Rossiya imperiyasidagi 1917 yilgi inqiloblar va Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi.

0
 Rossiya imperiyasidagi 1917 yilgi inqiloblar haqida batafsil.

 Rossiya imperiyasidagi 1917 yilgi inqiloblar haqida batafsil.

Rossiya imperiyasidagi 1917 yilgi inqiloblar va Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi.

Rossiya imperiyasidagi 1917 yilgi inqiloblar va Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi. 1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri. 1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik  inqilobi g’alabasi Turkiston o’lkasiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Natijada Turkistonda ham ishchi va  soldat  deputatlari  Sovetlari  va  har  xil  toifalar  vakillaridan tuzilgan  ijroiya  komitetlar  tashkil  etila  boshlandi. Toshkentning hamma dahalari vakillari to’planib «Sho’roi Islomiya» tashkilotini tuzdilar.

1917 yilning mart oyida o’lka muxtoriyati masalasi Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi asosiy  masala  bo’lib  qoldi.  Turkistonga  muxtoriyat  maqomini  berish  g’oyasi  nafaqat demokratik  ziyolilar  o’rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham tarqala boshladi. 31 mart kuni rus podshosining o’lkadagi  tayanchi-Turkiston general-gubernatori hokimiyatni tark etdi. 1917 yil 7 aprelda Muvaqqat hukumat  qarori bilan kadet N.N.Shchepkin raisligida Turkiston qo’mitasi tashkil qilindi. 9 kishidan iborat bu  komitet a’zolarining to’rttasi: A. Bukeyxonov, M.Tinishboyev, S. Maqsudov va A. Davletshinlar turkiy  xalqlar  vakillaridan edi.  Turkiston  mahalliy  aholisining  oshib  borayotgan  ijtimoiy-siyosiy  faolligi sharoitida Toshkentda 1917 yil 16 aprelda «Sho’roi Islomiya» ning Toshkent tashkiloti tashabbusi bilan  chaqirilgan Butunturkiston musulmonlarining 1 qurultoyi ish boshladi.

1917 yil 10 sentyabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi. Ushbu  qurultoy hokimiyatni soldat, ishchi va dehqon deputatlari sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Sentyabr  voqealari  jamiyatdagi  siyosiy  qarama-qarshiliklarni keskinlashtirib,  o’lkadagi  ishchilar  harakati  bilan  milliy harakatning keyingi yo’llarini bir-biridan ajratib yubordi.

1917 yil sentyabr oyida bolsheviklashgan Toshkent Soveti soldatlarni va asli rossiyalik ishchilarni  o’z tomoniga torta olgan edi. Oktyabr oyida Rossiyada to’ntarish bo’lib o’tgandan co’ng, uning ta’siri tez  orada mustamlaka o’lkaga ham yoyildi. Toshkentdagi Oktyabr to’ntarishi qatnashchilari 1 noyabrda Bosh  komissar general Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasini qamoqqa oldilar va shu  kuni Turkistonda Sovet hokimiyatini o’rnatilganligi e’lon qilindi. Qurollangan yevropali ishchilar, asosan  temiryo’lchilar, Toshkent garnizonining soldatlari davlat to’ntarishini o’tkazdilar. Turkiston bolsheviklari o’lkadagi butun hokimiyatni o’z qo’llariga olish uchun shafqatsiz kurash  olib bordilar.

1917 yil 15-22 noyabrda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan ishchi, soldat va dehqon deputatlarining  III o’lka s’yezdida hokimiyat masalasi hal qilindi. Bunda 15 kishidan iborat Turkiston Xalq komissarlari  soveti tuzildi (8 so’l eser va 7 bolshevik). Hukumatga mahalliy aholidan bironta ham vakil kiritilmadi. S.  Lapin boshliq «ulamochi»lar, menshevik va so’l eserlarning o’lka Soveti tarkibiga musulmon vakillarini  ham  kiritish  borasidagi  takliflari inobatga  olinmadi.  Bu  esa  bolsheviklarning  milliy  masalada  yo’l  qo’ygan katta siyosiy xatosi bo’lib, bunda sovet rahbarlarining shovinistik kayfiyatlari ochiq namoyon  bo’ldi. Hukumatning bunday ziddiyatli tarkibi o’lkada yevropali aholi hukmronligini mustahkamladi.

Rossiya Xalq Komissarlari Soveti 2 noyabrda «Rossiya xalqlari huquqlarining deklaratsiyasi» va 20  noyabrda «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga» murojaatnomasini e’lon qildi.  Ushbu dabdabali hujjatlarda xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi rasmiy ravishda tan olindi;  hattoki ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqi; hamma va har qanday milliy, diniy imtiyozlar va  cheklashlar bekor qilindi. Bu hujjatlar qanchalik balandparvoz va’dalar bermasin, amalda qurug’ tashviqot bo’lib chiqdi. Ko’p  o’tmay,  Turkiston  XKS  «Sho’roi  Islomiya»,  «Sho’roi  Ulamo» tashkilotlarini  tarqatib  yubordi.  Bu  tashkilotlarning   a’zolari  Turkiston   muxtoriyatini,  keyinroq   esa   milliy   istiqlol   harakatini   qo’llab  quvvatladilar.

3.Turkiston muxtoriyatining e’lon qilinishi va bolsheviklar tomonidan tor-mor qilinishi.

1917  yil  26-28  noyabrda  Qo’qon  shahrida  Turkiston  o’lka  musulmonlarining  favqulodda  IV qurultoyi  bo’lib  o’tdi.  Qurultoyda  demokratik  musulmon  ziyolilar  talabi bilan  Turkiston  aholisining  yevropali  qismi  vakillari  ham  teng  huquqli  bo’lib  ishtirok etdilar.  Turkistonning  boshqarish  tuzumi  to’g’risidagi masala uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Qurultoyda o’lkaning  barcha mintaqalari va ko’pgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakillar hozir bo’ldi. Unda  vakillarning siyosiy faolligi tufayli muhim masalalar yuzasidan munozaralar bo’lib o’tdi. Muxtoriyat  e’lon  qilish g’oyasini  qo’llab-quvvatlovchilar  ko’pchilikni  tashkil  etdi.  Qurultoyda  qabul  qilingan  qarorda: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning  o’z  taqdirlarini  o’zlari  belgilash  xususidagi  irodasini  namoyon  etib, Turkistonni  Rossiya  tarkibida  hududiy  jihatdan  muxtor  deb  e’lon  qildi».  28  noyabrda tarkib  topayotgan  mazkur  davlatning  nomi  aniqlanib, Turkiston muxtoriyati deb ataladigan bo’ldi. Butunrossiya Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar  hokimiyat Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston xalq (millat) majlisi qo’lida bo’lishi kerak edi.  Turkiston Muvaqqat kengashi a’zolaridan tuzilgan Muvaqqat huqumat hay’ati tarkibiga 8 kishi saylandi,  yana 4 o’rin yevropa aholi vakillariga ajratildi.

Qurultoy jarayonida Turkiston Millat majlisi 54 kishidan iborat qilib saylandi, shundan 2/3 qismi,  ya’ni 36 nafari mahalliy aholi vakillaridan edi. Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa fursat ichida xalq o’rtasida katta e’tibor qozondi. Abdurauf  Fitrat  muxtoriyat  e’lon  qilingan  kunni  «milliy laylatul  qadrimiz»  deb  atadi. Turkiston  muxtoriyatini  barcha demokratik kuchlar qizQin quvvatladi.

Afsuski, o’lka bolsheviklari Turkiston Muxtoriyati huqumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston Sovetlarining IV s’yezdi Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a’zolarini qonundan tashqari deb hisobladi va hukumat a’zolarini qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. Turkiston XKS muxtoriyat  hukumatni  tugatish  uchun  harbiy  harakatlarni  boshladi.  Turkiston  bolsheviklari  buning  uchun  qizil  askarlardan tashqari armanlarning «Dashnoqsutyun» partiyasi a’zolaridan keng foydalandilar.

1918  yilning  19  fevralida  (eski  hisob  bilan  6  fevral)  Qo’qon  shahrida  faoliyat ko’rsatayotgan  Turkiston muxtoriyati hukumati bolsheviklarning qonli hujumlari natijasida aQdarib tashlandi. Hukumat  ag’darilgach ham Qo’qon va uning atroflaridagi tinch aholini talash va o’ldirish battar avjiga chiqdi.  Faqat Qo’qonning o’zida uch kun davomida 10000 kishi o’ldirildi.

«Ulug’ Turkiston» gazetasi chuqur qayg’u bilan xabar berganidek, 20 (7) fevral Ho’qand tarixining  eng dahshatli kuni bo’ldi. Eski shahardagi hamma magazinlar, savdo firmalari, banklar va ozmi-ko’pmi  yaxshiroq ko’ringan xususiy xonadonlarning hammasi talangan. Gazetadagi ushbu maqola «Ho’qand  hozir o’liklar shahri» deb tugaydi. Turkiston Muxtoriyatini ag’darilishi O’rta Osiyoni sovetlashtirishga  keng yo’l ochib berdi.

4.Turkiston mintaqasidagi istiqlolchilik harakati va uning tarixiy ahamiyati

Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklar tomonidan tor-mor qilinsa ham, u Farg’ona vodiysida  istiqlolchilik harakatini tashkiliy jihatdan rasmiylashtirdi, unga milliy bo’yoq va tus berdi. Muxtoriyat  hukumatining   tugatilishi   istiqlolchilik   harakatining   butun  Farg’ona   vodiysida   ommaviy   ravishda  boshlanishiga bir turtki vazifasini o’tadiki, chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan  Farg’onaliklar endi bolsheviklar tuzumi va sovet Rossiyasiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Demak,  Turkistonda  sovet hokimiyati  va  bolshevikcha  tuzumga  qarshi  istiqlolchilik  harakatining  boshlanishini  xronologik jihatdan 1918 yil fevral oyining so’nggi o’n kunligida deb belgilashimiz mumkin. Dastlabki  istiqlolchi  guruhlarining  tuzilishi  Qo’qon  atrofidagi  Bachqir  qishloqidan chiqqan  Kichik  va  Katta  Ergashlarning nomlari bilan uzviy bog’liqdir. 27 fevralda bo’lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid  bo’lgach, uning o’rniga Katta Ergash qo’rboshi (uni Mulla Ergash ham deyishgan) Farg’ona vodiysida  bolsheviklarning  mustamlakachilik tartibiga  qarshi  kurash  boshladi.  Skobelev  uyezdida  esa  Marg’ilon  militsiyasining sobiq boshlig’i Muhammad Aminbek Ahmadbek o’g’li – Madaminbek sovetlarga qarshi  kurash e’lon qildi. «Yakkatut volosti Garbobo qishloqidagi Madaminbek guruhining qarorgohiga ommaviy  ravishda mahalliy yoshlar kelib qo’shilardi», deb yoziladi 1918 yilga oid arxiv hujjatlarining birida.

1918 yil mart oyiga kelib Farg’ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ortiq qo’rboshi  dastalari   faoliyat   ko’rsatardi.   Madaminbek   Skobelev   uyezdida,   aka-uka  Shermuhammadbek   va  Nurmuhammadbek  Marg’ilon  atroflarida,  Omon  Pahlavon, Qobul,  Sotiboldi  Qozi  va  Rahmonqul  Namangan uyezdida, Parpi qo’rboshi Andijon shahri atrofida, Eshmat qo’rboshi Qo’qonning Buvayda  qishloqida, Jonibek Qozi O’zgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda o’z faoliyatlarini boshladilar.

Istiqlolchilik  harakatining  harbiy  birlikka  aloqasi  bo’lmagan  qurolli  bezorilik  yoki bosqinchilik,  yoxud «bosmachilik» harakati emasligini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Istiqlolchilik harakatining o’ziga  xos milliy yo’nalishi va Turkistonga mos xususiyatlari bo’lgan. Harakatning boshdan oxirigacha ustuvor  g’oya – bu butun Turkistonning milliy istiqloli edi. Sovet hokimiyati vakillarining butun Turkiston o’lkasida yuritgan shovinistik va mustamlakachilik  siyosati,  mahalliy  aholi  manfaatlari  bilan  hisoblashmay  ularning nafsoniyatiga  tegishi  istiqlolchilik  harakatining doimiy ravishda avj olishi hamda uning uzluksiz davom etishiga olib keldi.

Turkistondagi istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchlari dehqonlar, chorikorlar,  mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar edi. Turkiston respublikasi rahbarlaridan birining e’tirof etishicha,  istiqlolchilik harakatiga «asosan dehqonlar va hunarmandlar qatnashdi». Farg’onadagi qurolli muxolifat  kuch va son jihatdan tish-tirnog’igacha qurollangan sovet qo’shinlaridan ba’zan mag’lubiyatga uchrab tursa- da, e’tiqod va ozodlik uchun kurashayotgan istiqlolchilar vodiydagi butun aholi orasidan doimo madad va  yordam olib turardilar.

Turkistondagi  istiqlolchilik  harakatining  uyushgan  bir  shaklda  namoyon  bo’lishida qo’rboshilar  ko’rsatgan Qayrat-shijoatni alohida ta’kidlab o’tish kerak. O’z vaqtida Farg’ona vodiysida Kichik va Katta  Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom Pahlavon, Buxoro Xalq Respublikasida Said Olimxon  (sobiq amir), Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Anvar Posho, Salim Posho, Davlatmandbek, Jabborbek,  Oston   G’orovulbegi,  O’rmon Polvon,  Hayit  Amin,  Fuzayl  Mahdum,  Doniyolbek,   Xorazm  Xalq  Respublikasida Junaidxon, Qo’shmamedxon, Temir Alixon kabi qo’rboshilar bu harakatni yagona kuchga  birlashtirish uchun rahbarlikni birin-ketin o’z qo’llariga olsalar-da, lekin Farg’ona vodiysi, Xorazm va Buxorodagi istiqlolchilik harakati boshdan oxirigacha yagona markazga to’liq uyusha olmadi. Turkiston  fidoyilarining ozodlik harakatini yagona markazga birlashtirish uchun izchil kurashayotgan Madaminbek  bilan Anvar Poshoning taqdirlari esa fojiali tugadi.

Farg’ona  vodiysidagi  istiqlolchilik  harakati  1919  yil  yozining  oxiri  va  kuzida  o’zining Yuqori  cho’qqisiga chiqdi. Madaminbek boshchiligidagi islom qo’shinlari safiga Jalolobodda turgan rus krestyanlar  armiyasining qo’shilishi vodiyda sovet hokimiyatini ag’darish uchun real kuch edi. Sentyabrning dastlabki  kunlarida Madaminbek lashkarlari Jalolobod shahrini egalladi. Qurshob qasabasi yonidagi janglarda sovet  armiyasi qismlari katta  mag’lubiyatga uchrab,  O’sh shahriga chekindi. 8 sentyabrda bir yarim kecha- kunduzlik qonli janglardan keyin O’sh shahridagi garnizon taslim bo’ldi va qamoqhonada yotgan mahbuslar  istiqlolchilar tomonidan ozod qilindi.

Madaminbek qo’shinlari 13 sentyabrda Eski Marg’ilon shahrini egalladilar. Shu bilan birga vodiydagi  eng yirik strategik shahar-Andijonni qamal qilishga kirishdilar. Afsuski, bir oy davomida Farg’ona vodiysini  larzaga   keltirgan   Madaminbek   boshchiligidagi   musulmon qo’shinining   hujumi   pirovard   natijada  mag’lubiyat bilan tugadi.

1919  yil  22  oktyabrda  Pomirning  Ergashtom  ovulida  bo’lgan  anjumanda  Farg’ona muvaqqat  muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 musulmon va 8 rus, hammasi bo’lib 24 kishi kiritildi.  Madaminbek hukumat boshlig’i bo’lishi bilan birga Bosh qo’mondon qilib ham tayinlandi. 1919 yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo’l ostida 30 mingga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi  istiqlol janglarini olib bordilar. Bu paytda Shermuhammadbekda 20000 yigit, Ergash qo’rboshida 8000 yigit  bo’lgan.  Aynan   ana  shu   uch   lashkarboshi   vodiydagi  jangovor   harakatlarni   yo’naltirib   turganlar.  Madaminbek siymosida sarkardalik, davlat va siyosat arbobiga xos sifatlar o’zaro uyQunlashib ketgan edi.  U  Farg’ona  vodiysidagi istiqlolchilarning  haqiqiy  ma’nodagi dohiysi,  tan  olingan  yo’lboshchisi  edi.  Madaminbek vodiydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o’z siyosiy boshqaruv usulini joriy  qildi. Bunday boshqaruv usulini yana Ergash va Shermuhammadbek qo’rboshilargina joriy etgan edilar.

Turkistondagi istiqlolchilik harakati 1920 yilning yozi va kuzida o’zining yangi bosqichiga qadam  qo’ydi. Kurash yana ham shafqatsiz va murosasiz tus oldi. Farg’ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi  vatanparvarlar bilan bir qatorda endilikda Xorazm va Buxorodagi fidoyilar ham bosqinchi qizil armiya  jangchilariga qarshi muqaddas kurashga otlandilar. Kurash bayrog’ini vodiyda Madaminbek o’rniga endi  Shermuhammadbek ko’tardi.  Farg’ona vodiysidagi  butun  qo’rboshilar  va  tinch  aholi  vakillari  Oltiariq  tumanida  o’zlarining nav-batdagi  qurultoylariga  to’plandilar.  Qurultoy  1920  yil  3  mayda  Turkiston  muvaqqat hukumatini tuzdi. Ushbu qurultoyda Shermuhammadbek hukumat raisi va islom qo’shinlarining  Oliy  bosh  qo’mondoni  qilib  saylandi.  Bolshevik  maddohlardan  birining e’tiroficha,  «Madaminbek  qo’rboshilar  o’rtasida  eng  kuchlisi  bo’lgan  bo’lsa, Shermuhammadbek  shubhasiz,  eng  xavflisi  edi».  Turkiston   MIK   raisi   Inog’omjon  Xidiraliyevning   sal   keyinroq   yozishicha,   «1920   yil   sentyabrda  bosmachilarning soni 70000 kishiga yetdi va kuchli vahima uyg’otdi».

Turkistondagi istiqlolchilik harakatining g’oyaviy rahnamolari ham yetarli darajada mavjud bo’lib,  ular asosan jadid munavvarlari va islom ulamolari edi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, istiqlolchilik  harakatiga g’oyaviy rahnamolik qilish borasida jadidlar bilan ulamolar o’rtasida o’zaro raqobat mavjud edi.  Namanganlik  Nosirxon  To’ra  Said  Kamolxon  To’ra o’g’li,  toshkentlik  muftiy  Sadriddinxon  Maxsum  Sharifxo’ja Qozi o’g’li, Turkiston MIKning sobiq o’rinbosari To’raqul Jonuzoqov, asli boshqirdistonlik  Ahmad  Zakiy  Validiy To’g’on  va boshqalar  istiqlolchilik  harakatining  g’oyaviy  mafkurachilari  edilar.  Harakatga rahbarlik qilgan islom ulamolari orasida yassaviylik va naqshbandiylik tariqatlarining pirlari ko’p  bo’lgan. 1920-1924 yillarda istiqlolchilik harakati Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoro  Xalq Respublikasidagi harakatning Turkistondagi istiqlolchilik harakatidan farq qiladigan asosiy tomoni  shundan iboratki, vatanparvarlar Buxoroda ikki jabhada turib kurash olib borishlariga to’g’ri keldi. Bir  tomondan,  amirlik  tuzumi  tarafdorlari  bo’lgan mujohidlar,  jadidlardan  iborat.  Buxoro  hukumatiga  va  shuningdek, qizil armiya qo’shinlariga qarshi kurash olib bordilar (Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor va b.).  Ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g’oyalariga sodiq bo’lgan buxorolik vatanparvarlar Fayzulla Xo’jayev  boshliq  Buxoro  Xalq  Respublikasi  hukumati  bilan  yashirin  aloqalar  o’rnatib, Buxoroning  muqaddas  tuprog’idan qizil askarlarning olib ketilishi, Buxoro respublikasining mustaqilligi amalda qaror topishi  uchun kurashdilar (Anvar Posho, Davlatmandbek, Jabborbek, Doniyolbek va b).

Xorazm Xalq Respublikasida qizil armiyaga qarshi kurashning tepasida Junaidxon turdi. U Xorazmda  siyosiy hokimiyat uchun kurash boshlab, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Qisqa muddatda Junaidxon o’z  qo’shinini  20000  kishiga  yetkazdi.  O’zbek  hunarmandlari  va dehqonlaridan  tashkil  topgan  dastalarga  Madraimboy,  Sa’dulla  bola,  Shokir  bola  va boshqalar  rahbarlik  qilgan.  Junaidxon  boshchiligidagi  mujohidlar hujumga o’tib, 1920 yil yozida Qo’hna Urganch, Xo’jayli, Ilonli va Taxtani qayta egallashdi,  ko’plab qizil askarlarni asirga olishdi. Junaidxon sovet qo’mondonligiga maxsus maktub yuborib, agar  qo’shinlar Xorazmdan olib chiqib ketilmasa, asirlarni otib tashlashini bildirdi. Biroq sovet qo’mondonligi  Junaidxonning haqli talablarini rad qilgach, u bosqinchilarni otib tashlashga buyurdi.

1924 yilga kelganda istiqlolchilar iqtisodiy tanazzul va qashshoqlik, dahshatli ochlik, xalqning og’ir  turmushini ko’rmasliklari mumkin emas edi. Tinimsiz davom etgan yetti yillik kurashdan Turkiston xalqlari  ham, qo’rboshi va ularning yigitlari ham juda toliqqan edilar. Shuning uchun qasoskorlarning ko’pchiligi  1924 yil davomida qarshilikni to’xtatdilar. Bunga ularning rahbarlari orasida jipslik va umumiy dasturning  yo’qligi ham sabab bo’ldi. Rossiya imperiyasidagi 1917 yilgi inqiloblar va Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba