Qidiruv paytida topografik s’yomkaning masshtabini va turlarini tanlash.
Qidiruv paytida topografik s’yomkaning masshtabini va turlarini tanlash.Qurilishning har bir ob’ektiga injener-geodezik izlanish programmasi tuziladi. Bunda joyni topografo-geodezik o‘rganish ma’lumotlaridan tashqari, qilinishi kerak bo‘lgan geodezik va topografik ishlar asoslanib boriladi.
Programmaga joyni ko‘rsatuvchi sxema va kartogrammalar, bajarilishi kerak bo‘lgan topografik ishlar hajmi ko‘rsatilgan ma’lumot biriktiriladi.
Bosh reja (generalniy plan). Qurilish maydonida geodezik ishlar quyidagi hujjatlar asosida bajariladi.
a) qurilish pasporti
b) bosh plan
v) loyihaning geodezik qismi asosida bajariladi.
Qurilish pasporti Qurilish pasporti – uy-joy va grajdan binolarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi kompleks hujjatlar. Qurilish pasportida yer uchastkasidan foydalanish huquqi, uchastka chegarasi, qurilish qizil chizig‘i, loyihalash uchun kerakli ma’lumotlar, inshoot quriladigan joydagi tabiiy-geografik sharoitlar, hamda inshoot quruvchi tashkilotning vazifalari ko‘rsatiladi.
Qurilish pasportini shahar, posyolka, rayon bosh arxitektori boshqarmasi tomonidan tuzilib, manfaatdor tashkilotlarga beriladi. Loyihaning eng asosiy qismi – bosh plan hisoblanadi.
Bosh plan Bosh plan – loyihalanayotgan ob’ektni qog‘ozda ma’lum masshtabda tasvirlaydigan va shartli belgilar bilan ko‘rsatilgan grafikaviy hamda yozuv-raqamli materiallarni o‘z ichiga oladi. Unda ob’ekt chegarasi, yer usti binolari, yer osti va havo inshootlari, qurilmalar va simlar, loyihalanayotgan rel’ef va o‘simliklar qo‘rsatiladi. Bosh planlar yirik masshtablarda (1:500, 1:1000, 1:2000) tuziladi.
Bosh plan tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) tushuntirish xati;
2) ob’ekt joylashgan maydonni tafsilotlar plani (unda harakat yo‘llari va shu ob’ektga xizmat qiladigan tashqi injenerlik kommunikatsiyalari trassasi ko‘rsatilgan bo‘ladi);
3) Ob’ektning bosh plani (unda barcha bino va inshootlar, transport qurilmalarining joylashishi, asosiy bino va inshootlar pollarining balandliklari, temir yo‘l rel’slarining boshlari va va rel’ssiz yo‘llar yuzasining qoplamasi ko‘rsatilgan bo‘ladi).
4) Rejalash chizmasi (unda kapital binolar bosh va asosiy o‘qlari, o‘tish joylari o‘qlarining kesishish nuqtalari, transport qurilmalrining burilish nuqtalari, yer osti va usti kommunikatsiyalari tarmoqlarining koordinatalari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
5) Vertikal planirovka qilish plani (yer qazish ishlari kartogrammasi, tashqi, ichki temir yo‘llar, rel’ssiz yo‘llar profillari ilova qilingan bo‘ladi).
6) Qurilish bosh plani. Joyda inshootlarning o‘qlari va sirtqi o‘lchamlarini yasash uchun yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan rejalash chizmasi, qurilish bosh plani va vertikal planirovka qilish plani bo‘lishi shart.
Qurilish maydonchasida bino va inshootlarni rejalash chizmalariga asosan joylashtirish uchun joyda planli va balandlik geodezik asos punktlari bo‘lishi kerak.
Bosh plan masshtabida tuziladigan yuzani vertikal planirovka qilish planida barcha inshootlar xarakterli nuqtalarining otmetkalari, ularning o‘zaro birlashishi, shuningdek, qurilmaydigan va ko‘kalamzorlashtiriladigan maydonlar otmetkalari qo‘rsatiladi. Loyihaviy rel’ef, odatda qizil gorizontallar bilan ifodalanadi.
YUzani vertikal planirovka qilish planida naturaga o‘tishda loyihaviy otmetkasi berilgan nuqtani joyga ko‘chirish masalalarini hal qilish, shuningdek berilgan loyihaviy qiyalikka asosan chiziq va tekisliklar yasashga to‘g‘ri keladi. Qidiruv paytida topografik s’yomkaning masshtabini va turlarini tanlash.
Muallif: A. Ganiyev.












