Qonunchilik palatasi hujjatlari.
Qonunchilik palatasi hujjatlari.Qonunchilik palatasi o‘zining vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek palataning ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi umumsiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar yuzasidan bayonotlar va murojaatlar bilan chiqishi mumkin, ular palataning qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasi qarorlari, Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari jumlasiga:
1) Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
3) Reglamentni hamda o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish kiradi.
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.
Qonunchilik palatasi faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish tartibi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qonunchilik palatasining vakolat muddati — besh yil.
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo‘lishi mumkin.
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputati daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Qonunchilik palatasining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputatining maqomi qonun bilan belgilanadi.
Oxirgi 2014-2015 yillar saylovlarida Qonunchilik palatasi deputat urinlari kuydagicha taqsimlangan:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi – 52 joy,
O‘zbekiston „Milliy Tiklanish“ Demokratik partiyasi – 36 joy,
O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi – 26 joy,
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi – 20 joy,
O‘zbekiston ekologik harakati -15 joy.
Qonunchilik palatasi hujjatlari.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.







