradigan qadriyatlarining umumiy shakllarini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyat tushunchasining  ob’ektiv asosi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning uzluksiz xayotini va turmush tarzini  umumlashtiradigan   jamiyatdir”.   Darxaqiqat   “umuminsoniylik”   tushunchasida   qadriyatlarni   tirik  tabiatning bir qismi bo’lgan odam zotining hayoti va kamoloti uning tarixiy taraqqiyoti, siyosiy va boshqa  birliklar uchun ahamiyati o’z ifodasini topishi kerak. SHu o’rinda insoniyatning eng umumiy jamoasi  bo’lgan jamiyatgina, umuminsoniy qadriyatlarning yaratguvchisi va saqlab turuvchisidir. Umuminsoniy  qadriyatlar nihoyatda keng ko’lamli va serqirra tushuncha. Uning zaminida eng avvalo ozodlik, erkinlik,  tinchlik, demokratiya tufayli shakllangan inson baxt-saodati kabi umumijtimoiy mahno va mazmun kashf  etadigan qadriyatlardan iborat, deyish mumkin. Qadriyatlarni faqat moddiy va ma’naviy boyliklar sifatida  tushunish va uni shunday izohlash ham ilmiy nuqtai nazardan to’g’ri emas.

Demak, «Qadriyat» atamasi bizga arabcha «qadri» so’zidan kirib kelgan bo’lib, bugungi kunda bu  tushuncha  «borliq  va  jamiyatdagi  biror  bir  narsa  va  hodisaning  kishilar  o’rtasidagi  o’zaro  ijtimoiy  munosabatlardagi tutgan muhim ahamiyatni ifoda etish uchun qo’llanilmoqda. Bu masalaning bir tomoni.  Uning ikkinchi tomoni shundan iboratki, «qadriyat» so’zi qadim zamonlarda paydo bo’lgan va barcha  xalqlar tillarida mavjuddir. Demak, bu tushuncha bir necha ming yillik tarixga egadir. Fikrimizning isboti  sifatida  qadimgi  dunyoda  «aksiologiya»  degan  atamaning  mavjud  bo’lishidir.  Aksiologiya  aslida  falsafaning  muhim  yo’nalishlaridan  biridir.  Faqat  bu  tushuncha  XIX-XX  asrlarga  kelib,  Yevropa  mamlakatlari  falsafasida  rivojlantirildi.  Uning  tarixi  demokratiya  tarixi  bilan  bog’liqdir.  Binobarin,  Yevropa  mamlakatlarida  ham  demokratik  jamiyatni  barpo  etishda  qadriyatlarga  asoslanish  ustuvor  bo’lgan.

Yuqoridagi   adabiyotlarning   tahlillari   shuni   ko’rsatadiki,   o’tmishdagi   barcha   ijtimoiy-falsafiy  tahlimotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni masalasiga katta  ehtibor berishgan. Agarda qadimgi dunyo ijtimoiy-falsafiy tahlimotlarida umuminsoniy qadriyatlar inson  aqliy   taraqqiyotining   mahsuli   deb   qaralgan   bo’lsa,   Turondagi   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   tarixida  “Avesto”dagi uchinchi davr deb atalgan insoniyat kelajak istiqboli, adolatli jamiyat haqidagi fikrlar uning  tarixiy ildizlarini tashkil etadi.  Qadriyat nima?

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba