Qo’mitalar.
Qo’mitalar. 1. Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi
2. Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi
3. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi
4. Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qo‘mitasi
5. Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi
6. Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi
7. Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi
8. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari qo‘mitasi
9. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi
10. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi
11. Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi
12. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasiQonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiya Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar orasidan komissiya raisi va a’zolaridan, zarurat bo‘lganida esa, shuningdek komissiya raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tuzilgani to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasining komissiya tuzilgani to‘g‘risidagi qarorida komissiyaning nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, komissiyaning raisi, komissiyaning faoliyat ko‘rsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), komissiyaning vakolatlari, komissiya ishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar belgilangan bo‘lishi kerak.
Ayrim masalalarni tayyorlash uchun komissiya davlat organlarining, nodavlat notijorat
tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning vakillari orasidan ishchi guruhlari tuzishga haqlidir.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining
mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi
2. Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish
bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash
4. Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya
5. Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiya Qo’mitalar. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari, agar ularda qo‘mita a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganida Qonunchilik palatasi qo‘mitalari yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy
muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televidenie, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo‘mita jami
a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko‘rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko‘rilgan choralar to‘risida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, uzog‘i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












