Bosh sahifa mavzular Qonun ustuvorligini ta’minlash – huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni.

Qonun ustuvorligini ta’minlash – huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni.

0
Qonun ustuvorligini ta’minlash - huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni.

Qonun ustuvorligini ta’minlash - huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni.

Qonun ustuvorligini ta’minlash – huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni.

Qonun ustuvorligini ta’minlash – huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni. Huquqiy davlat tushunchasi demokratik davlat tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Jahon  tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, demokratik, huquqiy davlat kuch, inqilob bilan emas, balki tabiiy- tarixiy  evolyusion  yo‘l  bilan  barpo  etiladi.  Albatta,  har  qanday  jamiyatda huquqiy  davlat  tushunchasi  u  yoki  bu  qonunlarning  mavjudligi  bilan  belgilanmaydi. Negaki,  qonunlar  huquq  sifatida har bir davlatda mavjud va har qanday hokimiyat ulardan foydalanadi. Hamma gap o‘sha  qonunlarning qandayligida va ularning qanday bajarilishidadir.

Huquqiy davlatni belgilovchi mezonlar quyidagilardan iborat: 

1) Xalq hokimiyatining amalga oshishi.

2) Huquqning hukmronligi, ya’ni shaxs huquq va erkinliklarining hech kim, shu jumladan,  davlat tomonidan ham hech qanday holda buzilmasligi.

3) Konstitutsiya va qonun ustuvorligi.

4) Hokimiyat vakolatlarining bo‘linish tamoyili.

5) Sud mustaqilligi.

6) Inson huquqlariga rioya etish, ularni himoya qilish va ta’minlash.

7) Davlat va fuqarolarning o‘zaro mas’uliyati.

8) Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi.

9) Huquqiy madaniyatlarning yuksak darajada ekanligi.

10) Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.

Islom Karimov 2001 yil 29 avgustda Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis 6-sessiyasida “Adolat   qonun ustuvorligida”gi ma’ruzasida quyidagi muhim jihatlarni alohida ta’kidlab o‘tdi:

1) Sud mustaqilligini ta’minlash.

2) Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha alohida sudlarni tashkil etish.

3) Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash.

4) “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra sud kadrlarini tanlash va tayinlash mexanizmini  mustahkamlash.

5) Jinoyatchilikning oldini olish uchun unga shafqatsiz jazo emas, balki qonuniy qay darajada  anglashiga bog‘liqligini hisobga olish.

I.A.Karimov  Ikkinchi  chaqiriq  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi sessiyasidagi  ma’ruzalarida  «Huquqiy  davlatning  mazmun-mohiyatini  belgilaydigan amaldagi  kodekslar, qonunlar, me’yoriy hujjatlarni tanqidiy baholagan holda huquqiy davlatni shakllantirish  borasida birinchi galda qabul qilishimiz zarur bo‘lgan yangi qonun va me’yoriy hujjatlarni aniqlab  olishimiz kerak» deb ta’kidlab o‘tdilar.

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashda yurtboshimizning 1996 yil 31 oktyabrdagi  «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi»ni tuzish to‘g‘risidagi  farmoni alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bugungi kunda Milliy markaz mamlakatimiz va butun  jahondagi inson huquqlari, erkinliklarini jahon xalqaro huquq normalari asosida himoya etishning  ta’sirli vositasi sifatida faoliyati ham ibratli bo‘lmoqda. Biroq bu borada demokratik tamoyillarning  hayotga to‘liq joriy etilishida jiddiy ayrim muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi  sud  mustaqilligiga erishishdan  iboratdir.  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  «Sudlar  tom  ma’nodagi  mustaqil bo‘lgan  holdagina  qonunlarning  qat’iy  ijrosi,  ularning  haqiqiy  ustuvorligi  so‘zsiz  ta’minlanadi.  Qaerda  sud  mustaqil  bo‘lmas  ekan,  shu  erda  qonun  talablari  va  adolat buzilishi  muqarrar».  Darhaqiqat  qonun  ustuvorligini,   insonning   huquq   va  erkinliklari  himoyasini  ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolik jamiyatini qurish haqida so‘z yuritishga hech qanday  asos qolmaydi.  Qonun ustuvorligini ta’minlash – huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba