Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati, boshqaruvi tuzimi.

0
 20-30-yillar O’zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi.

Rossiya  imperiyasining  mustamlakachilik  siyosati,  boshqaruvi  tuzimi.

Rossiya  imperiyasining  mustamlakachilik  siyosati,  boshqaruvi  tuzimi.

Rossiya  imperiyasining  mustamlakachilik  siyosati,  boshqaruvi  tuzimi. Podsho  Rossiyasi  Turkiston  o’lkasini  bosib  olgach,  jahonning  eng  yirik  mustamlakachi davlatiga  aylandi.  Yevropada  Rossiyaga nisbatan «ulkan miqdordagi mulk o’g’risi» degan kinoyali ibora ishlatila boshlandi. Yevropa  va Osiyoning bir qismini o’z ichiga olgan bu imperiya boshqa mustamlakachi davlatlardan farqli ravishda  o’ziga  xos  mustamlakachilik tizimini  yuzaga  keltirdi.  Bunday  zo’ravonlik  va  zulmga  asoslangan  mustamlakachilik tizimi  Turkistonda  keng  ko’lamda  amalga  oshirila  boshlandi.  Bu  siyosat  mahalliy  xalqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularni nazarga ilmaslik kabi o’ta millatchilik ruhidagi siyosat asosiga  ko’rilgan edi.

Turkistonda   boshqaruv   tizimi   butunlay   harbiylashtirilgan   hokimiyat   ixtiyoriga  to’laligicha  topshirilgan bo’lib, ularning qo’lida cheklanmagan va hyech qanday insoniy huquqlarni tan olmaydigan  hokimiyat  tizimi  shakillantirilgan  edi.  «Bu  joyda  bizning umumiy  dushmanimiz-musulmonlik  va  yovvoyilikdir» – deya harbiy vazir Milyutinga maktub yo’llagan general Kaufman 1868 yil 22 yanvarda  Toshkent jamoatchiligi vakillari oldida so’zlagan nutqida ruslarni Turkiston aholisining katta og’alari  degan fikrni ilgari surdi.

1867  yilda  harbiy  vazir  Milyutin  Turkiston  o’lkasini  boshqarish  to’g’risidagi  Vaqtli Nizom  loyihasini podsholik vazirlar qo’mitasi taqdim etdi va bu qo’mita tomonidan tasdiqlangan ushbu loyiha  qonun sifatida kuchga kiritildi. Bunga ko’ra markaziy fuqarolik va harbiy boshqaruv tizimi to’laligicha  general gubernator ko’liga topshirildi. U ayni vaqtning o’zida turkiston harbiy okrugi bosh qo’mondoni  ham edi. Markaziy davlat boshqaruvidan boshqaruvning eng quyi pog’onalarigacha hokimiyat harbiy  qo’liga topshirildi. Bu boshqaruv tizimi Turkiston o’lkasi va aholisini har tomonlama mustamlakachilik  sirmog’iga solish bilan mashg’ul bo’ldi va ayrim o’zgarishlar bilan 1917 yilga qadar davom etdi. Turkiston  general-gubernatorligida  joriy  qilingan  boshqaruv  usuli  mahalliy  aholi ustidan to’la  nazorat qilish imkonini bera oladigan tarzda qilib tashkil etilgan edi.

Markaziy o’lka boshqaruvi general gubernatori, uning Kengashi va mahkamasidan iborat bo’lgan.  Turkiston general gubernatori o’z qo’lida harbiy va fuqarolik hokimiyatini birlashtirgan edi. Ayni vaqtning  o’zida  u  podsho  noibi,  harbiy  okrug  qo’shinlari qo’mondoni,  Yettisuv kazak qo’shinlari  qo’mondoni, bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini ham o’z qo’lida birlashtirgan edi.  Turkiston general gubernatori Rossiyaga vassal hisoblangan Buxoro amirligini Rossiya imperator  siyosiy agentligi (1885-1917) va Xiva xonligini Amudaryo bo’limi (1873-1918) boshliqlari orqali nazorat  qilingan.  Rossiya  imperiyasining  mustamlakachilik  siyosati,  boshqaruvi  tuzimi.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba